04.04.1994 yildagi 180-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 04.04.1994 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Davlat uy-joy fondini xususiylashtirish toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining qabul qilinishi munosabati bilan normativ hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining “Davlat uy-joy fondini xususiylashtirish toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga kiritish tartibi haqida”gi qarorini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar tasdiqlansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xususiylashtirilgan kvartiralarni, uylarni (uylarning bir qismi)ni sotib olish-sotish shartnomalarini rasmiylashtirish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom 1-ilovaga muvofiq;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi uy-joy fondini xususiylashtirish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom 2-ilovaga muvofiq.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Xususiylashtirilgan kvartiralarni, uylarni (uylarning bir qismini) sotib olish-sotish, almashtirish va hadya qilishni tasdiqlaganlik uchun quyidagi miqdorlarda davlat boj stavkalari belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mulkdorning umr yoʻldoshiga, farzandlariga, mulkdorning hamda uning umr yoʻldoshiga ota-onalariga, bobolariga, buvilariga, tugʻishgan aka-ukalariga, opa-singillariga — shartnoma summasining 1 foizi miqdorida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boshqa jismoniy va yuridik shaxslarga — shartnoma summasining 20 foizi miqdorida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xususiylashtirilgan kvartiralar kimoshdi savdosi orqali sotilganda — sotish narxining 15 foizi miqdorida.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi va Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining davlat uy-joy fondini xususiylashtirish toʻgʻrisida Nizomga hamda davlat uy-joy fondini xususiylashtirish, saqlash va undan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi Qoidalariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, Vazirlar Mahkamasining baʼzi qarorlarini 3-ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash haqidagi taklifi qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Vazirlar Mahkamasining Kapital qurilish, transport va aloqa hamda Yuridik boʻlimlariga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1994-yil 4-aprel,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
180-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining
1994-yil 4-apreldagi 180-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xususiylashtirilgan kvartiralarni, uylarni (uylarning bir qismini) sotib olish-sotish shartnomalarini rasmiylashtirish tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Xususiylashtirilgan uy-joylarga pulli, imtiyozli yoki bepul asosda mulk qilib berilgan kvartiralar, uylar (uylarning bir qismi) kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Xususiylashtirilgan kvartiraning, uyning (uyning bir qismining) egasi mazkur uy-joyga egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish, shuningdek, jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlarini hamda qonun bilan himoya qilinadigan manfaatlarini buzmasdan sotish huquqiga egadir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xususiylashtirilgan uy-joyning egasi ushbu uy-joyni oʻz xohishiga koʻra har qanday jismoniy yoki yuridik shaxsga yoxud koʻchmas mulkka doir operatsiyalarni amalga oshirishga vakil qilingan organga sotish, shuningdek, uni koʻchmas mulk sotiladigan kimoshdi savdosiga qoʻyish huquqiga egadir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kvartirani, uyni (uyning bir qismini) jismoniy va yuridik shaxslarga sotishda mulkdor sotib olish-sotish shartnomasini tasdiqlatish uchun kvartira joylashgan yerdagi notarial idoraga, kimoshdi savdosi orqali sotishda — koʻchmas mulk savdosini amalga oshirishga vakil qilingan organga murojaat qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Sotiladigan xususiylashtirilgan uy-joyning qiymati tomonlarning kelishuviga binoan, lekin baholash shkalasi boʻyicha aniqlangan qiymatdan past boʻlmagan miqdorda belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Koʻchmas