Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining
qarori
“Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga ov qilish va ovchilik xoʻjaliklari faoliyatini yanada takomillashtirishga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni haqida
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi tomonidan 2026-yil 24-fevral kuni qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga ov qilish va ovchilik xoʻjaliklari faoliyatini yanada takomillashtirishga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini koʻrib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 93-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
1. “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga ov qilish va ovchilik xoʻjaliklari faoliyatini yanada takomillashtirishga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni maʼqullansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oy muddatda:
Qonun ijrosini taʼminlash uchun qonunosti hujjatlarining oʻz vaqtida qabul qilinishini;
hukumat qarorlarining ushbu Qonunga muvofiqlashtirilishini;
respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari ushbu Qonunga muvofiq oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin;
amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga axborot kiritsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oy muddatda:
ov qilish qoidalarini va ov qilish joylarida ov qilish tartibini ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
ovchilik guvohnomasini berish tartibini va ovchilik guvohnomasini olish uchun talabgorlarni maxsus oʻquv kurslarida oʻqitish tartibini ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
ovchilik yoʻllanmalarini (yovvoyi hayvonlarni tutish kartochkalarini) berish tartibini ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga axborot kiritsin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Agrar, suv xoʻjaligi masalalari va ekologiya qoʻmitasi mazkur Qaror ijrosi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining hamda Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasining axborotlarini koʻrib chiqib, natijalari yuzasidan ikki hafta muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashiga axborot kiritsin.
5. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi T. NARBAYEVA
Toshkent sh.,
2026-yil 13-iyun,
SQ-299-V-son