17.09.2026 yildagi 499-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
QARORI

Oliy taʼlim tashkilotlari talabalari oʻrtasida fan olimpiadalarini tashkil etish va iqtidorli talabalarni qoʻllab-quvvatlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy taʼlim tashkilotlarida tahsil olayotgan iqtidorli talabalarni aniqlash, ularni ragʻbatlantirish, istiqbolli yoshlarni ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyatga yoʻnaltirish uchun oliy taʼlim tashkilotlari talabalari oʻrtasida respublika fan hamda xalqaro miqyosda tashkil etiladigan olimpiadalarda talabalarning munosib ishtirok etishini qoʻllab-quvvatlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Oliy taʼlim tashkilotlari talabalari oʻrtasida fan olimpiadalarini tashkil etish va iqtidorli talabalarni qoʻllab-quvvatlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oliy taʼlim tashkilotlari talabalari oʻrtasida respublika va qoʻshimcha fan olimpiadalarini tashkil etish tartibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
talabalarni xalqaro olimpiadalarga saralash va ularning xalqaro olimpiadalarda ishtirok etish tartibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
olimpiada gʻoliblarini va ularning ustozlarini ragʻbatlantirish tartibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
olimpiadalarni oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlarni moliyalashtirish manbalarini belgilash tartibi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki oy muddatda oliy taʼlim tashkilotlari tomonidan talabalarning fundamental va muhandislik fanlaridan xalqaro olimpiadalarda ishtirokini kengaytirib borishga qaratilgan “Yoʻl xaritasi”ni tasdiqlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uch oy muddatda oliy taʼlim tashkilotlari talabalari ishtirok etishlari uchun xalqaro eʼtirof etilgan olimpiadalar roʻyxatini tasdiqlasin va zaruratga koʻra, yangilab borsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har yili 1-sentabrga qadar oliy taʼlim tashkilotlari talabalari oʻrtasida oʻtkaziladigan respublika fan olimpiadalari roʻyxati va olimpiadalarni oʻtkazish muddatlarini tasdiqlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2027-yil 1-yanvarga qadar kimyo va biologiya fanlaridan talabalar oʻrtasida xalqaro fan olimpiadalarini tashkil etish choralarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oliy taʼlim tashkilotlarida fan olimpiadalarini yuqori saviyada tashkil etish va gʻoliblarni belgilangan tartibda ragʻbatlantirishga oliy taʼlim tashkilotlari rektor (direktor)lari masʼul etib belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Belgilansinki, xalqaro olimpiadalar gʻoliblari va ularga hamrohlik qiluvchi ustozlarining ishtiroki bilan bogʻliq xarajatlar Oliy taʼlimni rivojlantirish jamgʻarmasi hisobidan moliyalashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni uch oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri K.A. Sharipov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026-yil 17-sentabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
499-son

Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 17-sentabrdagi 499-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy taʼlim tashkilotlari talabalari oʻrtasida fan olimpiadalarini tashkil etish va iqtidorli talabalarni qoʻllab-quvvatlash tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom tashkiliy-huquqiy shakli va idoraviy boʻysunuvidan qatʼi nazar, barcha oliy taʼlim tashkilotlarida tahsil olayotgan talabalar oʻrtasida respublika fan olimpiadasi, xalqaro olimpiada hamda qoʻshimcha fan olimpiadasini (keyingi oʻrinlarda — olimpiadalar) tashkil etish, oʻtkazish hamda gʻoliblarni ragʻbatlantirish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
axborot tizimi — olimpiada ishtirokchilarini roʻyxatga olish, jarayonlarni monitoring qilish va natijalarni shaffof eʼlon qilib borish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi (keyingi oʻrinlarda — Vazirlik) tomonidan yuritiladigan yagona elektron platforma;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
olimpiada gʻoliblari — olimpiadalarning yakuniy bosqichida 1, 2 va 3-oʻrinlarni (yoki tegishli ravishda oltin, kumush va bronza medallarini) qoʻlga kiritgan talabalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika fan olimpiadasi — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Vazirlar Mahkamasining tegishli topshiriqlari asosida Vazirlik tomonidan har yili anʼanaviy tarzda oʻtkaziladigan koʻp bosqichli fan musobaqasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro olimpiada — xalqaro tashkilotlar yoki nufuzli xorijiy taʼlim tashkilotlari tomonidan fundamental, muhandislik va amaliy fanlar yoʻnalishida tashkil etiladigan, talabalarning tahliliy fikrlash va tadqiqotchilik salohiyatini baholovchi, Vazirlik tomonidan ekspertlar xulosasiga binoan tasdiqlanadigan roʻyxatga kiritilgan nufuzli intellektual musobaqa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qoʻshimcha fan olimpiadasi — muayyan oliy taʼlim tashkilotida Vazirlik bilan kelishilgan holda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, vazirlik va idoralar, davlat yoki nodavlat taʼlim tashkilotlari hamda boshqa manfaatdor tashkilotlar tashabbusi bilan tashkil etiladigan muayyan soha yoki fan yoʻnalishlari boʻyicha tashkil etiladigan musobaqa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Olimpiadalar ilmiy-uslubiy yondashuv, adolatlilik, ochiqlik va barcha ishtirokchilar uchun teng imkoniyatlar yaratish tamoyillari asosida tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Olimpiadalar uchun nazorat materiallarini (test, yozma va amaliy topshiriqlar) ishlab chiqish, iqtidorli talabalar zaxirasini shakllantirish hamda tashkiliy jarayonlarni muvofiqlashtirish Vazirlik huzuridagi Oliy taʼlimni rivojlantirish va global hamkorlik markazi (keyingi oʻrinlarda — Markaz) tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Nazorat materiallari talabalarning nafaqat nazariy bilimini, balki murakkab standart va nostandart vaziyatlarda muammoni hal qilish hamda kasbiy kompetensiyalarini baholashga qaratiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Talabalar olimpiadalarda ixtiyoriylik asosida ishtirok etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Olimpiadalarning maqsadi va asosiy vazifalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Quyidagilar olimpiadalarning maqsadi hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oliy taʼlim tashkilotlari talabalari orasidan eng iqtidorlilarini tizimli ravishda aniqlash va saralab olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
iqtidorli yoshlarning intellektual salohiyatini roʻyobga chiqarish hamda ularni ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyatga maqsadli yoʻnaltirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
intellektual mehnatni qadrlash, talabalar oʻrtasida sogʻlom raqobat muhitini yaratish hamda ularni moddiy va maʼnaviy qoʻllab-quvvatlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
talabalarning nufuzli xalqaro olimpiadalardagi ishtirokini kengaytirish va yuqori natijadorlikka erishish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
milliy taʼlim tizimining xalqaro reytingini oshirish orqali mamlakatning intellektual va inson kapitalini rivojlantirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Quyidagilar olimpiadalarning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
olimpiada jarayonlarini tashkil etishda raqamli texnologiyalarni keng joriy etish orqali baholashning xolisligi, shaffofligi va natijalarning ochiqligini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
talabalarning nazariy bilimlarini amaliy va nostandart vazifalarni hal etishda qoʻllash koʻnikmalarini hamda kasbiy mahorat darajasini aniqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nufuzli xalqaro musobaqalarda ishtirok etuvchi respublika fan olimpiadalari gʻoliblaridan iborat milliy terma jamoalar zaxirasini shakllantirish va ular uchun maqsadli oʻquv-intensiv mashgʻulotlarini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
iqtidorli talabalarning yagona maʼlumotlar bazasini yuritish orqali ularning ilmiy-kasbiy rivojlanish jarayonlarini doimiy kuzatib borish va qoʻllab-quvvatlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
