Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 26.03.1994 yildagi 164-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Hujjat 01.01.1996 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIDA BUXGALTERIYA HISOBI VA HISOBOTI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAMDA BUXGALTERIYA HISOBI SChYOTLARI TIZIMINI TAKOMILLAShTIRISh HAQIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi Rayosatining “Buxgalteriya hisobi va hisoboti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni loyihasi haqida” 1993-yil 20-apreldagi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi hududida korxonalar va tashkilotlar uchun, ularning mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, buxgalteriya hisobi va hisobotining yagona metodologik asosini qaror toptirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar tasdiqlansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasida buxgalteriya hisobi va hisoboti toʻgʻrisidagi Nizom 1-ilovaga muvofiq va u 1994-yil 1-yanvardan boshlab amalga kiritilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Korxonalar va muassasalar moliya-xoʻjalik faoliyatining buxgalteriya hisobi schyotlari rejasi, 2-ilovaga muvofiq.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Respublika vazirliklari, idoralari, korporatsiyalari, uyushmalari, tashkilotlari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻzlariga boʻysunuvchi tashkilot va korxonalar buxgalteriya hisobi schyotlaridagi mablagʻlar qoldiqlarini Oʻzbekiston Respublikasida buxgalteriya hisobi va hisoboti toʻgʻrisidagi tasdiqlangan Nizomga muvofiqlashtirishni taʼminlasinlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Moliya-xoʻjalik faoliyatining buxgalteriya hisobi schyotlari rejasini 1994-yil 1-yanvardan boshlab amalga kiritsinlar.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 5-fevral 54-son qarori asosida oʻz kuchini yoʻqotgan.)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. SSSR Ministrlar Sovetining “Buxgalteriya hisobotlari va balanslar toʻgʻrisida Nizomni tasdiqlash toʻgʻrisida” 1979-yil 29-iyundagi 633-son qarori yuzasidan Oʻzbekiston SSR Ministrlar Sovetining 1979-yil 12-iyuldagi 484-son qarori 1994-yilning 1-yanvaridan boshlab oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazir oʻrinbosari B.S. Hamidov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. MUTALOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1994-yil 26-mart,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
164-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining
1994-yil 26-martdagi 164-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasida buxgalteriya hisobi va hisoboti toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi hududida yuridik shaxs hisoblangan korxona va tashkilotlar, ular kimga boʻysunishi va mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, (shu jumladan, chet el investitsiyalari ishtirokida tashkil etilgan korxonalar)*, shuningdek, asosiy faoliyati budjetdan mablagʻ bilan taʼminlanadigan muassasa va tashkilotlar** uchun buxgalteriya hisobi va hisobotining yagona metodologik asosini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Keyingi oʻrinlarda “korxonalar” deb ataladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
** Keyingi oʻrinlarda “muassasalar” deb ataladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nizom buxgalteriya hisobini tashkil etish va yuritish, buxgalteriya hisobotini tuzish va taqdim etish, shuningdek, ushbu masalalar boʻyicha korxona va muassasalarning buxgalteriya maʼlumotlaridan ichki va tashqi foydalanuvchilar bilan, shu jumladan, davlat boshqaruvi organlari bilan oʻzaro munosabatlar tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Nizomga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi barcha korxona va muassasalar tomonidan bajarilishi shart boʻlgan buxgalteriya hisobi va hisoboti boʻyicha normativ hujjatlarni ishlab chiqadi va nashr etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Korxona, muassasa oʻz mulki, majburiyatlari va xoʻjalik operatsiyalarining buxgalteriya hisobini natural oʻlchovlar asosidagi pul ifodasida yalpisiga, uzluksiz, hujjatli va oʻzaro bogʻliq holda aks ettirish yoʻli bilan yuritishga majburdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar buxgalteriya hisobining asosiy vazifalari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tezkor rahbarlik qilish va boshqaruvni amalga oshirish uchun, shuningdek, investorlar, mahsulot yetkazib beruvchilar, xaridorlar, kreditorlar, soliq, moliya va bank organlari hamda boshqa manfaatdor tashkilotlar va shaxslar foydalanishlari uchun zarur boʻladigan korxona, muassasaning xoʻjalik yuritish jarayonlari va faoliyatining natijalari toʻgʻrisidagi toʻliq va ishonchli axborotni shakllantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mol-mulkning mavjudligi va harakati, moddiy, mehnat va moliyaviy resurslardan tasdiqlangan normalar, normativlar va smetalarga muvofiq foydalanilishi ustidan nazoratni taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xoʻjalik-moliya faoliyatidagi salbiy holatlarning oʻz vaqtida oldini olish ichki xoʻjalik imkoniyatlarini oʻz vaqtida aniqlash va safarbar qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Korxona, muassasa buxgalteriya hisobini tashkil etishni amalga oshira borib:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
korxonaning turi va xoʻjalik yuritishning aniq shart-sharoitlarini eʼtiborga olgan holda, buxgalteriya ishining tashkiliy shaklini mustaqil belgilaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasida ilgari amalda boʻlgan yoki Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi yoki vazirliklar va idoralar tomonidan Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda ishlab chiqilgan shakl va usullarga asoslanib, mazkur Nizomda belgilangan umumiy uslubiy prinsiplarga, shuningdek, maʼlumotlar bilan ishlash texnologiyasiga albatta rioya qilgan holda buxgalteriya hisobi usullarini belgilaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ichki ishlab chiqarish hisobi, hisoboti va nazorat qilish tizimini ishlab chiqadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Korxona, muassasa oʻzining tarkibiy boʻlinmasini va xoʻjaliklar (yordamchi qishloq xoʻjaligi, uy-joy-kommunal xoʻjaligi, transport va boshqalar)ni, shuningdek, filial, vakolatxona, boʻlim va korxona tarkibiga kiruvchi boshqa mustaqil boʻlinmalarni alohida balansga ajratishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Buxgalteriya hisobini yuritishning asosiy qoidalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Korxona, muassasa mulk, majburiyat va xoʻjalik yuritish operatsiyalarining buxgalteriya hisobini buxgalteriya hisobi schyotlari rejasiga muvofiq ikki marta qayd etish usuli bilan olib boradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Buxgalteriya hisobini yuritishda korxona, muassasa tomonidan quyidagilar taʼminlanishi lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur Nizom qoidalari va xoʻjalik yuritish shart-sharoitlaridan kelib chiqqan holda alohida xoʻjalik operatsiyalarini aks ettirish va mulkni baholash boʻyicha buxgalteriya hisoboti siyosati (uslubiyoti)ga hisobot yili davomida rioya qilish. Hisob-kitob siyosatining oʻtgan yilga nisbatan boʻlgan oʻzgarishining yillik buxgalteriya hisobotida izohlanishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hisobga olishda hisobot davrida mazkur davrda amalga oshirilgan barcha xoʻjalik operatsiyalarining, shuningdek, mol-mulkni ashyoviy roʻyxatga olish natijalarining va majburiyatlarning toʻliq aks ettirilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
