08.09.2026 yildagi 476-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Navoiy viloyati “yashil” texnikumi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Eko-madaniyat” umummilliy loyihasi doirasida ekologik taʼlim, ilm-fan va targʻibotni jadallashtirishga oid kompleks chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2026-yil 25-martdagi PQ-110-son qarori ijrosini taʼminlash hamda “Eko-madaniyat” umummilliy loyihasi doirasida malakali oʻrta boʻgʻin kadrlarini tayyorlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Eko-madaniyat” umummilliy loyihasi doirasida ekologik taʼlim, ilm-fan va targʻibotni jadallashtirishga oid kompleks chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2026-yil 25-martdagi PQ-110-son qaroriga muvofiq:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Navoiy viloyati “yashil” texnikumi (keyingi oʻrinlarda — Texnikum) tashkil etilgani;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim oʻzgarishini oʻrganish universitetining (Green University) (keyingi oʻrinlarda — Universitet) budjet va budjetdan tashqari mablagʻlari hamda Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi huzuridagi Umummilliy ekologik muammolarni bartaraf etish davlat maqsadli jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan Texnikumning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va pedagoglarni moddiy qoʻllab-quvvatlash uchun moliyaviy koʻmaklashishga ruxsat berilgani maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Texnikumning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehnat bozori ehtiyojlari hamda “yashil” iqtisodiyot uchun malakali oʻrta boʻgʻin kadrlarini tayyorlash va oʻquvchilarda “yashil” koʻnikmalarni shakllantirishda xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻquvchilarda energiya samaradorligi, resurslardan oqilona foydalanish, chiqindilarni boshqarish va ekologik madaniyat koʻnikmalarini shakllantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻquv dasturlariga “yashil” koʻnikmalarga oid mavzularni kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“yashil” texnologiyalarni joriy etgan korxona va tashkilotlar bilan dual taʼlim shaklida oʻrta boʻgʻin kadrlari tayyorlashni yoʻlga qoʻyish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kadrlar tayyorlash jarayoniga soha, korxona va tashkilotlardan amaliyotchi mutaxassislar, oliy taʼlim tashkilotlarining professor-oʻqituvchilari hamda malakali xorijiy mutaxassislarni jalb qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nufuzli xorijiy taʼlim tashkilotlari bilan hamkorlikda qoʻshma taʼlim dasturlari asosida mutaxassislar tayyorlashni yoʻlga qoʻyish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli kasbiy taʼlim darajalari boʻyicha kadrlar tayyorlash uchun zarur moddiy-texnik, oʻquv-metodik bazani yaratish va oʻquv jarayoniga yuqori ish tajribasiga ega boʻlgan amaliyotchi mutaxassislarni jalb etib borish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilab qoʻyilsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Texnikum Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Kasbiy taʼlim agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) tizimida davlat muassasasi shaklidagi kasbiy taʼlim tashkiloti hisoblanadi hamda uning faoliyati kasbiy taʼlim tashkilotlarini moliyalashtirishning amaldagi tartibi asosida va qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Texnikumga umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarining bitiruvchilari belgilangan tartibda davlat granti va toʻlov-kontrakt asosida oʻqishga qabul qilinadi hamda oʻquv jarayoni boshlangʻich, oʻrta va oʻrta maxsus kasbiy taʼlim dasturlari asosida tashkil etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Texnikumda ichki va tashqi mehnat bozori ehtiyojlari, fuqarolarning murojaatlari hamda ish beruvchi korxona va tashkilotlarning takliflari, Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi buyurtmasi asosida asosiy taʼlim dasturlariga qoʻshimcha ravishda kompetensiyalarni oʻzlashtirish va kvalifikatsiya berish hamda xorijiy tillarni oʻqitishga moʻljallangan qisqa muddatli kurslar tashkil etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
moddiy-texnik bazasini yaxshilash, oʻquv-metodik qoʻllab-quvvatlash va taʼlim sifatini oshirish maqsadida Texnikum Agentlik bilan kelishuv asosida Universitetga biriktiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Texnikum faoliyatini tashkil etish bilan bogʻliq xarajatlar budjet mablagʻlari hisobidan 2026-yilda Navoiy viloyati mahalliy budjetiga ajratilgan mablagʻlar doirasida moliyalashtiriladi, 2027-yildan boshlab esa Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi bilan birgalikda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir oy muddatda Texnikumda oʻquv jarayonini tashkil etish, taʼlim sifatini taʼminlash va oʻquvchilar uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish boʻyicha chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqib, tasdiqlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026-yil 15-sentabrga qadar Texnikumning ustavini tasdiqlasin hamda uning belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazilishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026/2027 oʻquv yilidan boshlab Texnikumda “yashil” iqtisodiyot uchun zarur boʻlgan oʻrta boʻgʻin kadrlari tayyorlashni yoʻlga qoʻysin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻquvchilarni qabul qilish parametrlariga mos ravishda yuqori malakali pedagoglarni ishga qabul qilishni tashkil etsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi bilan hamkorlikda har yili aprel-may oylarida “Kasb va yoshlar” ochiq muloqot oyligi doirasida umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarining bitiruvchilarini Texnikumdagi mavjud kasblarga yoʻnaltirish choralarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) bir oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Texnikumda oʻqitiladigan kasb va mutaxassisliklar boʻyicha hududdagi korxona va tashkilotlarni sanoat hamkori sifatida biriktirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
biriktirilgan korxona va tashkilotlarning buyurtmasi asosida oʻquvchilarni dual taʼlim shaklida oʻqitishni yoʻlga qoʻyishda, oʻquvchilarning ishlab chiqarish amaliyotlarini hamda ishlab chiqarish taʼlimi ustalarining stajirovkasini tashkil etishda koʻmaklashsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Agentlik bilan birgalikda 2027/2028 oʻquv yilidan boshlab Texnikumda xalqaro taʼlim dasturini joriy qilish choralarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. 2026/2027 oʻquv yili uchun Texnikumga abituriyentlarni davlat granti va toʻlov-kontrakt asosida oʻqishga qabul qilish muddatini 2026-yil 1-oktabrga qadar uzaytirishga ruxsat berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Texnikum Universitetning Navoiy viloyati Karmana tumani “Doʻrmon” MFY, Yangihayot koʻchasi 1a-uy manzilidagi bino va inshootlariga tekin foydalanish huquqi asosida joylashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri K.A. Sharipov hamda Navoiy viloyati hokimi N.T. Tursunov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026-yil 8-sentabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
476-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.09.2026-y., 09/26/476/0906-son)