Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
QarorI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATINING AYRIM QARORLARIGA OʻZGARTIRISh VA QOʻShIMChALAR KIRITISh TOʻGʻRISIDA
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Respublika gaz taʼminotini boshqarish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2003-yil 2-oktabrdagi 421-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari K.N. Toʻlaganov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2004-yil 8-yanvar,
9-son
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATINING AYRIM QARORLARIGA KIRITILAYOTGAN OʻZGARTIRISh VA QOʻShIMChALAR
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 16-sentabrdagi 430-son qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotdi— Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 37-son, 411-modda)
2. Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 10-yanvardagi 8-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2000-y., 1-son, 2-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi isteʼmolchilariga gaz yetkazib berish qoidalarida:
a) 1.1-banddagi “gaz bilan taʼminlovchilar va gaz sotuvchi tashkilotlar” soʻzlari “gaz uzatish va hududiy gaz taʼminoti korxonalari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 2.1-bandda:
toʻrtinchi xatboshidagi “gaz bilan taʼminlovchi” soʻzlari “gaz uzatuvchi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
beshinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
oltinchi xatboshidagi “gaz taqsimlovchi tashkilot” va “aholiga” soʻzlari tegishli ravishda “hududiy gaz taʼminoti korxonasi” va “isteʼmolchilarga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
v) 3.1-bandning ikkinchi xatboshidagi “Makroiqtisodiyot va statistika” soʻzlari “Iqtisodiyot” soʻzi bilan almashtirilsin;
g) 3.2-banddagi “gaz taqsimlovchi, gaz sotuvchi tashkilotlar” soʻzlari “hududiy gaz taʼminoti korxonalari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Oldingi tahrirga qarang.
(“d” kichik band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 16-sentabrdagi 430-son qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotdi— Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 37-son, 411-modda)
e) 3.4-bandning toʻrtinchi xatboshidagi “Energetika va elektrlashtirish vazirligining” soʻzlari “Oʻzbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasining” soʻzlari bilan almashtirilsin;
j) 4.3-bandning oxirgi xatboshidagi “Boshkommungaz” boshqarmasining gaz sotuvchi tashkilotlariga” soʻzlari “hududiy gaz taʼminoti korxonalariga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
z) 4.5-banddagi “gaz bilan taʼminlovchi” soʻzlari “gaz uzatish tashkiloti bilan kelishgan holda hududiy gaz taʼminoti korxonasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Oldingi tahrirga qarang.
(“i” kichik band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 16-sentabrdagi 430-son qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotdi— Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 37-son, 411-modda)
k) 4.7-banddagi “gaz bilan taʼminlovchi, gaz taqsimlovchi va gaz sotuvchi tashkilotlar” soʻzlari “gaz uzatish tashkiloti va hududiy gaz taʼminoti korxonalari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
l) 4.8-bandning birinchi xatboshidagi “Gaz taqsimlovchi tashkilotlar”, “Energetika va elektrlashtirish vazirligining”, “gaz bilan taʼminlovchi va gaz sotuvchi” soʻzlari tegishli ravishda “hududiy gaz taʼminoti korxonalari”, “Oʻzbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasining”, “gaz uzatish tashkiloti” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Oldingi tahrirga qarang.
(“m” kichik band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 16-sentabrdagi 430-son qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotdi— Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 37-son, 411-modda)
n) 4.10-banddagi “Gaz bilan taʼminlovchi tashkilot” soʻzlari “Hududiy gaz taʼminoti korxonalari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
o) 4.11-bandda:
birinchi xatboshidagi “gaz bilan taʼminlovchilar, gaz taqsimlovchilar va gaz sotuvchi tashkilotlar” soʻzlari “gaz uzatish tashkiloti va hududiy gaz taʼminoti korxonasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshidagi “gaz sotuvchi tashkilot” soʻzlari “hududiy gaz taʼminoti korxonasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
p) 4.13-bandda:
birinchi xatboshidagi “Gaz bilan taʼminlovchi tashkilot” soʻzlari “Hududiy gaz taʼminoti korxonasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshidagi “gaz bilan taʼminlovchi tashkilotlar” soʻzlari “hududiy gaz taʼminoti korxonalari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
r) 4.14-banddagi “gaz bilan taʼminlovchi, gaz taqsimlovchi va gaz sotuvchi tashkilotlar” soʻzlari “gaz uzatish tashkiloti va hududiy gaz taʼminoti korxonasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
s) 4.15-banddagi “gaz bilan taʼminlovchi, gaz sotuvchi tashkilotlar” soʻzlari “gaz taʼminoti tashkiloti, hududiy gaz taʼminoti korxonasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
t) 5.2-banddagi “(gaz bilan taʼminlovchi tashkilot) tomonidan gaz taqsimlovchi, gaz sotuvchi tashkilotlarga” va “(gaz bilan taʼminlovchi tashkilot)” soʻzlari tegishli ravishda “(gaz uzatish tashkiloti) tomonidan hududiy gaz taʼminoti korxonasiga” va “(gaz uzatish tashkiloti)” soʻzlari bilan almashtirilsin;
u) 5.3-banddagi “gaz sotuvchi tashkilot” soʻzlari “hududiy gaz taʼminoti korxonasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
f) 6-boʻlim nomidagi “gaz taqsimlash, gaz bilan taʼminlash va gaz sotuvchi tashkilotlar” soʻzlari “gaz uzatish tashkiloti va hududiy gaz taʼminoti korxonalari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
x) 6.2-bandning birinchi xatboshidagi “Gaz yetkazib beruvchi:” soʻzlari “Gaz uzatish tashkiloti va hududiy gaz taʼminoti korxonalari:” soʻzlari bilan almashtirilsin;
ts) 6.4-banddagi “gaz bilan taʼminlovchi” soʻzlari “gaz uzatuvchi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
sh) 6.7-banddagi “Gaz sotuvchi va gaz taqsimlovchi tashkilot” va “gaz bilan taʼminlovchi tashkilot” soʻzlari tegishli ravishda “Hududiy gaz taʼminoti korxonasi” va “Gaz uzatish tashkiloti” soʻzlari bilan almashtirilsin;
oʻ) 7.1-banddagi “gaz bilan taʼminlovchi, gaz taqsimlovchi va gaz sotuvchi tashkilot” soʻzlari “gaz uzatish tashkiloti, hududiy gaz taʼminoti korxonasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 13-iyuldagi 328-son qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotdi— Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 28-son, 322-modda)
4. Vazirlar Mahkamasining “Aholiga kommunal xizmat koʻrsatishni takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2001-yil 18-apreldagi 178-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2001-y., 4-son, 23-modda) 8-bandining uchinchi xatboshi va ushbu qarorga 2-ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
5. Vazirlar Mahkamasining “Neft mahsulotlari bilan taʼminlash tizimini va ularni sotishda hisob-kitob qilish mexanizmini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida” 2003-yil 19-maydagi 225-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 5-son, 38-modda) 8-bandining toʻrtinchi xatboshidagi “Boshkommungaz” korxonasi korxonalari” soʻzlari “Oʻzkommunxizmat” agentligining hududiy gaz taʼminoti korxonalari” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami,2004-y., 1-2-son, 15-modda; 28-son, 322-modda; 37-son, 411-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.08.2022-y., 09/22/431/0716-son)