Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 10.03.1998 yildagi 106-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Hujjat 10.03.1998 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MAShINA-TRAKTOR PARKLARINING MODDIY-TEXNIKA BAZASINI YaNADA MUSTAHKAMLASh VA ULARNING XIZMATLARINI KENGAYTIRISh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Koʻchirma]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 19-yanvardagi 22-f-son farmoyishiga muvofiq mashina-traktor parklari faoliyatini oʻrganish ularning tarkibida murakkab qishloq xoʻjaligi texnikasini jamlash maqsadga muvofiqligini, koʻp mehnat talab qiladigan mexanizatsiya ishlarini bajarishda, ayniqsa yer haydashda, boshoqli don ekinlari, sholi va paxta hosilini yigʻib-terib olishda ulardan foydalanishning yuqori samaradorligini tasdiqladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mashina-traktor parklarida qishloq xoʻjaligi korxonalariga qaraganda texnika tayyorligi koʻrsatkichlari yuqori, mashinalarni saqlash va texnik xizmat koʻrsatish, malakali xodimlarni oʻqitish va tayyorlash yoʻlga qoʻyilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1997-yilda mashina-traktor parklari shartnoma shartlarida yer haydash ishlarining 60 foizini bajarishdi va boshoqli don ekinlari hosilining 55 foizini yigʻib-terib olishdi. “Magnum” haydov agregatining mavsumiy unumdorligi respublika boʻyicha oʻrtacha 1665 gektarni, “Keys” gʻalla oʻrish-yigʻish kombayniniki esa 700 gektardan koʻproqni tashkil etdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga oʻrganish shartnoma majburiyatlarining bajarilishi uchun tomonlarning oʻzaro javobgarligi huquqiy mexanizmini takomillashtirish zarurligini koʻrsatdi. Xoʻjaliklarga va fermyerlarga xizmat koʻrsatish sohasida mashina-traktor parklari tarmogʻini kengaytirish yoʻli bilan raqobat muhiti sekinlik bilan yaratilmoqda. Mamlakatimizda ishlab chiqarilgan traktorlar va qishloq xoʻjaligi mashinalarini lizing asosida yetkazib berish va “MTP” davlat-aksiyadorlik jamiyatlarini yonilgʻi-moylash materiallari bilan taʼminlash masalalari oxirigacha hal qilinmagan. Fermer va dehqon xoʻjaliklarining ehtiyojlariga xizmat koʻrsatish bilan bogʻliq masalalar hal etilmayapti.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mashina-traktor parklarining moddiy-texnika bazasini yanada mustahkamlash, qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilariga ishlab chiqarish-texnika xizmati koʻrsatish ishlari hajmlarini kengaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, “Oʻzqishloqxoʻjaliktaʼminottuzatish” davlat-kooperativ qoʻmitasining:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
foydalanishga yaroqli boʻlgan va ishlatish muddati tugamagan haydov traktorlarini pluglari bilan, paxta terish mashinalarini, gʻalla, sholi va ozuqa oʻrish-yigʻish kombaynlarini 1998-yil 1-yanvardagi qoldiq qiymati boʻyicha qishloq xoʻjaligi korxonalari balansidan “MTP” davlat-aksiyadorlik jamiyatlari balansiga berish toʻgʻrisidagi taklifi 1-ilovaga* muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 1-ilova berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mashina-traktor parklari tomonidan qishloq xoʻjaligi korxonalarining taʼmirlash-tuzatish bazasidan va yonilgʻi-moylash materiallari omborlaridan ijara shartlarida foydalanilishi haqidagi taklifi qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilansinki, mashina-traktor parklariga beriladigan texnika uchun hisob-kitoblar 1998-yil 1-yanvardagi holatiga koʻra qishloq xoʻjaligi korxonalarining mashina-traktor parklari tomonidan koʻrsatilgan xizmatlar uchun va budjetga toʻlovlar boʻyicha debitorlik qarzlari hisobiga amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, “Oʻzqishloqxoʻjaliktaʼminottuzatish” davlat-kooperativ qoʻmitasi “MTP” davlat-aksiyadorlik jamiyatlariga beriladigan texnika uchun xoʻjaliklar bilan hisob-kitob qilish tartibini va qishloq xoʻjaligi korxonalarining