mulk bilan operatsiyalarni amalga oshirishga vakil qilingan organ xususiylashtirilgan uy-joy egasining roziligiga koʻra mazkur uy-joyni tomonlar kelishgan narxda, biroq baholash shkalasi boʻyicha aniqlangan qiymatdan yuqori boʻlmagan narxda sotib olish huquqiga egadir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Baholash shkalasi xususiylashtirilgan kvartiraning oʻrtacha bozor narxidan iborat boʻladi. Xususiylashtirish davridagi qoldiq balans qiymati (uni bitishuv amalga oshirilgan vaqt uchun belgilangan, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan yilning har choragida tasdiqlanadigan qiymatning oʻzgarish indeksiga oshirgan holda) asos qilib olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sotib olish-sotishni amalga oshirish uchun zarur boʻlgan hujjatlarni rasmiylashtirishga koʻrsatiladigan xizmatlar uchun haq bu ishga vakil qilingan organlar bilan kelishilgan narxnomalarga muvofiq uy-joy egasi tomonidan toʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Kimoshdi savdosi orqali sotishda xususiylashtirilgan uy-joy egasining xohishiga koʻra uning qiymati MDH aʼzosi boʻlgan davlatlarning istalgan pul belgilarida, shuningdek, erkin muomaladagi valyutada belgilanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xususiylashtirilgan uy-joyni sotishdan olingan summa (davlat boji stavkalari va kimoshdi savdosida sotganlik uchun koʻrsatilgan xizmatlar qiymati chiqarib tashlangandan keyin) mulkdorning xohishiga koʻra naqd pul bilan olinishi, Oʻzbekiston Respublikasi va MDH aʼzosi boʻlgan davlatlar jamgʻarma banklarining koʻrsatilgan hisob schyotiga oʻtkazilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasining va boshqa davlatlarning fuqarolari, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi hududida doimiy yashaydigan va propiskada boʻlgan fuqaroligi boʻlmagan shaxslar xususiylashtirilgan kvartirani, uyni (uyning bir qismini) sotib olish huquqiga egadirlar. Yuridik shaxslar ham oʻzlarining Oʻzbekiston Respublikasi hududida doimiy yashaydigan (propiskada boʻlgan) xodimlarini va pensionerlarini taʼminlash uchun uy-joylarni sotib olishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Yuridik yoki jismoniy shaxslar tomonidan mulkdorlardan sotib olingan uy-joydan faqat belgilangan maqsadda foydalanish mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Xususiylashtirilgan uy-joyini sotish istagini bildirgan mulkdor quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pasport yoki uning oʻrnini bosuvchi hujjat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xususiylashtirilgan uy-joyga egalik qilish huquqini tasdiqlovchi davlat dalolatnomasi yoki Oʻzbekiston SSR Ministrlar Soveti va Oʻzsovprofning 1989-yil 21-iyundagi 203-son qaroriga muvofiq uy-joyni sotib olish-sotishning notarial tasdiqlangan shartnomasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kvartira, uy (uyning bir qismi) boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazish yigʻma jildi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oilaning birga yashaydigan, balogʻat yoshiga yetgan barcha aʼzolarining, shuningdek, uy-joy maydoniga huquqi boʻlgan, mazkur uy-joyda doimiy yashaydigan va propiskada boʻlgan shaxslarning notarial tasdiqlangan roziligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilova qilinayotgan shakldagi maʼlumotnoma yoki uy daftari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Sotib oluvchilar (Oʻzbekiston Respublikasining, boshqa davlatlarning fuqarolari, fuqaroligi boʻlmagan shaxslar) pasport yoki uning oʻrnini bosuvchi hujjatni taqdim etadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Xususiylashtirilgan uy-joyni sotuvchi sotib olish-sotish hujjatlarini rasmiylashtirishda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan stavka boʻyicha davlat boji toʻlaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Kvartirani (alohida uyni, uyning bir qismini) sotib olish-sotish, almashtirish, hadya etish bitishuvlari amalga oshirilgandan keyin uning xususiylashtirilgan uy maqomi yoʻqoladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Notarial tasdiqlangan sotib olish-sotish shartnomani sotib olingan uy-joyga egalik qilish huquqini tasdiqlovchi hujjat hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