olimpiada natijalari asosida oliy taʼlim tashkilotlaridagi taʼlim sifati va oʻquv dasturlarining zamonaviy talablarga muvofiqligini qiyosiy tahlil qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
olimpiada gʻoliblarini yuqori texnologiyali ishlab chiqarish korxonalari, ilmiy-tadqiqot markazlari va innovatsion klasterlarga jalb etish mexanizmlarini yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika fan olimpiadalari va xalqaro olimpiadalar gʻoliblarini hamda ularni tayyorlagan ustozlarni moddiy va maʼnaviy ragʻbatlantirishni taʼminlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Respublika fan olimpiadalarini tashkil etish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Respublika fan olimpiadalarini tashkil etish va oʻtkazish ushbu Nizomga ilovadagi sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Respublika fan olimpiadalarining tegishli bosqichlarini tashkil etish va oʻtkazish uchun Vazirlik hamda oliy taʼlim tashkilotlari tomonidan tashkiliy qoʻmitalar tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublika fan olimpiadalari ikki bosqichda tashkil etiladi va oʻtkaziladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I bosqich (oliy taʼlim tashkiloti bosqichi) — oliy taʼlim tashkilotlarida bakalavriat bosqichi talabalari oʻrtasida oʻtkaziladi. Unda 1, 2 va 3-oʻrinlarni egallagan gʻoliblar keyingi bosqichga tavsiya etiladi. I bosqichni yuqori saviyada oʻtkazishga oliy taʼlim tashkiloti rahbari shaxsan masʼul hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II bosqich (respublika bosqichi) — I bosqich gʻoliblari oʻrtasida Vazirlik tomonidan belgilangan tayanch oliy taʼlim tashkilotlarida oʻtkaziladi. Ishtirokchilarning respublika fan olimpiadalari oʻtkaziladigan manzilga xavfsiz kelib-ketishlarini taʼminlashga tegishli oliy taʼlim tashkilotlari rahbarlari masʼul hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Quyidagilar Tashkiliy qoʻmitaning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika fan olimpiadalari oʻtkaziladigan joyni (tayanch oliy taʼlim tashkilotlarini) belgilash va tasdiqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hakamlar hayʼati va apellyatsiya komissiyasi tarkibini yuqori malakali mutaxassislar va olimlar orasidan shakllantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika fan olimpiadalari nazorat turlari, shakllari, muddatlari va baholash mezonlarini tasdiqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika fan olimpiadalarining II bosqichi uchun nazorat materiallari hamda ularni baholash mezonlari tayyorlanishini Markaz bilan birgalikda muvofiqlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nazorat materiallarining olimpiada boshlanguncha oshkor etilmasligini hamda jarayonning shaffof va adolatli oʻtkazilishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishtirokchilar va ularning ustozlari haqidagi maʼlumotlarning axborot tizimiga kiritilishini muvofiqlashtirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Hakamlar hayʼati:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nazorat materiallarini ekspertizadan oʻtkazadi va yakuniy variantlarni tanlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishtirokchilarning ishlarini tasdiqlangan mezonlar asosida xolisona baholaydi hamda natijalarni respublika fan olimpiadalari oʻtkazilgan kunning oʻzida eʼlon qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ballar ketma-ketligi asosida 1, 2 va 3-oʻrinlarni egallagan gʻoliblarni aniqlaydi va yakuniy qarorni tashkiliy qoʻmitaga taqdim etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
gʻoliblarni xolisona aniqlaydi va ular haqidagi maʼlumotlar uchinchi shaxslarga oshkor etilmasligini taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Quyidagilar olimpiadalarda shaffoflikni taʼminlash talablari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika fan olimpiadalari oʻtkaziladigan auditoriyalar videokuzatuv kameralari bilan jihozlanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jarayon davomida aloqa vositalari va qoʻshimcha manbalardan foydalanish, shuningdek, ishtirokchilar oʻzaro gaplashishi taqiqlanadi. Ushbu talablarni buzgan ishtirokchilar dalolatnoma asosida chetlashtiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika fan olimpiadalari xalqaro olimpiadalarning talablari va topshiriqlari metodologiyasini qoʻllagan holda oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Qoʻshimcha fan olimpiadalarini tashkil etish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Qoʻshimcha fan olimpiadalari davlat organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda boshqa yuridik shaxslar tashabbusi bilan Vazirlik bilan kelishilgan holda tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Qoʻshimcha fan olimpiadasini oʻtkazish uchun tashabbuskor tashkilot Vazirlikka kamida bir oy oldin quyidagi maʼlumotlarni ilova qilgan holda murojaat yuboradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
olimpiadaning maqsadi, oʻtkazish joyi, vaqti va qamrovi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishtirokchilar uchun qoʻyiladigan talablar (kursi va taʼlim yoʻnalishi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
