17.09.2026 yildagi 500-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori

Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim tizimida magistratura bosqichida kadrlar tayyorlashni takomillashtirish hamda samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish” yilida ustuvor yoʻnalishlar boʻyicha islohotlar dasturlari va “Oʻzbekiston — 2030” strategiyasini amalga oshirish boʻyicha davlat dasturi toʻgʻrisida” 2026-yil 16-fevraldagi PF-22-son Farmoni ijrosini taʼminlash hamda magistraturada ilm-fan, texnika va texnologiyalarning zamonaviy yutuqlarini inobatga olgan holda, kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, tizimida oliy taʼlim tashkilotlari boʻlgan vazirlik va idoralarning 2026/2027 oʻquv yilidan boshlab oliy taʼlim tashkilotlarida magistraturada kadrlar tayyorlashni tegishli bakalavriat negizidagi aniq mutaxassislik boʻyicha nazariy bilimlar hamda fundamental va amaliy ilmiy-tadqiqot ishlari (ilmiy-ijodiy ishlar)ga muvofiq, shuningdek, mutaxassislikka mos korxona va tashkilotlarda tadqiqot ishlari, amaliyot (stajirovka)larni amalga oshirish toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Magistratura toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
magistratura bosqichida kadrlarni ishlab chiqarish (amaliy) dasturiga yoʻnaltirilgan (kamida 1 yil) hamda ilmiy-pedagogik dasturga yoʻnaltirilgan (kamida 2 yil) holda tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
magistraturada taʼlim jarayonini aniq magistratura mutaxassisligi oʻquv rejalari va dasturlariga muvofiq kunduzgi, kechki yoki masofaviy taʼlim shakllarida tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dastlabki himoyaga qadar magistrlik dissertatsiyasi boʻyicha ilmiy rahbar (ilmiy maslahatchi) xulosasi va plagiatga yoʻl qoʻyilmaganini tasdiqlovchi maʼlumotnoma (sertifikat)ni taqdim etish hamda dissertatsiyani “Yashirin ekspert taqrizi”dan oʻtkazish talabini belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab chiqarish (amaliy) dasturiga yoʻnaltirilgan magistratura bitiruvchilariga mutaxassislik xususiyatidan kelib chiqib, loyiha ishi, konstruktorlik loyihasi, startap loyihasi, ratsionalizatorlik gʻoyasi, amaliy-ijodiy asar va boshqa turdagi ishlardan birini tayyorlab, uni himoya qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilmiy-pedagogik dasturga yoʻnaltirilgan magistratura bitiruvchilar tomonidan magistrlik dissertatsiyasi tayyorlab, uni himoya qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
magistrlik dissertatsiyasining mavzusi, qisqacha annotatsiyasi va himoya kunini oliy taʼlim tashkiloti veb-saytida eʼlon qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilab qoʻyilsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
magistraturada taʼlim jarayoni bakalavriat negizida, kadrlar buyurtmachilari ishtirokida va kasbiy standartlar asosida ishlab chiqilgan aniq magistratura mutaxassisligi boʻyicha malaka talablari, oʻquv reja va dasturlariga muvofiq mutaxassislikka qoʻyilgan talablardan kelib chiqqan holda tashkil etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ish beruvchi tashkilotlar talablari asosida magistrlarni maqsadli tayyorlash amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
magistrlik dissertatsiyalarining himoyasi ilmiy-tadqiqot ishining xususiyatidan kelib chiqib, oliy taʼlim tashkiloti, Fanlar akademiyasi yoki tegishli tarmoq ilmiy-tadqiqot yoxud ishlab chiqarish korxona va tashkilotlarining birida tashkil etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oliy taʼlim tashkilotlarining oʻzaro kelishuviga muvofiq magistrlik dissertatsiyalarini 2 ta talaba hamkorligida fanlararo bogʻliqlik asosida tayyorlashga ruxsat etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq 2026/2027 oʻquv yilidan boshlab magistratura bosqichida kadrlar tayyorlash mutaxassislik xususiyatidan kelib chiqib, ishlab chiqarish (amaliy) dasturiga yoʻnaltirilgan kamida 1 yil hamda ilmiy-pedagogik dasturga yoʻnaltirilgan kamida 2 yil etib belgilanadi. Bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻquv jarayoni ishlab chiqarish (amaliy) dasturi va ilmiy-pedagogik dasturga yoʻnaltirilgan holda tashkil etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab chiqarish (amaliy) dasturiga yoʻnaltirilgan magistrlarni tayyorlash umumiy kurslardan birlashgan maʼruzalar hamda mutaxassislikka mos tashkilotlar bazasidagi amaliyotlar asosida amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilmiy-pedagogik dasturga yoʻnaltirilgan magistrlarni tayyorlash umumiy kurslardan birlashgan maʼruzalar asosida nazariy bilimlar hamda fundamental va amaliy ilmiy-tadqiqot ishlari (ilmiy-ijodiy ishlar)ga muvofiq tashkil etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026/2027 oʻquv yilidan boshlab oʻqish davrida Scopus hamda Web of Science maʼlumotlar bazalarida boʻlgan jurnallarda maqola eʼlon qilgan magistratura talabalarini belgilangan tartibda ragʻbatlantirib borishga ruxsat etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ikki oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uch oy muddatda Oliy taʼlim jarayonlarini boshqarish — NEMIS axborot tizimida magistratura taʼlimini muvofiqlashtirish boʻyicha modulni joriy etsin hamda magistrlar faoliyati monitoringini mazkur tizim orqali yuritish choralarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri K.A. Sharipov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026-yil 17-sentabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
500-son

Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 17-sentabrdagi 500-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Magistratura toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1.Ushbu Nizom oliy taʼlim tashkilotlarida magistrlar tayyorlashning asosiy qoidalari va tartibini, ilgʻor xorijiy tajribalar asosida magistrlik dissertatsiyasi mazmuni va sifatiga qoʻyiladigan mezonlar va talablarni belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur Nizom:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Odil sudlov akademiyasi, Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasi, Bank-moliya akademiyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi, Toshkent davlat yuridik universiteti hamda oliy harbiy va harbiylashtirilgan taʼlim tashkilotlariga nisbatan tatbiq etilmaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi hududida oʻz faoliyatini yuritayotgan, belgilangan tartibda faoliyati xususiyatlardan kelib chiqib, magistrlar tayyorlashni amalga oshirayotgan respublikadagi xorijiy oliy taʼlim tashkilotlarining filiallari hamda nodavlat oliy taʼlim tashkilotlari uchun tavsiyaviy tusga ega hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab chiqarish (amaliy) dasturiga yoʻnaltirilgan magistratura — mutaxassislarning muayyan kasbiy sohada amaliy koʻnikma va malakalarini chuqurlashtirish, zamonaviy ishlab chiqarish jarayonlariga moslashtirish hamda professional faoliyatda mustaqil qaror qabul qilish qobiliyatini shakllantirishga qaratilgan kamida 1 yillik taʼlim dasturi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilmiy-pedagogik dasturga yoʻnaltirilgan magistratura — yuqori malakali ilmiy va pedagogik kadrlarni tayyorlash, magistrantlarda ilmiy-tadqiqot olib borish, nazariy muammolarni tahlil qilish, ilmiy natijalarni ishlab chiqish va taʼlim jarayonida qoʻllash koʻnikmalarini shakllantirishga qaratilgan kamida 2 yillik taʼlim dasturi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
magistrlik dissertatsiyasi — magistratura bosqichi bitiruvchisi tomonidan oʻquv jarayoni davomida bajariladigan, tegishli mutaxassislikka (sohaga) oid aniq ilmiy-amaliy masalaning (muammoning) yechimiga qaratilgan ilmiy-tadqiqot ishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
plagiat — boshqa shaxsning ilmiy, ijodiy yoki boshqa turdagi ishlarini oʻzlashtirib, oʻz nomidan taqdim etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ratsionalizatorlik gʻoyasi — mavjud jarayon, ishlash usuli yoki mahsulotni takomillashtirishga qaratilgan yangi va samarali taklif;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
startap loyihasi — innovatsion gʻoyaga asoslangan yangi biznes tashabbusi boʻlgan, ilgari bozorda taqdim etilmagan yoki mavjudlaridan sezilarli darajada farq qiladigan noyob mahsulot yoki xizmat koʻrsatish boʻyicha taklif;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“yashirin ekspert guruhi” — oliy taʼlim tashkiloti tomonidan magistrlik dissertatsiyalarining sifati, mazmuni, ilmiy yangiligi va amaliy ahamiyatini xolisona baholash maqsadida tegishli sohalar boʻyicha yetakchi olimlar, pedagoglar hamda yuqori malakali mutaxassislardan shakllantiriladigan mustaqil ekspertlar guruhi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Magistratura aniq mutaxassislik boʻyicha bakalavriat negizida oʻqitish kamida bir yil davom etadigan oliy taʼlim bosqichi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Magistraturada oʻqish davomiyligi mutaxassisliklarning xususiyatidan kelib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan muvofiqlashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Magistratura bosqichida kadrlar tayyorlash mutaxassislik xususiyatidan kelib chiqib ishlab chiqarish (amaliy) dasturiga yoʻnaltirilgan kamida 1 yil hamda ilmiy-pedagogik dasturga yoʻnaltirilgan kamida 2 yil etib belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishlab chiqarish (amaliy) dasturiga yoʻnaltirilgan magistraturada tahsil olayotgan talabalar mutaxassislik xususiyatidan kelib chiqib, loyiha ishi, konstruktorlik loyihasi, startap loyihasi, ratsionalizatorlik gʻoyasi, amaliy-ijodiy asar va boshqa turdagi ishlardan birini tayyorlab, uni himoya qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda loyihalar ishlab chiqarishdagi amalda mavjud muammolar yechimiga qaratilgan boʻlishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ilmiy-pedagogik dasturga yoʻnaltirilgan magistraturada tahsil olayotgan talabalar magistrlik dissertatsiyasi tayyorlab, uni himoya qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Ishlab chiqarish (amaliy) dasturiga yoʻnaltirilgan magistratura mutaxassisligi talabalarining loyiha ishi, konstruktorlik loyihasi, startap loyihasi, ratsionalizatorlik gʻoyasi, amaliy-ijodiy asari va boshqa turdagi ishlari, ularga qoʻyiladigan talablar, shuningdek, ularni himoya qilish tartibi mutaxassislik xususiyatidan kelib chiqib, oliy taʼlim tashkilotining mutaxassislik kafedrasi tomonidan belgilanadi hamda oliy taʼlim tashkiloti Kengashi tomonidan yangi oʻquv yili boshlangunga qadar tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Tegishli mutaxassisliklar boʻyicha magistrlar davlat akkreditatsiyasidan oʻtgan oliy taʼlim tashkilotlarida davlat granti va toʻlov-kontrakt asosidagi qabul parametrlariga muvofiq tayyorlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oliy taʼlim tashkilotlarida magistrlarni tayyorlash Magistratura boʻlimi yoki tarkibida mutaxassislik kafedralari boʻlgan dekanatlar (fakultet tashkil etilmagan oliy taʼlim tashkilotlarida oʻquv-uslubiy boʻlinma) tomonidan muvofiqlashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Magistratura boʻlimi yoki tarkibida mutaxassislik kafedralari boʻlgan dekanatlar (fakultet tashkil etilmagan oliy taʼlim tashkilotlarida oʻquv-uslubiy boʻlinma) kafedralar bilan birgalikda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
magistrlar tayyorlash boʻyicha oʻquv jarayonini tashkil etadi va amalga oshiradi, ularga taqdim etilayotgan taʼlim sifatini nazorat qilishga koʻmaklashadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kadrlar buyurtmachilari takliflari asosida oʻquv rejalarini muvofiqlashtiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻquv, amaliyot va ilmiy-tadqiqot ishlarining amalga oshirilishini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oliy taʼlim tashkilotlari tarkibiy boʻlinmalarining magistrlar tayyorlash boʻyicha faoliyatini muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
magistrlik dissertatsiyalari hamda magistratura talabalarining loyiha ishi, konstruktorlik loyihasi, startap loyihasi, ratsionalizatorlik gʻoyasi, amaliy-ijodiy asari va boshqa turdagi ishlari mavzularini ishlab chiqish, tasdiqlash va bajarilishini muvofiqlashtiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
