Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
TOShKENT ShAHRIDA XALQARO KLASSDAGI 4 YuLDUZLI MEHMONXONA QURILIShI TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Qoʻshimcha xorijiy investitsiyalarni jalb etish respublika poytaxtining xalqaro turizm infratuzilmasini yanada rivojlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. “Toshkentuyjoyinvestqurilish” moliya-qurilish korporatsiyasi kapital qurilish bosh boshqarmasining “BUIG” firmasi (Fransiya) bilan Toshkent shahrida 1998-yilning IV choragida foydalanishga topshiriladigan 237 oʻrinli xalqaro klassdagi mehmonxona qurilishi yuzasidan 230 mln Fransiya franki miqdoridagi summaga kontrakt tuzganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Belgilansinki, qurilishni mablagʻ bilan taʼminlash quyidagicha amalga oshiriladi:
kontrakt qiymatining 70 foizi va sugʻurta mukofoti (jami 181,2 mln Fransiya franki) — KOFAS jamiyatining sugʻurta qoplamasi ostida Fransiya banklarining kredit resurslari hisobiga;
kontrakt qiymatining 30 foizi, shu jumladan avans toʻlovi, qurilish maydonini tayyorlash va uning muhandislik taʼminoti, shuningdek qurilish davridagi foizlar (jami 88,5 mln Fransiya franki va 361,9 mln soʻmga teng) — qaytarish asosida Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan ajratiladigan davlat kapital qoʻyilmalari mablagʻlari hisobidan toʻlanadi.
4. Moliya vaziri Fransiyaning kreditor bankiga va Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankiga mazkur loyiha boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining Hukumat kafolatini berishga vakil qilinsin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati kafolati yuzasidan Fransiya banklari bilan qarz bitimiga ilovada belgilangan shakl boʻyicha yuridik xulosani belgilangan tartibda rasmiylashtirsin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki ikki oy muddatda kredit bitimlarini tuzsin va “Toshkentuyjoyinvestqurilish” korporatsiyasining kapital qurilish bosh boshqarmasi uchun “KOFAS” jamiyatining sugʻurta qoplamasi ostida Fransiya banklari mablagʻlarini qayta moliyalashtirishni taʼminlasin.
7. “BUIG” firmasi kontraktda nazarda tutilgan ishlarni bajarish uchun zarur boʻlgan materiallar, buyumlar, asbob-uskunalar, vaqtincha keltiriladigan qurilish texnikasi va asbob-uskunalar boʻyicha bojxona yigʻimlari hamda poshlinalar toʻlovidan ozod qilinsin.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi qurilish maydonida bojxona posti tashkil etishni taʼminlasin.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi “Toshkentuyjoyinvestqurilish” korporatsiyasining kapital qurilish bosh boshqarmasi buyurtmanomasiga binoan, mehmonxona majmui qurilishiga jalb etiladigan “BUIG” firmasi xodimlari mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun zarur ruxsatnomalarning oʻz vaqtida berilishini taʼminlasin.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi “Toshkentuyjoyinvestqurilish” korporatsiyasining kapital qurilish bosh boshqarmasi buyurtmanomasiga binoan, Fransiyaning “BUIG” firmasi hamda jalb etiladigan xorijiy sheriklar xizmatchilari va mutaxassislariga mehmonxonani qurish va undan kafolatli foydalanish davri uchun koʻp martalik vizalar berilishini taʼminlasin.
11. Toshkent shahar hokimligi menejment va mehmonxona foydalanishga topshirilgandan keyin uni boshqarish yuzasidan kontrakt tuzish boʻyicha uch oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazir oʻrinbosarlari R. R. Yunusov va B. S. Hamidov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1996-yil 5-noyabr,
380-son