22.09.2026 yildagi 510-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
QARORI

Davlat xaridlarini “taklif soʻrovi” asosida amalga oshirishga ruxsat etilgan tadbirkorlik subyektlarining sunʼiy intellektga asoslangan axborot tizimlari (dasturiy mahsulotlar) reyestrini shakllantirish va yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Sunʼiy intellekt texnologiyalarini yanada rivojlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2025-yil 22-oktabrdagi PF-189-son Farmoniga muvofiq, sunʼiy intellektga asoslangan axborot tizimlari (dasturiy mahsulotlar)ni davlat organlari, ustav fondi (ustav kapitali)da davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq boʻlgan xoʻjalik jamiyatlari hamda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida joriy etish va qoʻllab-quvvatlash boʻyicha qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Davlat xaridlarini “taklif soʻrovi” asosida amalga oshirishga ruxsat etilgan tadbirkorlik subyektlarining sunʼiy intellektga asoslangan axborot tizimlari (dasturiy mahsulotlar) reyestrini shakllantirish va yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadbirkorlik subyektlarining hamda ular tomonidan taklif etiladigan sunʼiy intellektga asoslangan axborot tizimlari (dasturiy mahsulotlar)ning markazlashgan maʼlumotlar bazasidan iborat yagona reyestrini yuritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat xaridlarini “taklif soʻrovi” asosida amalga oshirishga ruxsat etilgan tadbirkorlik subyektlarining sunʼiy intellektga asoslangan axborot tizimlari (dasturiy mahsulotlar) reyestri (keyingi oʻrinlarda — yagona reyestr)ni yuritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yagona reyestrga kiritilgan tadbirkorlik subyektlari va ularning axborot tizimlari (dasturiy mahsulotlar) toʻgʻrisidagi maʼlumotlar asosida davlat xaridlarini amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
joriy etiladigan axborot tizimlari (dasturiy mahsulotlar)ning xavfsizlik, shaffoflik va sifat talablariga muvofiqligini taʼminlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yagona reyestrga kiritilgan sunʼiy intellektga asoslangan axborot tizimlari (dasturiy mahsulotlar) roʻyxati “ai.gov.uz” milliy portalida eʼlon qilinadi hamda tadbirkorlik subyektlarining yagona reyestrda roʻyxatga olingan dasturiy mahsulotlarini joriy qilish uchun umumiy qiymati bazaviy hisoblash miqdorining 2 500 baravaridan oshmagan miqdordagi davlat xaridlarini “taklif soʻrovi” asosida amalga oshirishga ruxsat etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yagona reyestrga kiritiladigan sunʼiy intellektga asoslangan axborot tizimlarining (dasturiy mahsulotlar) texnik topshiriqlari Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi bilan kelishilgan holda “Kiberxavfsizlik markazi” davlat muassasasi va “Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasiga ekspertizadan oʻtkazish uchun kiritiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vazirlik va idoralar dasturiy mahsulotning oʻz tarkibiy tuzilmasi va tizim tashkilotlarida toʻgʻri joriy etilishiga, shuningdek, takroran xarid qilinishi va ularga budjet mablagʻlari asossiz sarflanishining oldini olishga masʼul hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“ai.gov.uz” milliy portalini yaratish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-oktabrdagi PQ-320-son qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasidan begʻaraz asosda ajratiladigan mablagʻlar hisobidan hamda texnik qoʻllab-quvvatlash, rivojlantirish va axborot xavfsizligini taʼminlash bilan bogʻliq xarajatlar Raqamli texnologiyalarni rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari, shuningdek, qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan birgalikda 2027-yil 1-fevralga qadar yagona reyestrning ishga tushirilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov hamda raqamli texnologiyalar vaziri Sh.X. Shermatov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026-yil 22-sentabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
510-son

Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 22-sentabrdagi 510-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat xaridlarini “taklif soʻrovi” asosida amalga oshirishga ruxsat etilgan tadbirkorlik subyektlarining sunʼiy intellektga asoslangan axborot tizimlari (dasturiy mahsulotlar) reyestrini shakllantirish va yuritish tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom davlat xaridlarini “taklif soʻrovi” asosida amalga oshirishga ruxsat etilgan tadbirkorlik subyektlarining sunʼiy intellektga asoslangan axborot tizimlari (dasturiy mahsulotlar) reyestrini shakllantirish, yuritish hamda undan foydalanish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Umumiy qiymati bazaviy hisoblash miqdorining 2 500 baravaridan oshmagan miqdordagi davlat xaridlarini “taklif soʻrovi” asosida amalga oshirishga ruxsat etilgan tadbirkorlik subyektlarining sunʼiy intellektga asoslangan axborot tizimlari (dasturiy mahsulotlar) reyestri (keyingi oʻrinlarda — yagona reyestr) “ai.gov.uz” milliy portalida tadbirkorlik subyektlari va ularning sunʼiy intellekt texnologiyalariga asoslangan axborot tizimlari (dasturiy mahsulotlar) (keyingi oʻrinlarda — dasturiy mahsulotlar) toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning yagona manbai hisoblanadi va sunʼiy intellektga asoslangan yechimlarni joriy etish hamda qoʻllab-quvvatlash boʻyicha davlat xaridlarini amalga oshirishda foydalaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
monitoring — yagona reyestr doirasida tadbirkorlik subyektlari va ularning dasturiy mahsulotlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning dolzarbligini muntazam ravishda kuzatib borish jarayoni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ekspertizadan oʻtkazuvchi tashkilotlar — “Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasi va “Kiberxavfsizlik markazi” davlat muassasasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yagona reyestr operatori — yagona reyestrning ishlashini va undan toʻgʻri foydalanilishini taʼminlash, shu jumladan, uning maʼlumotlar bazasida mavjud boʻlgan maʼlumotlarni yuritish va qayta ishlash uchun masʼul boʻlgan yuridik shaxs;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yagona identifikator (“Registry ID”) — tadbirkorlik subyekti va uning dasturiy mahsulotlarini yagona reyestrda roʻyxatdan oʻtkizishda beriladigan, ularni aniq identifikatsiya qilish, hisobga olish va keyinchalik yagona reyestrdagi oʻzgarishlarni kuzatib borish uchun moʻljallangan maxsus identifikator;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yagona reyestrga kirish istagini bildirgan tadbirkorlik subyekti — belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtgan va sunʼiy intellekt texnologiyalariga asoslangan axborot tizimlari (dasturiy mahsulotlar)ni ishlab chiqish, joriy etish, integratsiya qilish, qoʻllab-quvvatlash boʻyicha faoliyat yurituvchi tadbirkorlik subyekti;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yagona reyestrga kiritish uchun taqdim etilgan hujjatlarni koʻrib chiqish boʻyicha ekspert komissiyasi (keyingi oʻrinlarda — Ekspert komissiyasi) — raqamli texnologiyalar sohasining malakali mutaxassislaridan iborat tadbirkorlik subyektlari hamda ularning dasturiy mahsulotlarini yagona reyestrga kiritish uchun taqdim etilgan hujjatlarni koʻrib chiqish maqsadida Raqamli texnologiyalar vazirligi tomonidan tashkil etilgan komissiya.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Yagona reyestrni shakllantirish va yuritishning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadbirkorlik subyektlarining hamda ular tomonidan taklif etiladigan dasturiy mahsulotlarning markazlashgan maʼlumotlar bazasidan iborat yagona reyestrni yuritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat buyurtmachisiga yagona reyestrga kiritilgan tadbirkorlik subyektlari bilan umumiy qiymati bazaviy hisoblash miqdorining 2 500 baravaridan oshmagan miqdordagi davlat xaridlari doirasida “taklif soʻrovi” xarid qilish tartib-taomili asosida shartnomalar tuzish imkoniyatini taqdim etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
joriy etiladigan dasturiy mahsulotlarning xavfsizlik, shaffoflik va sifat talablariga muvofiqligini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat sektorida xavfsiz va ishonchli dasturiy mahsulotlarning joriy etilishini jadallashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat buyurtmachilari dasturiy mahsulotlarini joriy etish va qoʻllab-quvvatlash boʻyicha davlat xaridlarini rejalashtirish, oʻtkazish va amalga oshirishda yagona reyestr maʼlumotlaridan foydalanish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Tadbirkorlik subyektlari va ularning dasturiy mahsulotlarini yagona reyestrga kiritish uchun toʻlov undirilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Yagona reyestrni shakllantirish va yuritish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Davlat sirlarini oʻz ichiga olgan dasturiy mahsulotlar yagona reyestrga kiritilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. “Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki direksiyasi” masʼuliyati cheklangan jamiyati yagona reyestrning operatori (keyingi oʻrinlarda — operator) hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Operator quyidagi vazifalarni bajaradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadbirkorlik subyektlarining yagona reyestrga kiritish uchun taqdim etilgan hujjatlarini qabul qilish, ularni koʻrib chiqish, Ekspert komissiyasiga taqdim etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadbirkorlik subyektlari tomonidan kiritilgan arizaning koʻrib chiqish jarayonini “ai.gov.uz” milliy portalida eʼlon qilib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yagona reyestrdagi tadbirkorlik subyektlari hamda ularning maqomi va dasturiy mahsulotlar hisobini yuritish, shuningdek, ular haqidagi maʼlumotlarni dolzarbligi yuzasidan monitoring qilib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat xaridlari boʻyicha maxsus axborot portali, Raqamli hukumatning axborot tizimlari va resurslari yagona reyestri axborot tizimlarini yagona reyestr bilan