daromadlar va xarajatlarning hisobot davriga toʻgʻri qoʻshilganligi. Mazkur Nizomda oʻzgacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, kelib tushgan va toʻlangan vaqtidan qatʼi nazar, qoʻshilgan xarajatlar va daromadlar hisobot davri daromadlari va xarajatlari sifatida tan olinadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hisobga olishda ishlab chiqarish joriy xarajatlari (muomala xarajatlari)ning va kapital mablagʻlarning ajratib berilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har oyning 1 kuniga kelib analitik hisob maʼlumotlarining sintetik hisob schyotlaridagi aylanma va qoldiq mablagʻlarga muvofiq kelishi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xoʻjalik operatsiyalarini hujjatlashtirish va ularni buxgalteriya hisobida aks ettirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Xoʻjalik operatsiyalarining amalga oshirilganligi qayd etiladigan dastlabki hujjatlar buxgalteriya hisobi registrlariga yozish uchun asos boʻlib hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dastlabki hujjatlarda, shu jumladan, qogʻozdagi va mashinadagi axborotda quyidagi tafsilot (rekvizit)lar boʻlishi shart: hujjat (shakl)ning nomi, shaklning kodi; hujjat tuzilgan sana; xoʻjalik operatsiyasining mazmuni; xoʻjalik operatsiyasining oʻlchov birliklari (natura va pul ifodasida); xoʻjalik operatsiyasining amalga oshirilishi va toʻgʻri rasmiylashtirilishi uchun masʼul mansabdor shaxslarning shaxsiy imzolari hamda ism va familiyalari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Operatsiyaning xususiyati va axborot ustida ishlash texnologiyasiga koʻra dastlabki hujjatlarga qoʻshimcha rekvizitlar kiritilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dastlabki hujjatlar operatsiya amalga oshirilgan paytda, agar buning imkoni boʻlmasa, operatsiya tugashi bilanoq tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hujjatlarning oʻz vaqtida, toʻgʻri tuzilishi, hujjatlardagi maʼlumotlarning ishonchliligi, shuningdek, ularni buxgalteriya hisobida aks ettirish uchun belgilangan muddatlarda taqdim etilishi uchun javobgarlik ushbu hujjatlarni tuzgan va imzolagan shaxslar zimmasida boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Hisob-kitobda aks ettirish uchun qabul qilingan dastlabki hujjatlardagi axborotlar Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan yoki vazirlik va idoralarning umumiy uslubiy prinsiplarga amal qilib Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda ishlab chiqqan hisob registrlarida yigʻiladi va tartibga keltiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Korxona, muassasa tomonidan muayyan davr mobaynida amalga oshirilgan xoʻjalik operatsiyalari toʻgʻrisidagi axborotlar hisob registrlaridan guruhlashtirilgan holda buxgalteriya hisobotiga oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Dastlabki hujjatlar va hisob registrlarida izohlanmagan tuzatishlarga yoʻl qoʻyilmaydi. Tuzatish hujjatni imzolagan shaxslar imzosi bilan tuzatish kiritilgan sana koʻrsatilgan holda tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kassa va bank hujjatlariga tuzatishlar kiritilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Dastlabki hujjatlar, hisob registrlari, buxgalteriya hisoboti belgilangan tartibga muvofiq saqlanishi shart. Ular bilan ishlash vaqtida saqlanishini va ularning oʻz vaqtida arxivga topshirilishini taʼminlash uchun javobgarlik bosh buxgalter zimmasiga yuklanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mulk, majburiyatlar va xoʻjalik operatsiyalarini baholash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Mulk, majburiyat va xoʻjalik operatsiyalari buxgalteriya hisobi va hisobotida aks ettirish uchun baholanishi lozim. Baholash amalda qilingan xarajatlarni jamlashtirish yoʻli bilan pul ifodasida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Korxona, muassasa mulkni va xoʻjalik operatsiyalarini baholashni Oʻzbekiston Respublikasi hududida amalda boʻlgan valyutada amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Korxona, muassasaning valyuta schyotlari boʻyicha buxgalteriya hisobidagi yozuvlar, shuningdek, ularning chet el valyutasidagi operatsiyalari boʻyicha yozuvlar Oʻzbekiston Respublikasi hududida amalda boʻlgan valyutada, chet el valyutasini Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining operatsiya amalga oshirilgan kundagi kursi boʻyicha qayta hisoblash yoʻli bilan aniqlanadigan summalarda, amalga oshiriladi. Ayni paytda ushbu yozuvlar hisob-kitoblar va toʻlovlar valyutasida ham amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Korxona, muassasada mulk, majburiyatlar va xoʻjalik operatsiyalarining buxgalteriya hisobini butun birlikkacha yaxlitlangan summalarda olib borishga yoʻl qoʻyiladi. Mazkur holatlarda summalardagi yuzaga keladigan farqlar korxonaning xoʻjalik faoliyati natijalariga yoki muassasaning mablagʻ bilan taʼminlash (fondlar)ni koʻpaytirish (kamaytirish)ga oʻtkazilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ashyoviy roʻyxatdan oʻtkazish (inventarizatsiya)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Korxona, muassasaning buxgalteriya hisobi va hisoboti maʼlumotlarining ishonchliligini taʼminlash maqsadida u mulkni va moliyaviy majburiyatlarni ashyoviy roʻyxat (inventarizatsiya)dan oʻtkazadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Hisobot yilidagi ashyoviy roʻyxat (inventarizatsiya)dan oʻtkazishlar soni, ularni oʻtkazish sanalari, ulardan har birida tekshirish oʻtkazilayotganda mulk va majburiyatlar roʻyxati korxona, muassasa tomonidan belgilanadi. Majburiy ravishda roʻyxat (inventarizatsiya)dan oʻtkazish hollari bundan mustasnodir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Quyidagi hollarda ashyoviy roʻyxat (inventarizatsiya)dan oʻtkazish majburiydir:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mulkni ijaraga berishda va davlat tasarrufidan chiqarishda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yillik buxgalteriya hisobotini tuzish oldidan, hisobot yilining 1-oktabridan soʻng roʻyxatdan oʻtkazilgan mulk bundan mustasnodir. Binolar, inshootlar va asosiy vositalarning boshqa koʻchmas obyektlari ashyoviy roʻyxatdan ikki-uch yilda bir marta, kutubxona fondlari esa besh yilda bir marta oʻtkazilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Pul mablagʻlari, pul hujjatlari, boyliklar va qatʼiy hisobda turadigan rasmiy ish qogʻozlari oyda 1-marta, yonilgʻi-moylash materiallari, oziq-ovqat mahsulotlari yilning har choragida, qimmatbaho metallar tarmoq yoʻriqnomalariga muvofiq ashyoviy roʻyxatdan oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ayrim joylarda va ishning xususiyati mavsumiy boʻlgan korxonalarda ishlab chiqarish zaxiralari va tovarlarni ashyoviy roʻyxatdan oʻtkazish ularning qoldiqlari eng kam boʻlgan davrda amalga oshirilishi mumkin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
moddiy javobgar shaxslar almashganda (ishlarni topshirish va qabul qilish kunida);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻgʻirliklar yoki suiisteʼmolliklar, shuningdek, qimmatbaho narsalarning buzilishi hollari aniqlanganda darhol;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yongʻin yoki tabiiy ofat sodir boʻlganda — yongʻin yoki tabiiy ofat tugagandan soʻng darhol;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
asosiy vositalar va tovar-moddiy boyliklar qayta baholanganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
korxona tugatilganda yoki qayta tashkil etilganda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Ashyoviy roʻyxatdan oʻtkazish va boshqa tekshiruvlar vaqtida aniqlangan haqiqiy mavjud mulk hamda buxgalteriya hisobi maʼlumotlari oʻrtasidagi farqlar quyidagicha tartibga solinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ortiqcha mulk va pul mablagʻlari tegishli ravishda moliyaviy natijalarga yoki mablagʻ bilan taʼminlash (fondlar)ni koʻpaytirishga kirim qilinadi, keyinchalik uning sabablari va aybdor shaxslar aniqlanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovar-moddiy boyliklarning qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tasdiqlangan normalar doirasida tabiiy kamayishi korxona, muassasa rahbarining koʻrsatmasi boʻyicha tegishli ravishda ishlab chiqarish va muomala xarajatlariga oʻtkazilgan holda hisobdan chiqariladi. Tabiiy kamayish normalari faqat haqiqiy kamomad mavjud boʻlgan hollardagina qoʻllaniladi. Tabiiy kamayish normalari boʻlmagan hollarda esa u normadan ortiqcha kamomad deb hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovar-moddiy boyliklar, pul mablagʻlari va boshqa mulk kamomadlari, shuningdek, tabiiy normadan ortiqcha buzilishlar aybdor shaxslar hisobiga oʻtkaziladi. Suiisteʼmol qilishlar oqibatida yoʻl qoʻyilgan kamomad va yoʻqotishlar aniqlangan taqdirda tegishli hujjatlar kamomadlar va yoʻqotishlar aniqlangandan soʻng 5 kun ichida tergov organlariga oshirilishi lozim, aniqlangan kamomad va yoʻqotish summasiga esa fuqarolik daʼvosi qoʻzgʻatiladi. Aybdorlar aniqlanmagan va aybdorlardan zararni undirib olish sud tomonidan rad etilgan hollarda kamomad va buzilish natijasidagi zararlar korxonaning ishlab chiqarish, Muomala xarajatlarini yoki mablagʻ bilan taʼminlash (fondlar)ni kamaytirish bilan hisobdan chiqariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Buxgalteriya hisobini tashkil qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Buxgalteriya hisobi tashkil qilinishi uchun korxona, muassasa rahbari javob beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Rahbar buxgalteriya hisobini toʻgʻri yuritish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishi, bosh buxgalterning hisobga olish uchun hujjatlar va maʼlumotlarni rasmiylashtirish hamda taqdim etish tartibi borasidagi talablarini korxona, muassasaning hisobga olishga aloqador barcha boʻlinma va xizmatlari, xodimlari tomonidan soʻzsiz bajarilishini