Hujjat kuchini yo‘qotgan 27.08.2001 12.04.1995 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 134
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 27.08.2001
Hujjat 12.04.1995 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

“TASDIQLANGAN”

Mehnat vazirligi
hayʼatining 1995-yil 18-fevral
2/4-son qarori

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MEHNAT VAZIRLIGI DAVLAT MEHNAT TEXNIKA INSPEKSIYASI TOʻGʻRISIDAGI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nizom
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 1995-yil 12-aprelda 134-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
 LexUZ sharhi
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirining 2001-yil 27-avgustdagi 138-mh-sonli buyrugʻiga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan va davlat reyestridan chiqarilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat vazirligining davlat mehnat texnika inspeksiyasi va uning joylardagi quyi boʻlinmalari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Mehnat vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar mehnat, aholini ish bilan taʼminlash va ijtimoiy himoyalash boshqarmalarining davlat mehnat texnika inspeksiyalari ishlab chiqarish usuli, mulk va xoʻjalik yuritish shaklidan qatʼi nazar, Oʻzbekiston Respublikasida vazirliklar, korporatsiyalar, assotsiatsiyalar, konsernlar, ishlab chiqarish birlashmalari, korxonalar, tashkilotlar, muassasalar, hissadorlik jamiyatlari davlat, jamoa, Fermer xoʻjaliklari, kichik korxonalar va qoʻshma korxonalar (bundan buyon korxonalar)da mehnatni muhofaza qilishga oid qonunchilikka rioya etilishi ustidan davlat nazorati va tekshiruvini amalga oshiruvchi yagona tizimni tashkil qiladi, Oʻzbekiston Respublikasi sanoatda va konchilikda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat qoʻmitasi vakolatiga kiritilgan masalalar bundan mustasnodir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Davlat mehnat texnika inspeksiyasi oʻz faoliyatida Prezident farmonlari, Oliy Majlisning qonun va qarorlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasining “Mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisida” gi Qonuni, mehnatni muhofaza qilish boʻyicha qonunchilik va boshqa normativ hujjatlar, Mehnat vazirligining mehnatni muhofaza qilish boshqarmasi toʻgʻrisidagi Nizom, shuningdek ushbu nizomga amal qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Davlat mehnat (bosh) texnika inspektori lavozimlariga tegishli oliy maʼlumotga va mazkur mutaxassislik boʻyicha kamida 3 yillik amaliy mehnat stajiga ega boʻlgan shaxslar tayinlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Davlat mehnat texnika inspeksiyasi oʻz faoliyatini mehnatni muhofaza qilishga oid qonunchilikka rioya etilishi ustidan nazorat va tekshiruvni amalga oshiruvchi boshqa davlat organlari va kasaba uyushmalari mehnat texnika inspeksiyalari bilan yaqin aloqada olib boradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Davlat mehnat (bosh) texnika inspektorlariga yagona shakldagi guvohnomalar beriladi, ularning shakli Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Mehnat vazirligi davlat mehnat texnika inspeksiyasi tarkibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Davlat mehnat texnika inspeksiyasi tarkibiga quyidagilar kiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mehnat vazirligi Mehnatni muhofaza qilish boshqarmasining davlat mehnat texnika inspeksiyasi boʻlimi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Mehnat vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar mehnat, aholini ish bilan taʼminlash va ijtimoiy himoyalash boshqarmalari mehnatni muhofaza qilish boʻlimlarining davlat mehnat texnika inspektorlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududiy boshqarmalarning tuman, shahar mehnat birjalari qoshidagi davlat mehnat texnika inspektorlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Mehnatni muhofaza qilish boshqarmasining boshligʻi va uning oʻrinbosari Oʻzbekiston Respublikasi davlat mehnat bosh texnika inspektorlaridir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Mehnat vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar mehnat, aholini ish bilan taʼminlash va ijtimoiy himoyalash boshqarmalari mehnatni muhofaza qilish boʻlimlarining boshliqlari Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar davlat mehnat bosh texnika inspektorlaridir va maqomi boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Mehnat vaziri oʻrinbosari va boshqarmalar boshliqlarining oʻrinbosarlariga tenglashtiriladilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Davlat mehnat texnika inspeksiyalarining tuzilmasi va shtatlari Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi bilan kelishilgan holda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Mehnat vaziri, viloyatlar va Toshkent shahar mehnat, aholini ish bilan taʼminlash va ijtimoiy himoyalash boshqarmalarining boshliqlari tomonidan tasdiqlanadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Davlat mehnat texnika inspeksiyasining asosiy vazifalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Mehnatni muhofaza qilish boʻyicha qonunchilik va boshqa normativ hujjatlarga hamma joyda rioya etilishi ustidan davlat nazorati va tekshiruvini amalga oshirish.