real vaqt rejimida maʼlumot almashinuvini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yagona reyestrning uzluksiz ishlashini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yagona reyestrda kiberxavfsizlikni taʼminlash boʻyicha choralar koʻrish hamda uni doimiy nazorat qilib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekspert komissiyasining faoliyatini tashkiliy-texnik jihatdan taʼminlash va Ekspert komissiyasi xulosalari hisobini yuritish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Sunʼiy intellekt sohasidagi tadbirkorlik subyektlari yagona reyestrga ushbu Nizomga 1-ilovadagi sxema asosida kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekspert komissiyasining tarkibi va ish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi raqamli texnologiyalar vazirining buyrugʻi bilan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Operator Ekspert komissiyasining ishchi organi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Davlat buyurtmachilari davlat xaridlarini rejalashtirish, oʻtkazish va amalga oshirishda, shuningdek, dasturiy mahsulotlarni joriy etishda yagona reyestr maʼlumotlaridan foydalanishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Tadbirkorlik subyektlarining dasturiy mahsulotlarini joriy etish boʻyicha texnik topshiriqlari Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi bilan kelishiladi, “Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasi va “Kiberxavfsizlik markazi” davlat muassasasi tomonidan oʻz vakolatlari doirasida ekspertizadan oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi davlat xaridlarida yagona reyestrga kiritilgan tadbirkorlik subyektlari va ularning dasturiy mahsulotlarining ishtirok etishini nazorat qilish uchun masʼul hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Yagona reyestrda quyidagi tur (toifa)dagi dasturiy mahsulotlar roʻyxatga olinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) mashinaviy oʻrganish modellari, jumladan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tasniflash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
regressiya;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
klasterlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tavsiya modellari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
anomaliyalarni aniqlash tizimlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) chuqur neyron tarmoqlari, jumladan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
konvolyutsion neyron tarmoqlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
rekurrent neyron tarmoqlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
transformer modellari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) generativ dasturiy mahsulotlar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
matn yaratish (tabiiy tilni qayta ishlash modellari, katta til modellari);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
rasm, video va audio yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kod yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maʼlumotlarni sintez qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
matnni tasvirga, tasvirni matnga aylantirish tizimlari va boshqalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) “kompyuter nigohi” yechimlari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
obyektlar va yuzlarni tanib olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tibbiy tasvirlarni tahlil qilish (kompyuter tomografiyasi, magnit-rezonans tomografiyasi, rentgen va boshqalar);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tasvirlarni segmentlash va tasniflash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
videotahlil va hodisalarni aniqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab chiqarishda sifatni nazorat qilish tizimlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) tabiiy tilni qayta ishlash:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nutqni tanib olish va sintez qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mashinaviy tarjima;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
matn ohangini tahlil qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chat-botlar va ovozli yordamchilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
matnlarni avtomatik tarzda umumlashtirish va tasniflash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) prognoz tahlili sohasidagi yechimlar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
talabni prognoz qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xatarlarni oldindan aniqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ehtimoliy hodisalarni baholash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uskunalarni oldindan diagnostika qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
moliyaviy prognozlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
j) robotlashtirilgan va avtonom tizimlar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avtonom robotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
haydovchisiz transport vositalari (quruqlikdagi, havodagi, suvdagi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
navigatsiya va real vaqtda qaror qabul qilish tizimlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
z) qaror qabul qilishni qoʻllab-quvvatlash tizimlari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tibbiy diagnostika tizimlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunlarni qoʻllash va meʼyoriy nazoratni avtomatlashtirish tizimlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
moliyaviy-kredit skoring modellari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xatarlarni baholash va tavsiyalarni shakllantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
i) kiberxavfsizlikka oid dasturiy mahsulotlar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tahdid va hujumlarni aniqlash tizimlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tahdidlar va anomaliyalarning oldini olish tizimlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zararli (xavfli) tarmoq trafigining avtomatlashtirilgan tahlili.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
