Hujjat kuchini yo‘qotgan 14.07.2001 01.12.1994 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 115
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 14.07.2001
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar

Mahkamasining 1994-yil 16-iyuldagi

365-son qarori bilan tasdiqlangan

O‘zbekiston Respublikasi

Moliya vazirining o‘rinbosari

Davlat sug‘urta bosh boshqarmasi boshlig‘i

N.S. YUSUPOV

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
KO‘MIR, NEFT, GAZ QAZIB OLISh VA GEOLOGIYA-RAZVEDKA IShLARI TIZIMI XODIMLARINING MAJBURIY DAVLAT ShAXSIY SUG‘URTASINI O‘TKAZISh TARTIBI TO‘G‘RISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yo‘riqnoma
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 1994-yil 1-dekabr 115-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan]
 LexUZ sharhi
Mazkur Yo‘riqnoma O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirining 2001-yil 14-iyuldagi 96-mh-sonli buyrug‘iga asosan davlat reyestridan chiqarilgan va o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Yo‘riqnoma ko‘mir, neft, gaz qazib olish va geologiya-razvedka ishlari tizimi xodimlarining majburiy davlat shaxsiy sug‘urtasi bo‘yicha hujjatlarni rasmiylashtirish hamda to‘lovlarni to‘lash tartibini belgilab beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston neft va gaz sanoati milliy korporatsiyasi (O‘zneftgaz), O‘zbekiston Respublikasi geologiya va mineral resurslar Davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi ko‘mir qazib olish va sotish aksionerlik birlashmasi (Ko‘mir AO) sug‘urtalangan har bir xodimi uchun O‘zbekiston Respublikasida belgilangan eng kam oylik ish haqining 20 foizi miqdoridagi sug‘urta badallarini, shu jumladan, davlat sug‘urta tashkilotlarining sug‘urtani o‘tkazish bilan bog‘liq ushbu badallarning 8 foizi miqdoridagi xarajatlarini har yili O‘zbekiston Respublikasi Davlat sug‘urta bosh boshqarmasining hisob raqamiga o‘tkazadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Eng kam oylik ish haqining miqdori oshirilgan taqdirda sug‘urta puli va badalning miqdori qayta hisoblanadi va farqi O‘zdavsug‘urtaning hisob raqamiga o‘tkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Korxona sug‘urta badalini o‘tkazgan kundan boshlab xodim sug‘urtalangan hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sug‘urta badallari o‘z vaqtida va to‘liq o‘tkazilishi O‘zbekiston Respublikasi Davlat sug‘urta bosh boshqarmasi tomonidan nazorat qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yangi xodim ishga olinganda uning uchun ham sug‘urta badali o‘tkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Korxona, tashkilot o‘z xodimlarini ular sug‘urtalanganligi to‘g‘risida xabardor qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ushbu Yo‘riqnomada ko‘zda tutilgan sug‘urta hodisalari yuz berganda sug‘urta pulini sug‘urtalangan shaxsning yashash (ro‘yxatga olingan) joyidagi davlat sug‘urta muassasasi jamg‘arma bankining tegishli muassasasiga oluvchining nomidagi omonatga pul o‘tkazish, bankiga chek berish yoki pochta orqali o‘tkazish yo‘li bilan to‘laydi. Balog‘atga yetmagan oluvchiga sug‘urta puli faqat uning yashash joyidagi jamg‘arma banki muassasasiga uning nomiga pul o‘tkazish yo‘li bilan to‘lanadi va bu haqda vasiylik hamda homiylik idoralariga ma’lum qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Sug‘urta pulini to‘lash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Sug‘urta puli:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) sug‘urtalangan shaxs xizmat vazifasini ado etayotganda halok bo‘lsa (o‘lsa) uning merosxo‘rlariga O‘zbekiston Respublikasida belgilangan eng kam oylik ish haqining 35 baravari miqdorida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) sug‘urtalangan shaxs xizmat vazifasini bajarayotganda shikast olishi bilan bog‘liq nogironlik belgilanganda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I guruh nogironiga eng kam oylik ish haqining 36 