Hujjat kuchini yo‘qotgan 21.04.2016 08.04.1999 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 695
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 21.04.2016
Hujjat 08.04.1999 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“TASDIQLANGAN”
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi tomonidan
1999-yil 17-mart, 02/12-48-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
DAVLAT FOYDASIGA VOZ KEChISh BOJXONA REJIMI TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nizom
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 1999-yil 8-aprelda 695-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur nizom Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2016-yil 29-fevraldagi 01-02/15-08-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi tomonidan qabul qilingan ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 2774, 06.04.2016-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. UMUMIY QOIDALAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1.1. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi bojxona kodeksining 38-moddasiga muvofiq ishlab chiqilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat foydasiga voz kechish shunday rejimki, bunda shaxs tovarlarga nisbatan boj, soliqlar va iqtisodiy siyosat choralari qoʻllanilmagan holda ulardan davlat foydasiga voz kechadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1.2. Tovarlarni davlat foydasiga voz kechish bojxona rejimiga joylashtirishga bojxona organining ruxsati bilan yoʻl qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1.3. Tovarlardan davlat foydasiga voz kechish ushbu Nizomga muvofiq davlatning xarajatlar qilishiga sabab boʻlmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1.4. Davlat foydasiga voz kechish bojxona rejimini tanlagan shaxs, agar qonunlarda boshqa holatlar nazarda tutilmagan boʻlsa, Oʻzbekiston Respublikasi bojxona organlarining tovarlarni davlat foydasiga voz kechish rejimi ostida joylashtirilishiga oid ruxsatnomasi olinganidan keyin mazkur rejimni boshqasiga oʻzgartirish huquqiga ega emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1.5. Tovarlardan davlat foydasiga voz kechgan shaxs ularni bojxona organi tomonidan belgilanadigan joyga yetkazib berilishi boʻyicha barcha xarajatlarni oʻzi qoplaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. DAVLAT FOYDASIGA VOZ KEChISh BOJXONA REJIMI OSTIDA TOVARLARNI JOYLAShTIRISh
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2.1. Davlat foydasiga voz kechish bojxona rejimiga quyidagilar joylashtirilishi mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasidan haqiqatda kesib oʻtgan olib kirilayotgan tovarlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududiga olib kirilgan va oʻzga bojxona rejimiga joylashtirilgan tovarlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bojxona deklaratsiyasi topshirilgan yoki shaxsning maqsadini tatbiq etish bilan bevosita ularni olib chiqib ketishga bogʻliq oʻzga xil harakatlar amalga oshirilgan olib chiqib ketilayotgan tovarlarga nisbatan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2.2. Quyidagilarga davlat foydasiga voz kechish bojxona rejimida joylashtirilishiga yoʻl qoʻyilmaydi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirilishi, Oʻzbekiston Respublikasidan olib chiqib ketilishi taqiqlangan tovarlarga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi hududida erkin muomalada boʻlishi uchun yoki reimport bojxona rejimiga muvofiq chiqarilgan tovarlarga.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2.3. Bojxona organi quyidagi hollarda davlat foydasiga voz kechish bojxona rejimida tovarlarni joylashtirishga oid ruxsatnomani taqdim etishdan bosh tortishi mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
agar tovarlarning davlat foydasiga voz kechish bojxona rejimida joylashtirilishi davlat uchun qandaydir bir xarajatlarni keltirib chiqarishi mumkin boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
agar tovarlar bahosi ularni sotish bilan bogʻliq bojxona organining xarajatlarini qoplay olmasa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
agar tovarlarning bojxona organlari tomonidan sotilishi cheklangan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bojxona organida davlat foydasiga voz kechish davlat manfaatlariga ziyon yetkazishi mumkin boʻlishiga yetarlicha asoslari boʻlgan boshqa hollarda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2.4. Tovarlarni olib oʻtayotgan shaxs yoki boʻlmasa bojxona brokerining arizasiga koʻra tovarlar davlat foydasiga voz kechish bojxona rejimida joylashtirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Har qanday uchinchi shaxslar oldida davlat foydasiga voz kechish bojxona rejimiga oid arizaning haqqoniyligi uchun javobgarlik deklarant zimmasiga yuklatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona organlari deklarant davlat foydasiga voz kechgan tovarlarga nisbatan uchinchi shaxslarning hech qanday mulkiy talablarini qondirmaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2.5. Tovarlarni