k) infratuzilmaviy dasturiy mahsulotlar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
modellarni oʻqitish uchun moʻljallangan bulutli platformalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
GPU-klasterlar va hisoblash infratuzilmalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sunʼiy intellekt hayotiy siklini boshqarish uchun Mashinaviy oʻrganish operatsiyalari (MLOps) va Dastur ishlab chiqish operatsiyalari (DevOps) platformalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
katta maʼlumotlar va izohlangan toʻplamlar uchun maʼlumotlar bazalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
l) izohlovchi va tasdiqlovchi (verifikatsiya) yechimlar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maʼlumotlarni izohlash vositalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avtomatlashtirilgan belgilash tizimlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sunʼiy intellekt modellarini sinovdan oʻtkazish va tasdiqlash yechimlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
m) sunʼiy intellekt algoritmlaridan foydalanadigan va ushbu bandning “a” — “l” kichik bandlaridagi toifalarga mansub boʻlmagan, lekin avtonom yoki yarimavtonom qaror qabul qilish xususiyatlariga ega boʻlgan har qanday boshqa dasturiy mahsulotlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Yagona reyestrga kiritilgan dasturiy mahsulotlar tur (toifa)lari boʻyicha “taklif soʻrovi” xarid qilish tartib-taomilini qoʻllashda tadbirkorlik subyektlarining ushbu Nizomning 13-bandiga muvofiq roʻyxatdan oʻtgan dasturiy mahsulotlar turi (toifasi) boʻyicha oʻz takliflari bilan ishtirok etishiga yoʻl qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Tadbirkorlik subyektlarini yagona reyestrga kiritish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Tadbirkorlik subyektlari yagona reyestrda “ai.gov.uz” milliy portalida oʻzlarining shaxsiy kabineti orqali elektron raqamli imzodan (keyingi oʻrinlarda — ERI) foydalangan holda roʻyxatdan oʻtadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Tadbirkorlik subyektlari yagona reyestrda ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq elektron shakldagi varaqani toʻldirish orqali onlayn tarzda roʻyxatdan oʻtadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Tadbirkorlik subyektlari yagona reyestrga kiritiladigan maʼlumotlar va unga ilova qilingan hujjatlarning ishonchliligi va haqqoniyligi uchun shaxsan javobgar hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Tadbirkorlik subyektlari texnik topshiriqlarni kelishish uchun Istiqbolli loyihalar milliy agentligiga hamda ekspertizadan oʻtkazish uchun ekspertizadan oʻtkazuvchi tashkilotlarga bir vaqtning oʻzida, qonunchilik hujjatlarida belgilangan talablarga muvofiq, tegishliligi boʻyicha elektron shaklda yagona reyestr axborot tizimi orqali onlayn tarzda taqdim etadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda texnik topshiriqlarni “yagona darcha” tamoyili asosida ekspertizadan oʻtkazish maqsadida, yagona reyestr Raqamli hukumatning axborot tizimlari va resurslari yagona reyestri axborot tizimi bilan integratsiya qilinadi hamda Raqamli texnologiyalar vazirligi va “Kiberxavfsizlik markazi” davlat muassasasi tomonidan yagona reyestr orqali kelib tushgan texnik topshiriqlarni mazkur axborot tizimi orqali ekspertizadan oʻtkazish taʼminlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Texnik topshiriqlar Istiqbolli loyihalar milliy agentligi hamda ekspertizadan oʻtkazuvchi tashkilotlar tomonidan oʻn besh ish kuni ichida kelishiladi va ekspertizadan oʻtkaziladi. Ekspertiza xulosalari operatorga va tadbirkorlik subyektiga taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Operator taqdim etilgan maʼlumotlarni quyidagi asoslar boʻyicha uch ish kuni ichida koʻrib chiqadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dasturiy mahsulotlar varaqasi va unga ilova qilingan hujjatlarning toʻliqligi va rasmiy talablarga muvofiqligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
texnik topshiriqlar boʻyicha ekspertizadan oʻtkazuvchi tashkilotlar tomonidan taqdim etilgan ijobiy xulosalar mavjudligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yakuniy benefitsiar mulkdorlar va affillangan shaxslarni aniqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadbirkorlik subyektiga nisbatan bankrotlik, faoliyatning toʻxtatilgani yoki boshqa cheklovlar mavjudligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilgari tuzilgan shartnomalar boʻyicha muddati oʻtgan majburiyatlar mavjudligi (tasdiqlovchi maʼlumotlar mavjud boʻlgan taqdirda).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Operator taqdim etilgan hujjatlarni yagona reyestrda roʻyxatdan oʻtkazadi hamda taqdim etilgan maʼlumotlarni tegishli davlat axborot tizimlari va maʼlumotlar bazalaridagi maʼlumotlar bilan solishtirish orqali tekshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Maʼlumotlarni tekshirish natijalariga koʻra, operator tomonidan tadbirkorlik subyektlarining loyiha-texnik hujjatlariga “Koʻrib chiqilmoqda”, “Maʼqullangan” yoki “Qaytarilgan” belgisi qoʻyiladi va Ekspert komissiyaga taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Talab etilgan hujjatlarning mavjudligi (yoki yoʻqligi) Ekspert komissiyasi tomonidan qaror qabul qilishda inobatga olinadi hamda tadbirkorlik subyekti va dasturiy mahsulotlar varaqasida aks ettiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Tadbirkorlik subyektlariga koʻrib chiqish natijasini berish va ularning dasturiy mahsulotlarini yagona reyestrga kiritish toʻgʻrisida qaror qabul qilish uchun Ekspert komissiyasi ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq tadbirkorlik subyektlariga qoʻyiladigan talablar asosida hujjatlarni koʻrib chiqadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Koʻrib chiqish yakunlari boʻyicha Ekspert komissiyasi oʻn ish kuni ichida quyidagi xulosalardan birini taqdim etadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Kiritilsin” — tadbirkorlik subyekti va uning dasturiy mahsulotlariga ushbu Nizomda belgilangan talablarga muvofiq, yagona identifikator (“Registry