Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.07.2022 05.03.1998 yildagi 97-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.07.2022
Hujjat 13.03.2008 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
QIShLOQ XOʻJALIGI TEXNIKASI VA TEXNOLOGIYALARINI DAVLAT SINOVLARIDAN OʻTKAZISh SIFATINI OShIRISh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyuldagi 396-sonli “Qonunchilik bazasini yanada tizimlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublika korxonalarida ishlab chiqarilayotgan va xorijdan keltirilayotgan traktorlar, qishloq xoʻjaligi mashinalari va asbob-uskunalarini davlat, sertifikatsiya, moslashtirish sinovlaridan va boshqa xil sinovlardan oʻtkazish sifatini tubdan yaxshilash, qishloq xoʻjaligining texnika bilan jihozlanganlik darajasini oshirish hamda qishloq xoʻjaligi ekinlarini oʻstirish va hosilini yigʻishtirish boʻyicha barcha texnologik jarayonlarni bajarishda mashina-traktor parkining puxta ishlashini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston mashina sinash stansiyasi (OʻzMSS) “Oʻzagromashservis” uyushmasi tarkibidagi Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligi texnikasi va texnologiyalarini sertifikatsiyalash va sinash davlat markazi (OʻzQTTDM)ga aylantirilsin.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 13-martdagi 41-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 10-11-son, 62-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston davlat markazining tashkiliy tuzilmasi va uning apparati xodimlari soni ilovaga muvofiq 130 kishidan iborat qilib tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilab qoʻyilsinki, Oʻzbekiston davlat markazi tarkibiga kiruvchi tajriba xoʻjaliklari barcha turdagi texnika va texnologiyalarni sinovdan oʻtkazish maydonlari hisoblanadi, ular oʻzining ishlab chiqarish va moliyaviy mustaqilligini saqlab qolishadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi koʻrsatib oʻtilgan Markazni operatsiya xarajatlari smetasi boʻyicha mablagʻ bilan taʼminlash uchun “Oʻzagromashservis” uyushmasi tomonidan taqdim etiladigan hisob-kitoblarga muvofiq hamda Markazning korxonalar va tashkilotlar bilan shartnomalar boʻyicha bajariladigan ishlardan tushadigan daromadlarini hisobga olgan holda har yili budjet mablagʻlari ajratishni nazarda tutsin.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 13-martdagi 41-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 10-11-son, 62-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4.Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublikada yangidan yaratilayotgan traktorlar, qishloq xoʻjaligi mashinalari va asbob-uskunalarining, shuningdek xorijdan keltirilayotganlarining barcha namunalari, ularni respublika qishloq xoʻjaligida ishlatishning ishonchliligini va samaradorligini tekshirib koʻrish maqsadida, Oʻzbekiston davlat markazida majburiy tartibda davlat sinovlaridan oʻtkaziladi. Bunda xorijdan keltiriladigan texnika, qoidaga koʻra, tanlov asosida sinovdan oʻtkaziladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston davlat markazida tayyorlangan sinovlar natijalarini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 5-fevraldagi 44-f-son farmoyishi bilan Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi huzurida tashkil etilgan Qishloq xoʻjaligida texnika siyosatini amalga oshirish Kengashi koʻrib chiqadi va ular boʻyicha qarorlar qabul qiladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xoʻjaligi texnikasini seriyali ishlab chiqaradigan mashinasozlik korxonalari ularni nazorat sinovlariga muntazam taqdim etishga majburdirlar.
(4-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 13-martdagi 41-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 10-11-son, 62-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. “Oʻzqishloqxoʻjaliktaʼminottuzatish” davlat-kooperativ qoʻmitasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligi texnikasi va texnologiyalarini sertifikatsiyalash va sinash davlat markazi Ustavini bir oy muddatda ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xoʻjaligi texnikasini davlat sinovidan oʻtkazishning Vazirlar Mahkamasi tomonidan 1992-yil 7-aprelda tasdiqlangan tartibini qayta koʻrib chiqsin va uni bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga kelishib olish uchun taqdim etsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi bilan birgalikda, seriyalab ishlab chiqarilayotgan qishloq xoʻjaligi texnikasini Mashina va asbob-uskunalarning texnikaviy holatini nazorat qilish davlat bosh inspeksiyasining tekshirishlar dalolatnomalari boʻyicha takroriy sinovdan oʻtkazish tartibini ishlab chiqsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston davlat markazida joylashgan Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash tarixi muzeyining, shuningdek eng yangi qishloq xoʻjaligi texnikasi koʻrgazmasining faoliyat koʻrsatishini taʼminlash chora-tadbirlarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari I. H. Joʻrabekov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1998-yil 5-mart,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
97-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 1998-yil
5-martdagi 97-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligi texnikasi va texnologiyalarini sinash davlat markazining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TUZILMASI

Jami: 130 kishi