gʻolib va ularning ustozlari uchun belgilangan mukofot jamgʻarmasi hamda qoʻshimcha imtiyozlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlik tomonidan qoʻshimcha fan olimpiadasi oʻtkaziladigan oliy taʼlim tashkiloti belgilanadi va tashkiliy qoʻmita tarkibi tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Vazirlik murojaatni oʻn kun muddatda koʻrib chiqadi va quyidagi hollarda rad javobini berishi mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashkiliy-texnik baza yoki mutaxassislar salohiyati yetarli boʻlmaganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishtirokchilarning hayoti va sogʻligʻi xavfsizligini taʼminlash choralari yetarli boʻlmaganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu Nizomning 15-bandida keltirilgan maʼlumotlar toʻliq yoki qisman taqdim etilmaganda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Qoʻshimcha fan olimpiadalarini moliyalashtirish, tashkil etish va gʻoliblarni ragʻbatlantirish xarajatlari toʻliq tashabbuskor tashkilotning mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Qoʻshimcha fan olimpiadalari natijalariga koʻra beriladigan imtiyozlar (agar nazarda tutilgan boʻlsa) tegishli qonunchilik hujjatlari asosida belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Apellyatsiya komissiyasini tashkil etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Olimpiadalar natijalaridan norozi boʻlgan ishtirokchilar olimpiada natijalari eʼlon qilingan kunning oʻzida apellyatsiya komissiyasiga yozma murojaat (shikoyat) berishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Apellyatsiya komissiyasi ishtirokchilarning yozma murojaati (shikoyati)ni koʻrib chiqish uchun kamida besh nafar toq sonli aʼzodan iborat tarkibda tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Apellyatsiya komissiyasi tarkibi Tashkiliy qoʻmita va sohaning malakali mutaxassislaridan iborat boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Apellyatsiya komissiyasi tarkibiga Hakamlar hayʼati aʼzolarining kiritilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Apellyatsiya komissiyasi olimpiadalar oʻtkazilgan kuni kelib tushgan murojaatni (shikoyatni) koʻrib chiqadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Zarur hollarda, murojaat (shikoyat) muallifining, tegishli Hakamlar hayʼati aʼzolari hamda olimpiadalarning boshqa subyektlarining fikrini eshitadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Apellyatsiya komissiyasi yigʻilishi unda komissiya aʼzolarining yarmidan koʻpi ishtirok etsa, vakolatli hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Apellyatsiya komissiyasi olimpiadalar jarayonlariga oid murojaatni (shikoyatni) koʻrib chiqib, quyidagi qarorlardan birini qabul qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
olimpiadalar ishtirokchisining ishlanmasi toʻgʻri baholangan boʻlsa, shuningdek, olimpiadalar topshiriqlarida xato va kamchiliklar hamda sinovlarni oʻtkazish jarayonida tashkiliy-texnik jihatdan kamchiliklar aniqlanmagan taqdirda, olimpiadalar natijalarini oʻzgarishsiz qoldirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
olimpiadalar ishtirokchisining ishlanmasi Hakamlar hayʼati tomonidan notoʻgʻri baholangani aniqlangan taqdirda, baholash natijalarini oʻzgartirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Apellyatsiya komissiyasiga boshqa ishtirokchilarning ishlarini koʻrib chiqish va murojaat etuvchining ishi bilan solishtirishga ruxsat berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Hakamlar hayʼati tomonidan baholangan ishtirokchi ishlanmasida baholash mezonlariga mos kelmaslik holatlari aniqlangan taqdirda, apellyatsiya komissiyasi Hakamlar hayʼati qarorini bekor qilish yoki ularga oʻzgartirishlar kiritish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda apellyatsiya komissiyasi apellyatsiya natijalari boʻyicha asoslantirilgan maʼlumotlarni koʻrsatgan holda, olimpiadalar natijalarini oʻzgartirish toʻgʻrisida bayonnomani rasmiylashtiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Apellyatsiya komissiyasining qarori yigʻilish bayonnomasida qayd etiladi. Bayonnoma apellyatsiya komissiyasining raisi va aʼzolari tomonidan imzolanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Apellyatsiya komissiyasining qarori haqida ushbu qaror qabul qilingan kunning oʻzida murojaat etuvchi xabardor qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Apellyatsiya komissiyasi qaroriga muvofiq olimpiadalar natijalari oʻzgargan taqdirda, Hakamlar hayʼatining qoʻshimcha bayonnomasi rasmiylashtiriladi va belgilangan tartibda tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Ishtirokchi apellyatsiya komissiyasi qarori ustidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda sudga shikoyat qilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. Xalqaro olimpiadalarda ishtirok etish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Oʻzbekiston Respublikasi talabalari ishtirok etishi lozim boʻlgan nufuzli xalqaro olimpiadalar roʻyxati Vazirlik tomonidan tasdiqlanadi va ushbu roʻyxat har oʻquv yili boshida yangilab boriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Xalqaro olimpiadalarda ishtirok etish uchun terma jamoalarni saralash, maqsadli tayyorlash va ularning ishtirokini taʼminlash tartibi Vazirlik tomonidan tasdiqlanadigan alohida reglament asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-bob. Olimpiada gʻoliblarini va ularning ustozlarini ragʻbatlantirish hamda moliyalashtirish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Respublika