Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining
qarori
“Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi toʻgʻrisida”gi QL-273-sonli Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonuni loyihasi haqida
(“Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi va konstitutsiyaviy sud ishlarini yuritish toʻgʻrisida”)
(“Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi va konstitutsiyaviy sud ishlarini yuritish toʻgʻrisida”)
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi tomonidan 2026-yil 22-sentabrda birinchi oʻqishda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi va konstitutsiyaviy sud ishlarini yuritish toʻgʻrisida”gi QL-273-sonli Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonuni loyihasini “Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi toʻgʻrisida” degan yangi nom bilan ikkinchi oʻqishda koʻrib chiqishga doir Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qoʻmitasining taklifi maʼqullansin.
2. Mazkur Konstitutsiyaviy qonun loyihasi ikkinchi oʻqishda koʻrib chiqish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi kun tartibi loyihasiga kiritilsin.
3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2026-yil 28-sentabr,
2567-V-son