Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining
qarori
“Oʻzbekiston Respublikasining Yer kodeksiga oʻrmon fondi yerlari muhofazasini kuchaytirishga qaratilgan qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi QL-257-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida
(“Oʻzbekiston Respublikasining Yer kodeksiga oʻrmon fondi yerlari muhofazasini kuchaytirishga qaratilgan qoʻshimcha va oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida”)
(“Oʻzbekiston Respublikasining Yer kodeksiga oʻrmon fondi yerlari muhofazasini kuchaytirishga qaratilgan qoʻshimcha va oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida”)
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi tomonidan 2026-yil 14-iyulda birinchi oʻqishda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining Yer kodeksiga oʻrmon fondi yerlari muhofazasini kuchaytirishga qaratilgan qoʻshimcha va oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida”gi QL-257-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasini “Oʻzbekiston Respublikasining Yer kodeksiga oʻrmon fondi yerlari muhofazasini kuchaytirishga qaratilgan qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida” degan yangi nom bilan ikkinchi oʻqishda koʻrib chiqishga doir Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish masalalari qoʻmitasining taklifi maʼqullansin.
2. Mazkur qonun loyihasi ikkinchi oʻqishda koʻrib chiqish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi kun tartibi loyihasiga kiritilsin.
3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2026-yil 20-iyul,
2362-V-son