taʼminlashi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Korxona, muassasada buxgalteriya hisobi korxona, muassasaning mustaqil tarkibiy boʻlinmasi (xizmati) boʻlgan buxgalteriya yoki bosh buxgalter boshchilik qiladigan markazlashtirilgan buxgalteriya orqali amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Buxgalteriya xizmati boʻlmagan korxona, muassasada buxgalteriya hisobi va hisoboti ixtisoslashtirilgan tashkilot yoki tegishli mutaxassis tomonidan shartnoma asosida amalga oshirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Korxona, muassasa, markazlashtirilgan buxgalteriyaning bosh buxgalteri korxona rahbari tomonidan,, yuqori turuvchi organ boʻlgan hollarda esa uning rahbari va buxgalteriya hisobi va hisoboti boshqarmasi (boʻlimi)ning boshligʻi bilan kelishilgan holda vazifaga tayinlanadi yoki undan ozod qilinadi hamda bevosita korxona rahbariga, buxgalteriya hisobi va hisobotini tashkil qilish masalalari boʻyicha yuqori turuvchi organning buxgalteriya hisobi va hisoboti boshqarmasi (boʻlimi)ning boshligʻi (bosh buxgalter)ga boʻysunadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Bosh buxgalter lavozimiga maxsus oliy maʼlumotga ega boʻlgan shaxslar tayinlanadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ayrim hollarda bosh buxgalter lavozimiga buxgalteriya-moliya sohasida kamida besh yil rahbarlik ish staji boʻlgan oliy maʼlumotli boʻlmagan shaxs tayinlanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Korxona, muassasa, markazlashtirilgan buxgalteriyaning bosh buxgalteri mazkur Nizomga, belgilangan tartibda tasdiqlanadigan normativ aktlarga amal qiladi, u ularda ifodalangan buxgalteriya hisobining umumiy uslubiy prinsiplariga rioya qilinishi uchun javobgardir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Bosh buxgalter korxona, muassasa tomonidan amalga oshiriladigan barcha xoʻjalik operatsiyalarining nazorat qilinishini va buxgalteriya hisobi schyotlarida aks ettirilishini, tezkor maʼlumotlar taqdim etilishini, buxgalteriya hisobotining belgilangan muddatlarda tuzilishini, ichki xoʻjalik rezervlarini aniqlash va safarbar qilish maqsadida buxgalteriya hisobi va hisoboti maʼlumotlari asosida korxona, muassasaning xoʻjalik-moliyaviy faoliyatini iqtisodiy tahlil qilishni (boshqa boʻlinma va xizmatlar bilan birgalikda) taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Bosh buxgalter korxona, muassasa rahbari bilan birgalikda tovar-moddiy boyliklar va pul mablagʻlarini qabul qilish va berish uchun asos boʻlib hisoblanadigan hujjatlarni, shuningdek, hisob-kitob, kredit va moliyaviy majburiyatlarni hamda xoʻjalik shartnomalarini imzolaydi. Koʻrsatib oʻtilgan hujjatlar bosh buxgalter imzosisiz haqiqiy hisoblanmaydi va ijro etish uchun qabul qilinmaydi. Imzo chekish huquqi faqat korxona, muassasa rahbarining yozma farmoyishi bilan vakolat berilgan shaxslarga berilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Korxona, muassasa bosh buxgalterining qonunga xilof hamda shartnoma va moliya intizomini buzuvchi operatsiyalar boʻyicha hujjatlarni ijro etish uchun qabul qilishi va rasmiylashtirishi taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunday hujjatlar toʻgʻrisida bosh buxgalter korxona, muassasa rahbariga yozma maʼlumot beradi. Korxona, muassasa rahbarining yozma farmoyishi yoki koʻrsatilgan hujjatlarni hisobga qabul qilish toʻgʻrisidagi hujjatda ikkinchi imzosi bor boʻlgan taqdirda, uni bosh buxgalter ijro etadi. Bajarilgan operatsiyalarning noqonuniyligi boʻyicha toʻliq javobgarlik korxona, muassasa rahbariga yuklatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Moddiy javobgar shaxslar (kassir, ombor mudiri va boshqalar)ni ishga tayinlash, boshqa ishga oʻtkazish hamda vazifasidan ozod qilish bosh buxgalter bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Shtatda kassir lavozimi boʻlmagan kichik korxona (kooperativ)larda kassir vazifasini korxona rahbarining yozma farmoyishi bilan boshqa xodim (bosh buxgalter va hisob-kitob buxgalteridan tashqari) bajarishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Bosh buxgalter lavozimidan ozod qilinganda ishlar yangi tayinlangan bosh buxgalterga (tayinlanishi kerak boʻlgan xodim yoʻq boʻlsa korxona, muassasa rahbarining buyrugʻi bilan tayinlangan xodimga) topshiriladi, bunda buxgalteriya hisobining holati, hisob-kitob maʼlumotlarining ishonchliligi tekshiriladi, korxona, muassasa rahbari tomonidan tasdiqlanadigan tegishli dalolatnoma tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Buxgalteriya hisoboti va unga qoʻyiladigan asosiy talablar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Korxona, muassasaning buxgalteriya hisoboti hisobga olish jarayonining yakunlovchi bosqichi hisoblanadi. Hisobotda korxona, muassasaning hisobot davridagi mulkiy va moliyaviy holati, xoʻjalik faoliyatining natijalari oʻsib boruvchi yakun bilan aks ettiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Buxgalteriya hisobotining namunaviy shakllari va ularni toʻldirish boʻyicha yoʻriqnomalar Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi va Qoraqalpogʻiston Respublikasi vazirliklari va idoralari Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishgan holda namunaviy shakllarga qoʻshimcha ravishda tarmoqning korxonalari va muassasalari uchun buxgalteriya hisobotining ixtisoslashtirilgan shakllarini belgilashlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Yuridik shaxs hisoblangan korxona, muassasa mulk tarkibi va uning tashkil etilishi manbalarini (alohida balansda boʻlgan xoʻjalik, ishlab chiqarish, filial, vakolatxona, boʻlim va boshqa alohida boʻlinmalar mulkini ham qoʻshgan holda) aks ettiruvchi buxgalteriya hisobotini tuzadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Korxona, muassasalarga xizmat koʻrsatuvchi markazlashtirilgan buxgalteriya ushbu korxona, muassasalar mol-mulkining tarkibi va tashkil boʻlish manbalarini aks ettiruvchi buxgalteriya hisobotini tuzadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Vazirliklar, idoralar va xoʻjalik boshqaruvining boshqa organlari oʻzlariga boʻysunuvchi korxonalar, muassasalar boʻyicha yigʻma buxgalteriya hisobotini tuzadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Barcha korxonalar uchun 1-yanvardan 31-dekabrgacha boʻlgan davr hisobot yili hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yangi tashkil qilinayotgan korxona, muassasalar uchun yuridik shaxs huquqini olgan kundan boshlab 31-dekabrni ham oʻz ichiga olgan davr, 1-oktabrdan keyin tashkil qilingan korxonalar uchun kelgusi yilning 31-dekabrini ham oʻz ichiga olgan davr birinchi hisobot yili hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Buxgalteriya hisobotida yoritilgan axborotlar sintetik va analitik hisob maʼlumotnomalariga asoslanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yil boshidagi qoldiq balansining maʼlumotlari hisobot yilidan oldingi davr uchun tasdiqlangan yakuniy balans maʼlumotlariga mos kelishi kerak. Hisobot yilining 1-yanvarida boʻlgan yil boshidagi qoldiq balansi oʻzgargan taqdirda uning sabablari tushuntirilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Joriy yilga ham, oʻtgan yilga ham tegishli boʻlgan buxgalteriya hisobotlariga oʻzgartirishlar kiritish (ular tasdiqlangandan soʻng) uning maʼlumotlaridagi xatoliklar aniqlangan hisobot davri uchun tuzilayotgan hisobotda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Buxgalteriya hisobotidagi xatolarning toʻgʻrilanganligi uni imzolagan shaxslarning xato tuzatilgan sana koʻrsatilgan holdagi imzolari bilan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Buxgalteriya hisoboti moddalarini baholash qoidalari.