taʼmirlash-tuzatish bazasini va yonilgʻi omborlarini ijaraga olish shartlarini oʻn kun muddatda ishlab chiqsinlar va tasdiqlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar hokimliklari 1998-yilning I choragida mazkur qarorga 1-ilovada* koʻrsatilgan texnikalar topshirilishi-qabul qilinishini taʼminlasinlar, shu maqsadda moliya va soliq organlari, tuman qishloq va suv xoʻjaligi boshqarmalari vakillari, qishloq xoʻjaligi korxonalari va “MTP” davlat-aksiyadorlik jamiyatlari rahbarlari ishtirokida maxsus komissiyalar tuzsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. “Oʻzqishloqxoʻjaliktaʼminottuzatish” davlat-kooperativ qoʻmitasi (Olimjonov), Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi (Bobojonov) Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda qishloq xoʻjaligi korxonalariga ishlab chiqarish-texnika xizmati koʻrsatishda raqobat muhitini yaratish maqsadida har bir tumanda kamida ikkita, shu jumladan nodavlat mulki shaklidagi hamda texnika yetkazib beruvchi zavodlar, qoʻshma korxonalar, taʼminot-sotish va boshqa manfaatdor tashkilotlarning moliyaviy va texnik imkoniyatlarini jalb qilgan holda jami 2-ilovaga* muvofiq mashina-traktor parklari tashkil etish chora-tadbirlarini amalga oshirsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 2-ilova berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. “Oʻzqishloqxoʻjaliktaʼminottuzatish” davlat-kooperativ qoʻmitasi (Olimjonov), “Oʻzqishloqxoʻjalikmash-xolding” kompaniyasi (Matchonov):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1998-yilda mashina-traktor parklariga 3-ilovaga* muvofiq qishloq xoʻjaligi texnikasi, ehtiyot qismlar va tuzatish materiallari oʻz vaqtida yetkazib berilishini taʼminlasinlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 3-ilova berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kichik texnika, shuningdek, import boʻyicha keltirilayotgan traktorlarga uskunalar ishlab chiqarishni tashkil etishni va mashina-traktor parklariga yetkazib berishni jadallashtirsinlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mashina-traktor parklariga va xoʻjaliklarga vatanimizda ishlab chiqarilgan texnikani yetkazib berish boʻyicha lizing kompaniyasi tashkil etish masalalarini ishlab chiqsinlar va taklif kiritsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Ishlar va xizmatlar qiymatini pasaytirish maqsadida yangidan tashkil etiladigan mulkchilikning barcha shakllaridagi, shu jumladan, xususiy mashina-traktor parklariga Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 19-martdagi 152-son qarori 4-bandi 4-xatboshining, ularni faoliyat xususiyati, soliq solish va budjetga toʻlovlar shartlari boʻyicha, qishloq xoʻjaligi korxonalariga tenglashtirishga oid qismi tatbiq etilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. “Oʻzqishloqxoʻjalikmash-xolding” kompaniyasi, “Oʻzqishloqxoʻjaliktaʼminottuzatish” davlat-kooperativ qoʻmitasi 4-ilovaga* muvofiq 1998 — 2000-yillarda Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar boʻyicha import texnikaga servis xizmati koʻrsatish boʻyicha 22 ta hamda vatanimizda ishlab chiqarilgan texnikaga servis xizmati koʻrsatish boʻyicha 140 ta texnik markaz tashkil etilishini taʼminlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 4-ilova berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining Oʻzbekiston Qishloq xoʻjaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazi (Mahmudxoʻjayev) “Oʻzqishloqxoʻjaliktaʼminottuzatish” davlat-kooperativ qoʻmitasi bilan birgalikda mashina-traktor parklari tomonidan bajariladigan ishlar va xizmatlarga narxlarni 1998-yilning 1-apreligacha ishlab chiqsin va ularni barcha manfaatdor tashkilotlarga yetkazsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazirning birinchi oʻrinbosari I. X. Joʻrabekov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1998-yil 10-mart,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
106-son