ID”) beriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Rad etilsin” — ushbu Nizomda belgilangan talablarga mos kelmagan hollarda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Yagona reyestrga kiritish rad etilgan taqdirda, tadbirkorlik subyektlari ekspert komissiyasi xulosasi yuzasidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Tadbirkorlik subyektlarini yagona reyestrga kiritishni rad etish uchun quyidagilar asos boʻladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tekshiruv uchun zarur boʻlgan maʼlumotlarni taqdim etishdan bosh tortish yoxud notoʻgʻri yoki toʻliq boʻlmagan maʼlumotlarni taqdim etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadbirkorlik subyekti bankrot yoki bankrotlik jarayonida boʻlishi, faoliyatning toʻxtatilish holatlari mavjudligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dasturiy mahsulotlar asosiy komponentlaridan foydalanish boʻyicha tasdiqlangan huquqlarning mavjud emasligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dasturiy mahsulotlarning ushbu Nizomga 3-ilovada keltirilgan talablarga mos kelmasligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlik subyektlarini qonunchilik hujjatlarida belgilangan boshqa talablarga koʻra yagona reyestrga kiritishni rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Rad etish asosi Ekspert komissiyasining xulosasida keltiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda Ekspert komissiyasining xulosasida rad etishning aniq sabablari koʻrsatilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Operator yagona reyestrga kiritilgan tadbirkorlik subyekti va uning dasturiy mahsulotlari varaqalarini ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq shaklda (II boʻlimda keltirilgan maʼlumotlardan tashqari) uch ish kuni ichida “ai.gov.uz” milliy portalida joylashgan yagona reyestrda eʼlon qiladi va bir vaqtning oʻzida ushbu maʼlumotlarni davlat xaridlari boʻyicha maxsus axborot portaliga real vaqt rejimida yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Tadbirkorlik subyekti va uning dasturiy mahsulotlariga oʻzgartirishlar kiritilgan taqdirda, tadbirkorlik subyekti ushbu oʻzgartirishlar (yangilanishlar) kiritilgani haqida uch ish kuni ichida operatorni xabardor qilishi shart. Bunda oʻzgartirishlar tadbirkorlik subyektlarining yagona reyestrdagi shaxsiy kabineti orqali amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Tadbirkorlik subyektlarini yagona reyestrdan chiqarish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Tadbirkorlik subyektlarining masʼul shaxslari yagona reyestrga kiritilgan tadbirkorlik subyektlari va ularning dasturiy mahsulotlari haqidagi maʼlumotlarni aniqlashtirish uchun operatorning soʻroviga binoan uch ish kuni ichida qoʻshimcha maʼlumotlarni yozma shaklda taqdim etishlari lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlik subyektlari soʻrov boʻyicha maʼlumotlarni taqdim etmagan taqdirda, ularning davlat xaridlarida ishtirok etishi mazkur maʼlumotlar taqdim etilgunga qadar bir oy muddatga cheklanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlik subyektlari tomonidan bir oy muddatda soʻrov boʻyicha maʼlumotlarni taqdim etish rad etilgan taqdirda, operator ushbu holatga oid maʼlumotlarni va asoslovchi hujjatlarni Ekspert komissiyasiga yagona reyestrdan chiqarish masalasini koʻrib chiqish hamda qaror qabul qilish uchun yuboradi. Ekspert komissiyasining qarori asosida operator tegishli dasturiy mahsulotlarni yagona reyestrdan chiqaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Tadbirkorlik subyektlari va ularning dasturiy mahsulotlari yagona reyestrdan quyidagi tartibda chiqariladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadbirkorlik subyekti tomonidan yagona reyestrdagi shaxsiy kabineti orqali berilgan ariza asosida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu Nizomda nazarda tutilgan hollarda Ekspert komissiyasining xulosasiga koʻra.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Tadbirkorlik subyektlari va ularning dasturiy mahsulotlari yagona reyestrdan ekspert komissiyasi tashabbusi bilan quyidagi hollarda chiqariladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
notoʻgʻri maʼlumotlar taqdim etilgani aniqlanganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadbirkorlik subyekti ushbu Nizomning 29-bandiga asosan soʻrov boʻyicha maʼlumotlarni taqdim etishni rad etganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadbirkorlik subyekti jinoiy javobgarlikka tortilgani aniqlanganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
insofsiz ijrochilarning yagona reyestriga kiritilganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sunʼiy intellektga asoslangan yechimlarni yaratish, joriy qilish va ulardan foydalanish boʻyicha etika qoidalari va tamoyillariga rioya etilmaganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik shaxs tugatilganda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Operator tegishli qaror qabul qilingan kundan boshlab uch ish kuni ichida yagona reyestrdan chiqarish toʻgʻrisidagi xabarni yagona reyestrga kiritadi, chiqarilgan sana va asoslarni koʻrsatadi hamda tadbirkorlik subyektini shaxsiy kabineti orqali xabardor qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda mazkur bandda nazarda tutilgan holatlar yuzaga kelganda, operator tegishli maʼlumotlarni real vaqt rejimida davlat xaridlari boʻyicha maxsus axborot portaliga yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Ushbu Nizomni qoʻllashda yuzaga keladigan nizolar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Ushbu Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat xaridlarini “taklif soʻrovi” asosida amalga oshirishga ruxsat etilgan tadbirkorlik subyektlarining sunʼiy intellektga asoslangan axborot tizimlari (dasturiy mahsulotlar) reyestrini shakllantirish va yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat xaridlarini “taklif soʻrovi” asosida amalga oshirishga ruxsat etilgan tadbirkorlik subyektlarining sunʼiy intellektga asoslangan axborot tizimlari (dasturiy mahsulotlar) reyestriga kiritish ishlarini tashkil etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI

Bosqichlar

Masʼullar

Tadbirlar

Muddatlar

1-bosqich

Tadbirkorlik subyekti

“ai.gov.uz” milliy portalidagi shaxsiy kabinetida ERI kalitidan foydalangan holda roʻyxatdan oʻtadi va dasturiy mahsulotlari varaqasining elektron shaklini toʻldiradi.

“ai.gov.uz” milliy portali orqali texnik topshiriqlarni kelishish va ekspertizadan oʻtkazish uchun Istiqbolli loyihalar milliy agentligi va ekspertizadan oʻtkazuvchi tashkilotlarga yuboradi.

Zaruratga koʻra

2-bosqich

Istiqbolli loyihalar milliy agentligi va ekspertizadan oʻtkazuvchi tashkilotlar

Texnik topshiriqlarni ekspertizadan oʻtkazadi hamda tegishli xulosalarni operatorga va tadbirkorlik subyektiga taqdim etadi.

15 ish kuni

3-bosqich

Operator

Tadbirkorlik subyekti, Istiqbolli loyihalar milliy agentligi hamda ekspertizadan oʻtkazuvchi tashkilotlar tomonidan taqdim etilgan maʼlumotlarni tekshiradi, keyinchalik ularni Ekspert komissiyasiga koʻrib chiqish uchun taqdim etadi.

3 ish kuni

4-bosqich

Ekspert komissiyasi

1. Operator tomonidan taqdim etilgan hujjatlar koʻrib chiqiladi.

2. Tadbirkorlik subyekti va uning dasturiy mahsulotlarini yagona reyestrga kiritish yoki rad qilish boʻyicha xulosa taqdim etadi.

10 ish kuni

5-bosqich

Operator

Tadbirkorlik subyekti va uning dasturiy mahsulotlari varaqalarini yagona reyestrda eʼlon qilish bilan bir vaqtda ushbu maʼlumotlarni davlat xaridlari boʻyicha maxsus axborot portaliga real vaqt rejimida yuboradi.

