16.09.2026 yildagi 488-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Suvni tejaydigan sugʻorish texnologiyalaridan va suvdan foydalanishda davlat nazorati samaradorligini yanada oshirish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2026-yil 5-fevraldagi PQ-47-son qaroriga muvofiq suvni tejaydigan sugʻorish texnologiyalaridan va suvdan foydalanishda davlat nazorati samaradorligini yanada oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2026-yil 5-fevraldagi PQ-47-son qaroriga asosan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Suv xoʻjaligi obyektlari xavfsizligini va suvdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasining (keyingi oʻrinlarda — Inspeksiya) Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar hududiy boshqarmalari tuzilmasida yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan suvni tejaydigan sugʻorish texnologiyalaridan hamda suvdan foydalanishni monitoring qilish boʻlimlari (keyingi oʻrinlarda — Monitoring boʻlimlari) tashkil etilgani;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Monitoring boʻlimlari shtat birliklari Suv xoʻjaligi vazirligining amaldagi shtat birliklari doirasida shakllantirilishi hamda Monitoring boʻlimlarini saqlash bilan bogʻliq xarajatlar Suv xoʻjaligi vazirligiga Davlat budjetidan ajratilgan mablagʻlar doirasida, shuningdek, budjetdan tashqari mablagʻlar hisobidan moliyalashtirilishi belgilangani;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026-yil 1-iyuldan boshlab Inspeksiya tomonidan tadbirkorlik subyektlarida oʻtkaziladigan tekshiruvlarni bodi-kameralardan foydalangan holda amalga oshirish tartibi joriy etilgani;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Inspeksiyaga yuklangan vazifalarni bajarishda uchuvchisiz uchadigan apparatlari (dron) xizmatlaridan foydalanishga ruxsat berilgani maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Suv xoʻjaligi vazirligining Inspeksiyaga qonunchilik hujjatlariga muvofiq 20 dona uchuvchisiz uchadigan apparatlarni, ularning butlovchi va ehtiyot qismlarini xarid qilish hamda Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirish, saqlash va ulardan foydalanishga ruxsat berish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilansinki, Inspeksiyaga uchuvchisiz uchadigan apparatlardan faqatgina qonunchilik hujjatlarida belgilangan vazifalarni amalga oshirish doirasida foydalanishga ruxsat beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Inspeksiyaga uchuvchisiz uchadigan apparatlaridan foydalanish va ularni saqlash jarayonida Vazirlar Mahkamasining “Radiochastota spektridan foydalanish sohasida ruxsat etish hamda radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalardan foydalanishni tartibga solish toʻgʻrisida” 2020-yil 22-dekabrdagi 801-son hamda “Oʻzbekiston Respublikasida uchuvchisiz uchadigan apparatlardan foydalanishni tartibga solish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2022-yil 15-noyabrdagi 658-son qarorlari talablariga qatʼiy amal qilish boʻyicha shaxsiy masʼuliyat va javobgarlik yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Radiochastotalar boʻyicha respublika kengashining ishchi organi — Raqamli texnologiyalar vazirligi Suv xoʻjaligi vazirligi murojaatiga asosan Inspeksiyaga radioelektron vositalar bilan jihozlangan uchuvchisiz uchadigan apparatlarni belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirish va ulardan foydalanish uchun tegishli ruxsatnomalarni rasmiylashtirishda amaliy yordam koʻrsatsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi Inspeksiya tomonidan uchuvchisiz uchadigan apparatlarga oid hujjatlar belgilangan tartibda taqdim etilgan kundan boshlab besh ish kuni ichida uchuvchisiz uchadigan apparatlardan foydalanishga ruxsat etish toʻgʻrisida xulosa berilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Belgilab qoʻyilsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Inspeksiya tomonidan uchuvchisiz uchadigan apparatlar yordamida suratga olish ishlari dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bunda suratga olingan foto va video materiallardan taʼsir choralarini qoʻllash uchun foydalanishga yoʻl qoʻyilmaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suratga olingan foto va video materiallar yozilgan elektron axborot tashuvchi moslamalar nazorat koʻrigidan oʻtkazish uchun belgilangan tartibda Mudofaa vazirligiga yuboriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suratga