O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
IKKINChI JAHON URUShI IShTIROKChILARINI RAG‘BATLANTIRISh TO‘G‘RISIDA
Mazkur Farmon O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi PF-6218-sonli “Milliy qonunchilik bazasini kompleks tizimlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
1941 — 1945-yillardagi ikkinchi jahon urushida fashizm ustidan qozonilgan G‘alaba kunining bayram qilinishi munosabati bilan va urush ishtirokchilarini moddiy rag‘batlantirish maqsadida:
1. Ikkinchi jahon urushi nogironlari va ishtirokchilariga 1500 so‘m (ikkita eng kam ish haqi) miqdorida bir martadan pul mukofoti belgilansin.
2. Ushbu Farmonni amalga oshirish bilan bog‘liq xarajatlar uchun mablag‘ respublika budjeti hisobidan ajratilsin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Markaziy banki, Ijtimoiy ta’minot vazirligi, Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati va Favqulodda vaziyatlar vazirligi mazkur pul mukofoti to‘lanishini ta’minlasin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1998-yil 5-may,
PF-1994-son