baravari hajmidagi pulning 50 foizi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II guruh nogironiga eng kam oylik ish haqining 36 baravari hajmidagi pulning 30 foizi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III guruh nogironiga eng kam oylik ish haqining 36 baravari hajmidagi pulning 20 foizi miqdorida to‘lanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sug‘urtalangan shaxs bilan yuz bergan, ammo uning nogiron bo‘lib qolishiga olib kelmagan baxtsiz hodisaning oqibatlari “Sug‘urta hodisalari munosabati bilan sug‘urta pulini va bir marta beriladigan nafaqalarni aniqlash hamda to‘lash tartibi to‘g‘risida”gi uslubiy ko‘rsatmalarga asosan aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sug‘urta puli sug‘urtaning boshqa turlari bo‘yicha to‘lovlar va zararni qoplash yo‘sinidagi to‘lovlardan qat’i nazar, to‘lanaveradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Sug‘urta puli davlat sug‘urta muassasasi barcha zarur hujjatlarni olgan kundan boshlab 3 kun ichida to‘lanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sug‘urta pulini to‘lash rad etilgan taqdirda davlat sug‘urta muassasasi bu haqda 3 kun mobaynida sug‘urtalangan shaxsga yoki uning merosxo‘rlariga rad etish sabablarini ko‘rsatgan holda yozma ravishda ma’lum qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Sug‘urtalangan shaxs (merosxo‘rlari) sug‘urta pulini to‘lash haqidagi arizani sug‘urta hodisasi ro‘y bergan kundan boshlab 3 yil mobaynida davlat sug‘urta muassasasiga berishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Tomonlarning sug‘urtaga taalluqli munosabatlaridan kelib chiquvchi barcha nizolar sudlar tomonidan ularning vakolatiga muvofiq va O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida belgilab qo‘yilgan tartibda hal etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Agar sug‘urtalangan shaxsning halok bo‘lishi (o‘limi) yoki shikast olishi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uning o‘zi ataylab sodir etgan yoki boshqa aybli xatti harakatlari bilan bog‘liq bo‘lsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sug‘urta tashkilotiga sug‘urta obyekti haqida atayin soxta ma’lumotlar xabar qilingan bo‘lsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sug‘urta hodisasi sug‘urta shartnomasida nazarda tutilgan boshqa hollar tufayli yuz bergan bo‘lsa, sug‘urta tashkiloti sug‘urta talanuvchiga sug‘urta pulini (sug‘urta tovonini) to‘liq yoki qisman to‘lashni rad etishga haqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. sug‘urtalangan shaxs shikast olgan taqdirda davlat sug‘urta muassasasiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sug‘urta pulini to‘lash haqidagi ariza;

№ N-1 shaklli dalolatnoma;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
DMEK ma’lumotnomasining nusxasi (nogironlik belgilangan bo‘lsa);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaxsini tasdiqlovchi hujjat. Sug‘urtalangan shaxs o‘lganda ushbular taqdim etiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sug‘urta pulini to‘lash haqidagi ariza;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘lganlik to‘g‘risidagi guvohnomaning nusxasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
merosxo‘rlik huquqini tasdiqlovchi notarial idora guvohnomasining nusxasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaxsini tasdiqlaydigan hujjat.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Sug‘urtalangan shaxs yoki merosxo‘rlari sug‘urta puli to‘lashni so‘rab murojaat qilganlarida davlat sug‘urta muassasasi arizani yuqorida aytilgan tizimlar xodimlarining arizalari va to‘langan sug‘urta puli ro‘yxatga olinadigan 184 raqamli daftarda qayd qilib qo‘yishga majbur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Davlat sug‘urta tashkilotlarining talabi bilan viloyatlararo idoralar sug‘urta pulini to‘lash masalasini hal etish uchun sug‘urta hodisalari yuz bergan sharoitlar haqidagi hujjatlarni taqdim etadilar.