Kapital va moliyaviy qoʻyilmalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Kapital qoʻyilmalar tarkibiga qurilish-montaj ishlari, asbob-uskuna, inventar sotib olish xarajatlari, boshqa kapital ishlar va xarajatlar (loyiha-qidiruv, geologiya-qidiruv va burgʻulash ishlari, qurilish munosabati bilan yer uchastkalari ajratish va koʻchirish ishlari, yangi qurilayotgan korxonalar uchun kadrlar tayyorlash xarajatlari) kiritiladi. Kapital qoʻyilmalar balansda imorat soluvchi (buyurtmachi) uchun haqiqiy xarajatlar boʻyicha aks ettiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Kapital qurilishning doimiy foydalanishga topshirilgunga qadar vaqtincha foydalanilayotgan obyektlari asosiy vositalar tarkibiga kiritilmaydi. Bu obyektlar boʻyicha xarajatlar buxgalteriya hisobi va hisobotida tugallanmagan kapital qoʻyilmalar sifatida aks ettiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. Korxona, muassasaning Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi va uning tashqarisidagi moliyaviy qoʻyilmalari (qiymatli qogʻozlar holidagi investitsiyalari va boshqa korxonalarning ustav fondlari, obligatsiyalar, berilgan qarzlar va shu kabilar) balansda haqiqiy xarajatlar boʻyicha aks ettiriladi. Bunda obligatsiyalar va shunga oʻxshash qiymatli qogʻozlarni sotib olish boʻyicha haqiqiy xarajatlar summasi va nominal qiymati oʻrtasidagi farq uning muomalada boʻlish muddati mobaynida xoʻjalik faoliyati natijalariga bir meʼyorda oʻtkazib boriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40. Korxona, muassasaning asosiy vositalari mehnat vositalari sifatida ishlatiladigan va uzoq vaqt mobaynida moddiy ishlab chiqarish sohasida ham, noishlab chiqarish sohasida ham natura shaklida foydalaniladigan moddiy-ashyoviy boyliklarning majmuidan iborat boʻladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41. Asosiy vositalarga binolar, inshootlar, uzatish qurilmalari, ish va kuch mashinalari hamda uskunalar, oʻlchov hamda boshqaruvchi pribor va qurilmalar, hisoblash texnikasi, transport vositalari, asboblar, ishlab chiqarish va xoʻjalik anjomlari hamda ashyolari, ish hayvonlari va mahsuldor chorva mollari, koʻp yillik oʻsimliklar, qiymati eng kam oylik ish haqining oʻn besh baravaridan yuqori boʻlgan xoʻjalik ichidagi va boshqa turdagi asosiy vositalar kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Asosiy vositalar tarkibiga, shuningdek, yerlarni yaxshilashga sarflangan kapital qoʻyilmalar (melioratsiya, yerlarning zaxini qochirish, irrigatsiya va boshqa ishlar) hamda asosiy vositalar tarkibiga kiritiladigan ijaraga olingan binolar; inshootlar, asbob-uskunalar va boshqa obyektlar kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koʻp yillik ekinlarga va yerlarni yaxshilashga qilingan kapital qoʻyilmalar har yili, barcha ishlar majmuining tugallanishidan qatʼi nazar, foydalanishga qabul qilingan maydonlarga tegishli xarajatlar summasida asosiy vositalar tarkibiga kiritiladi.
(41-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 18-dekabrdagi 461-son qarori tahririda, oʻzgarish 1996-yil 1-yanvardan kuchga kirgan)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42. Asosiy vositalarga taalluqli boʻlgan ijaraga olingan binolar, inshootlar, asbob-uskunalar va boshqa obyektlarga qilingan tugallangan kapital sarflar (agar ijara shartnomasida boshqacha tartib koʻzda tutilmagan boʻlsa) ijarachi haqiqiy xarajatlar summasi miqdorida oʻzining asosiy vositalari tarkibiga kiritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43. Belgilangan qonunchilikka rioya qilingan holda korxona tomonidan mulk sifatida sotib olingan yer uchastkalari buxgalteriya hisobi va hisobotida haqiqiy sotib olish xarajatlari boʻyicha aks ettiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
44. Korxona, muassasaning asosiy vositalari buxgalteriya hisobi va hisobotida boshlangʻich qiymatida, yaʼni ularni sotib olish, qurish va tayyorlash uchun qilingan haqiqiy xarajatlari boʻyicha aks ettiriladi. Asosiy vositalarning boshlangʻich qiymati faqat shu obyektlarga nisbatan qoʻshimcha qurilish, jihozlash, taʼmirlash amalga oshirilgan va tegishli obyektlar qisman tugatilgan hollarda, shuningdek, qayta baholanganda oʻzgartirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Korxona asosiy vositalarining qiymati ulardan foydalanishning normativ muddati davomida qonunda belgilangan tartibda tasdiqlangan normalar boʻyicha eskirish (amortizatsiya)ni hisoblash va ishlab chiqarish, (muomala) xarajatlariga oʻtkazish yoʻli bilan qoplanadi, Asosiy vositalarning jamlangan eskirishi buxgalteriya hisobi va hisobotida alohida aks ettiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
45. Asosiy vositalar sotilgan va boshqa usulda roʻyxatdan chiqarilgan hollarda bu ishlar boʻyicha zarar yoki daromad korxona xoʻjalik faoliyati natijalariga kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
46. Budjetdan mablagʻ bilan taʼminlanadigan muassasalarda asosiy vositalar boʻyicha eskirish hisoblanadi va u hisobotda koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
47. Quyidagilar korxonalarda asosiy vositalarga kiritilmaydi va oborotdagi mablagʻlar tarkibida, muassasalarda esa arzon baho buyumlar va boshqa boyliklar tarkibida hisobga olinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) qiymatidan qatʼi nazar, bir yildan kam muddatda ishlatiladigan buyumlar;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) ishlatilish muddatidan qatʼi nazar, bir donasining qiymati xarid bahosi boʻyicha eng kam oylik ish haqining oʻn besh baravari miqdori atrofida boʻlgan buyumlar, bundan qiymatidan qatʼi nazar, asosiy vositalar qatoriga kiritiladigan qishloq xoʻjaligi mashinalari va asbob-uskunalari, qurilishning mexanizatsiyalashgan asboblari, shuningdek, ish hayvonlar va mahsuldor chorva mollari mustasnodir. Rahbar buyumlari oborotdagi mablagʻlar tarkibida hisobga olish uchun hisobot yilida buyum qiymatining oz miqdorini belgilash huquqiga ega;
(47-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 18-dekabrdagi 461-son qarori tahririda, oʻzgarish 1996-yil 1-yanvardan kuchga kirgan)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) ishlatish muddati va qiymatidan qatʼi nazar, ov qurollari (trallar, yoyma toʻrlar, toʻrlar, gardishga tortilgan toʻrlar va boshqalar);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) benzomotorli arralar, novda qirqgichlar, oqizish trosi, mavsumiy yoʻllar, kesilgan daraxtlar tashiladigan yoʻllarning shoxobchalari, oʻrmonlardagi foydalanish muddati ikki yilgacha boʻlgan vaqtinchalik binolar (koʻchma isitiladigan uychalar, bugʻ qozonxonalari, arra oʻtkirlash ustaxonalari, yonilgʻi quyish tarmoqlari va boshqalar);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) qiymatidan qatʼi nazar, maxsus asboblar va maxsus moslamalar (muayyan buyumlarni keng koʻlamda ishlab chiqarish yoki yakka tartibdagi buyurtmalarni tayyorlash uchun moʻljallangan maxsus asoslar va moslamalar);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) qiymati va ishlatilish muddatidan qatʼi nazar, maxsus kiyim va maxsus poyabzal, shuningdek, koʻrpa-toʻshaklar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
j) qiymatidan va ishlatilish muddatidan qatʼi nazar, korxona ishchilariga berish uchun moʻljallangan (forma) kiyim, budjetdan mablagʻ bilan taʼminlanadigan sogʻliqni saqlash, maorif, ijtimoiy taʼminot va boshqa muassasalardagi kiyim va poyabzallar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
z) qoʻshimcha xarajatlar tarkibida qurilish-montaj ishlari tannarxiga kiritiladigan vaqtinchalik inshootlar (titulga kiritilmagan), moslama va qurilmalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
i) tovar-moddiy boyliklarni omborlarda saqlashga yoki texnologik jarayonlarni amalga oshirishda foydalanish uchun moʻljallangan, qiymati “b” kichik bandda belgilangan limit doirasida boʻlgan idish (tara), xarid yoki tayyorlash narxi boʻyicha;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
k) qiymatidan qatʼi nazar, ijara (prokat)ga berishga moʻljallangan buyumlar);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
l) yosh chorva mollari yoki boʻrdoqiga boqilayotgan mollar, parrandalar, quyonlar, moʻynali hayvonlar, asalari oilalari, shuningdek, tajribadagi hayvonlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
m) ekish materiali sifatida koʻchatzorlarda oʻstirilayotgan koʻp yillik koʻchatlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
48. 47-bandda nazarda tutilgan foydalanishda boʻlgan mehnat vositalari hamda ashyolarining qiymati (eskirish hisoblanmaydigan “d” va “k” kichik bandlar, shuningdek, “l” va “m” kichik bandlarda keltirilayotganlar bundan mustasno) korxona tomonidan ular foydalanishga ombordan berilganda qiymatining 50% hajmida eskirishni hisoblab va qolgan 50% miqdoridagi qiymatini (bu buyumlarning qiymatini foydalanish mumkin boʻlgan baho boʻyicha chegirib) yaroqsizligi tufayli ishdan chiqqanda yoki yuqorida aytib oʻtilgan mehnat vositalari va ashyolari foydalanishga berilganda eskirishni 100% miqdorida hisoblash yoʻli bilan qoplanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Har birining qiymati belgilangan limitning yigirmadan bir miqdorida boʻlgan arzon baho buyumlar ishlab chiqarishga yoki foydalanishga berilish jarayonida xarajatlar hisobiga hisobdan chiqarilishi mumkin. Ushbu buyumlardan foydalanilganda, ularning saqlanishini taʼminlash maqsadida, korxona va muassasalarda ularning harakati boʻyicha tegishli hisob va nazorat tashkil qilinishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maxsus asboblar va maxsus moslamalarning qiymati, ularni tayyorlash (sotib olish) va rejalashtirilgan mahsulotni ishlab chiqarish xarajatlari smetasidan kelib chiqqan holda hisoblangan smeta stavkasi yoki belgilangan norma asosida qoplanadi. Yakka tartibdagi buyurtmalarni tayyorlashda yoki koʻplab ishlab chiqarishda foydalanish uchun moʻljallangan maxsus asbob va maxsus moslamalar qiymatini ularni ishlab chiqarishga berish vaqtida toʻliq qoplashga ruxsat etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijara (prokat)ga beriladigan buyumlarning qiymati, ularning ishlatish muddatlaridan kelib chiqqan holda, eskirganligini qoʻshib hisoblash yoʻli bilan qoplanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