magistratura talabalarini oʻqitish va ularning kelgusida ishga joylashishi ustidan tizimli nazorat oʻrnatish, magistrlar tayyorlash masalalarini tahlil qilish va ular yuzasidan muntazam ravishda hisobotlar tayyorlashni taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Magistraturada magistrlar birlashgan maʼruzalar asosida nazariy bilimlar hamda fundamental va amaliy ilmiy-tadqiqot ishlari (ilmiy-ijodiy ishlar)ga muvofiq tayyorlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Magistratura talabalarining amaliyotlari mutaxassislikka mos tashkilotlar bazasida tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Magistrlar tayyorlashning maqsadi va kasbiy faoliyatining asosiy yoʻnalishlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Magistr:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tanlagan mutaxassisligi boʻyicha ilmiy-tadqiqot, ilmiy-pedagogik va kasbiy faoliyatni yuritishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ish beruvchi tashkilotlarda samarali faoliyat olib borishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kasbiy faoliyatda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
magistrlik tayyorgarligiga muvofiq mutaxassislik boʻyicha tayanch doktorantura (mustaqil izlanuvchilik)da taʼlimni davom ettirishga tayyorlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Magistr oʻz mutaxassisligi, ilmiy va ilmiy-pedagogik tayyorgarligiga muvofiq kasbiy faoliyatining:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab chiqarish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilmiy-pedagogik;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilmiy-ijodiy;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilmiy-tadqiqot va tajriba;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyiha-konstruktorlik;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyiha-texnologik;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boshqaruv, shuningdek, mutaxassisligiga muvofiq boshqa faoliyat turlari boʻyicha shugʻullanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Magistraturada taʼlim jarayonini tashkil etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Magistraturada taʼlim jarayoni magistratura mutaxassisligi oʻquv rejalari va dasturlariga muvofiq kunduzgi, kechki yoki masofaviy taʼlim shakllarida tashkil etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Oʻquv jarayonining xususiyatlari va oʻqitish muddatlari (1 yildan 3 yilgacha) hisobga olingan holda, tizimida oliy taʼlim tashkilotlari boʻlgan vazirlik va idoralar bilan kelishilib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi koʻrsatmasiga muvofiq ayrim magistratura mutaxassisliklari oʻquv reja va dasturlariga tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Magistraturada taʼlim jarayonini tashkil etishga quyidagi talablar qoʻyiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oliy taʼlim tashkilotining magistratura mutaxassisliklari boʻyicha ilmiy-pedagogik kadrlar bilan, shu jumladan, kadrlar tayyorlash yoʻnalishiga (yoki mutaxassislikka) mos keluvchi ilmiy daraja yoki unvonga ega boʻlgan pedagoglar va mutaxassislar bilan taʼminlangani;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nazariy va laboratoriya mashgʻulotlarini oʻtkazish, ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish, shu jumladan, magistrlik dissertatsiyalariga qoʻyiladigan talablarga mos holda ularni tayyorlash uchun zarur oʻquv-metodik hamda moddiy-texnik bazaning mavjudligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻquv reja va dasturlariga muvofiq korxona va tashkilotlarda magistratura talabalarining amaliyoti, stajirovkasi va magistrlik dissertatsiyalarining tajriba-sinov ishlarini oʻtkazishi uchun ushbu tashkilotlar bilan oliy taʼlim tashkiloti (fakultet, kafedralar) oʻrtasida tuzilgan shartnomalar va kelishuvlarning mavjudligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
magistratura talabalarini tayyorlash jarayoniga Fanlar akademiyasi ilmiy-tadqiqot institutlari, tashkilotlar, tarmoq ilmiy-izlanuvchilik va loyiha muassasalarining yetakchi olimlari, shuningdek, xorijiy olimlar, yuqori malakali va ilmiy darajaga ega mutaxassislarning, zaruratga koʻra, soatbay asosida jalb etilgani.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Magistratura talabasining oʻquv-metodik, ilmiy-tadqiqot, pedagogik ishlari, amaliyot, stajirovkani oʻtashi va magistrlik dissertatsiyasini tayyorlash boʻyicha faoliyati magistratura talabasining kalendar-ish rejasiga binoan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Magistratura talabasining kalendar-ish rejasi mazmuni ilmiy rahbar bilan birgalikda birinchi kursning birinchi semestri davomida ishlab chiqiladi hamda oliy taʼlim tashkilotining ilmiy ishlar va innovatsiyalarga masʼul boʻlgan prorektori (filial direktori oʻrinbosari) tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Magistratura talabasi oʻzining kalendar-ish rejasi bajarilishi boʻyicha har chorakda bir marotaba kafedra yigʻilishida hisobot beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kafedra mudiri har oʻquv semestri yakunida tegishli fakultet kengashi yoki magistratura boʻlimi yigʻilishida magistratura talabalarining kalendar-ish rejalari bajarilishi yuzasidan hisobot beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Magistraturaning qoʻshma taʼlim dasturlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Oliy taʼlim tashkilotlari magistratura bosqichida Oʻzbekiston Respublikasi va xorijiy davlatlardagi oliy taʼlim tashkilotlari bilan belgilangan tartibda toʻlov-kontrakt asosida qoʻshma taʼlim dasturlarini joriy etishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Magistraturaning qoʻshma taʼlim dasturlari asosida oliy taʼlim tashkilotlarini muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarga xorijiy hamkor oliy taʼlim tashkiloti joylashgan davlatda tan olinadigan diplom hamda Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim tashkilotining davlat namunasidagi diplom beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Magistraturaning qoʻshma taʼlim dasturida oʻquv jarayoni xorijiy tillarda yoki Oʻzbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlariga muvofiq davlat tilida yoxud qoʻshma taʼlim dasturlari boʻyicha hamkor xorijiy oliy taʼlim tashkilotlari joylashgan mamlakatlarning taʼlim toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan tilda oʻzaro kelishuv asosida tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Talabalarning hamkor oliy taʼlim tashkilotida oʻqish davomiyligi oliy taʼlim tashkilotlari oʻrtasidagi oʻzaro kelishuv asosida belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Har bir hamkor oliy taʼlim tashkiloti(lari)ning pedagoglari boshqa oliy taʼlim tashkiloti(lari)ning oʻquv jarayonida qoʻshma taʼlim dasturini ishlab chiqishda, dissertatsiya va malakaviy amaliyotlarga rahbarlik qilishda hamda imtihonlarni oʻtkazish va qabul qilish boʻyicha ishchi guruhlarda ishtirok etishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Magistraturada pedagogik faoliyatga jalb etiladigan oʻqituvchilarning vazifalari va ularga qoʻyiladigan umumiy malaka talablari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Magistraturada pedagoglar tarkibi har yili avgust oyida masʼul kafedra tomonidan shakllantiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Magistraturada pedagogik faoliyatga jalb etiladigan professor-oʻqituvchilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻquv mashgʻulotlarini sifatli va talab darajasida oʻtadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻquv, ilmiy va oʻquv-metodik ishlarni rejalashtiradi, tashkil etadi va nazorat qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilmiy-tadqiqot ishlariga va magistratura talabalarining magistrlik dissertatsiyalarini tayyorlash jarayoniga rahbarlik qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kafedra ixtisosligi boʻyicha ilmiy, ilmiy-tadqiqot seminarlarini tashkil etadi va ularda ishtirok etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