3 ish kuni

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat xaridlarini “taklif soʻrovi” asosida amalga oshirishga ruxsat etilgan tadbirkorlik subyektlarining sunʼiy intellektga asoslangan axborot tizimlari (dasturiy mahsulotlar) reyestrini shakllantirish va yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sunʼiy intellekt sohasidagi tadbirkorlik subyektlarining va ularning sunʼiy intellektga asoslangan axborot tizimlari (dasturiy mahsulotlar) varaqasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Koʻrsatkich nomi

Tavsif

Registry ID ____

I. Tadbirkorlik subyekti haqida umumiy maʼlumotlar

1.

Tadbirkorlik subyekti nomi va uning tashkiliy-huquqiy shakli (MCHJ, AJ va boshqalar)

2.

Faoliyat yoʻnalishi va vakolatlari boʻyicha qisqacha tavsif

3.

Yuridik manzili

4.

STIR

5.

Aloqa maʼlumotlari:

(telefon, elektron pochta, veb-sayt)

6.

Rahbar/masʼul shaxs

7.

Subyekt holati:

(Faol/Toʻxtatilgan)

II. Benefitsiarlar va mulkdorlar haqida maʼlumot**

8.

Yakuniy benefitsiar mulkdorlar (mavjud boʻlgan taqdirda), mulk va boshqaruv tuzilmasi, shuningdek, affillangan shaxslar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar

9.

Moliyaviy barqarorlik va shartnomalar boʻyicha majburiyatlarni bajarish imkoniyatini tasdiqlovchi maʼlumotlar

III. Tadbirkorlik subyektining sunʼiy intellektga asoslangan axborot tizimlari (dasturiy mahsulotlar)

(Har bir sunʼiy intellekt yechimi uchun alohida varaqa toʻldiriladi)

10.

Dasturiy mahsulotlar nomi

11.

Dasturiy mahsulotlarning qisqacha tavsifi

12.

Dasturiy mahsulotlar turi

(masalan, tabiiy tilni qayta ishlash, kompyuter koʻrish, bashoratli tahlil, jarayonlarni robotlashtirish va boshqalar)

13.

Dasturiy mahsulotlar versiyasi

14.

Maqsadi, vazifalari va qoʻllanish doirasi

15.

Hayotiy sikl bosqichi

(Yaratish/Foydalanish/Takomillashtirish/Foydalanishdan chiqarish)

16.

Texnik xususiyatlari va arxitekturasi

17.

Foydalaniladigan maʼlumotlar va manbalar

18.

Litsenziyalar va intellektual mulk huquqlarining mavjudligi

19.

Dasturiy mahsulotlarning joriy etilgani

IV. Ilovalar

20.

Dasturiy mahsulotlarning taqdimoti

21.

“Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasining texnik topshiriq boʻyicha ijobiy xulosasi

22.

“Kiberxavfsizlik markazi” davlat muassasasining texnik topshiriq boʻyicha ijobiy xulosasi

23.

Istiqbolli loyihalar milliy agentligining texnik topshiriq boʻyicha taqdim etgan javobi

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlik subyektlari va ularning dasturiy mahsulotlari varaqalarida koʻrsatiladigan maʼlumotlar tegishli axborot tizimlaridan elektron integratsiya orqali avtomatik olinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Benefitsiarlar va mulkdorlar haqidagi maʼlumotlar operator tomonidan “ai.gov.uz” milliy portalida joylashgan yagona reyestrda eʼlon qilinmaydi hamda ushbu maʼlumotlar tadbirkorlik subyektining shaxsiy maʼlumotlari sifatida saqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat xaridlarini “taklif soʻrovi” asosida amalga oshirishga ruxsat etilgan tadbirkorlik subyektlarining sunʼiy intellektga asoslangan axborot tizimlari (dasturiy mahsulotlar) reyestrini shakllantirish va yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat xaridlarini “taklif soʻrovi” asosida amalga oshirishga ruxsat etilgan tadbirkorlik subyektlarining sunʼiy intellektga asoslangan axborot tizimlari (dasturiy mahsulotlar) reyestriga kiritish uchun tadbirkorlik subyektlariga qoʻyiladigan
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TALABLAR