49. 47-bandda nazarda tutilgan buyum va boyliklar buxgalteriya hisobi va hisobotida dastlabki qiymati, yaʼni ularni sotib olish, oʻrnatish yoki tayyorlash uchun qilingan haqiqiy xarajatlar boʻyicha aks ettiriladi. Korxonada bu buyum va boyliklarning eskirish summasi hisob va hisobotda alohida aks ettiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
50. Korxona, muassasaning nomoddiy aktivlari tarkibida korxona, muassasaning yer, suv, boshqa tabiiy resurslar, sanoat obyektlari va aqliy (intellektual) mulkdan foydalanish va shunga oʻxshash huquqlari aks ettiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nomoddiy aktivlar hisob va hisobotda sotib olish xarajatlari summasidan aks ettiriladi va ularning boshlangʻich qiymati korxona tomonidan ularning belgilangan foydalanish muddatlaridan, kelib chiqqan holda aniqlangan normalar boʻyicha ishlab chiqarish va muomala xarajatlariga oʻtkazib boriladi. Foydalanish muddatini aniqlash mumkin boʻlmagan nomoddiy aktivlar boʻyicha eskirish normasi oʻn yil hisobida belgilanadi (korxonaning faoliyat muddatidan oshmagan holda). Nomoddiy aktivlarning eskirishi alohida hisobga olinadi va hisobotda alohida aks ettiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xom ashyo, materiallar, tayyor mahsulot va tovarlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
51. Xom ashyo, asosiy va yordamchi materiallar, yoqilgʻi, xarid qilingan yarim tayyor mahsulotlar va butlovchi buyumlar, ehtiyot qismlar, mahsulot (tovar)larni joylash va tashishda foydalaniladigan tara (idish)lar va boshqa moddiy resurslar hisobga olishda va hisobotda ularning haqiqiy tannarxi boʻyicha aks ettiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Moddiy resurslarning haqiqiy qiymati oʻz ichiga bu resurslarni yetkazib beruvchidan kreditga sotib olingan uchun foiz toʻlovlari, ustama baho (ustama)lar, taʼminlovchi va tashqi iqtisodiy tashkilotlarga toʻlangan vositachilik toʻlovlari, tovar birjalari xizmatlarining qiymati, bojxona toʻlovlari, chet tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladigan tashish, saqlash va yetkazib berish xarajatlari kiritilgan sarflardan kelib chiqqan holda aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
52. Tayyor mahsulot balansda ishlab chiqarish jarayonida asosiy vositalardan foydalanish, xomashyo, materiallar, yoqilgʻi, energiya, mehnat resurslari xarajatlari va mahsulotni ishlab chiqarish xarajatlarini oʻz ichiga olgan haqiqiy ishlab chiqarish tannarxi boʻyicha aks ettiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
53. Chakana savdo korxonalaridagi tovarlar balansda chakana (sotish) narxi boʻyicha, savdo va sotish-taʼminlash korxonalarining ulgurji ombor va bazalaridagi tovarlarning chakana (sotish) narxida yoki xarid qiymati boʻyicha aks ettiriladi. Xarid qiymati va chakana (sotish) narxi oʻrtasidagi farq hisobotda alohida modda bilan ajratib koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
54. 51, 52 va 53-bandlarda koʻrsatilgan boyliklarning narxi yil davomida pasaygan boʻlsa yoki maʼnaviy eskirgan yoxud boshlangʻich sifatini qisman yoʻqotgan boʻlsa, hisobot yili oxirida tuzilgan buxgalteriya balansida ularning narxi dastlabki tayyorlov (xarid) qiymatidan pasaygan hollarda narxlar oʻrtasidagi farqni xoʻjalik faoliyati natijalariga oʻtkazib, sotilishi mumkin boʻlgan narxda aks ettiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tugallanmagan ishlab chiqarish va kelgusi davr xarajatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
55. Texnologiya jarayonida nazarda tutilgan barcha bosqich (daraja)lardan, shuningdek, butlanmagan, sinov va texnik qabuldan oʻtmagan buyumlar tugallanmagan ishlab chiqarishga kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
56. Koʻplab va keng koʻlamda ishlab chiqarishdagi tugallanmagan ishlab chiqarish balansda normativ (reja)dagi ishlab chiqarish tannarxi yoki xarajatlarning bevosita moddalari boʻyicha, shuningdek, xomashyo, materiallar va yarim tayyor mahsulotlar qiymati boʻyicha aks ettiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahsulot bir marta ishlab chiqarilgan hollarda tugallanmagan ishlab chiqarish balansda haqiqiy ishlab chiqarish xarajatlari boʻyicha aks ettiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
57. Hisobot davrida qilingan, lekin keyingi hisobot davrlariga taalluqli xarajatlar, hisobotda keyingi davr xarajatlari sifatida alohida modda bilan aks ettiriladi va ular taalluqli boʻlgan muddat mobaynida ishlab chiqarish va muomala xarajatlariga oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fondlar va rezervlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
58. Ustav fondi oʻzida korxonani tashkil qilish vaqtida uning taʼsis hujjatlarida belgilangan miqdorlarda faoliyat koʻrsatishini taʼminlash uchun qatnashchilar (mulkdorlar) mol-mulkdagi ulushlarining (pul birligidagi) yigʻindisini ifodalaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ustav fondi va qatnashchi (mulkdor)larning ustav fondidagi ulushlari boʻyicha haqiqiy qarzlari alohida hisobga olinadi va hisobotda alohida aks ettiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
59. Korxona qonunga binoan koʻzda tutilmagan zararlar va nobudgarchiliklarni qoplash uchun foyda hisobidan rezerv fondini tashkil qiladi. Bu fondning foydalanilmagan mablagʻlar qoldigʻi keyingi yilga oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
60. Korxona boshqa korxonalar, muassasalar, shuningdek, alohida shaxslar bilan hiso6-kitoblar boʻyicha shubhali qarzlar rezervlarini (bu rezervlarni xoʻjalik faoliyati natijalariga oʻtkazgan holda) tashkil qilishi mumkin. Korxonaning tuzilgan shartnomalarda belgilangan muddatda toʻlanmagan va tegishli kafolatlar bilan taʼminlanmagan debitor qarzlari shubhali qarzlar hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
61. Shubhali qarzlar rezervi hisobot yili oxirida korxona debitor qarzlarini ashyoviy roʻyxatga olish natijalari asosida tashkil qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Rezerv miqdori har bir shubhali qarz boʻyicha qarzdorning moliyaviy holati (toʻlov qobiliyati) va qarzning toʻliq yoki qisman toʻlanishi ehtimolini baholash orqali belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar shubhali qarzlar rezervi tashkil qilingan yildan keyingi yil oxirigacha bu rezervning qaysidir biron bir qismidan foydalanilmagan boʻlsa, sarf qilinmagan summa tegishli yilning foydasiga qoʻshiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
62. Kelgusi davr xarajatlarini hisobot yili ishlab chiqarish va muomala xarajatlariga bir maromda kiritish maqsadida korxona: asosiy vositalarni tuzatish xarajatlari, sanoatning mavsumiy tarmoqlarida tayyorgarlik ishlari boʻyicha ishlab chiqarish xarajatlari, ijaraga beriladigan buyumlarni tuzatish boʻyicha kelgusi davr xarajatlari, xodimlarning kelgusidagi mehnat taʼtillariga haq toʻlash, koʻp yillik mehnati uchun har yili toʻlanadigan taqdirlash puli kabi rezervlarni tashkil qilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Debitor va kreditorlar bilan hisob-kitoblar, boshqa moddalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
63. Debitorlar va kreditorlar bilan hisob-kitoblar har bir tomonning oʻz hisobotida buxgalteriya yozuvlaridan kelib chiquvchi va uni toʻgʻri deb hisoblovchi summalarda aks ettiriladi. Noroziliklar paydo boʻlgan taqdirda manfaatdor tomon belgilangan muddatlarda tegishli kelishmovchiliklarni hal etish vakolati berilgan organlarga koʻrib chiqish uchun zarur materiallarni taqdim etishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
64. Hisobotda aks ettiriladigan moliya, soliq organlari, bank muassasalari bilan hisob-kitoblar summasi ular bilan kelishilgan va oʻxshash boʻlishi kerak. Balansda ushbu hisob-kitoblar boʻyicha tartibga keltirilmagan summalarni qoldirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
65. Korxona va muassasalarning valyuta schyotlari boʻyicha mablagʻlarining qoldigʻi, boshqa pul mablagʻlari (pul hujjatlari bilan birgalikda), qiymatli qogʻozlar, xorijiy valyutadagi debitor va kreditor qarzlar hisobotda Oʻzbekiston Respublikasi hududida muomalada boʻlgan valyutada, hisobot davrining oxirgi sanasigacha qadar amalda boʻlgan Oʻzbekiston Markaziy banki belgilagan xorijiy valyuta kursi boʻyicha qayta hisoblangan summada aks ettiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