fan olimpiadalari gʻoliblari hamda ularning ustozlari quyidagi miqdorda bir martalik pul mukofotlari bilan taqdirlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-oʻrin (oltin medal) — talabaga bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravari, ustozlariga — 25 baravari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-oʻrin (kumush medal) — talabaga bazaviy hisoblash miqdorining 40 baravari, ustozlariga — 20 baravari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-oʻrin (bronza medal) — talabaga bazaviy hisoblash miqdorining 30 baravari, ustozlariga — 15 baravari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalqaro olimpiada gʻoliblari hamda ularning ustozlari quyidagi miqdorda bir martalik pul mukofotlari bilan taqdirlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-oʻrin (oltin medal) — talabaga bazaviy hisoblash miqdorining 100 baravari, ustozlariga — 50 baravari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-oʻrin (kumush medal) — talabaga bazaviy hisoblash miqdorining 75 baravari, ustozlariga — 40 baravari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-oʻrin (bronza medal) — talabaga bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravari, ustozlariga — 30 baravari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Respublika fan olimpiadalari gʻoliblari va ularning ustozlariga beriladigan pul mukofotlari talaba oʻqiydigan yoki uning ustozi faoliyat yuritadigan tegishli oliy taʼlim tashkilotining budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan toʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Xalqaro olimpiadalar gʻoliblari va ularning ustozlariga beriladigan pul mukofotlari, shuningdek, ularning ishtiroki bilan bogʻliq barcha xarajatlar (ishtirok uchun toʻlovlar, transport, turar joy va kunlik xarajatlar) Vazirlikning Oliy taʼlimni rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Xalqaro olimpiada gʻoliblarini tayyorlagan ustozlarga — lavozim maoshiga nisbatan 100 foiz, respublika fan olimpiadalarining II bosqichi gʻoliblarini tayyorlagan ustozlarga esa — 50 foiz miqdorida har oylik ustama haqi toʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Mazkur ustamalar gʻolib talaba diplom (sertifikat) olgan oydan boshlab keyingi 12 oy davomida talaba tahsil olayotgan oliy taʼlim tashkilotining budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan toʻlanishi majburiy hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar bir nafar ustoz bir nechta gʻolibni tayyorlagan boʻlsa, ustamalar eng yuqori natija boʻyicha bir marta belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. Respublika va qoʻshimcha fan olimpiadalarida ishtirok etgan Hakamlar hayʼati va apellyatsiya komissiyasi aʼzolariga ularning asosiy ish joyidagi budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan bir martalik haq toʻlash:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oliy taʼlim tashkiloti bosqichida — mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 2 baravari miqdorida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika bosqichi hamda xalqaro olimpiadalarga saralash bosqichlarida — mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 5 baravari miqdorida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublika va qoʻshimcha fan olimpiadalari uchun tayyorlangan har bir mualliflik topshirigʻi (yechimi bilan) uchun — bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravari miqdorida mazkur mutaxassisning asosiy ish joyidagi budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40. Xalqaro olimpiadalar uchun terma jamoalarning saralash bosqichlariga jalb etilgan ekspertlar tomonidan tayyorlangan nazorat materiallari uchun Oliy taʼlimni rivojlantirish jamgʻarmasi tomonidan bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravari miqdorida bir martalik haq toʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda foydalanilgan nazorat materiallaridagi savol va masalalar olimpiadalar boʻyicha ilmiy nashrlarda chop etib boriladi hamda ular uchun mualliflik huquqi ekspert nomida qoladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41. Terma jamoa aʼzolarini oʻqitishga jalb etilgan mahalliy mutaxassislarga soatbay haq toʻlash va xorijiy mutaxassislar bilan bogʻliq xarajatlar (ish haqi, yashash va transport) Vazirlik tomonidan belgilangan tartibda va tuzilgan shartnomalarga muvofiq qoplanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekspertlar va komissiya aʼzolarining xizmat safari (kunlik, yashash va transport) xarajatlari ularning asosiy ish joyidagi budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan qoplanishi taʼminlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42. Olimpiadalarni tashkil etishda xavfsizlik qoidalari hamda sanitariya normalari, qoidalari va gigiyena normativlariga rioya etilishiga tegishli oliy taʼlim tashkiloti rahbari masʼul hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy taʼlim tashkilotlari talabalari oʻrtasida fan olimpiadalarini tashkil etish va iqtidorli talabalarni qoʻllab-quvvatlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy taʼlim tashkilotlari talabalari oʻrtasida respublika fan olimpiadalarini tashkil etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Muddatlar

