17.09.2026 yildagi PQ-332-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Surxondaryo viloyatida qattiq maishiy chiqindilarni yoqish orqali elektr energiyasi ishlab chiqarish” investitsiya loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Surxondaryo viloyatida ekologik vaziyatni yaxshilash, chiqindilarni qayta ishlash sohasiga zamonaviy yechimlar va texnologiyalarni joriy etish orqali elektr energiyasi ishlab chiqarish hamda sohaga toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalarni jalb etish maqsadida qaror qilaman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Qattiq maishiy chiqindilardan elektr energiyasi ishlab chiqarishni tashkil etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Toʻgʻridan-toʻgʻri muzokaralar natijasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) “China Sciences Environmental Protection Technology (Hong Kong) International Co., Ltd (CSET (HK)” kompaniyasi (Xitoy Xalq Respublikasi) (keyingi oʻrinlarda — Investor) tomonidan “Surxondaryo viloyatida qattiq maishiy chiqindilarni yoqish orqali elektr energiyasi ishlab chiqarish” investitsiya loyihasi (keyingi oʻrinlarda — Loyiha) doirasida xorijiy korxona (keyingi oʻrinlarda — Loyiha kompaniyasi) taʼsis etilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) Investor va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati nomidan Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi oʻrtasida 2026-yil 14-sentabrda investitsiya shartnomasi imzolangani;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) “Oʻzenergosotish” AJ va Investor oʻrtasida 2026-yil 11-sentabrda Loyiha doirasida ishlab chiqarilgan elektr energiyasini sotib olish toʻgʻrisidagi bitim imzolangani;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(g) Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi huzuridagi Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) va Investor oʻrtasida 2026-yil 11-sentabrda qattiq maishiy chiqindilarni Loyiha kompaniyasiga yetkazib berish toʻgʻrisidagi bitim imzolangani maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Loyihani amalga oshirish doirasida Investor va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati nomidan Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi oʻrtasida tuzilgan investitsiya shartnomasi tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Majburiyat va imtiyozlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilansinki, elektr energiyasini sotib olish va qattiq maishiy chiqindilarni yetkazib berish toʻgʻrisidagi bitimlarga muvofiq:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) Loyiha kompaniyasi ishlab chiqarilgan elektr energiyasini 30 yil davomida “Oʻzenergosotish” AJga kafolatlangan tarzda sotadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) Loyiha kompaniyasi Loyiha doirasida elektr stansiyasini yagona elektr energiyasi tarmogʻiga ulash uchun zarur boʻlgan havo elektr uzatish tarmoqlari va tegishli elektr infratuzilmasi qurilmalarini “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan beriladigan texnik shartlar asosida quradi va ishga tushirilgandan soʻng ularni “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJga topshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) Loyiha kompaniyasi elektr stansiyasini ishga tushirishdan oldin “Milliy dispetcherlik markazi” DUK va “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ bilan birgalikda uning elektr energetika tizimiga taʼsirini baholash boʻyicha texnik xulosa tayyorlaydi hamda mazkur xulosa asosida tarmoqqa ulanishning yakuniy shartlari kelishiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(g) “Oʻzenergosotish” AJ 30 yil davomida elektr energiyasini kafolatlangan tarzda milliy valyutada xarid qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(d) Agentlik Loyiha kompaniyasiga 30 yil davomida qattiq maishiy chiqindilarni kafolatlangan hajmda yetkazib beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(j) Loyiha kompaniyasi qurilish davridagi oʻz majburiyatlari lozim darajada bajarilishining taʼminoti sifatida 8 million AQSH dollari miqdorida birinchi darajali bank kafolatini taqdim etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(z) Investor oʻz huquq va majburiyatlaridan Loyiha doirasida oʻzi tomonidan taʼsis etiladigan Loyiha kompaniyasi foydasiga voz kechadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Belgilab qoʻyilsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) Loyiha kompaniyasi va “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan yer uchastkalari uchun toʻlanadigan ijara toʻlovi miqdori yer soligʻi miqdoriga tenglashtiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) Loyiha chiqindilarni utilizatsiya qilish va qayta ishlashga ixtisoslashgan sanoat zonalari (keyingi oʻrinlarda — ekosanoat zonasi) va ularga tutash boʻlgan hududlarda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Agentlik:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) havo elektr uzatish tarmoqlari uchun ajratilgan yer uchastkalarini Loyiha kompaniyasiga va “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJga ijaraga beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) ekosanoat zonalaridagi yer uchastkalarini ulardan Loyiha doirasida foydalanish uchun Loyiha muddatiga teng boʻlgan muddatga Loyiha kompaniyasiga ijaraga beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Belgilansinki, Investor va Loyiha kompaniyasi 2026 — 2028-yillarda Surxondaryo viloyatida 150 million AQSH dollari miqdorida toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalarni jalb etgan holda kuniga 1 ming tonna chiqindilarni termik usulda qayta ishlash orqali 126 million kVt elektr energiyasi ishlab chiqarish quvvatiga ega uskunalar ishga tushirilishini taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Loyihani amalga oshirishni jadallashtirish chora-tadbirlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Belgilab qoʻyilsinki, ekosanoat zonalariga tutash hududlar hamda Loyiha