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Xodimlarning xavfsiz mehnat sharoitlariga erishishlarida yordam berish, shuningdek ish beruvchilar va boshqa toifadagi masʼul xodimlar tomonidan ularning mehnatni muhofaza qilinishiga boʻlgan huquqlarini cheklaydigan noqonuniy harakatlaridan himoya qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Xodimlarga lozim boʻlgan maxsus kiyim, poyabzal, boshqa shaxsiy va jamoa himoya vositalarini ish beruvchilar tomonidan oʻz vaqtida berilishini nazorat qilishni taʼminlash.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Davlat mehnat texnika inspektorlarini oʻqitish va malakasini oshirishni taʼminlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Davlat mehnat texnika inspektorlarining vazifalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Korxonalarda Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi va mehnatni muhofaza qilish boʻyicha boshqa normativ hujjatlarga, avvalo texnologik jarayonlarning, texnologiya va energetik asbob-uskunalarning, transport vositalarining, shamollatish va konditsioner tizimlarining xavfsizlik texnikasi talablariga muvofiq boʻlishiga rioya etilishi ustidan davlat nazorati va tekshiruvini amalga oshirish.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Ishlab chiqarishda shikastlanish holati va sabablarini tahlil qilish, belgilangan tartibda ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni tekshirishda ishtirok etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Xavfsizlik texnikasining yagona tarmoqlararo qoidalari va meʼyorlari, qurilish meʼyorlari va qoidalari (SNiP), andozalar hamda mehnatni muhofaza qilishning boshqa normativ hujjatlari loyihalari boʻyicha xulosalar berish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Loyihadan mehnat sharoitlarini yomonlashtiruvchi va uning xavfsizligini kamaytiruvchi chetlashishlarning oldini olish maqsadida ishlab chiqarish obyektlarining qurilishi va amaldagilarining qayta qurilishi, ularni foydalanishga topshirilishini ogohlantirish nazoratini amalga oshirish.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. Davlat mehnat texnika inspektorlarining huquqlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Guvohnomani koʻrsatib, korxonalarni istalgan vaqtda toʻsqinliksiz kirib tekshirish.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Ish beruvchilar, korxona rahbarlari va mansabdor shaxslarga korxonalarda Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi va mehnatni muhofaza qilish boʻyicha boshqa normativ hujjatlarning buzilishlarini bartaraf etish toʻgʻrisida bajarilishi shart boʻlgan yozma koʻrsatmalar berish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Mehnatni muhofaza qilish boʻyicha qonunchilik, qoidalar, meʼyorlar, andozalarning buzilishida aybdor boʻlgan korxona rahbarlari, mansabdor shaxslar va boshqa masʼul xodimlarga belgilangan tartibda jarima solish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Ijroiya hokimiyat organlari, korxonalardan nazorat va tekshiruv vazifalarini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan tushuntirishlar va boshqa maʼlumotlar olish.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Mehnatni muhofaza qilish boʻyicha qonunchilik va boshqa normativ hujjatlarning xodimlar hayoti va sogʻligiga xavf tugʻdiradigan buzilishlari aniqlansa, ishlab chiqarishlar, ustaxonalar, dastgohlar ishini bu buzilishlar bartaraf etilgunga qadar toʻxtatish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Mehnatni muhofaza qilish boʻyicha belgilangan tartibda oʻqish va qoidalar, meʼyorlar, yoʻriqnomalar boʻyicha bilimlar tekshiruvidan oʻtmagan shaxslarni ishdan chetlashtirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Mehnatni muhofaza qilish boʻyicha qonunchilik, qoidalar, meʼyorlar, andozalarni muntazam ravishda buzadigan, mehnatni muhofaza qilish ustidan nazorat qiladigan va tekshiruv oʻtkazadigan organlarning yozma koʻrsatmalarini bajarmaydigan, ishi toʻxtatilgan ishlab chiqarishlar, ustaxonalar, dastgohlarning ishini oʻzboshimchalik bilan qayta boshlagan shaxslarni egallab turgan lavozimidan boʻshatish toʻgʻrisida korxona rahbarlari va ularning boʻysunishi tartibiga qarab yuqori organlarga taqdimnomalar berish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Mehnatni muhofaza