talabalar ilmiy seminarlarini boshqaradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
magistraturaning tegishli mutaxassisligi boʻyicha oʻquv reja va dasturlarini ishlab chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kafedra ilmiy tadqiqotlari yoʻnalishlari doirasida tashkil etiladigan yigʻilishlar va konferensiyalarda, shu jumladan, xalqaro anjumanlarda ishtirok etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
magistratura talabalarining mustaqil ishlarini tashkil etadi va rejalashtiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
magistratura talabalari uchun oʻquv adabiyotlari qoʻlyozmalarini tayyorlaydi hamda nashrga tayyorlashda ishtirok etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
magistratura talabasining kalendar-ish rejasi bajarilishini nazorat qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Magistraturada pedagogik faoliyatga jalb etiladigan professor-oʻqituvchilarga quyidagi malaka talablari qoʻyiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fanni chuqur bilish hamda uning nazariy asoslarini va muhim yutuqlarga erishish yoʻllarini koʻra bilish malakasiga ega boʻlish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilmiy muammolar boʻyicha takliflarni ishlab chiqa olish, tadqiqotlar oʻtkaza olish va ularning natijalari boʻyicha chop etilgan ilmiy ishlarga ega boʻlish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
magistratura talabalarining alohida xususiyatlari, shaxsiy sifatlari va dissertatsiya maqsadlarini hisobga olgan holda, pedagogik faoliyat yoʻnalishlarini belgilash koʻnikmasiga ega boʻlish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
magistratura talabalarining bilim va malakalarni egallashiga imkoniyat beradigan innovatsion pedagogik texnologiyalarni qoʻllash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pedagogik vazifalarni shakllantirish va ularni amalga oshirishning maqbul yechimlarini topish malakasiga ega boʻlish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
magistratura talabalarining kasbiy qobiliyatini rivojlantirishga yoʻnaltirilgan innovatsion kurslarni ishlab chiqish boʻyicha amaliy tajribaga ega boʻlish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maʼlumotlarni tizimlashtirish va izlash orqali oʻz bilimini takomillashtirish uchun doimiy oʻrganish, maʼlumotlarni elektron qayta ishlashda axborot-kommunikatsiya va multimedia texnologiyalaridan foydalanish koʻnikmasiga ega boʻlish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Magistraturada pedagogik faoliyat yuritishga ilmiy daraja (jumladan, fan nomzodi, falsafa doktori (PhD), fan doktori (DSc) yoki ularga tenglashtirilgan boshqa ilmiy daraja) yoxud ilmiy unvonga ega boʻlgan pedagoglar va mutaxassislar jalb qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. Magistratura talabalarining huquqlari va majburiyatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Magistratura talabalari quyidagi huquqlarga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tanlangan sohani rivojlantirishning zamonaviy tendensiyalariga muvofiq bilimlarni olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oliy taʼlim tashkiloti faoliyati bilan bogʻliq muhim masalalarni koʻrib chiqish va hal qilishda bevosita ishtirok etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oliy taʼlim tashkiloti axborot-resurs markazlari xizmatlaridan, shu jumladan, oʻquv-metodik va ilmiy adabiyotlardan, shuningdek, oliy taʼlim tashkilotining ustavida belgilangan tartibda boshqa turdagi xizmatlardan bepul foydalanish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilmiy-tadqiqot ishlarida, konferensiyalar va simpoziumlarda ishtirok etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz ilmiy-tadqiqot ishlarini ilmiy nashrlarda chop etishga taqdim qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oliy taʼlim tashkiloti Kengashi tavsiyasiga muvofiq yetakchi xorijiy va respublika taʼlim (ilmiy) tashkilotlarida amaliyot oʻtash, stajirovkada boʻlish yoki magistrlik dissertatsiyasining tajriba-sinov qismlarini bajarish uchun ushbu tashkilotlar bilan tegishli kelishuvlar mavjud boʻlganda, ularga yoʻllanma olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oliy taʼlim tashkiloti rahbariyatining qarorlaridan norozi boʻlgan taqdirda, tegishli tashkilotlarga belgilangan tartibda shikoyat qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
talabalar uchun qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartib va miqdorlardagi stipendiya, Davlat stipendiyasi hamda oʻqishga yoʻllagan jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan tayinlanadigan stipendiyalarni olish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Magistratura talabasi qonunchilik hujjatlarida yoki oliy taʼlim tashkiloti ustavida belgilangan boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Magistratura talabalari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
magistraturaning tegishli mutaxassisligi boʻyicha oʻquv rejalari va fan dasturlarida nazarda tutilgan bilimlarni egallashi va oʻzlashtirishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taʼlim dasturida nazarda tutilgan tegishli topshiriqlarni belgilangan muddatlarda bajarishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oliy taʼlim tashkilotining ustavi talablariga va ichki tartib-qoidalariga rioya etishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
magistrlik dissertatsiyasini tayyorlashi (faqat ilmiy-pedagogik dasturga yoʻnaltirilgan talabalar uchun);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyiha ishi, konstruktorlik loyihasi, startap loyihasi, ratsionalizatorlik gʻoyasi, amaliy-ijodiy asar va boshqa turdagi ishlardan birini bajarishi (faqat ishlab chiqarish (amaliy) dasturiga yoʻnaltirilgan talabalar uchun) shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Magistratura talabasi zimmasiga qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham yuklanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-bob. Magistratura talabalari faoliyati nazorati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Magistratura talabasi faoliyati ustidan doimiy nazorat qilish va magistraturada taʼlim jarayonini tashkil etish sifatini oshirish maqsadida oliy taʼlim tashkiloti rektori (filial direktori) buyrugʻi bilan yetakchi oʻqituvchilar tarkibidan iborat, Fanlar akademiyasi ilmiy muassasalari olimlari, kadrlar isteʼmolchilari boʻlgan tashkilotlarning mutaxassislarini jalb etgan holda ishchi guruh (keyingi oʻrinlarda — Ishchi guruh) tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishchi guruh tomonidan har yili aprel-may oylarida magistratura talabasi faoliyati nazorati amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Magistratura talabasi faoliyati nazorati quyidagi koʻrsatkichlar asosida olib boriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
magistratura talabasining kalendar-ish rejasining belgilangan muddatlarda bajarilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilmiy maqola yoki respublika yoxud xalqaro miqyosdagi ilmiy konferensiyada tezis chop etgani (har oʻquv yilida kamida 1 ta ilmiy maqola yoki 2 ta tezis);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilmiy seminarlarda ishtirok etgani;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mutaxassislik fanlarini oʻzlashtirish darajasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
