Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
qarori
Xalqaro shartnomani tasdiqlash toʻgʻrisida
“Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 22-moddasiga muvofiq qaror qilaman:
1. 2026-yil 5-fevral kuni Islomobod shahrida imzolangan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Pokiston Islom Respublikasi Hukumati oʻrtasida Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va ularning prekursorlarining noqonuniy muomalasiga qarshi kurashishda hamkorlik toʻgʻrisidagi bitim tasdiqlansin.
2. Quyidagilar:
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Narkotiklar va oʻqotar qurollarni nazorat qilish agentligi — mazkur xalqaro shartnomani amalga oshirish uchun masʼul boʻlgan milliy muvofiqlashtiruvchi organ etib;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Narkotiklar va oʻqotar qurollarni nazorat qilish agentligi, Bosh prokuratura, Davlat xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasi — mazkur xalqaro shartnomani amalga oshirish yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasining masʼul vakolatli organlari etib belgilansin.
3. Tashqi ishlar vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan mazkur xalqaro shartnomaning kuchga kirishi uchun zarur boʻlgan davlat ichki tartib-taomillari bajarilganligi toʻgʻrisida Pokiston tomoniga tegishli bildirishnoma yuborsin.
4. Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari mazkur xalqaro shartnoma kuchga kirganidan keyin belgilangan tartibda uning qoidalarini bajarilishi ustidan nazoratni taʼminlasin.
5. Ushbu qaror ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Jamoat xavfsizligi va qonun ustuvorligi boʻyicha departamenti boshligʻining birinchi oʻrinbosari A.X. Azimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2026-yil 14-oktabr,
PQ-373-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.10.2026-y., 07/26/373/1035-son)