1-bosqich

Tashkiliy qoʻmita

Olimpiada oʻtkaziladigan joyni (tayanch oliy taʼlim tashkilotlarini) belgilaydi va tasdiqlaydi.

Hakamlar hayʼati va apellyatsiya komissiyasi tarkibini yuqori malakali mutaxassislar va olimlar orasidan shakllantiradi.

Olimpiadaning nazorat turlari, shakllari, muddatlari va baholash mezonlarini tasdiqlaydi.

Tashkiliy qoʻmita tomonidan belgilangan muddatlarda

2-bosqich

1. Oliy taʼlim tashkilotlari

I bosqich (oliy taʼlim tashkilotlari bosqichi): oliy taʼlim tashkilotlarida bakalavriat bosqichi talabalari oʻrtasida oʻtkaziladi. Unda 1, 2 va 3-oʻrinlarni egallagan gʻoliblar keyingi bosqichga tavsiya etiladi.

Belgilangan muddatlarda

2. Tayanch oliy taʼlim tashkilotlari

II bosqich (respublika bosqichi): I bosqich gʻoliblari oʻrtasida Vazirlik tomonidan belgilangan tayanch oliy taʼlim tashkilotlarida oʻtkaziladi.

3-bosqich

Hakamlar hayʼati

II bosqich uchun nazorat materiallarini ekspertizadan oʻtkazadi va yakuniy variantlarni tanlaydi.

Belgilangan muddatlarda

4-bosqich

Hakamlar hayʼati

Tashkiliy qoʻmita

II bosqich olimpiadalarning musobaqa qismini oʻtkazadi.

Belgilangan muddatlarda

5-bosqich

Hakamlar hayʼati

1. Ishtirokchilarning ishlarini tasdiqlangan mezonlar asosida xolisona baholaydi hamda natijalarni olimpiada oʻtkazilgan kunning oʻzida eʼlon qiladi.

2. Ballar ketma-ketligi asosida 1, 2 va 3-oʻrinlarni egallagan gʻoliblarni aniqlaydi va yakuniy qarorni tashkiliy qoʻmitaga taqdim etadi.

Belgilangan muddatlarda

6-bosqich

Tashkiliy qoʻmita

Olimpiada gʻoliblarini taqdirlaydi.

Olimpiada yakunida

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.09.2026-y., 09/26/499/0957-son)