66. Qarzdor tomonidan tan olingan jarimalar, penyalar va neustoykalar hamda ularni undirib olish yuzasidan suddan, xoʻjalik sudidan olingan qarorlar xoʻjalik faoliyati (moliyaviy taʼminlash) natijalariga kiritiladi va ular undirib olingunga yoki toʻlangunga qadar debitorlar yoki kreditorlar moddalari boʻyicha tegishli ravishda oluvchi va toʻlovchining hisobotida aks ettiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
67. Daʼvo qoʻzgʻatish muddati oʻtib ketgan debitor qarzlari, undirib olinishi mumkin boʻlmagan boshqa qarzlar korxona, muassasa rahbarining qarori bilan hisobdan chiqariladi va tegishli ravishda shubhali qarzlar rezervi schyotiga yoki agar hisobot davridan avvalgi davrda qarzlar summasi ushbu Nizomning 61-bandida koʻzda tutilgan tartibda rezervlashtirilmagan boʻlsa, xoʻjalik faoliyati natijalariga yoxud moliyaviy taʼminlash (fondlar)ning kamayishiga kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarzning qarzdorning toʻlov qobiliyatsizligi natijasida zararga oʻtkazilishi qarzdorlikning yoʻqotilishini bildirmaydi. Ushbu qarz qayd etilgan davrdan boshlab besh yil davomida, uni qarzdorning mulkiy ahvoli oʻzgargan taqdirda undirish imkoniyatini kuzatish maqsadida, balansda aks ettirilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
68. Daʼvo qoʻzgʻatish muddati tugagan kreditor va deponent qarzlarining summasi xoʻjalik faoliyati natijalariga yoki mablagʻ bilan taʼminlash (fondlar)ning koʻpayishiga kiritilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
69. Tabiiy ofatlar natijasida qoplanmay qolgan zararlar korxona, muassasa rahbarining qarori bilan rezerv fondi mablagʻlari hisobiga yoki hisobot yilining xoʻjalik faoliyati natijalari (agar korxonada rezerv fondi tashkil qilinmasa yoxud fond yetarli boʻlmasa), yoxud mablagʻ bilan taʼminlashni kamaytirish hisobiga oʻchiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Korxonaning foydasi (zarari)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
70. Balans foyda (zarar) oʻzida korxonaning mahsulot (ishlar, xizmatlar), asosiy vositalar, boshqa mulkini sotishdan olgan foydasi (zarar)dan va amalga oshirilmagan operatsiyalardan tashqari olingan, shu operatsiyalar boʻyicha qilingan xarajatlar summasiga kamaygan daromadlarni ifodalaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
71. Mahsulot (ishlar, xizmatlar) va tovarlarni sotishdan olinadigan foyda mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni qoʻshilgan qiymat soligʻisiz, aksizlarsiz, respublikadan chetga chiqariladigan mahsulot va xomashyo resurslaridan soliqsiz, amaldagi baholarda sotish tushumlari bilan uni ishlab chiqarish va sotish xarajatlari oʻrtasidagi tafovut sifatida aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahsulotni sotishdan tushgan pul toʻlov amalga oshirilgandan soʻng (naqd pulsiz hisob-kitoblarda — bank muassasasidagi schyotga mablagʻ kelib tushganda, naqd pulli hisob kitoblarda — mablagʻlar kassaga kelib tushganda) yoki tovarlar yuklab joʻnatilib, xaridorga hisob-kitob hujjatlari taqdim etilgandan soʻng aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahsulotni sotishdan tushgan pulni aniqlash usulini korxona, xoʻjalik yuritish shart-sharoitlari va tuzilgan shartnomalardan kelib chiqqan holda, hisobot yili uchun hisobga olish siyosatini qabul qilish vaqtida belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
72. Hisobot yilida aniqlangan, ammo oʻtgan yillardagi operatsiyalarga taalluqli foyda yoki zarar hisobot yili xoʻjalik faoliyati natijalariga kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
73. Hisobot davrida olingan, biroq navbatdagi hisobot davrlariga taalluqli daromadlar hisobga olish va hisobotda alohida modda bilan kelgusi davr daromadlari sifatida aks ettiriladi. Daromadlar ular taalluqli boʻlgan hisobot davri boshlanishi bilan xoʻjalik faoliyati natijalariga kiritilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
74. Balans foyda (zarar) yil mobaynida buxgalteriya balansida alohida moddalarda mufassal aks ettiriladi: balansning passiv qismida olingan foyda, balansning aktiv qismida esa uning avans tariqasida foydalanilishi yoki haqiqiy koʻrilgan zarar aks ettiriladi. Yillik hisobotda balansning valyutasiga faqatgina hisobot yilining qoplanmagan zarari yoki taqsimlanmagan foydasi kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Buxgalteriya hisobotini taqdim etish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
75. Korxona (xorijiy investitsiya qatnashgan korxonalardan tashqari) yil choragi va yillik buxgalteriya hisobotini quyidagilarga majburiy tartibda taqdim etadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mulkdorlarga (davlat mulkini boshqarish vakolati berilgan organlarga; taʼsis hujjatlariga binoan — qatnashuvchilarga, taʼsis etuvchilarga);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat soliq inspeksiyasi organiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat statistika organiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
amaldagi qonunga binoan korxona faoliyatining ayrim tomonlarini tekshirish va tegishli hisobot olish vazifasi yuklatilgan boshqa davlat organlariga.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
76. Korxona (chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalardan tashqari) yillik buxgalteriya hisobotini hisobot yilidan keyingi yilning 15-fevralidan kechikmay, yil choragi hisobotini hisobot davri tugagandan soʻng 25 kundan kechikmay taqdim etadi.
(76-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 18-dekabrdagi 461-son qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
77. Chet el investitsiyalari qatnashgan korxona yillik buxgalteriya hisobotini hisobot yilidan keyingi yilning 15-martida taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
78. Budjetdan mablagʻ bilan taʼminlanadigan muassasa xarajatlar smetasi ijrosi toʻgʻrisidagi oylik, yil choragi va yillik buxgalteriya hisobotlarini yuqori organga uning tomonidan belgilangan muddatlarda taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirliklar, idoralar va boshqa boshqaruv organlari budjet hisobidagi muassasalar xarajatlari smetasining ijrosi toʻgʻrisidagi yigʻma oylik, yil choragi va yillik buxgalteriya hisobotlarini tegishli ravishda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga va moliya organlariga ular tomonidan belgilangan muddatlarda taqdim etadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
79. Bir shahardagi korxona, muassasa uchun uning mansubligiga koʻra haqiqiy berilgan kuni, boshqa shahardagi korxona, muassasa uchun pochta korxonasi shtempelida koʻrsatilgan joʻnatish sanasi buxgalteriya hisoboti taqdim etilgan sana hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hisobotni taqdim etish kuni dam olish kuniga toʻgʻri kelib qolgan hollarda hisobotni taqdim etish muddati navbatdagi birinchi ish kuniga koʻchiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
80. Buxgalteriya hisoboti korxona, muassasaning rahbari va bosh buxgalteri tomonidan imzolanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Buxgalteriya hisobi ixtisoslashgan tashkilot yoki mutaxassis tomonidan shartnoma asosida olib boriladigan korxona, muassasalarda buxgalteriya hisoboti korxona, muassasa rahbari va buxgalteriya hisobini olib boruvchi mutaxassis tomonidan imzolanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
81. Korxona, muassasaning yillik buxgalteriya hisoboti Nizomda koʻzda tutilgan manzilga taqdim etilgunga qadar, taʼsis hujjatlari bilan belgilanadigan tartibda koʻrib chiqiladi va tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
82. Korxona va muassasalarning xoʻjalik faoliyati natijalari, mulkiy va moliyaviy ahvoli toʻgʻrisidagi yillik buxgalteriya hisoboti manfaatdor foydalanuvchilar (birjalar, xaridorlar, mol yetkazib beruvchilar va boshqalar) uchun oshkora eʼlon qilinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Eʼlon qilingan hisobotning ishonchliligini auditor tashkilot tasdiqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
83. Vazirliklar va idoralar oʻz tasarrufidagi korxonalar boʻyicha yigʻma buxgalteriya hisobotini hisobot davri tugagandan soʻng 45 kundan kechikmay, yillik hisobotni esa hisobot yilidan keyingi yilning 25-martidan kechiktirmay taqdim etadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
84. Korxonalar tomonidan ixtiyoriy asosda tashkil etilgan xoʻjalik boshqaruvi organlari yigʻma buxgalteriya hisobotini taʼsis hujjatlarida belgilangan tartibda tuzadilar va koʻrsatilgan manzilga taqdim etadilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining
1994-yil 26-martdagi 164-son qaroriga
2 ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Korxonalar moliya-xoʻjalik faoliyatining buxgalteriya hisobi schyotlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
REJASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Schyotlar nomi‎