davlat foydasiga voz kechish bojxona rejimida joylashtirishga ruxsat berish toʻgʻrisidagi qarorni Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri boʻyicha DBQ boshqarmasi ixtisoslashtirilgan bojxona majmuining boshligʻi yoki uning oʻrnini bosuvchi shaxs qabul qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2.6. Bojxona organi muvofiqlik sertifikati mavjudligi sharoitida zarur hollarda, boshqa davlat organlarida sertifikatlash yoki nazorat qilinishi lozim boʻlgan transport vositalari tovarlariga nisbatan veterinariya, fitosanitariya, ekologiya va davlat nazoratining boshqa turlaridan oʻtkazilishi chogʻida davlat foydasiga voz kechish bojxona rejimida tovarlarni joylashtirishga ruxsatnoma beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2.7. Bojxona organlari tovarlar tashuvchisi, omborxona sohibiga yoki boshqa shaxslarga ushbu tovarlar davlat foydasiga voz kechish bojxona rejimida joylashtirilguniga qadar tovarlarni tashish, saqlash, yuklarga oid va boshqa operatsiyalarni oʻtkazish bilan bogʻliq har qanday xarajatlarni toʻlaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. DAVLAT FOYDASIGA VOZ KEChISh BOJXONA REJIMIDA JOYLAShTIRILADIGAN TOVARLARNI BOJXONADA RASMIYLAShTIRISh
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.1. Davlat foydasiga voz kechish bojxona rejimida joylashtiriladigan tovarlarni bojxonada rasmiylashtirishi, tovarlar faoliyat koʻrsatadigan mintaqasida boʻlgan bojxona organida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.2. Tovarlarni davlat foydasiga voz kechish bojxona rejimida joylashtirilishi chogʻida bojxona organiga deklarant tomonidan quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-ilovaga muvofiq toʻldirilgan bojxona yuk deklaratsiyasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaxsning 2-ilovaga muvofiq yozilgan arizasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-ilovaga muvofiq tuzilgan davlat foydasiga voz kechish bojxona rejimida joylashtirilgan tovarlarni topshirish dalolatnomasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
majburan sertifikatlanadigan tovarlarga nisbatan - sertifikat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boshqa davlat organlarining, agar tovarlar ushbu organlar nazoratiga olingan boʻlsa, ruxsatnomasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarlarga boʻlgan yuk va tovarlarga oid hujjatlar (yukxatlar, konosamentlar, spetsifikatsiyalar, hisobvaraq-fakturalar va sh.k.);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bojxona rasmiylashtirishi va bojxona nazoratining oʻtkazilishi uchun zarur boʻlgan boshqa hujjatlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.3. Bojxona organiga shaxsning tovarlarni davlat foydasiga voz kechish bojxona rejimida joylashtirish toʻgʻrisidagi arizasini taqdim etish, agar garovga beruvchi garov toʻgʻrisidagi shartnomada garov sifatida berilgan tovarlarning davlat foydasiga voz kechish bojxona rejimida joylashtirish toʻgʻrisida aytib oʻtgan boʻlsa, garov vositasi boʻlib hisoblanadigan tovarlarga nisbatan talab qilinmaydi. Garovga beruvchining shartnomada shunday taʼkidlangan arizasi ariza shakli boʻlib hisoblanadi, koʻrsatilgan shartnoma xulosasi esa bojxona organi tomonidan tovarlarni davlat foydasiga voz kechish bojxona rejimida joylashtirishga oid ushbu organning ruxsatnomasi sifatida koʻrib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. YAKUNIY QOIDALAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4.1. Bojxona organlariga tovarlarni davlat foydasiga voz kechish bojxona rejimida joylashtirishga ruxsatnomani taqdim etilishi chogʻida ushbu tovarlarga nisbatan bojxona toʻlovlarini toʻlanishi uchun berilgan bank kafolati oʻz kuchini yoʻqotadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar bu garov shartnomasida koʻzda tutilgan boʻlsa, bojxona toʻlovlarini toʻlanishini taʼminlovchi garov shartnomasi boʻyicha garovga oid huquqiy munosabatlar toʻxtatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4.2. Tovarlarni davlat foydasiga voz kechish bojxona rejimida joylashtirish chogʻida toʻlovchiga quyidagilar qaytariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bojxona organining depozitiga bojxona toʻlovlarining toʻlanishini taʼminlovchi sifatida kiritilgan summalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarlarni bojxona hududida qayta ishlash bojxona rejimida joylashtirish chogʻida toʻlangan import bojlari va soliqlarning summalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarlarni bojxona hududidan tashqarida qayta ishlash bojxona rejimida joylashtirish chogʻida toʻlangan eksport bojlari summalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarlarni, eksport bojxona rejimida joylashtirish chogʻida va Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududidan vaqtincha olib chiqib ketish chogʻida agar tovarlar Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududidan haqiqatda olib chiqib ketilmagan boʻlsa, toʻlangan eksport bojlarining summalari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat foydasiga voz kechish bojxona rejimida vaqtinchalik olib kirilgan tovarlarni joylashtirish chogʻida toʻlangan import bojlari va soliqlar summalari qaytarilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4.3. Shaxs tomonidan bojxona organiga davlat foydasiga voz kechish bojxona rejimida joylashtirilgan tovarlarni berish chogʻida dalolatnoma ikki nusxada (3-ilova) tuziladi. Bunday dalolatnomalarning blankalari qatʼiy hisobot hujjatlari boʻlib hisoblanadi. Koʻrsatilgan dalolatnomaning bir nusxasi tovarlarni davlat foydasiga voz kechish rejimida, joylashtirishga ruxsatnomani bergan bojxona organida saqlanadi. Dalolatnomaning ikkinchi nusxasi tovarlardan davlat foydasiga voz kechgan shaxsga topshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4.4. Shaxs davlat foydasiga voz kechgan tovarlarni tasarruf etish bojxona qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat foydasiga voz kechish bojxona rejimi toʻgʻrisida Nizomga
1-Ilova
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarlarni davlat foydasiga voz kechish bojxona rejimida joylashtirish chogʻida bojxona yuk deklaratsiyasini toʻldirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TARTIBI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovarlarni davlat foydasiga voz kechish bojxona rejimida joylashtirish chogʻida deklarant tomonidan bojxona deklaratsiyasining quyidagi ustunlari toʻldiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1, 2, 3, 4, 5, 6, 8, 11, 12, 13, 14, 15, 15a, 16, 18, 19, 22, 23, 24, 25, 26, 31, 32, 33, 34, 35, 37, 38, 40, 41, 42, 44, 45, 46, 50, 54, D, S ustun 2-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2, 3, 4, 5, 6, 8, 11, 12, 13, 14, 15, 15a, 16, 18, 19, 22, 23, 24, 25, 26, 32, 33, 34, 35, 37, 38, 41, 42, 45, 46, 54, D ustunlar, S-ustunning 2-bandi erkin muomala uchun chiqarish bojxona rejimida joylashtiriladigan tovarlarga oid bojxona yuk deklaratsiyasini toʻldirish qoidalariga muvofiq toʻldiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1, 40, 44, 50-ustunlarning toʻldirilishi quyidagi muhim jihatlarga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-ustun “Deklaratsiya turi”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududiga olib kiriladigan yoki ushbu hududga olib kirilgan va boshqa bojxona rejimida joylashtirilgan tovarlarni davlat foydasiga voz kechish bojxona rejimida joylashtirish chogʻida ustunning birinchi kichik qismida "IM", olib chiqib ketilayotgan tovarlar va transport vositalarida esa - “EK” koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ikkinchi kichik qismida esa asosiy bojxona rejimining kodi - 75 koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ustunning uchinchi kichik qismi toʻldirilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40-“Umumiy deklaratsiya/avvalgi hujjat” ustuni.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldin oʻzga bojxona rejimida joylashtirilgan tovarlarning davlat foydasiga voz kechish bojxona rejimida joylashtirish chogʻida ustunda tovarlarning oʻzga bojxona rejimida joylashtirilishiga asos boʻlgan BYuD raqami koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
44-“Qoʻshimcha axborot/taqdim etiladigan hujjatlar” ustuni.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ustunda (har bir rekvizitlarni yangi satrdan boshlagan holda va ularning har biriga tartib raqamini qoʻygan holda) quyidagilar koʻrsatiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2 - transport hujjati (tovarlarga doir yuk va tovarga ilova qilinuvchi hujjatlar), yukxatlar, konosamentlar, spetsifikatsiyalar, hisobvaraq-fakturalar va sh.k.)ning raqami va sanasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3 - shaxsning tovarlarni davlat foydasiga voz kechish bojxona rejimiga joylashtirish toʻgʻrisidagi arizasining raqami va sanasi yoki boʻlmasa garov toʻgʻrisidagi shartnomaning raqami va sanasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4 - oʻzga davlat organlarining (ularning nomlari koʻrsatilgan holdagi), agar tovar ushbu organlar nazorati ostiga olingan boʻlsa, ruxsatnomalari raqami va sanasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5 - davlat foydasiga voz kechish bojxona rejimida joylashtirilgan tovarlarni topshirish dalolatnomasining raqami va sanasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
50-ustun “Ishonch bildirilgan” shaxs.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ustunda tovarni davlat foydasiga voz kechish bojxona rejimida rasmiylashtirishga rozilik bildirgan rahbarning yoki oʻzga vakolatli shaxsning lavozimi, ismi sharifi, uning imzosi koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat foydasiga voz kechish bojxona rejimi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ilova
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
‎‎__________________________ ga
(bojxona organi nomi)‎
__________________________ dan‎
(shaxsning ismi sharifi,‎
______________________________‎
tashkilotning nomi, manzili)‎
‎‎
ARIZA № _________________________________________________________‎

