18.08.2026 yildagi 446-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori

Toshkent shahrida Maktabgacha taʼlimni rivojlantirish mintaqaviy markazini tashkil etish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maktabgacha taʼlim sohasida Oʻzbekistonning erishgan yutuqlarini xalqaro hamjamiyatga yetkazish, ushbu sohada mintaqaviy va xalqaro hamkorligini rivojlantirish, shuningdek, ilgʻor tajribalar hamda ilm-fan yutuqlarini amaliyotga joriy etish orqali maktabgacha taʼlimning samarali tizimini yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Kuyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
YUNESKO Bosh konferensiyasining 2025-yil 30-oktabr — 13-noyabr kunlari Samarqand shahrida oʻtkazilgan 43-sessiyasida Toshkent shahridagi Maktabgacha taʼlim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish institutiga (keyingi oʻrinlarda — Institut) YUNESKO shafeligidagi II toifali institut maqomini berish boʻyicha qaror qabul qilingani;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026-yil 25-mart kuni Parij shahrida Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va YUNESKO oʻrtasida Oʻzbekistonda YUNESKO shafeligidagi II toifali maktabgacha taʼlim markazini ochish toʻgʻrisidagi bitim imzolangani maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Institut huzurida yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan Maktabgacha taʼlimni rivojlantirish mintaqaviy markazi (keyingi oʻrinlarda — Markaz) tashkil etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Quyidagilar Markazning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maktabgacha taʼlim sohasidagi mintaqaviy va xalqaro hamkorlikni rivojlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
YUNESKOga aʼzo mamlakatlarning maktabgacha taʼlim dasturlari va usullari bilan bogʻliq qoʻshma tadqiqotlar oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bolalarni erta rivojlantirishga qaratilgan taʼlim dasturlarini ishlab chiqish va joriy etishda ishtirok etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2030-yilgacha maktabgacha taʼlim sohasidagi Toshkent deklaratsiyasi ijrosi yuzasidan monitoringni amalga oshirish va davriy hisobotlar tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maktabgacha taʼlim sohasida pedagog kadrlarni qayta tayyorlashda yangi yondashuvlarni joriy etish boʻyicha takliflar ishlab chiqish, shuningdek, xalqaro trening, seminar va konferensiyalarni tashkil etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markazga Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tizimi xodimlarining belgilangan umumiy shtat birliklari doirasida 16 ta boshqaruv shtat birliklari ajratiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaz faoliyatini muvofiqlashtirish uchun Boshqaruv kengashi tashkil etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markazga Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri tomonidan tayinlanadigan va lavozimidan ozod etiladigan direktor rahbarlik qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaz direktoriga Institut prorektori, Markaz xodimlariga tegishlicha Institut xodimlari uchun belgilangan mehnatga haq toʻlash va moddiy ragʻbatlantirish shartlari tatbiq etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur qaror ijrosi bilan bogʻliq xarajatlarni budjet mablagʻlari hisobidan moliyalashtirish 2026-yilda Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetidan birinchi darajali budjet mablagʻlarini taqsimlovchi sifatida Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligiga ajratiladigan mablagʻlar doirasida amalga oshiriladi, 2027-yildan boshlab esa Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Markaz Toshkent shahri Yakkasaroy tumani, Yusuf Xos Hojib koʻchasi 64-uy manzilida joylashgan Institut binosiga tekin foydalanish huquqi asosida joylashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir oy muddatda Markazning tuzilmasi va nizomini tasdiqlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki oy muddatda manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri E.G. Karimova zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026-yil 18-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
446-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.08.2026-y., 09/26/446/0854-son)