Schyotlarning raqami‎

Subschyotlarning raqami va nomi‎

I boʻlim. Asosiy vositalar va boshqa uzoq muddatli qoʻyilmalar‎‎‎

Asosiy vositalar‎ 01‎ Asosiy vositalar turlari boʻyicha‎
Asosiy vositalarning eskirishi‎ 02‎ 1. Oʻziga tegishli asosiy vositalarning eskirishi
‎2. Uzoq muddatli ijaraga olinadigan asosiy vositalarning eskirishi ‎
Uzoq muddatli ijaraga olinadigan asosiy vositalar‎ 03‎
Nomaterial aktivlar‎ 04‎ Nomaterial aktivlarning turlari boʻyicha‎
Nomaterial aktivlarning eskirishi‎ 05‎
Uzoq muddatli moliyaviy qoʻyilmalar‎ 06‎ 1. Paylar va aksiyalar
‎2. Obligatsiyalar
‎3. Berilgan qarzlar ‎
Oʻrnatiladigan asbob uskunalar‎ 07‎ 1. Mamlakatimizda ishlab chiqarilgan oʻrnatiladigan asbob-uskunalar
‎2. Chet eldan keltirilgan oʻrnatiladigan asbob-uskunalar ‎
Kapital qoʻyilmalar‎ 08‎ 1. Asosiy vositalarni qurish va sotib olish
‎2. Asosiy vositalar qiymatini oshirmaydigan xarajatlar
‎3. Yosh mollarni asosiy podaga oʻtkazish
‎4. Katta yoshdagi mollarni sotib olish
‎5. Bepul olingan chorva mollarini keltirish xarajatlari ‎
Ijara majburiyatlari tushumi‎ 09‎

‎‎II boʻlim. Ishlab chiqarish zaxiralari‎‎

Materiallar‎ 10‎ 1. Xom ashyo va materiallar
‎2. Sotib olingan yarim tayyor mahsulotlar va butlovchi buyumlar, konstruksiyalar va detallar
‎3. Yoqilgʻi
‎4. Idishlar va idishbop materiallar
‎5. Ehtiyot qismlar
‎6. Boshqa materiallar
‎7. Qayta ishlash uchun chetga berilgan materiallar
‎8. Qurilish materiallari ‎
Oʻstirishdagi va boquvdagi chorva mollari‎ 11‎
Arzonbaho va tez eskiruvchi buyumlar‎ 12‎ 1. Zaxirada turgan arzonbaho va tez eskiruzchi buyumlar
‎2. Foydalanilayotgan arzonbaho va tez eskiruvchi buyumlar
‎3. Vaqtinchalik (titulsiz) inshootlar ‎
Arzonbaho va tez eskiruvchi buyumlarning eskirishi‎ 13‎
Moddiy boyliklarni qayta baholash‎ 14‎
Materiallarni tayyorlash va sotib olish‎ 15‎
Materiallar qiymatidagi farqlar‎ 16‎
17‎
18‎
19‎