doirasida havo elektr uzatish tarmoqlari va elektr infratuzilmasi qurilmalarini qurish uchun zarur boʻlgan yer uchastkalari doimiy foydalanish huquqi bilan Agentlikka oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Agentlik va “Oʻzenergosotish” AJga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) Loyiha kompaniyasi bilan birgalikda Loyihani amalga oshirish uchun xalqaro mustaqil injiniring kompaniyasi va boshqa maslahatchilarni “taklif soʻrovi” xarid qilish tartib-taomili orqali jalb qilishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) Loyiha doirasida uch oy davomida ishlab chiqariladigan elektr energiyasini sotib olish, chiqindilarni yetkazib berish majburiyati bajarilishining taʼminoti sifatida Loyiha kompaniyasi foydasiga respublika banklarida tasdiqlangan va tiklanadigan akkreditivlar ochishga ruxsat beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Belgilansinki, Loyiha kompaniyasiga barcha soliqlar va yigʻimlar toʻlangan holda Loyihani moliyalashtirish doirasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) kredit olish, chet el valyutasida mablagʻlar olish va ulardan foydalanish (shu jumladan, chet el valyutasida kredit tushumlari) uchun chet eldagi xorijiy banklarda bank hisobvaraqlari ochish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida boʻlgan chet el pudrat tashkilotlari, yetkazib beruvchilar yoki chet el kreditorlariga toʻlovlarni Oʻzbekiston Respublikasidagi bank hisobvaraqlari orqali oʻtkazmasdan, toʻgʻridan-toʻgʻri amalga oshirish huquqlari beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Belgilansinki, Loyiha doirasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) infratuzilma obyektlarini qurish ishlarini moliyalashtirish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 18-dekabrdagi “Hududlarda muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4929-son qaroriga muvofiq amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) infratuzilma obyektlarini qurish-taʼmirlash ishlari boʻyicha buyurtmachi vazifasi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi “Maxsus iqtisodiy va kichik sanoat zonalari muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5101-son qarorida belgilangan tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Agentlik, “Oʻzenergosotish” AJ va “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJga Investor tomonidan Loyihani amalga oshirish doirasida imzolangan bitimlar boʻyicha majburiyatlar bajarilmagan taqdirda, Loyiha kompaniyasi va Investor huquqini Loyihani moliyalashtirishda ishtirok etadigan boshqa kreditorlarga toʻgʻridan-toʻgʻri oʻtkazish haqida bitimlar tuzish huquqi beriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(g) zarur yer uchastkalari hamda unga tutash hududlarda havo elektr uzatish tarmoqlari va elektr infratuzilmasi qurilmalarini qurishda qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlardan foydalanganlik (toifasi oʻzgartirilganligi) uchun qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiligi oʻrni (kompensatsiya toʻlovlari) qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda qoplab beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Investorning buyurtmanomasiga binoan Loyihani amalga oshirish doirasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) Tashqi ishlar vazirligi — jalb qilinadigan xorijiy mutaxassislar hamda ularning oila aʼzolari uchun kirish vizalari, zarur hollarda, Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida belgilangan tartibda rasmiylashtirilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) Ichki ishlar vazirligi — jalb qilinadigan xorijiy mutaxassislar hamda ularning oila aʼzolariga koʻp martalik viza berilishi va uning muddati uzaytirilishini, shuningdek, turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazilishi va uning muddati uzaytirilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi — xorijiy fuqarolarga Oʻzbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyati bilan shugʻullanish huquqini beruvchi tasdiqnomalar berilishini (muddati uzaytirilishini) belgilangan tartibda taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Surxondaryo viloyati hokimligi bir oy muddatda Angor tumani “Bahor” MFY hududidan 15 gektar yer maydoni ekosanoat zonasi tashkil etish uchun doimiy foydalanish huquqi bilan Agentlikka ajratilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Agentlik Energetika vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan birgalikda, zaruratga koʻra, Loyihani amalga oshirish uchun zarur boʻlgan yer uchastkalarining yer fondi toifasini oʻzgartirish yuzasidan Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan va oʻrmon fondi yerlarining yer fondi toifalarini oʻzgartirish masalalarini koʻrib chiqish boʻyicha Hukumat komissiyasiga takliflar kiritib borsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Investitsiyalarni jalb qilish, sanoatni rivojlantirish va savdoni tartibga solish masalalari boʻyicha Hukumat komissiyasiga, zarur hollarda, Loyihaning maqsadli koʻrsatkichlariga va texnik-iqtisodiy parametrlariga Investor bilan kelishgan holda oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish huquqi berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Qaror ijrosini tashkil etish, taʼminlash va nazorat
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi loyiha hujjatlari belgilangan tartibda ekologik ekspertizadan oʻtkazilishini va Loyihani amalga oshirishda tabiatni muhofaza qilishga oid qonunchilik hujjatlariga rioya etilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi hamda Energetika vazirligi Loyiha amalga oshirilishi, shuningdek, tomonlar oʻrtasidagi bitimlar doirasidagi majburiyatlar bajarilishi ustidan doimiy nazorat oʻrnatsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Qaror ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026-yil 17-sentabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-332-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.09.2026-y., 07/26/332/0944-son)