Oʻzbekiston Respublikasining qonuni
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI SOLIQ KODEKSINING 58-MODDASIGA OʻZGARTISh KIRITISh TOʻGʻRISIDA
Qonunchilik palatasi tomonidan 2005-yil 28-iyunda qabul qilingan
Senat tomonidan 2005-yil 26-avgustda maʼqullangan
Senat tomonidan 2005-yil 26-avgustda maʼqullangan
Oldingi tahrirga qarang.
(1-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2007-yil 28-dekabrdagi OʻRQ-138-sonli Qonuni bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2007-y., 52-son, 533-modda)
2-modda. Belgilab qoʻyilsinki, ushbu Qonun amalga kiritilgunga qadar berilgan fuqarolarning ish haqi va soliq solinadigan boshqa daromadlarining “Oʻzuyjoyjamgʻarmabank”ning shaxsi koʻrsatilgan uy-joy obligatsiyalarini xarid qilishga va shu maqsadlar uchun berilgan kreditlarni uzishga yoʻnaltiriladigan summasini soliq solishdan ozod qilishga doir imtiyozlar fuqarolar olgan kreditlari boʻyicha qarzlarini toʻliq uzishlariga qadar saqlanib qoladi.
3-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2005-yil 27-sentabr,
OʻRQ-9-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 39-son,293-modda; 2007-y., 52-son, 533-modda)