‎‎III boʻlim. Ishlab chiqarish xarajatlari‎

Asosiy ishlab chiqarish‎ 20‎
Oʻz ishlab chiqarishining yarim tayyor mahsulotlari‎ 21‎
22‎
Yordamchi ishlab chiqarishlar‎ 23‎
24‎
Umumiy ishlab chiqarish xarajatlari‎ 25‎
Umumxoʻjalik xarajatlari‎ 26‎
27‎
Ishlab chiqarishdagi brak‎ 28‎
Xizmat koʻrsatadigan ishlab chiqarishlar va xoʻjaliklar‎ 29‎
Nokapital ishlar‎ 30‎ 1. Vaqtinchalik (titulli) inshootlarni qurish
‎2. Vaqtinchalik (titulsiz) inshootlarni qurish
‎3. Boshqa nokapital ishlar ‎
Kelgusi davr xarajatlari‎ 31‎
32‎
33‎
34‎
35‎
36‎
Mahsulotlar (ishlar, xizmatlar) ishlab chiqarish‎ 37‎
38‎
39‎

‎‎IV boʻlim. Tayyor mahsulot, tovarlar va sotish‎

Tayyor mahsulot‎ 40‎
Tovarlar‎ 41‎ 1. Omborlardagi tovarlar
‎2. Chakana savdodagi tovarlar
‎3. Tovar bilan band boʻlgan va boʻsh idishlar
‎4. Sotib olingan buyumlar
‎5. Ijaradagi buyumlar ‎
Savdo ustamasi‎ 42‎ 1. Savdo ustamasi (chegirma, qoʻshimcha)
‎2. Transport xarajatlarini qoplashga mol yetkazib beruvchilarning chegirmasi ‎
Tijorat xarajatlari‎ 43‎
Muomala chiqimlari‎ 44‎
Yuklab joʻnatilgan tovarlar‎ 45‎
Mahsulotlar (ishlar, xizmatlar)ni sotish ‎ 46‎
Asosiy vositalarni sotish va ularning boshqacha tarzda hisobdan chiqib ketishi‎ 47‎
Boshqa aktivlarni sotish‎ 48‎
49‎

‎‎V boʻlim. Pul mablagʻlari

Kassa‎ 50‎
Hisob-kitob schyoti‎ 51‎
Valyuta schyoti‎ 52‎ 1. Respublika ichidagi valyuta schyotlari
‎2. Chet eldagi valyuta schyotlari ‎
53‎
54‎
Banklardagi maxsus schyotlar‎ 55‎ 1. Akkreditivlar
‎2. Chek daftarchalari ‎
Pul hujjatlari‎ 56‎
Yoʻldagi pul joʻnatmalari‎ 57‎
Qisqa muddatli moliyaviy qoʻyilmalar 58‎ 1. Obligatsiya va boshqa qiymatli qogʻozlar
‎2. Depozitlar
‎3. Berilgan qarzlar ‎
59‎

‎‎VI boʻlim. Hisob-kitoblar‎

Mahsulot yetkazib beruvchilar va pudratchilar bilan hisob-kitoblar‎ 60‎
Berilgan avanslar boʻyicha hisob-kitoblar‎ 61‎
Xaridorlar va buyurtmachilar bilan hisob-kitoblar‎ 62‎ 1. Inkasso qilish tartibidagi hisob-kitoblar
‎2. Rejali toʻlovlar boʻyicha hisob-kitoblar
‎3. Olingan veksellar ‎
Daʼvolar boʻyicha hisob-kitoblar‎ 63‎
Olingan avanslar boʻyicha hisob-kitoblar‎ 64‎
Mulkiy va shaxsiy sugʻurta boʻyicha hisob-kitoblar‎ 65‎
66‎
Budjetdan tashqari toʻlovlar boʻyicha hisob-kitoblar‎ 67‎ Toʻlov turlari boʻyicha
Budjet bilan hisob-kitoblar‎ 68‎ Toʻlov turlari boʻyicha
Ijtimoiy sugʻurta boʻyicha hisob-kitoblar‎ 69‎ 1. Ijtimoiy sugʻurta boʻyicha hisob-kitoblar
‎2. Pensiya taʼminoti boʻyicha hisob-kitoblar
‎3. Tibbiy sugʻurta boʻyicha hisob-kitoblar ‎
Mehnatga haq toʻlash boʻyicha xodimlar bilan hisob-kitoblar‎ 70‎
Hisobdor shaxslar bilan hisob-kitoblar‎ 71‎
72‎
Boshqa operatsiyalar boʻyicha xodimlar bilan hisob-kitoblar‎ 73‎ 1. Kreditga sotilgan tovarlar uchun hisob-kitoblar
‎2. Berilgan qarzlar boʻyicha hisob-kitoblar
‎3. Moddiy zararlarning oʻrnini qoplash boʻyicha hisob-kitoblar ‎
74‎
Muassislar bilan hisob-kitoblar‎ 75‎ 1. Ustav fondiga ulush qoʻshish boʻyicha hisob-kitoblar
‎2. Daromadlar boʻyicha hisob-kitoblar ‎
Har xil debitorlar va kreditorlar bilan hisob-kitoblar‎ 76‎
77‎
Shoʻba korxonalar bilan hisob-kitoblar‎ 78‎
Xoʻjalik ichki hisob-kitoblari‎ 79‎ 1. Ajratilgan mol-mulk boʻyicha
‎2. Joriy operatsiyalar boʻyicha ‎

VII boʻlim. Moliyaviy natijalar va foydadan foydalanish‎

Foyda va zararlar‎ 80‎
Foydaning ishlatilishi‎ 81‎ 1. Foydadan budjetga toʻlovlar
‎2. Foydadan boshqa maqsadlarda foydalanish ‎
Shubhali qarzlar boʻyicha rezervlar‎ 82‎
Kelgusi davr daromadlari‎ 83‎ 1. Kelgusi davr hisobidan olingan daromadlar
‎2. Oʻtgan yillarda aniqlangan kamomadlar boʻyicha qarzlarning kelgusidagi tushumlari
‎3. Aybdor shaxslardan undirib olinishi kerak boʻlgan summa bilan boyliklar kamomadi boʻyicha balans qiymat oʻrtasidagi farq ‎
Boyliklarning buzilishi oqibatidagi kamomadlar va nobudgarchiliklar‎ 84‎

VIII boʻlim. Fondlar va rezervlar‎

Ustav fondi‎ 85‎
Rezerv fondi‎ 86‎
Taqsimlanmagan foyda (qoplanmagan zarar)‎ 87‎ 1. Hisobot yilining taqsimlanmagan foydasi (zarari)
‎2. Oʻtgan yillarning taqsimlanmagan foydasi (qoplanmagan zarari) ‎
Maxsus maqsadlarga moʻljallangan fondlar‎ 88?? Fondlar turlari boʻyicha
‎Rezervlar turlari boʻyicha
Kelgusidagi xarajatlar va toʻlovlar rezervi‎ 89‎

IX boʻlim. Kreditlar va mablagʻ bilan taʼminlash‎‎

Banklarning qisqa muddatli kreditlari‎ 90‎ Kreditlar turlari boʻyicha‎
91‎
Banklarning uzoq muddatli kreditlari‎ 92‎ Kreditlar turlari boʻyicha‎
Xodimlar uchun bank kreditlari‎ 93‎ Kreditlar turlari boʻyicha‎
Qisqa muddatli qarzlar‎ 94‎
Uzoq muddatli qarzlar‎ 95‎
Maqsadli mablagʻ bilan taʼminlash va tushumlar‎ 96‎
Ijara majburiyatlari‎ 97‎
98‎
99‎

Balansdan tashqari schyotlar‎

Ijaraga olingan asosiy vositalar‎ 001‎
Masʼuliyatli saqlash uchun qabul qilingan tovar-moddiy boyliklar‎ 002‎
Qayta ishlash uchun qabul qilingan materiallar‎ 003‎
Komissiyaga qabul qilingan tovarlar‎ 004‎
Montaj qilish uchun qabul qilingan asbob-uskunalar‎ 005‎
Qatʼiy hisobda turadigan rasmiy ish qogʻozlari‎ 006‎
Toʻlovga noqobil debitorlarning zarar hisobiga oʻtkazilgan qarzi‎ 007‎
Majburiyatlarni va (olingan) toʻlovlarni taʼminlash‎ 008‎
Majburiyatlarni va (berilgan) toʻlovlarni taʼminlash‎ 009‎
Keyingi tahrirga qarang.