21.09.2026 yildagi PQ-347-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 23.09.2026 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
QARORI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tennis sport turini ommalashtirish va rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mamlakatimizda tennis sport turini yanada ommalashtirish, sportchilarni saralab olish tizimini yaxshilash, ushbu sport turi boʻyicha zamonaviy sport infratuzilmasini yaratish hamda nufuzli sport musobaqalarida natijadorlikni taʼminlash maqsadida qaror qilaman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Maqsadlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar tennis sport turini ommalashtirish va rivojlantirishning asosiy maqsadlari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) aholi oʻrtasida tennis sport turining ommaviyligini oshirish, iqtidorli sportchilarni aniqlash, tanlash va saralab olish hamda ularni professional sportchilar sifatida tayyorlashning yangi tizimini yoʻlga qoʻyish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) tennis sport turi boʻyicha professional trenerlar va boshqa mutaxassislarni tayyorlash tizimini takomillashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) tennis sport turi boʻyicha zamonaviy sport infratuzilmasini barpo etish va mavjud sport inshootlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, zamonaviy sport anjomlari va jihozlari bilan taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(g) tennis sport turi boʻyicha professional sportchilarni tayyorlashning barcha bosqichlarini raqamlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(d) tennis boʻyicha musobaqalarni tizimli tashkil etib borish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar tennis sport turini 2030-yilgacha ommalashtirish va rivojlantirishning asosiy maqsadli koʻrsatkichlari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) tennis bilan doimiy shugʻullanuvchilar sonini 3 000 nafargacha yetkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) tennis boʻyicha trenerlar sonini 200 nafarga yetkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) tennis sport turi boʻyicha Osiyoda top-5 talikka kirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(g) tennis sport turini istiqbolli sport turlari qatoriga kiritish choralarini koʻrish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Tennis sport turini ommalashtirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilab qoʻyilsinki, 2026-yil 1-oktabrdan boshlab anʼanaviy tarzda tennis boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasida quyidagi musobaqalarni oʻtkazib borish yoʻlga qoʻyiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) Professional tennischilar assotsiatsiyasi (ATP) va Ayollar tennisi assotsiatsiyasi (WTA) hamda Xalqaro tennis federatsiyasi (ITF) shafeligi ostida boʻlib oʻtadigan xalqaro tennis musobaqalari. Bunda ushbu musobaqalarni oʻtkazish hamda gʻolib va sovrindorlarni taqdirlash bilan bogʻliq xarajatlar homiylik xayriyalari hisobidan moliyalashtiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) yoshlar va kattalar oʻrtasida Oʻzbekiston kubogi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) yoshlar, oʻsmirlar va kattalar oʻrtasida Respublika chempionati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(g) kattalar oʻrtasida “Uzbekistan open” xalqaro turniri;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(d) erkaklar oʻrtasida “ATP Challenger” xalqaro musobaqasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda Oʻzbekiston tennis federatsiyasining 2027-yil 1-yanvardan boshlab umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarida “Juniors Tennis Initiative” dasturini joriy qilish toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullansin. Bunda dastur doirasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) 1 — 4-sinf oʻquvchilari uchun jismoniy tarbiya darslarida tennisga qiziqishni shakllantirish boʻyicha boshlangʻich mashgʻulotlar yoʻlga qoʻyiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) oʻquvchilarning tennisga qiziqishi hamda sport infratuzilmasi mavjudligiga qarab tennis rivojlantiriladigan umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari tanlab olinadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) tanlab olingan umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarida tennis boʻyicha sport seksiyalari tashkil etiladi hamda ularning moddiy-texnika bazasi yaxshilanib, sport inventarlari, shu jumladan, “tennis wall” moslamalari bilan Oʻzbekiston tennis federatsiyasi mablagʻlari hisobidan jihozlanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(g) mashgʻulotlar tanlab olingan umumiy oʻrta taʼlim tashkiloti joylashgan hududdagi sport maktabidan jalb etilgan trenerlar tomonidan olib boriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Sport vazirligining Respublika olimpiya zaxiralari tennis maktabini (keyingi oʻrinlarda — Maktab) boshqarish funksiyasi amaldagi moliyalashtirish tartibini saqlagan holda Oʻzbekiston tennis federatsiyasiga berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Belgilansinki, Oʻzbekiston tennis federatsiyasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) Maktab faoliyatining eng muhim samaradorlik koʻrsatkichlarini belgilaydi, uning rahbar kadrlarini lavozimiga tayinlaydi va lavozimidan ozod qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) Maktabning moliyaviy va strategik faoliyatini rivojlantirish boʻyicha dastur va uzoq muddatli rejalarni tasdiqlaydi hamda ularning bajarilishini nazorat qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) Maktab tomonidan koʻrsatiladigan pulli xizmatlar uchun toʻlovlar miqdori hamda uning budjetdan tashqari mablagʻlarini sarflash yoʻnalishlarini mustaqil belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston tennis federatsiyasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) Maktab faoliyatini zamonaviy boshqaruv modellari asosida samarali tashkil etsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) ikki oy muddatda Maktabga yuqori malakali xorijiy ekspert va