Oʻzbekiston Respublikasining qonuni
TADBIRKORLIK SUBYEKTLARINING FAOLIYATI TARTIBGA SOLINISHI MUNOSABATI BILAN OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING AYRIM QONUN HUJJATLARIGA OʻZGARTISH VA QOʻSHIMCHALAR KIRITISH TOʻGʻRISIDA
Qonunchilik palatasi tomonidan 2005-yil 5-avgustda qabul qilingan
Senat tomonidan 2005-yil 27-avgustda maʼqullangan
Senat tomonidan 2005-yil 27-avgustda maʼqullangan
1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1992-yil 2-iyulda qabul qilingan “Birjalar va birja faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 2001-yil 29-avgustdagi 260-II-sonli Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni bilan tasdiqlangan tahriri (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001-yil, № 9-10, 171-modda) 10-moddasining birinchi qismidagi va 16-moddasining birinchi qismidagi “va jismoniy” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
2-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1993-yil 2-sentabrda qabul qilingan “Qimmatli qogʻozlar va fond birjasi toʻgʻrisida”gi 918-XII-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, № 9, 325-modda; 1994-yil, № 11-12, 285-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 12, 269-modda; 1996-yil, № 5-6, 69-modda, № 9, 144-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda; 1999-yil, № 9, 229-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda) 19-moddasi:
ikkinchi qismidagi “va jismoniy” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
uchinchi qismining ikkinchi jumlasi chiqarib tashlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2007-yil 28-dekabrdagi OʻRQ-138-sonli Qonuni bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2007-y., 52-son, 533-modda)
4-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1999-yil 20-avgustda qabul qilingan “Telekommunikatsiyalar toʻgʻrisida”gi 822-I-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-yil, № 9, 219-modda; 2004-yil, № 9, 171-modda) 2-moddasining sakkizinchi va toʻqqizinchi xatboshilaridagi, 6-moddasining toʻrtinchi qismidagi, 8-moddasining birinchi qismi beshinchi xatboshisidagi, 9-moddasining birinchi, toʻrtinchi va beshinchi qismlaridagi “yoki jismoniy”, “va jismoniy” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
5-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
22-sentabr 2005-yil,
OʻRQ-7-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 37-38-son, 279-modda; 2007-y., 52-son, 533-modda; 2008-y., 29-30-son, 278-modda; 28.12.2024-y., 03/24/1015/1087-son)