qilish boʻyicha qonunchilikning buzilish xollari, davlat mehnat (bosh) texnika inspektorining yozma koʻrsatmalarini bajarmaslik hollari boʻyicha daʼvo talabnomalari va boshqa hujjatlarni tegishli huquqni muhofaza qilish organlariga yuborish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Sertifikati boʻlmagan yoki davlat andozalari va texnik shartlarga muvofiq boʻlmagan shaxsiy va jamoa himoya vositalarini ishlab chiqarish va ulardan foydalanishni man etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Korxona rahbarlaridan zarur boʻlgan xollarda binolar, inshootlar, ishlab chiqarish jihozlari va boshqa jihozlar holatini ulardan keyinchalik ham foydalanish mumkinligini aniqlash uchun texnik ekspertizadan oʻtkazishni talab qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VI. Davlat mehnat bosh texnika inspektori, davlat mehnat texnika inspeksiyasi boʻlimi va davlat mehnat, texnika inspektorlarining vakolati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Oʻzbekiston Respublikasi davlat mehnat bosh texnika inspektori:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
baxtsiz hodisalarni tekshirish materiallari boʻyicha xulosalarni, mehnatni muhofaza qilish qoida va meʼyorlari buzilishini bartaraf etish toʻgʻrisida avval berilgan yozma koʻrsatmalarni, ishlab chiqarishlar, ustaxonalar, dastgohlardan foydalanishni toʻxtatish toʻgʻrisidagi qarorlarni bekor qilish kerakligi toʻgʻrisida qatʼiy qaror qabul qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Davlat mehnat texnika inspeksiyasi boʻlimi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
barcha quyi davlat mehnat texnika inspeksiyalar faoliyatini muvofiqlashtirishni va ularga uslubiy ragʻbarlikni amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehnatni muhofaza qilishga oid qonunchilikni takomillashtirish haqida takliflar ishlab chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehnatni muhofaza qilish boʻyicha qonunchilik, qoidalar va meʼyorlarni qoʻllash va ularga rioya qilish boʻyicha eng muhim muammolarni Mehnat vazirligi hayʼati koʻrib chiqishi uchun taqdim etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehnat muhofazasi boʻyicha har yili Hukumatga beriladigan axborotni shakllantirish uchun zarur boʻlgan maʼlumotlarni oʻrganish, umumlashtirish va mehnatni muhofaza qilish boshqarmasiga taqdim qilish uchun quyi mehnat inspeksiyalariga koʻrsatmalar va topshiriqlar beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Mehnat vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar mehnat, aholini ish bilan taʼminlash va ijtimoiy himoyalash boshqarmalari davlat mehnat texnika inspektorlari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu Nizomga muvofiq korxonalarda mehnatni muhofaza qilish boʻyicha qonunchilik, qoidalar va meʼyorlarga rioya qilinishini nazorat va tekshiruvini amalga oshiradi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
korxonalarning mansabdor shaxslari va boshqa masʼul xodimlarini mehnatni muhofaza qilish qoida, meʼyor va yoʻriqnomalari boʻyicha oʻqitish va bilimlarini tekshirishda ishtirok etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuqori organlarga oʻz faoliyati toʻgʻrisida hisobot va mehnat muhofazasi holati boʻyicha har yili Hukumatga beriladigan axborot uchun kerakli maʼlumotlarni belgilangan tartibda beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
korxonalarda aniqlangan mehnat muhofazasi boʻyicha qonunchilik, qoidalar, meʼyorlar va andozalarning buzilishlari toʻgʻrisida jamoatchilik, mehnat jamoalarini xabardor qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehnatni muhofaza qilishga boʻlgan huquqlarning buzilishi toʻgʻrisida murojaat qilgan xodimlarni qabul qiladi va ularning arizalari, xatlari, shikoyatlari va boshqa murojaatlarini koʻrib chiqadi, yoʻl qoʻyilgan buzilishlarni bartaraf etish boʻyicha chora-tadbirlar koʻradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII. Davlat mehnat texnika inspektorlarining yozma koʻrsatmalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Davlat mehnat texnika inspektorining yozma koʻrsatmasini olgan ish beruvchilar, korxona rahbarlari va mansabdor shaxslar talab qilingan chora-tadbirlar koʻrsatilgan muddatda bajarilganligini unga maʼlum qilishlari shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Davlat mehnat texnika inspektorlarining yozma koʻrsatmalari boʻyicha ular berilgan kundan boshlab 10 kun ichida yuqori davlat mehnat texnika inspeksiyasiga yoki sudga shikoyat qilish mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Oʻzbekiston Respublikasi davlat mehnat bosh texnika inspektorining uning vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha xulosasi qatʼiydir va albatta bajarilishi shart. Xulosalar boʻyicha kelishmovchiliklar sud yoʻli bilan koʻrib chiqiladi.