trenerlarni jalb qilsin hamda ilgʻor tajribalar asosida professional sportchilar, murabbiylar va hakamlarning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish boʻyicha zamonaviy metodikalarni ishlab chiqib, joriy qilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) 2027-yil 1-iyunga qadar homiylik mablagʻlarini jalb qilgan holda Maktab moddiy-texnika bazasini mustahkamlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(g) 2027-yildan boshlab Maktab bazasida Xalqaro tennis federatsiyasi (ITF) shafeligi ostida boʻlib oʻtadigan xalqaro tennis musobaqalarini oʻtkazish choralarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Tennis sport turini moliyalashtirishni tashkil etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Sport vazirligi tizimidagi sport-taʼlim tashkilotlarining tennis kortlarini saqlash xarajatlarini moliyalashtirishning quyidagi tartibi joriy etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) 2027-yil 1-yanvardan boshlab pulli xizmatlarni koʻrsatish uchun yetarli imkoniyatlarga ega tennis kortlari oʻzini oʻzi moliyalashtirish tartibiga oʻtkaziladi. Bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(i) sport-taʼlim tashkilotiga tennis kortlarida joriy etiladigan pulli xizmatlar uchun toʻlovlar miqdorini mustaqil belgilash huquqi beriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(ii) pulli xizmatlardan tushadigan tushumlar, birinchi navbatda, kommunal toʻlovlar xarajatlariga yoʻnaltiriladi hamda sport-taʼlim tashkilotlariga mablagʻlarning qolgan qismidan mustaqil foydalanish huquqi beriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(iii) sport-taʼlim tashkilotlarining oʻzini oʻzi moliyalashtirishga oʻtkazilgan tennis kortlarida tennis boʻyicha mavjud guruhlar bilan shugʻullanayotgan trenerlarning ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlar Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) daromadlari xarajatlarini qoplamaydigan va rekonstruksiyaga muhtoj tennis kortlari davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida xususiy investorlarga beriladi. Bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(i) sport-taʼlim tashkilotlarining davlat-xususiy sheriklik asosida xususiy investorlarga berilgan tennis kortlarida tennis boʻyicha mavjud guruhlarning mashgʻulotlarini begʻaraz asosda oʻtkazib borish taʼminlanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(ii) ushbu talab tegishli davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitimlarda nazarda tutiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) tennis kortlarini oʻzini oʻzi moliyalashtirishga oʻtkazish natijasida tejab qolinadigan budjet mablagʻlari tennis boʻyicha sportchilarni vitaminlar, asbob-uskunalar, ekipirovka va boshqa zarur vositalar bilan taʼminlashga maqsadli yoʻnaltiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Qaror ijrosini tashkil etish, taʼminlash va nazorat
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Sport vazirligi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Oʻzbekiston tennis federatsiyasi bilan birgalikda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) 2027-yil 1-yanvarga qadar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(i) Sport vazirligi tizimida hamda davlat mulkida boʻlgan tennis kortlarini xatlovdan oʻtkazsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(ii) davlat mulkida boʻlgan tennis kortlarini oʻzini oʻzi moliyalashtirishga oʻtkazish boʻyicha takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(iii) davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida xususiy investorga beriladigan tennis kortlari roʻyxatini shakllantirsin hamda oʻzining rasmiy veb-saytida tegishli eʼlonlar joylashtirilishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) 2027-yil 1-yanvardan boshlab oʻzini oʻzi moliyalashtirishga oʻtkaziladigan tennis kortlari faoliyatini mazkur qaror asosida tashkil etish boʻyicha zarur chora-tadbirlarni amalga oshirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Tennis sport turini yanada rivojlantirish va ommalashtirish chora-tadbirlari dasturi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 7-apreldagi “Maʼmuriy islohotlar doirasida yoshlar siyosati va sport sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-114-son qaroriga 7-ilovaning 9 va 10-bandlari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“9. Osiyo va Paraosiyo oʻyinlari gʻoliblari hamda sovrindorlari quyidagi miqdorda bir martalik pul mukofoti bilan ragʻbatlantiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oltin medal uchun — 25 000 AQSH dollari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kumush medal uchun — 12 500 AQSH dollari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bronza medal uchun — 6 250 AQSH dollari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Osiyo va Paraosiyo oʻyinlarida gʻolib va sovrindor boʻlgan sportchilarni tayyorlagan trenerlar quyidagi miqdorda bir martalik pul mukofoti bilan ragʻbatlantiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oltin medal uchun — 10 000 AQSH dollari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kumush medal uchun — 5 000 AQSH dollari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bronza medal uchun — 2 500 AQSH dollari”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Sport vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsan javobgar etib sport vaziri A.I. Ikramov belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Ushbu qaror ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining sport boʻyicha vakili O.Q. Abduraxmanov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026-yil 21-sentabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-347-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 21-sentabrdagi PQ-347-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tennis sport turini yanada rivojlantirish va ommalashtirish chora-tadbirlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
DASTURI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Chora-tadbirlar nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Ijro muddati

