22.08.2026 yildagi PF-168-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
FARMONI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi” esdalik nishoni bilan taqdirlash toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining oʻttiz besh yillik bayrami xalqimizning fidokorona mehnati, ulkan irodasi va bunyodkorlik salohiyati bilan istiqlol davrida bosib oʻtgan gʻoyat murakkab va sharafli milliy taraqqiyot yoʻlimizning yorqin koʻzgusidir. Ayni vaqtda ushbu sana soʻnggi oʻn yilda Yangi Oʻzbekistonni barpo etish jarayonida erishayotgan tom maʼnodagi tarixiy yutuqlarimizni har tomonlama tahlil qilib, kelgusi rejalarimizni yanada aniq belgilab olishda muhim oʻrin tutadigan, el-yurtimizni yangi marralar sari ilhomlantiradigan buyuk siyosiy-ijtimoiy ahamiyatga molik voqeadir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bugungi kunda mamlakatimizni har tomonlama rivojlantirish, inson qadrini ulugʻlash, xalqimiz farovonligini oshirish borasidagi tub islohotlar jarayonida mehnatkash, mard va olijanob yurtdoshlarimiz oʻzining kuch-gʻayrati, isteʼdod va mahorati, bilim va tajribasi hamda ezgu tashabbuslari bilan faol ishtirok etmoqda. Ularning el-yurt oldidagi munosib xizmatlarini, ibratli fazilatlarini yuksak qadrlash va ragʻbatlantirish koʻpmillatli jamiyatimiz aʼzolari, ayniqsa, yosh avlod qalbiga Vatanga muhabbat va sadoqat, milliy va umumbashariy qadriyatlarga hurmat tuygʻularini singdirishda, hech shubhasiz, beqiyos oʻrin tutadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mamlakatimizning iqtisodiy qudratini oshirish, tadbirkorlik va xususiy sektorni rivojlantirish, yangi ish oʻrinlarini yaratish, aholi farovonligini, davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarida islohotlar samarasini taʼminlashda jonbozlik koʻrsatib kelayotgan, yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, yurtimizda tinchlik-osoyishtalik, millatlararo totuvlik va bagʻrikenglik muhitini mustahkamlash, Yangi Oʻzbekistonning xalqaro miqyosdagi obroʻ-eʼtiborini yuksaltirishga munosib hissa qoʻshayotgan vatandoshlarimizni “Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi” esdalik nishoni bilan taqdirlash maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi “Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi” esdalik nishoni bilan taqdirlash boʻyicha davlat organlari va tashkilotlari, jamoat birlashmalari va boshqa markaziy idoralar hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan taqdim etilgan roʻyxatlarni belgilangan tartibda koʻrib chiqsin va tasdiqlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri, vazirlik va idoralar, jamoat birlashmalarining respublika organlari rahbarlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari hamda boshqa mutasaddi rahbarlar “Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi” esdalik nishonlarini Mustaqillik bayrami munosabati bilan oʻtkaziladigan tadbirlarda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti nomidan tantanali vaziyatda topshirishni taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi va boshqa ommaviy axborot vositalariga “Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi” esdalik nishonlarini topshirishga bagʻishlangan tadbirlarni keng yoritish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Rahbari S.Sh. Mirziyoyeva zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026-yil 22-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PF-168-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.08.2026-y., 06/26/168/0868-son)