Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
qarori
“Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 282-moddasiga voyaga yetmagan shaxslarning huquqlarini himoya qilish tizimini yanada takomillashtirishga qaratilgan qoʻshimchalar va oʻzgartirish kiritish haqida”gi QL-278-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi toʻgʻrisida
(“Voyaga yetmagan shaxslarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga qoʻshimchalar va oʻzgartirish kiritish haqida”)
(“Voyaga yetmagan shaxslarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga qoʻshimchalar va oʻzgartirish kiritish haqida”)
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. “Voyaga yetmagan shaxslarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga qoʻshimchalar va oʻzgartirish kiritish haqida”gi QL-278-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi “Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 282-moddasiga voyaga yetmagan shaxslarning huquqlarini himoya qilish tizimini yanada takomillashtirishga qaratilgan qoʻshimchalar va oʻzgartirish kiritish haqida” degan yangi nom bilan ikkinchi oʻqishda qabul qilinsin.
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosari R. XAKIMOV
Toshkent sh.,
2026-yil 30-sentabr,
2594-V-son