Moliyalashtirish manbasi

Masʼul ijrochilar

1.

Tennis sport turini ommalashtirish va rivojlantirish.

1. Oʻzbekistonda tennis sport turi bilan doimiy shugʻullanuvchilar sonini 3 000 nafargacha yetkazish.

2. Tennis sport turi boʻyicha trenerlar sonini 200 nafarga yetkazish.

3. Tennis sport turi boʻyicha Osiyoda top-5 talikka kirish.

4. Tennis sport turini istiqbolli sport turlari qatoriga kiritish choralarini koʻrish.

2026 — 2030-yillar

Ijrochilar mablagʻlari, homiylik xayriyalari

Sport vazirligi,

Oʻzbekiston tennis federatsiyasi,

Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi

2.

Hududlarda tennis sport turi boʻyicha iqtidorli yoshlarni aniqlash, tanlash va saralash (seleksiya) ishlarini takomillashtirish.

1. Hududlardagi seleksionerlarni jalb qilgan holda iqtidorli yoshlarni aniqlash.

2. Hududlarda xorijiy va mahalliy mutaxassislar ishtirokida tennis sport turi boʻyicha yosh sportchilar bilan mahorat darslarini tashkil qilib borish.

3. Iqtidorli yoshlarni aniqlash va saralab olish hamda ularni professional sportchi sifatida tayyorlash uchun sport-taʼlim muassasalariga yoʻnaltirib borish.

Doimiy

-

Oʻzbekiston tennis federatsiyasi,

Sport vazirligi,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

3.

Tennis sport turi boʻyicha terma jamoalarning nufuzli xalqaro musobaqalarga tayyorgarlik koʻrishi va unda munosib ishtirok etishini taʼminlash.

1. Tennis sport turi boʻyicha milliy terma jamoalarga malakali xorijiy mutaxassislarni jalb qilish.

2. Nufuzli xalqaro musobaqalarga tayyorgarlik koʻrish rejasini ishlab chiqish.

3. Rejaga muvofiq terma jamoa aʼzolari uchun xalqaro va mahalliy oʻquv-mashgʻulot yigʻinlarini oʻtkazib borish.

4. Terma jamoa aʼzolarining nufuzli xalqaro musobaqalarda ishtirokini taʼminlash.

2026 — 2030-yillar

Ijrochilar mablagʻlari,

homiylik xayriyalari

Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi,

Oʻzbekiston tennis federatsiyasi,

Sport vazirligi

4.

Tennis sport turi boʻyicha milliy terma jamoalarni zarur sport inventarlari, jihozlar, sport ekipirovkalari va maxsus kiyimlar bilan taʼminlash.

1. Tennis sport turi boʻyicha milliy terma jamoalarning xalqaro musobaqalarga samarali tayyorgarlik koʻrishi uchun zarur sport inventarlari, jihozlar, sport ekipirovkalari va maxsus kiyimlar roʻyxatini shakllantirish.

