Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi kengashining
qarori
“Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga moliyaviy jarimalarni qoʻllash tartibini belgilashga, ular ustidan shikoyat qilishga hamda noqonuniy undirilgan mablagʻlarni qaytarishga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi QL-269-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida
“Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga moliyaviy jarimalarni qoʻllash tartibini belgilashga, ular ustidan shikoyat qilishga hamda noqonuniy undirilgan mablagʻlarni qaytarishga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi QL-269-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Budjet va iqtisodiy masalalar qoʻmitasining xulosasini koʻrib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2026-yil 3-avgustda kiritilgan “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga moliyaviy jarimalarni qoʻllash tartibini belgilashga, ular ustidan shikoyat qilishga hamda noqonuniy undirilgan mablagʻlarni qaytarishga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi QL-269-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi birinchi oʻqishda koʻrib chiqish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi kun tartibi loyihasiga kiritilsin.
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosari R. XAKIMOV
Toshkent sh.,
2026-yil 17-avgust,
2473-V-son