MAʼLUMOTNOMA‎‎

Fuqaro ______________________________________________________________‎
_____________________________________________________________________‎
manzilida joylashgan kvartira, uy (uyning bir qismi) ‎
_____________________________________________________________________‎‎
_____________________________________________________________________‎‎
asosida uning xususiy mulki ekanligi toʻgʻrisida berildi. ‎
Bu yerda quyidagilar propiskadan oʻtgan:‎

T/r‎

Familiyasi, ismi, otasining ismi‎

Tugʻilgan yili‎

Qarindoshlik darajasi‎

Propiskadan oʻtgan vaqti‎

1.‎
2.‎

3.‎

4.‎
5.‎
6.‎
‎‎
Ishlab chiqarish-uy-joy
‎inspeksiyasi boshligʻi ‎
Ishlab chiqarish-uy-joy
‎inspeksiyasi bosh muhandisi ‎
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining
1994-yil 4-apreldagi 180-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining uy-joy fondini xususiylashtirish tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining uy-joy fondini xususiylashtirishning asoslarini, tartibini va shartlarini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mudofaa vazirligining uy-joy fondi kvartiralarini xususiylashtirish “Davlat uy-joy fondini xususiylashtirish toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga va tegishli normativ hujjatlarga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining harbiy xizmatchilari, Mudofaa vazirligining uy-joy fondida yashayotgan ishchilar, xizmatchilar va boshqa shaxslar xususiylashtirish subyektlari hisoblanadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Yopiq harbiy shaharchalardagi kvartiralar va uylar, yotoqxonalardagi kvartiralar, yashash uchun yaroqsiz deb topilgan yoki xizmat kvartiralari (xonalari) hisoblangan, ikki yoki undan koʻp ijarachilar yashaydigan kvartiralar (egallab turgan kvartiralarni xususiylashtirish boʻyicha ularning roziligi boʻlmagan taqdirda), boshqa davlatlarning Qurolli Kuchlarida xizmatni oʻtayotgan harbiy xizmatchilar tomonidan band etib turilgan boʻsh kvartiralar hamda band etib qoʻyilgan kvartiralar xususiylashtirilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Kvartiralarni xususiylashtirishga doir hujjatlarni rasmiylashtirish shahar va viloyatlar hokimliklari huzuridagi tegishli organlar tomonidan uy-joy fondi egasi bilan tuzilgan shartnoma shartlari boʻyicha yoki Mudofaa vazirligining kvartiralardan foydalanish organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Kvartiralarni xususiylashtirgan harbiy xizmatchilar, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan xususiylashtirilgan kvartiralarni, uylarni (uylarning bir qismini) sotib olish-sotish shartnomalarini rasmiylashtirish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga muvofiq sotish, almashtirish va hadya etish bilan bogʻliq barcha harakatlarni amalga oshirish huquqiga egadirlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Harbiy xizmatchilar yangi xizmat joyiga joʻnab ketishayotganda oʻz xohishiga koʻra xususiylashtirgan uy-joyi boʻyicha Mudofaa vazirligining kvartiralardan foydalanish organlari bilan yoki ularning tavsiyasiga binoan navbatdagi harbiy xizmatchi bilan qoldiq balans qiymati boʻyicha sotib olish-sotish shartnomasini rasmiylashtirishlari mumkin, bunda ular uy-joyni topshirganligi toʻgʻrisida belgilangan namunadagi maʼlumotnoma oladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining
1994-yil 4-apreldagi 180-son qaroriga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasida davlat uy-joy fondini xususiylashtirish toʻgʻrisidagi Nizomga hamda Oʻzbekiston Respublikasida davlat uy-joy fondini xususiylashtirish, saqlash va undan foydalanish qoidalariga kiritiladigan oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ROʻYXATI