Tadbirkorlik subyekti quyidagi talablarga rioya etgan holda yagona reyestrga kiritilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Huquqiy holati:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Oʻzbekiston Respublikasi hududida belgilangan tartibda tadbirkorlik subyekti sifatida davlat roʻyxatidan oʻtgan boʻlishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) bankrotlik va faoliyatning toʻxtatilishi holatlari mavjud boʻlmasligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Sunʼiy intellekt sohasidagi faoliyat:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) sunʼiy intellektga asoslangan axborot tizimlarini (dasturiy mahsulotlar) ishlab chiqish, integratsiya qilish, joriy etish, qoʻllab-quvvatlash hamda ulardan foydalanish bilan bogʻliq faoliyatni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) belgilangan toifalar va talablarga mos keladigan bir yoki bir nechta sunʼiy intellektga asoslangan axborot tizimlariga (dasturiy mahsulotlar) ega boʻlish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) sunʼiy intellektga asoslangan axborot tizimlarining (dasturiy mahsulotlar) texnik topshiriqlari, funksional tavsifi va xususiyatlari mavjud boʻlishi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Huquqiy egalik va intellektual mulk:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) model, maʼlumotlar, algoritmlar, dasturiy taʼminot va sunʼiy intellektga asoslangan axborot tizimlarining (dasturiy mahsulotlar) boshqa komponentlaridan foydalanish boʻyicha tasdiqlangan huquqlarning mavjud boʻlishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) mualliflik huquqlari, litsenziya shartnomalari va boshqa hujjatlarning mavjud boʻlishi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Sunʼiy intellektga asoslangan axborot tizimlarining (dasturiy mahsulotlar) texnik yaroqliligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) texnik ekspertizadan oʻtgan boʻlishi, zarurat tugʻilganda xavflarni baholash amalga oshirilgan boʻlishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) sifat, aniqlik, xavfsizlik va barqaror ishlash boʻyicha belgilangan talablarga muvofiqligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) sunʼiy intellektga asoslangan axborot tizimlarini (dasturiy mahsulotlar) testdan oʻtkazish, yangilash va texnik qoʻllab-quvvatlash jarayonlarining belgilangan va hujjatlashtirilgan boʻlishi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Komplayens va xavfsizlik:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) shaxsga doir maʼlumotlarni himoya qilish va axborot xavfsizligi toʻgʻrisidagi qonunchilik talablariga, shuningdek, sunʼiy intellektga asoslangan yechimlarni yaratish, joriy qilish va ulardan foydalanish boʻyicha etika qoidalariga rioya etilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) maʼlumotlarni qayta ishlash siyosati, maʼlumotlarni himoya qilish choralarining mavjudligi hamda ruxsatsiz kirishning oldini olish jarayonlarining joriy etilgan boʻlishi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Hujjatlarga qoʻyiladigan talablar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) tadbirkorlik subyekti belgilangan shakldagi elektron varaqani toʻldiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) sunʼiy intellektga asoslangan axborot tizimlarining (dasturiy mahsulotlar) texnik topshiriqlarini va taqdimotini (tavsifi, funksionalligi, qoʻllanish sohasi) taqdim etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) dasturiy taʼminot, maʼlumotlar va modelga boʻlgan huquqlarni tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) ekspertizadan oʻtkazuvchi tashkilotlar tomonidan taqdim etilgan texnik topshiriqlar boʻyicha ijobiy xulosalarni hamda Istiqbolli loyihalar milliy agentligining mazkur texnik topshiriqlar boʻyicha javobini taqdim etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) yagona reyestr operatori va Ekspert komissiyasining soʻroviga binoan boshqa hujjatlarni taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Halollik va moliyaviy barqarorlik:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) yakuniy benefitsiar mulkdorlar, mulkchilik va nazorat tuzilmasi hamda affillangan shaxslar haqidagi maʼlumotlarni oshkor qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) davlat organlariga va davlat xaridlari elektron tizimiga (maʼlumotlar mavjud boʻlganda) notoʻgʻri maʼlumotlar taqdim etilgani toʻgʻrisida tasdiqlangan faktlarning yoʻqligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) moliyaviy barqarorlik va majburiyatlarni bajarish imkoniyatini tasdiqlovchi hujjatlarni (elektron shaklda) taqdim etish, jumladan, oxirgi hisobot davri uchun moliyaviy koʻrsatkichlar (tushum/aylanma) toʻgʻrisidagi maʼlumotlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Idoralararo tekshiruvlarga rozilik:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) roʻyxatdan oʻtganlik, faoliyat holati, cheklovlarning mavjudligi va halollikni tekshirish uchun zarur boʻlgan boshqa maʼlumotlar boʻyicha idoralararo solishtirish oʻtkazilishiga (qonunchilik hujjatlarida belgilangan doirada) rozilik berishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) tadbirkorlik subyekti va uning benefitsiarlarining xalqaro sanksiyalar roʻyxatlarida mavjud boʻlmasligi (amaldagi tekshiruvlar doirasida).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Qoʻshimcha shart sifatida tadbirkorlik subyekti oʻzining dasturiy mahsulotlari boʻyicha maʼlumotlarni ularning hayotiy siklining barcha bosqichlarida oʻz vaqtida yangilab borishi shart.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.09.2026-y., 09/26/510/0964-son)