magistrlik dissertatsiyasining dastlabki himoyadan oʻtgani, agar u nazorat davrida rejalashtirilgan boʻlsa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Taʼlim jarayonining xususiyatlari va oʻqish muddatlarini hisobga olib, tizimida oliy taʼlim tashkilotlari boʻlgan vazirlik va idoralar bilan kelishgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan ayrim magistratura mutaxassisliklari nazorat koʻrsatkichlariga tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Nazorat qilish jarayonida magistratura talabalari bilan suhbatlar oʻtkaziladi, tegishli taklif va tavsiyalar beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Uquv yili oxirida Ishchi guruh nazorat yakunlari boʻyicha oliy taʼlim tashkiloti Kengashida hisobot taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-bob. Magistrlik dissertatsiyasi mavzusini tanlash va ilmiy rahbarni tayinlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Magistrlik dissertatsiyasi magistratura talabasining oʻquv dasturlarini oʻzlashtirish jarayonida orttirgan nazariy va amaliy bilimlari asosida tayyorlangan, mustaqil ilmiy-tadqiqot ishining yakuniy natijasi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Magistrlik dissertatsiyasi mavzusini tanlash va ilmiy rahbarni tayinlash birinchi kursning birinchi semestrida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Magistrlik dissertatsiyalarining mavzulari oliy taʼlim tashkilotlarida kafedra professor-oʻqituvchilari, Fanlar akademiyasi ilmiy muassasalari, tarmoq ilmiy-tadqiqot va loyihalashtirish muassasalari xodimlari ishtirokida shakllantiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Magistrlik dissertatsiyasi mavzusi ilmiy yoki amaliy jihatdan yangilikka ega boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi yillarda oʻrganilgan mavzular doirasida tadqiqot olib borishga faqat yangi obyekt, yangi maʼlumotlar bazasi, yangi metodologiya, yangi amaliy yechim yoki yangi ilmiy natijaga asoslangan taqdirda, ruxsat etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Magistrlik dissertatsiyasiga ilmiy rahbarlik oliy taʼlim tashkilotlarida ishlaydigan professorlar, fan doktorlari (fan doktori (DSc), dotsentlar, fan nomzodlari (falsafa doktori (PhD), Fanlar akademiyasi ilmiy muassasalari olimlari, tashkilotlarning yuqori malakali, ilmiy darajali yoki ilmiy unvonga ega mutaxassislari, shuningdek, ilmiy daraja yoki ilmiy unvonga ega boʻlgan xorijiy mutaxassislar tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Magistratura talabasi oʻqiyotgan oliy taʼlim tashkilotida ishlamaydigan xodimlardan unga ilmiy rahbar tayinlangan taqdirda, talabaga qoʻshimcha ravishda tegishli kafedra professor-oʻqituvchilari tarkibidan ilmiy maslahatchi tayinlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilangan talablarga muvofiq magistrlik dissertatsiyasini bajarish doirasida ilmiy rahbar bilan bir xil masʼuliyat ilmiy maslahatchiga ham yuklanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Magistratura talabasi oʻqiyotgan oliy taʼlim tashkilotida ishlamaydigan xodimlar tarkibidan boʻlgan ilmiy rahbar mehnatiga haq toʻlash belgilangan tartibda mehnatga soatbay haq toʻlash shartlari boʻyicha bir oʻquv yiliga bir magistratura talabasi uchun 50 soatdan oshmagan hajmda, tegishli oliy taʼlim tashkiloti xarajatlar smetasida ushbu maqsadlar uchun nazarda tutilgan mablagʻlar doirasida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Magistratura talabasi oʻqiyotgan oliy taʼlim tashkiloti xodimlari tarkibidan boʻlgan ilmiy rahbar va ilmiy maslahatchining magistrlik dissertatsiyasini tayyorlash boʻyicha vazifalari ularning oliy taʼlim tashkilotida oʻquv yili shaxsiy ish rejasi bilan belgilanadigan oʻquv yuklamasiga kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. Bir oʻquv yilida fan doktori (DSc) yoki professor oltitagacha, shuningdek, dotsent yoxud fan nomzodi (PhD) toʻrttagacha magistrlik dissertatsiyasiga yoki magistrga rahbarlikni amalga oshirishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda fan nomzodi, falsafa doktori (PhD), fan doktori (DSc)lariga belgilangan meʼyorlar ularga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalarga nisbatan ham tatbiq etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40. Kafedralar tomonidan taqdim etilgan va oliy taʼlim tashkiloti yoki fakultet kengashida muhokama qilingan magistratura talabalarining magistrlik dissertatsiyalari mavzulari va ularning ilmiy rahbarlari (ilmiy maslahatchilari) ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektor (filial direktori oʻrinbosari) taqdimnomasiga asosan magistratura talabalari oʻqiyotgan birinchi oʻquv yilining birinchi semestrida tegishli oliy taʼlim tashkiloti rektori (direktori)ning buyrugʻi bilan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41. Quyidagilar ilmiy rahbar (maslahatchi)ning majburiyatlari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadqiqot mavzusi doirasida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan masalalar boʻyicha tizimli ravishda yordam berish maqsadida maslahatlar jadvalini tuzish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadqiqot usullarini tanlashda ishtirok etish va ularni tadqiqot ishida qoʻllashda magistratura talabasiga koʻmaklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
magistratura talabasining belgilangan kalendar-ish rejasi boʻyicha ishlarning bajarilishini va magistrlik dissertatsiyasi oʻz vaqtida tayyorlanishini nazorat qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
magistrlik dissertatsiyasining qisqacha annotatsiyasi va himoya kuni oliy taʼlim tashkilotining veb-saytida eʼlon qilinishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
magistrlik dissertatsiyasida plagiatga yoʻl qoʻyilmasligini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dastlabki himoyagacha magistrlik dissertatsiyasiga xulosa berish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-bob. Magistrlik dissertatsiyasining tarkibiy qismlari va uning mazmuniga qoʻyiladigan talablar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42. Magistrlik dissertatsiyasi magistratura talabasi tomonidan talabaning kalendar-ish rejasiga muvofiq tayyorlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Magistrlik dissertatsiyasi quyidagi tarkibiy qismlardan iborat boʻlishi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
titul varaq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uch tilda (davlat tili, oʻqitish tili va ingliz tilida) magistrlik dissertatsiyasining qisqacha annotatsiyasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mundarija;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kirish (5 — 10 foiz);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
asosiy qism: adabiyotlar sharhi, metodologiya, tahlil, natijalar va ustuvor yoʻnalishlar (90 foizgacha);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xulosa va takliflar (2 — 5 foiz);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