olingan foto va video materiallar elektron axborot tashuvchi moslamaga yoziladi hamda ulardan Mudofaa vazirligining ruxsatnomasi bilan foydalaniladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mudofaa vazirligi tomonidan foydalanishga ruxsat berilgan foto va video materiallar Inspeksiya tomonidan kamida bir yil saqlanadi hamda ulardan tekshiruvlarda qonunbuzarlikka huquqiy baho berish uchun foydalanilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Mudofaa vazirligi Inspeksiya tomonidan uchuvchisiz uchadigan apparatlardan foydalanish jarayoni hamda ular yordamida olingan foto va video materiallari belgilangan tartibda nazorat koʻrigidan oʻtkazib borilishini tashkil etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Urbanizatsiya va uy-joy bozorini barqaror rivojlantirish milliy qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligining “Geoinnovatsiya markazi” davlat unitar korxonasi Inspeksiyaning buyurtmanomasiga asosan uchuvchisiz uchadigan apparatlarga texnik xizmatlar koʻrsatadigan hamda parvozlarni amalga oshiradigan operatorlarni tayyorlashda amaliy yordam koʻrsatsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Suv xoʻjaligi vazirligi bir oy muddatda suvni tejaydigan sugʻorish texnologiyalaridan hamda suvdan foydalanishni monitoring qilish boʻlimlari toʻgʻrisidagi nizomni ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari J.A. Xodjayev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026-yil 16-sentabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
488-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 16-sentabrdagi 488-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Suv xoʻjaligi obyektlari xavfsizligini va suvdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi faoliyatini tartibga soluvchi ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida” 2023-yil 27-sentabrdagi 500-son qarorida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yigirma birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“suvni tejaydigan sugʻorish texnologiyalari joriy qilingan va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan subsidiya ajratilgan yer maydonlarida joylashtirilgan ekinlarni sugʻorish uchun mavjud suvni tejaydigan sugʻorish texnologiyalari yoki ularning asosiy qismlaridan foydalanishni nazorat qiladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yigirma yettinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Inspeksiya va uning hududiy boshqarmalari tomonidan uchuvchisiz uchadigan apparatlar yordamida monitoring tadbirlarini oʻtkazish xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatini tekshirish hisoblanmaydi hamda “Yagona davlat nazorati” axborot tizimida roʻyxatga olinmaydi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagi mazmundagi yigirma sakkizinchi va yigirma toʻqqizinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“suvni tejaydigan sugʻorish texnologiyalarini qurib beruvchi pudrat tashkilotlari tomonidan har bir loyihaga kamida 2 yillik kafolat muddati berilishi hamda 5 yil davomida servis xizmatlari koʻrsatilishi ustidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda nazorat oʻrnatadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
joriy qilingan suvni tejaydigan sugʻorish texnologiyalariga pudratchilar tomonidan kafolat yoki servis majburiyatlari bajarilmaganligi aniqlanganda suv yetkazib beruvchi tashkilot, buyurtmachi hamda pudratchi ishtirokida dalolatnoma rasmiylashtiradi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yigirma sakkizinchi — oʻttiz beshinchi xatboshilar tegishlicha oʻttizinchi — oʻttiz oltinchi xatboshilar deb hisoblansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻta muhim gidrotexnika inshootlarining texnik holatni tahlil qilish, joylarda oʻrganish, naturada kuzatish va Davlat kadastrini yuritish respublika budjeti mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchi-uchinchi xatboshilar tegishlicha uchinchi-toʻrtinchi xatboshilar deb hisoblansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Surxondaryo viloyati” boʻlimining “Nasos stansiyalari” kichik boʻlimi 17 — 21 pozitsiyalarining “Inshootlar nomi” ustunidagi “kanali” soʻzi “nasos stansiyalari” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Vazirlar Mahkamasining “Suvdan foydalanish va uni muhofaza qilish ustidan davlat nazoratining samaradorligini oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2025-yil 7-iyundagi 352-son qarorida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchinchi xatboshidagi “tasdiqlansin” soʻzi chiqarib tashlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagi mazmundagi toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Suv xoʻjaligi obyektlari xavfsizligini va suvdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasida bodi-kameralardan foydalanish hamda ularni saqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom 21-ilovaga muvofiq tasdiqlansin”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) quyidagi mazmundagi 21-ilova bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-iyundagi 352-son qaroriga
21-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Suv xoʻjaligi obyektlari xavfsizligini va suvdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasida bodi-kameralardan foydalanish hamda ularni saqlash tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom Suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Suv xoʻjaligi obyektlari xavfsizligini va suvdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi (keyingi oʻrinlarda — Inspeksiya) xodimlarining qonunchilik hujjatlari bilan oʻziga yuklangan vazifa va funksiyalarni bajarish jarayonida bodi-kameralardan foydalanish, ularni saqlash, ular yordamida qayd etilgan audio va video materiallarni saqlash, qayta ishlash va himoya qilish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
audio va video materiallar — bodi-kameralar yordamida yozib olingan audio va video materiallar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bodi-kamera — xodimning formali kiyim-boshiga maxsus moslama bilan biriktiriladigan hamda xodimning qonunchilik hujjatlari bilan oʻziga yuklangan vazifa va funksiyalarni bajarish vaqtidagi harakatlari (harakatsizligi)ni audio va video material shaklida qayd etuvchi yozuvlarni oʻzgartirishdan himoyalangan texnik vosita;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maʼlumotlar bazasi — audio va video materiallar saqlanadigan markazlashgan maxsus server yoki elektron xotira vositasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“suvnazorat.uz” elektron axborot tizimi — bodi-kameralarni hisobga olish, topshirish va qabul qilish hamda ulardan foydalanishga oid maʼlumotlarni elektron shaklda yuritish imkoniyatini taʼminlovchi axborot tizimi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xodim — Inspeksiya boshligʻi oʻrinbosari, boʻlim boshliqlari, bosh mutaxassislar, hududiy boshqarmalar boshliqlari, boʻlim boshliqlari va ularning oʻrinbosarlari hamda bosh mutaxassislar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Bodi-kameralardan foydalanish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Bodi-kameralarni topshirish va qabul qilish ishlari “suvnazorat.uz” elektron axborot tizimi orqali qayd etib boriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Bodi-kameralarning texnik talablarga muvofiqligi doirasida sana, vaqt tamgʻasi, identifikator, shifrlash, materiallarni tahrirlashdan himoya qilish, yetarli tasvir sifati hamda akkumulyator quvvati video materialda doimiy koʻrinishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Xodimga ruxsat etilmagan, muvofiqligi tasdiqlanmagan muvofiqlik sertifikati muddati oʻtgan yoki belgilangan tartibda Inspeksiya hisobida boʻlmagan bodi-kameradan foydalanish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Bodi-kamera xodimning koʻkrak sohasi yelka qismiga yaqin joyga taqiladi, xodim harakatlariga xalaqit bermaydigan qilib joylashtiriladi, shuningdek, davlat tilida “Diqqat! Audio va video yozib olinmoqda”, rus tilida “Vnimaniye! Vedyotsya audio i videozapis”, ingliz tilida “Attention! Audio and video recording in progress” yozuvlari aks ettiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Xodim qonunchilik hujjatlari bilan oʻziga yuklangan vazifa va funksiyalarni amalga oshirishga kirishgan paytdan boshlab bodi-kamera yoqiladi hamda ish vaqti tugagunga qadar ishchi rejimda boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xodimga bodi-kamerani ruxsatsiz yechib tashlash, oʻchirish, audio va video materiallarni toʻxtatish qatʼiyan taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xodimga dam olish hamda ovqatlanish vaqtida bevosita boshligʻining ruxsati bilan audio va video materiallarni yozishni vaqtincha toʻxtatishga ruxsat etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda xodim tomonidan audio va video materiallarni yozish vaqtincha toʻxtatilgani haqida “suvnazorat.uz” elektron axborot tizimiga tegishli yozuv kiritilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Bodi-kamerada nosozliklar kuzatilganda yoki akkumulyator quvvati tugaganda, xodim darhol boshligʻini bevosita xabardor qiladi hamda bu haqida “suvnazorat.uz” elektron axborot tizimiga tegishli yozuvlar kiritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda tekshiruv darhol toʻxtatiladi va tekshiruvni faqat bodi-kamera qayta ishga tushirilgandan soʻng davom ettirishga yoʻl qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Xodim bodi-kamera yoqilgani haqida muloqotga kirishgan shaxsni ogʻzaki ravishda xabardor qilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Bodi-kamerani saqlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Bodi-kamera Inspeksiya mulki hisoblanadi hamda ular maxsus roʻyxat asosida inventar raqami boʻyicha hisobga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Bodi-kamera maxsus jihozlangan, texnika va axborot xavfsizligi talablariga javob beradigan joyda saqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Xodim oʻziga topshirilgan bodi-kamerani texnik jihatdan soz holatda saqlashga, butligini taʼminlashga, begonalarga berib yubormaslikka hamda faqat belgilangan tartibda ishlatilishiga shaxsan javobgar hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Bodi-kamerani buzish, yoʻqotish yoki unga qasddan shikast yetkazish holatlari aniqlanganda, xodimlar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradi (xodimlarga bogʻliq boʻlmagan holatlar bundan mustasno).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Audio va video materiallarni saqlash va ulardan foydalanish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Bodi-kamera orqali olingan barcha audio va video materiallar maʼlumotlar bazasiga bodi-kameraning akkumulyatorini quvvatlash paytida avtomatik tarzda koʻchirib olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Koʻchirib olingan audio va video materiallar olti oy davomida saqlanadi hamda saqlash muddati tugagan audio va video materiallar maʼlumotlar bazasidan avtomatik tarzda oʻchiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda nizoli holatlar qayd etilgan audio va video materiallar yakuniy koʻrib chiqilgunga qadar saqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Saqlangan audio va video materiallarni montaj qilish, qisqartirish, tezlatish yoki sekinlatish, ovozni almashtirish, belgilar qoʻshish, kadrlarni oʻchirish yoki qoʻshish, tasvir yoki ovoz sifatiga taʼsir etuvchi filtrlardan foydalanish, shuningdek, video materialning mazmuni va ketma-ketligiga taʼsir qiluvchi har qanday tahrirlash harakatlarini amalga oshirish qatʼiyan taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Audio va video materiallar sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlar, shuningdek, boshqa vakolatli davlat organlari soʻroviga asosan faqat Inspeksiya boshligʻi (yoki oʻrinbosari) ruxsati bilan koʻpaytiriladi (ulardan nusxa koʻchiriladi) va taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlar, shuningdek, boshqa vakolatli davlat organlarining audio va video materiallarni taqdim etish haqidagi soʻrovi Inspeksiya tomonidan oʻn ish kuni ichida koʻrib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Audio va video materiallar Oʻzbekiston Respublikasining “Shaxsga doir maʼlumotlar toʻgʻrisida”gi Qonuni talablariga muvofiq saqlanadi va himoya qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Audio va video materiallarni shaxsiy qurilmalarga (shaxsiy telefon, tashqi flesh-xotira va boshqalar) koʻchirish, messenjerlar yoki ijtimoiy tarmoqlar orqali yuborish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Xodim tekshiruv jarayonida maʼlum boʻlgan tijorat siri, xizmat siri hamda qonunchilik hujjatlari bilan qoʻriqlanadigan boshqa sirlarni muhofaza qilinishini taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda audio va video materiallarga kirishni cheklash, harakatlarni loglash va video materiallarni shifrlash majburiy hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Yakunlovchi qoida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Ushbu Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar”.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.09.2026-y., 09/26/488/0946-son)