Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
qarori
“Shanxay hamkorlik tashkilotiga aʼzo davlatlar oʻrtasida Shanxay hamkorlik tashkilotining Giyohvandlikka qarshi kurashish markazi toʻgʻrisidagi Bitimni (Tyanszin, 2025-yil 1-sentabr) ratifikatsiya qilish haqida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. “Shanxay hamkorlik tashkilotiga aʼzo davlatlar oʻrtasida Shanxay hamkorlik tashkilotining Giyohvandlikka qarshi kurashish markazi toʻgʻrisidagi Bitimni (Tyanszin, 2025-yil 1-sentabr) ratifikatsiya qilish haqida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinsin.
2. Mazkur Qonun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga yuborilsin.
3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2026-yil 7-iyul,
2308-V-son