adabiyotlar roʻyxati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilovalar (mavjud boʻlsa).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43. Magistrlik dissertatsiyasining kirish qismi quyidagilarni qisqacha oʻz ichiga olishi lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mavzuning asoslanishi va dolzarbligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadqiqotning maqsadi va vazifalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadqiqotning ilmiy yangiligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadqiqotning asosiy muammolari va savollari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadqiqot obyekti va predmeti;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadqiqot natijalarining ilmiy-nazariy va amaliy ahamiyati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dissertatsiya tarkibining qisqacha tavsifi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
44. Magistrlik dissertatsiyasining asosiy qismi kamida uch bobdan iborat boʻlib, boblar hajm jihatidan oʻzaro mutanosib boʻlishi va adabiyotlar sharhi, metodologiya, tahlil, natijalar va ustuvor yoʻnalishlarni oʻz ichiga olishi lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
adabiyotlar sharhida tadqiqot mavzusi boʻyicha boshqa manbalarda keltirilgan nazariy, amaliy va empirik tadqiqotlar natijalarining tanqidiy tahlili yoritiladi, tadqiqotda gipotezalar keltiriladi va ular asoslantiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
metodologiya qismida tadqiqotni amalga oshirishda qoʻllangan ilmiy yondashuvlar, usullar va instrumentlar tizimli ravishda bayon etiladi. Bundan tashqari, tadqiqot doirasida muammoni hal etishga olib boruvchi uslubiy yondashuv, yaʼni tadqiqotning konseptual modeli shakllantirilib, uning asosida amaliy natijalarga erishish yoʻllari koʻrsatiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tahlil va natijalar qismida tadqiqot ishi jarayonida amalga oshirilgan tahlillar hamda erishilgan ilmiy va amaliy natijalar keltiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ustuvor yoʻnalishlar qismida sohani rivojlantirishning qisqa, oʻrta va uzoq muddatli ustuvor yoʻnalishlari belgilanadi, strategik maqsad va vazifalar tizimlashtiriladi, ularni amalga oshirish mexanizmlari (institutsional, tashkiliy-iqtisodiy, moliyaviy va innovatsion mexanizmlar) asoslab beriladi, shuningdek, ilgʻor xorijiy tajribalarni milliy sharoitga moslashtirish imkoniyatlari koʻrsatiladi hamda samaradorlikni oshirish yoʻllari taklif etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xulosa va takliflar qismida barcha boblarda qayd etilgan natijalarning ilmiy va amaliy ahamiyati, shuningdek, ilmiy-tadqiqot muammosini hal etish boʻyicha xulosalar yoritiladi hamda ilmiy-amaliy takliflar keltiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
45. Magistrlik dissertatsiyasiga uning mazmunini bayon etish uchun bevosita zarur boʻlgan qoʻshimcha maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan materiallar ilova qilinishi mumkin. Ilova qismining hajmi magistrlik dissertatsiyasi umumiy hajmining uchdan bir qismidan oshmasligi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
46. Magistrlik dissertatsiyasi ustida ishlayotgan magistratura talabasi plagiat, maʼlumotlarni soxtalashtirish va yolgʻon iqtiboslar keltirishga yoʻl qoʻymasligi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
47. Dissertatsiya matni standart varaqda yozilgan boʻlib, unda quyidagi qoidalarga rioya etilgan boʻlishi lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qatorlar oraligʻi — 1,5 belgili;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuqori va pastki hoshiya 2 sm, satr boshi: chap tomondan 3 sm, oʻng tomondan 2 sm;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xatboshilar orasidagi oraliq — 5 yoki 6 belgili.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Magistrlik dissertatsiyasi matnini “Times New Roman” shriftida (14 oʻlchamli) Microsoft Word matn muharririda yozish tavsiya etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
48. Magistrlik dissertatsiyasining hajmi titul varaq, mundarija, adabiyotlar roʻyxati va ilovalardan tashqari, qoida tariqasida, 70 sahifagacha boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Iqtisodiy va ijtimoiy-gumanitar yoʻnalishdagi dissertatsiyalarning 10 foizgacha koʻproq hajmda tayyorlanishiga yoʻl qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
49. Magistrlik dissertatsiyasi magistratura talabasi oʻqigan tilda (kafedra yoki Magistratura boʻlimi tavsiyasiga muvofiq chet tilida) tayyorlanadi. Chet tilida tayyorlangan magistrlik dissertatsiyasiga davlat tilida yozilgan annotatsiya ilova qilinadi. Bunday magistrlik dissertatsiyalarining dastlabki va rasmiy himoyalari tarjima bilan oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
50. Magistrlik dissertatsiyalarining qisqacha annotatsiyalari va himoya kunlari oliy taʼlim tashkilotlarining veb-saytlarida himoyadan kamida 10 kun oldin eʼlon qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-bob. Magistrlik dissertatsiyasi himoyasini oʻtkazish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
51. Magistrlik dissertatsiyasi himoyasi oliy taʼlim tashkilotining ilmiy ishlar va innovatsiyalarga masʼul prorektori (filial direktori oʻrinbosari) tomonidan tasdiqlangan jadval asosida dastlabki va rasmiy himoya shaklida oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
52. Magistrlik dissertatsiyasining dastlabki himoyasi ilmiy rahbar (ilmiy maslahatchi) ishtirokida kafedra tomonidan tuzilgan komissiya huzurida tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dastlabki himoyaga boshqa kafedralardan, shuningdek, boshqa tashkilotlardan mutaxassislar taklif etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
53. Dastlabki himoyaga qadar magistrlik dissertatsiyasi boʻyicha ilmiy rahbar (ilmiy maslahatchi) xulosasi, plagiatga yoʻl qoʻyilmaganini tasdiqlovchi antiplagiat dasturi tekshiruvidan belgilangan tartibda oʻtkazilgani toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma (sertifikat)ni taqdim etish va “Yashirin ekspert taqrizi” talab etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
54. Magistrlik dissertatsiyasi antiplagiat dasturi asosida tekshirilib, plagiatga yoʻl qoʻyilgani aniqlansa, takroran bir martagacha qayta tekshirishdan oʻtkazishga ruxsat beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ikkinchi martada ham plagiat holatlari bartaraf etilmagan taqdirda, dissertatsiya himoyasi keyingi yilga qoldiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi yilda plagiat holatlari bartaraf etilgan taqdirda, dissertatsiyani himoya qilishga ruxsat etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Magistrlik dissertatsiyasi mazmunining oʻziga xoslik koʻrsatkichi (foizi) oliy taʼlim tashkiloti tomonidan mustaqil ravishda belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Antiplagiat dasturidan oʻtkazilgandan soʻng ijobiy xulosa olingach, magistrlik dissertatsiyasi bir nusxada (“Yashirin ekspert guruhi”ning xohishga koʻra elektron shaklda ham boʻlishi mumkin) “Yashirin ekspert taqrizi” uchun kafedraga topshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Magistrlik dissertatsiyasi antiplagiat dasturidan va “Yashirin ekspert taqrizi”dan oʻtkazish uchun dastlabki himoyadan kamida uch hafta oldin kafedraga taqdim etilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