bojxona orgashshpng raqami /sana/ ariza raqami‎

__________________________________________________________________‎

(tovarning nomlanishi)‎

________________________________________________________________ ni‎

transport yukxati, invoyslar raqami, tovar toʻgʻrisidagi oʻzga maʼlumotlar ‎

__________________________________________________________________‎

ularnnng oʻziga xos belgilari, miqdori (oʻlchovi, vazni va h.)‎

davlat foylasiga voz kechish bojxona rejimiga ‎ joylashishingizni soʻrayman. ____________________________
Voz kechish sabablari: ______________________‎‎‎‎_________________________‎
‎‎__________________________________________________________________
__________________________________________________________________
__________________________________________________________________‎
_____________________________‎
(rahbar yoki boshqa vakolatli shaxsning
‎imzosi, jismoniy shaxsning imzosi)
M.Oʻ. ‎ 19___ y. “____”.______________‎
‎‎Tovarlarni davlat foydasiga voz kechish bojxona rejimiga joylash uchun ruxsat berish toʻgʻrisidagi qaror:
‎‎_________________________________________________________________‎‎‎
‎‎_________________________________________________________________‎
‎‎Bojxona organi rahbarining lavozimi,‎
ismi sharifi‎ Imzo‎ Sana
‎ M.Oʻ. ‎
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat foydasiga voz kechish bojxona rejimi toʻgʻrisidagi nizomga
3-ilova
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
________________________‎‎‎
(bojxona organi nomi)‎
“Davlat foydasiga voz kechish”‎
‎‎‎‎bojxona rejimiga joylangan tovarlarni topshirish Dalolatnomasi‎
№ _________________________________________________________‎

bojxona organining raqami /sana/ dalolatnoma raqami‎‎‎

Mazkur dalolatnoma 19 ____ yilning “___” _________ da ________________‎‎

(tashkilotning toʻliq‎‎

‎‎________________________________________________________ tomonidan‎

nomlanishi yoki shaxsning ismi-sharifi, manzili)‎

____________________________________ ga ‎‎

“Davlat foydasiga voz kechish”‎‎

(bojxona organining nomlanishi)‎

bojxona rejimi ostiga joylangan quyidagi tovarlar topshirildi:
№‎ Tovarlar nomi va ularning oʻziga xos belgilari (shu jumladan TIF TN boʻyicha kodi)‎ Oʻlchov birligi ‎ Miqdori‎ GTD raqami‎ Izoh‎
��
Topshirdi______________________‎‎
‎(shaxsning lavozimi, ismi-sharifi)‎

‎‎___________________ MOʻ*
‎imzo‎

Qabul qildi __________________
(bojxona organi mansabdor shaxsininglavozimi, ismi-sharifi**)

___________________ MOʻ
‎‎imzo‎

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* korxona, muassasa va tashkilotlar uchun
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
** bojxona organi nomidyatx dalolatnomani moddiy javobgar shaxs imzolaydi.