Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 14.08.2003 yildagi 353-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Hujjat 14.08.2003 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VA POLSHA RESPUBLIKASI OʻRTASIDAGI HUKUMATLARARO BITIMLAR DOIRASIDAGI LOYIHALARNI AMALGA OSHIRISH CHORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi va Polsha Respublikasi oʻrtasida moliya va investitsiya hamkorligini rivojlantirish toʻgʻrisida erishilgan ahdlashuvlarning amalga oshirilishini taʼminlash, jalb etilayotgan kreditlarni samarali oʻzlashtirish va oʻz vaqtida qaytarishni tashkil qilish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va Polsha Respublikasi Hukumati oʻrtasida quyidagi shartlarda jami 30 mln AQSH dollari miqdorida kreditlar berish toʻgʻrisida Bitimlar imzolanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kasb-hunar taʼlimini rivojlantirish sohasidagi loyihalarni amalga oshirish yuzasidan kontraktlar qiymatining 90 foizini moliyalashtirish uchun 0,16 foiz yillik foiz stavkasi boʻyicha, ikki yillik imtiyozli davr bilan birga 17 yil muddatga 15 mln AQSH dollari miqdoridagi imtiyozli kredit;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
turizm infratuzilmasini rivojlantirish hamda kichik va oʻrta biznesni qoʻllab-quvvatlash sohasidagi loyihalarni amalga oshirish yuzasidan kontraktlar qiymatining 85 foizini moliyalashtirish uchun LIBOR+1 foizli stavka boʻyicha, ikki yillik imtiyozli davr bilan birga 12 yil muddatga 15 mln AQSH dollari miqdoridagi tijorat krediti.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi — berilayotgan kreditlar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati nomidan qarz oluvchi etib;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Bank Gospodarstva va Krayevogo” (Polsha Respublikasi) bilan imzolangan Bitimlar shartlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki — mazkur kreditlarga xizmat koʻrsatish boʻyicha moliyaviy agent etib;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avans toʻlovini toʻlash, asosiy qarzni uzish va imtiyozli kreditga xizmat koʻrsatish boʻyicha toʻlovlarni amalga oshirish boʻyicha — davlat budjeti mablagʻlari, tijorat krediti boʻyicha esa — subqarz oluvchilarning oʻz mablagʻlari toʻlov manbalari etib belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Imtiyozli kredit mablagʻlari hisobiga oʻquv va texnologiya anjomlari yetkazib beruvchi korxonalarni Polsha Respublikasi vakolatli organlari bilan birgalikda tanlab olish boʻyicha idoralararo ishchi guruh tarkibi ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Ilova berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ekspertiza natijalari boʻyicha va loyihalarning texnik-iqtisodiy asoslashlari tasdiqlangach tegishli subqarz oluvchilar bilan kredit bitimlarini belgilangan tartibda imzolasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi Polsha Respublikasi kredit liniyalari boʻyicha moliyalashtiriladigan loyihalarning Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiya dasturiga belgilangan tartibda kiritilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Polsha Respublikasi kredit liniyalari hisobiga moliyalashtiriladigan loyihalar doirasida import boʻyicha olib kelinayotgan tovarlar, ishlar (xizmatlar), loyihalarni amalga oshirish davrida bojxona toʻlovlaridan (bojxonada rasmiylashtirish yigʻimlaridan tashqari) ozod qilinsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Bank Gospodarstva Krayevogo”ning (Polsha Respublikasi) Polsha Respublikasi kreditlarini berish toʻgʻrisidagi Bitim doirasida olingan daromadlari Oʻzbekiston Respublikasidagi toʻlov manbaida daromad (foyda) soligʻi toʻlashdan ozod qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi va “Oʻzbekturizm” milliy kompaniyasi buyurtmanomasiga koʻra Polsha Respublikasi kredit liniyalari boʻyicha moliyalashtiriladigan loyihalarni amalga oshirishda qatnashuvchi xorijiy mutaxassislarga kelish vizalari konsullik yigʻimlari undirilmasdan, belgilangan tartibda rasmiylashtirilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi va “Oʻzbekturizm” milliy kompaniyasi buyurtmanomasiga koʻra Polsha Respublikasi kredit liniyalari boʻyicha moliyalashtiriladigan loyihalarni amalga oshirishda qatnashuvchi xorijiy mutaxassislarga koʻp martalik vizalar berilishini va vizalarning muddati uzaytirilishini, shuningdek ularning Oʻzbekiston Respublikasida vaqtinchalik roʻyxatdan oʻtkazilishini va vaqtinchalik roʻyxatdan oʻtkazish muddati uzaytirilishini davlat boji toʻlashdan ozod qilgan holda taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari E.M. Gʻaniyev va R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2003-yil 14-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
353-son