Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
VAZIRLAR MAHKAMASINING 1992-YIL 30 APRELDAGI 220-SON QARORIGA 2-ILOVANI QISMAN OʻZGARTIRISh TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 11-martdagi 129-son “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining tovar-moddiy boyliklarni keltirish va olib ketish masalalari boʻyicha qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan.
Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasiga mahsulot keltirish va uni respublikadan tashqariga chiqarish boʻyicha Vazirlar Mahkamasi ilgari qabul qilgan qarorlarning qanday bajarilayotganligi hamda bu ishda zarur tartib oʻrnatish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”1992-yil 30-apreldagi 220-son qaroriga 2-ilovaning 16-bandini qisman oʻzgartirib belgilansinki, mustaqil ravishda sotish uchun korxonalar va xoʻjaliklar ixtiyorida qoldiriladigan vino materiallarini respublika tashqarisiga chiqarish uchun ruxsatnoma (litsenziya)lar “Oʻzmevasabzavotuzumsanoat” konserni tomonidan beriladi.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. MUTALOV
Toshkent sh.,
1993-yil 3-avgust,
383-son