1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasida davlat uy-joy fondini xususiylashtirishni davom ettirish toʻgʻrisida” 1993-yil 1-martdagi 114-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasida davlat uy-joy fondini xususiylashtirish toʻgʻrisidagi Nizomga quyidagi oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muqaddimaning ikkinchi xatboshidagi va boshqa barcha bandlardagi “shaxsiy mulk” soʻzlari “mulk” soʻzi bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bandning ikkinchi xatboshidagi “tarixiy” soʻzidan oldin “arxitektura” soʻzi qoʻshilsin, “sovxozlar va boshqa davlat qishloq xoʻjaligi korxonalarining uy-joy fondidan tashqari” soʻzlari chiqarib tashlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekiston Respublikasining, boshqa davlatlarning fuqarolari, Oʻzbekiston Respublikasi hududida doimiy yashaydigan (propiskada boʻlgan) fuqaroligi boʻlmagan shaxslar xususiylashtirish subyektlari hisoblanadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va Oʻzbekiston Respublikasining, boshqa davlatlarning oʻzga yuridik shaxslari oʻz xodimlarini, pensionerlarini uy-joy bilan taʼminlash uchun mulkdordan uy-joy sotib olishlari mumkin”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Agar kvartira, uy (uyning bir qismi) uchun badalni toʻliq toʻlagan yoki Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlariga muvofiq arizani hokimiyatning mahalliy organida roʻyxatdan oʻtkazgan, biroq mulkka egalik qilish huquqini beruvchi davlat dalolatnomasini olmasdan vafot etgan taqdirda merosxoʻrlar ushbu kvartirani, uyni (uyning bir qismini) meros qilib olishga haqlidirlar”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9, 10 va 19-bandlar chiqarib tashlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Davlat uy-joy fondini xususiylashtirishning qanday borayotganini nazorat qilish mazkur uy-joy fondining egasi yoki ular tomonidan vakil qilingan organlar tomonidan amalga oshiriladi”.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasida davlat uy-joy fondini xususiylashtirishni davom ettirish toʻgʻrisida” 1993-yil 1-martdagi 114-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasida davlat uy-joy fondini xususiylashtirish, saqlash va undan foydalanish Qoidalariga quyidagi oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Agar kvartira, uy (uyning bir qismi) uchun badalni toʻliq toʻlagan yoki Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlariga muvofiq arizani hokimiyatning mahalliy organida roʻyxatdan oʻtkazgan, biroq mulkka egalik qilish huquqini beruvchi davlat dalolatnomasini olmasdan vafot etgan taqdirda merosxoʻrlar ushbu kvartirani, uyni (uyning bir qismini) meros qilib olishga haqlidirlar”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22-band quyidagicha tahrirda bayon qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Xususiylashtirilgan kvartiraning, uyning (uyning bir qismining) egasi quyidagi huquqlarga egadir:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq jismoniy va yuridik shaxslarning, davlatning huquqlarini, qonun bilan himoya qilinadigan manfaatlarini buzmagan holda ushbu uy-joyga egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi bilan belgilangan tartibda kommunal xizmatlar uchun haq toʻlash, koʻchmas mulk soliqlari, sugʻurta badallarini toʻlash boʻyicha imtiyozlardan foydalanish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
egallab turgan uy-joy maydonidan qatʼi nazar, boshqa kvartirani, uyni (uyning bir qismini) sotib olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uy-joy maydonidan qatʼi nazar, “Davlat uy-joy fondini xususiylashtirish toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq oila aʼzolarini va boshqa shaxslarni kvartiraga, uyga (uyning bir qismiga) propiska qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
propiska va turar joyi boʻyicha hech qanday cheklashlarsiz, kvartirani, uyni boshqa har qanday kvartiraga, shu jumladan, kooperativ uy-joyga almashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shirkatlar tashkil etish, uy-joylardan va birgalikda foydalaniladigan joylardan foydalanishni tashkil etishni, davlat uy-joylardan foydalanish va tuzatish-qurish tashkilotlarini, kooperativlarni, xususiy hamda boshqa xoʻjalik yurituvchi subyektlarni ham qoʻshganda, mustaqil ravishda belgilash, uy-joyga xizmat koʻrsatish va ularni tuzatish boʻyicha shartnomalar tuzish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uy-joylarni va ular atrofidagi hududlarni saqlash boʻyicha bajariladigan ishlar sifatini baholashda bevosita yoxud shirkat tarkibida qatnashish, shartnoma majburiyatlarini bajarmaganlik yoki zarur darajada bajarmaganlik uchun korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga, shuningdek, alohida shaxslarga nisbatan jarima sanksiyalarini qoʻllash boʻyicha materiallar taqdim etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xususiylashtirilgan uy-joylardan fuqarolarni koʻchirmasdan asosli tuzatishni amalga oshirish mumkin boʻlmagan vaqt uchun mulkdorlardan yoki uy-joylardan foydalanishga vakil qilingan organlardan uy-joyni ijaraga olish”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23-band chiqarib tashlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining oʻz kuchini yoʻqotgan qarorlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ROʻYXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Toshkent shahrida davlat uy-joy fondini xususiylashtirish toʻgʻrisida” 1992-yil 13-avgustdagi 378-son qarori;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasida davlat uy-joy fondini xususiylashtirishni davom ettirish toʻgʻrisida” 1993-yil 1-martdagi 114-son qarorining 10-bandi.