12.10.2026 yildagi 560-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-apreldagi 200-son qarori bilan tasdiqlangan Qurilishi tugallangan obyektni topshirish-qabul qilish va foydalanish uchun ruxsatnoma berish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga qurilishi tugallangan obyektlarni foydalanishga qabul qilish tartibini takomillashtirishga qaratilgan oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qurilishi tugallangan obyektlarni foydalanishga qabul qilish jarayonini takomillashtirish hamda Davlat qabul komissiyasi masʼuliyatini yanada oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-apreldagi 200-son qarori bilan tasdiqlangan Qurilishi tugallangan obyektni topshirish-qabul qilish va foydalanish uchun ruxsatnoma berish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentining 3-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“3. Alohida hollarda, davlat sirlari bilan bogʻliq yoki alohida muhim toifalangan obyektlar Vazirlar Mahkamasining hujjatlari bilan Davlat qabul komissiyasi hamda buyurtmachilar tomonidan ishchi komissiya tuzilgan holda toʻgʻridan-toʻgʻri (ushbu komissiyalarning dalolatnomalarini rasmiylashtirish va tasdiqlash orqali) foydalanishga qabul qilinadi. Bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat qabul komissiyasining qurilishi yakunlangan loyihalar doirasidagi obyektlarni foydalanishga qabul qilish toʻgʻrisidagi dalolatnomasi Davlat qabul komissiyasi raisi tomonidan tasdiqlangan holda obyektlar foydalanishga qabul qilinadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat qabul komissiyasi tomonidan tuziladigan dalolatnomani rasmiylashtirishdan oldin Davlat moliyaviy nazorat inspeksiyasi tomonidan qurilish obyekti belgilangan tartibda nazorat oʻlchovidan majburiy oʻtkaziladi”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.J. Ramatov hamda qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziri Sh.S. Xidoyatov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026-yil 12-oktabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
560-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.10.2026-y., 09/26/560/1025-son)