Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining
qarori
“Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi va konstitutsiyaviy sud ishlarini yuritish toʻgʻrisida”gi QL-273-sonli Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonuni loyihasi haqida
“Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi va konstitutsiyaviy sud ishlarini yuritish toʻgʻrisida”gi QL-273-sonli Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonuni loyihasi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qoʻmitasining xulosasini koʻrib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi tomonidan 2026-yil 24-avgustda kiritilgan “Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi va konstitutsiyaviy sud ishlarini yuritish toʻgʻrisida”gi QL-273-sonli Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonuni loyihasi birinchi oʻqishda koʻrib chiqish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi kun tartibi loyihasiga kiritilsin.
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2026-yil 21-sentabr,
2544-V-son