55. Oliy taʼlim tashkiloti tomonidan tegishli yoʻnalishlar boʻyicha sohaning yetakchi olimlari, pedagoglari hamda mutaxassislaridan iborat tarkibda “Yashirin ekspert guruhi” tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Yashirin ekspert guruhi” aʼzolari akademik halollik talablariga rioya etishi hamda manfaatlar toʻqnashuviga yoʻl qoʻymasligi yuzasidan oliy taʼlim tashkiloti rektori (filial direktori) nomiga kafolat xati taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Yashirin ekspert guruhi”ga oliy taʼlim tashkilotining rektori (filial direktori) tomonidan rahbar tayinlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Yashirin ekspert guruhi” uchun oliy taʼlim tashkilotida rasmiy elektron pochta tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Topshirilgan magistrlik dissertatsiyalari mutaxassislik kafedrasi tomonidan “Yashirin ekspert guruhi”ning elektron pochta manziliga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Elektron pochta manziliga kelib tushgan magistrlik dissertatsiyalari “Yashirin ekspert guruhi” rahbari tomonidan tegishli pedagog yoki mutaxassisga taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Yashirin ekspert guruhi” aʼzosi magistrlik dissertatsiyasini uch kun muddatda koʻrib chiqib, “Yashirin ekspert taqrizi”ni (imzosiz, kadrlar boʻlimi yoki devonxona muhri bilan) magistrlik dissertatsiyasi yuborilgan elektron pochta manziliga yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Yashirin ekspert guruhi” aʼzosi taqriz salbiy boʻlgan taqdirda, dissertatsiyani qayta ishlash zarurligi yoki taqriz ijobiy boʻlgan taqdirda, magistrlik dissertatsiyasi keyingi bosqichga tavsiya etilishi toʻgʻrisida elektron pochta orqali maʼlum qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Magistrlik dissertatsiyasi ushbu Nizomning 9-bobida keltirilgan talablarga mos kelmagan holatlarda, shuningdek, ushbu holatlarni qisqa muddatda tuzatish imkoniyati mavjud boʻlmaganda, taqrizchi magistrlik dissertatsiyasini himoyaga qoʻyish maqsadga muvofiq emasligi toʻgʻrisida xulosa beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
56. Dissertatsiya rasmiy himoya sanasidan kamida bir oy oldin dastlabki himoyadan oʻtkazilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dastlabki himoyaga qadar magistratura talabasi ichki va tashqi hamda ilmiy rahbar taqrizlariga, shuningdek, dissertatsiya mavzusiga doir ilmiy maqola yoki tezisga ega boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dastlabki himoya yakuni kafedra yigʻilishi bayonnomasi bilan rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
57. Ichki va tashqi taqrizchilarni oliy taʼlim tashkilotining tegishli kafedrasi tavsiya etadi va ularning roʻyxati ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektor (filial direktori oʻrinbosari) tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
58. Quyidagilar taqrizchining vazifalari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
magistrlik dissertatsiyasi mavzusining dolzarbligi, ilmiy yangiligi va tugallangani toʻgʻrisida xulosa taqdim etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dastlabki himoyadan kamida uch kun oldin taqriz taqdim etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
magistrlik dissertatsiyasi ishining nazariy va amaliy ahamiyati haqida umumiy xulosa berish va uni baholash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
akademik halollik talablarining buzilishi holatlari, jumladan, plagiatga yoʻl qoʻyish, maʼlumotlarni soxtalashtirish, yolgʻon iqtibos keltirish va boshqalar aniqlangan taqdirda, ularni taqrizda koʻrsatish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
59. Magistrlik dissertatsiyasining rasmiy himoyasi oliy taʼlim tashkilotining yakuniy davlat attestatsiyasi komissiyasi (keyingi oʻrinlarda — Komissiya) tomonidan oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
60. Magistrlik dissertatsiyasining rasmiy himoyasi taqdimot materiallari bilan bayon etilishi va 20 daqiqadan oshmasligi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
61.Rasmiy himoyada Komissiya aʼzolari magistratura talabasini quyidagi mezonlar asosida baholaydi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
magistrlik dissertatsiyasi tadqiqot mavzusining dolzarbligini va uning amaliyot bilan bogʻliqligini koʻrsatib bera olishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
magistratura talabasining tadqiqotga va vazifalarni hal etishga mustaqil yondashuvi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
foydalanilgan ilmiy adabiyotlar, ilmiy nashrlar, normativ-huquqiy hujjatlar, statistik maʼlumotlar, shuningdek, xorijiy tillardagi adabiyotlar tanqidiy tahlilining toʻliqligi va chuqurligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadqiqot usullari amaliyotda qoʻllanganining asoslangani;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
olingan natijalar asosida ishlab chiqilgan tavsiyalarning amaliy ahamiyati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
magistratura talabasining magistrlik dissertatsiyasi doirasida oʻtkazilgan tadqiqotlar va olingan natijalarni rivojlantirish istiqbollarini koʻra bilish qobiliyati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
magistrlik dissertatsiyasining nazariy va amaliy qismlaridagi oʻzaro mantiqiy bogʻliqlikni kuzata bilish malakasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda magistrlik dissertatsiyasining tarkibiy qismlari (kirish qismi, asosiy qismi (mazmuni), xulosa va takliflar qismi) hamda taqdimotning talab darajasida bajarilishiga va ularning baholanishiga alohida eʼtibor qaratilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
62. Magistrlik dissertatsiyasi oliy taʼlim tashkilotlarida talabalar bilimini nazorat qilish va baholash tizimiga muvofiq aniqlanadi hamda Komissiya majlis bayoni rasmiylashtirilgandan soʻng shu kunning oʻzida eʼlon qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
63. “Qoniqarsiz” baho qoʻyilganda yoki magistrlik dissertatsiyasi rasmiy himoyaga qoʻyilmagan taqdirda, magistratura talabasi keyingi uch yil davomida oliy taʼlim tashkilotida Komissiya tashkil etilgan davrda magistrlik dissertatsiyasini qayta himoya qilish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Magistrlik dissertatsiyasi himoyasidan oʻta olmagan bitiruvchidan magistrlik dissertatsiyasini qayta topshirish jarayonlarida toʻlov undirilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
64. Oʻquv rejasida belgilangan fanlarni oʻzlashtirgan, ishlab chiqarish va malakaviy amaliyotni oʻtagan, ammo magistrlik dissertatsiyasini (loyiha ishi, konstruktorlik loyihasi, startap loyihasi, ratsionalizatorlik gʻoyasi, amaliy-ijodiy asar va boshqa turdagi ishlar) himoya qilmagan ishlab chiqarish (amaliy) dasturiga yoʻnaltirilgan yoki ilmiy-pedagogik dasturga yoʻnaltirilgan magistraturada tahsil olgan talabalarga mutaxassisligi boʻyicha taʼlim olgani toʻgʻrisida ushbu Nizomga ilovaga muvofiq maʼlumotnoma beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
65. Magistrlik dissertatsiyalari rasmiy himoyasi natijadorligi oliy taʼlim tashkiloti Kengashida muhokama qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
66. Himoya qilingan magistrlik dissertatsiyalari oliy taʼlim tashkilotida uch yil davomida saqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
67. Magistrlik dissertatsiyasi himoyasini baholash natijalari yuzasidan belgilangan tartibda shikoyat qilish mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
68. Ushbu Nizomni qoʻllashda yuzaga keladigan nizolar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
69. Ushbu Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Magistratura toʻgʻrisidagi nizomga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