2. Sport inventarlari, jihozlar, sport ekipirovkalari va maxsus kiyimlarni xarid qilish.

2027-yil 1-yanvardan boshlab

Ijrochilar mablagʻlari,

homiylik xayriyalari

Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi,

Oʻzbekiston tennis federatsiyasi,

Sport vazirligi

5.

Joylardagi tennis sport turi boʻyicha sport infratuzilmasini yaxshilash.

1. Hududlarda davlat sport taʼlim muassasalarining tennis kortlarini xatlovdan oʻtkazish hamda sport inshootlarining taʼmirga muhtojligini joyiga chiqqan holda oʻrganish.

2027-yil 1-yanvar

-

Sport vazirligi,

Oʻzbekiston tennis federatsiyasi,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

2. Oʻrganish natijalariga muvofiq tennis sport turi boʻyicha oʻzini oʻzi moliyalashtirish imkoniyatiga ega boʻlmagan tennis kortlarini davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida xususiy investorga berish toʻgʻrisida oʻrnatilgan tartibda eʼlon berish.

2027 — 2030-yillar

6.

Umumiy oʻrta taʼlim maktablarida “Juniors Tennis Initiative” dasturini joriy qilish.

1. Dasturni ishlab chiqish jarayoniga mutaxassislarni jalb etish.

2026-yil noyabr

Ijrochilar mablagʻlari,

homiylik xayriyalari

Oʻzbekiston tennis federatsiyasi,

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi

2. Ilgʻor xorijiy tajribalardan foydalangan holda dasturni ishlab chiqish.

Bunda dasturni 4-sinf oʻquvchilari uchun jismoniy tarbiya fani doirasida amalga oshirishni nazarda tutish.

3. Tennis boʻyicha sport infratuzilmasi mavjud umumiy oʻrta taʼlim maktablarini xatlovdan oʻtkazish.

4. Xatlov natijalariga koʻra tanlab olingan umumiy oʻrta taʼlim maktablarida tennis boʻyicha sport seksiyalarini tashkil etish.

2026-yil dekabr

5. Tennis boʻyicha sport seksiyalari tashkil etilgan umumiy oʻrta taʼlim maktablarining moddiy-texnika bazasini yaxshilash, sport inventarlari, jumladan, “tennis wall” moslamalari bilan jihozlash.

2026-2027-yillar

7.

Tennis sport turi boʻyicha yetakchi xorijiy davlatlarning ilgʻor tajribasini oʻrganish va amaliyotga joriy etib borish choralarini koʻrish.

1. Oʻquv-mashgʻulot jarayonlariga jahonning yetakchi mutaxassislarini tizimli asosda jalb etib borish.

2. Milliy terma jamoalar trenerlari va boshqa mutaxassislarini tajriba almashish maqsadida tennis sport turi rivojlangan yetakchi xorijiy davlatlarga yuborishni yoʻlga qoʻyish.

2026-yil noyabr

Ijrochilar mablagʻlari,

homiylik xayriyalari

Oʻzbekiston tennis federatsiyasi,

Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi

8.

Milliy terma jamoalarni ilmiy va uslubiy jihatdan taʼminlash tizimini takomillashtirish.

1. Tennis sport turi boʻyicha milliy terma jamoalar uchun ilmiy va uslubiy qoʻllanmalar roʻyxatini shakllantirish.

2. Roʻyxatga muvofiq ilmiy va uslubiy qoʻllanmalarni takomillashtirish.

3. Takomillashtirilgan ilmiy va uslubiy qoʻllanmalarni ilmiy kengashlarda koʻrib chiqish va chop etish.

2026-yil noyabr

Ijrochilar mablagʻlari

Oʻzbekiston tennis federatsiyasi

9.

Milliy terma jamoalarni tibbiy va tibbiy-biologik qoʻllab-quvvatlash tizimini takomillashtirish.

1. Tennis sport turi boʻyicha milliy terma jamoalarning tibbiy va tibbiy-biologik vositalar bilan taʼminlanganlik holati va ehtiyojini oʻrganish.

2. Aniqlangan ehtiyojga koʻra, tennis sport turi boʻyicha milliy terma jamoalarni tibbiy va tibbiy-biologik vositalar bilan taʼminlab borishni tashkil qilish.

Doimiy

Ijrochilar mablagʻlari,

homiylik xayriyalari

Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi,

Oʻzbekiston tennis federatsiyasi

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.09.2026-y., 07/26/347/0963-son)