_________________________________________________________________________________________

(oliy taʼlim tashkilotining nomi)

MAGISTRATURADA TAʼLIM OLGANLIK TOʻGʻRISIDA

MAʼLUMOTNOMA

Mazkur maʼlumotnoma ____________________________________________________________________

________________________________________________________________________________________ga

(familiyasi, ismi, otasining ismi)

20____ — 20____ yillarda _________________________________________________________________

_________________________________________________________________________________________

(mutaxassislik nomi)

_________________________________________________________________________________________

(dastur nomi: ishlab chiqarish/ilmiy-pedagogik yoʻnalish)

boʻyicha taʼlim olganligi uchun berildi.

Davlat attestatsiyasi komissiyasining xulosasi ________________________________________________

                                  (oʻtmadi)

Magistrlik dissertatsiyasi (kurs loyihasi, konstruktorlik loyihasi, startap loyihasi, amaliy-ijodiy asari va boshqa turdagi ishlari)ni himoya qilganligi

_____________________________________________

(himoya qilmadi)

_________________________________________________________________________________________

_________________________________________________________________________________________

_________________________________________________________________________________________

_________________________________________________________________________________________

Rektor (direktor)

_______________

____________________________

(imzo, muhr)

(F.I.O.)

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 17-sentabrdagi 500-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblanayotgan ayrim qarorlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ROʻYXATI

1. Vazirlar Mahkamasining “Magistratura toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2015-yil 2-martdagi 36-son qarori.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash haqida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat huquqiy siyosatini amalga oshirishda adliya organlari va muassasalari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 13-apreldagi PF-5415-son Farmoni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2018-yil 13-apreldagi PQ-3666-son qarori)” 2018-yil 9-avgustdagi 638-son qaroriga ilovaning 12-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Vazirlar Mahkamasining “Umumiy oʻrta va oʻrta maxsus taʼlim muassasalari reytingini aniqlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 3-iyundagi 345-son qaroriga 3-ilovaning 14-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida” 2021-yil 20-apreldagi OʻRQ-682-son Qonuni)” 2022-yil 4-apreldagi 153-son qaroriga ilovaning 358-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasida oliy taʼlim va oliy taʼlimdan keyingi taʼlimga qabul qilish va oʻqitish tartibini belgilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2023-yil 6-apreldagi 143-son qaroriga ilovaning 2-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga ularni qonun hujjatlariga muvofiqlashtirishni nazarda tutuvchi oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida” 2024-yil 22-iyuldagi 439-son qaroriga ilovaning 14-bandi.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.09.2026-y., 09/26/500/0950-son)