Oʻzbekiston Respublikasining qonuni, 11.12.2003 yildagi 560-II-son
Кучга кириш санаси
11.02.2004
Рус
Eng
Ўзб
O’zb
O‘zb|Рус
Hujjat 12.12.2024 sanasi holatiga | Joriy versiya |
Oʻzbekiston Respublikasining qonuni | Oʻzbekiston Respublikasining qonuni |
Axborotlashtirish toʻgʻrisida | Axborotlashtirish toʻgʻrisida |
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi | 1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi |
Ushbu Qonunning maqsadi axborotlashtirish, axborot resurslari va axborot tizimlaridan foydalanish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat. | Ushbu Qonunning maqsadi axborotlashtirish, axborot resurslari va axborot tizimlaridan foydalanish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat. |
2-modda. Axborotlashtirish toʻgʻrisidagi qonunchilik | 2-modda. Axborotlashtirish toʻgʻrisidagi qonunchilik |
Axborotlashtirish toʻgʻrisidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlarida iboratdir. | Axborotlashtirish toʻgʻrisidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlarida iboratdir. |
Agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida Oʻzbekiston Respublikasining axborotlashtirish toʻgʻrisidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa, xalqaro shartnoma qoidalari qoʻllaniladi. | Agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida Oʻzbekiston Respublikasining axborotlashtirish toʻgʻrisidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa, xalqaro shartnoma qoidalari qoʻllaniladi. |
3-modda. Asosiy tushunchalar | 3-modda. Asosiy tushunchalar |
Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi: | Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi: |
axborotlashtirish — yuridik va jismoniy shaxslarning axborotga boʻlgan ehtiyojlarini qondirish uchun axborot resurslari, axborot texnologiyalari hamda axborot tizimlaridan foydalangan holda sharoit yaratishning tashkiliy ijtimoiy-iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy jarayoni; | axborotlashtirish — yuridik va jismoniy shaxslarning axborotga boʻlgan ehtiyojlarini qondirish uchun axborot resurslari, axborot texnologiyalari hamda axborot tizimlaridan foydalangan holda sharoit yaratishning tashkiliy ijtimoiy-iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy jarayoni; |
axborot resursi — axborot tizimi tarkibidagi elektron shakldagi axborot, maʼlumotlar banki, maʼlumotlar bazasi, shu jumladan axborot tizimlarida ochiq shaklda joylashtiriladigan yoxud eʼlon qilinadigan audio-, video-, grafik va matnli axborot; | axborot resursi — axborot tizimi tarkibidagi elektron shakldagi axborot, maʼlumotlar banki, maʼlumotlar bazasi, shu jumladan axborot tizimlarida ochiq shaklda joylashtiriladigan yoxud eʼlon qilinadigan audio-, video-, grafik va matnli axborot; |
axborot resurslarining yoki axborot tizimlarining mulkdori — axborot resurslariga yoki axborot tizimlariga egalik qiluvchi, ulardan foydalanuvchi va ularni tasarruf etuvchi yuridik yoki jismoniy shaxs; | axborot resurslarining yoki axborot tizimlarining mulkdori — axborot resurslariga yoki axborot tizimlariga egalik qiluvchi, ulardan foydalanuvchi va ularni tasarruf etuvchi yuridik yoki jismoniy shaxs; |
axborot resurslarining yoki axborot tizimlarining egasi — qonun bilan yoki axborot resurslarining, axborot tizimlarining mulkdori tomonidan belgilangan huquqlar doirasida axborot resurslariga yoxud axborot tizimlariga egalik qiluvchi, ulardan foydalanuvchi va ularni tasarruf etuvchi yuridik yoki jismoniy shaxs; | axborot resurslarining yoki axborot tizimlarining egasi — qonun bilan yoki axborot resurslarining, axborot tizimlarining mulkdori tomonidan belgilangan huquqlar doirasida axborot resurslariga yoxud axborot tizimlariga egalik qiluvchi, ulardan foydalanuvchi va ularni tasarruf etuvchi yuridik yoki jismoniy shaxs; |
axborot texnologiyasi — axborotni toʻplash, saqlash, izlash, unga ishlov berish va uni tarqatish uchun foydalaniladigan jami uslublar, qurilmalar, usullar va jarayonlar; | axborot texnologiyasi — axborotni toʻplash, saqlash, izlash, unga ishlov berish va uni tarqatish uchun foydalaniladigan jami uslublar, qurilmalar, usullar va jarayonlar; |
axborot tizimi — axborotni toʻplash, saqlash, izlash, unga ishlov berish hamda undan foydalanish imkonini beradigan, tashkiliy jihatdan tartibga solingan jami axborot resurslari, axborot texnologiyalari va aloqa vositalari. | axborot tizimi — axborotni toʻplash, saqlash, izlash, unga ishlov berish hamda undan foydalanish imkonini beradigan, tashkiliy jihatdan tartibga solingan jami axborot resurslari, axborot texnologiyalari va aloqa vositalari. |
bloger — Internet jahon axborot tarmogʻidagi oʻz veb-saytiga va (yoki) veb-sayt sahifasiga hamma erkin foydalanishi mumkin boʻlgan, ijtimoiy-siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va boshqa xususiyatga ega axborotni joylashtiruvchi, shu jumladan axborotdan foydalanuvchilar tomonidan ushbu axborotni muhokama qilish uchun joylashtiruvchi jismoniy shaxs; | bloger — Internet jahon axborot tarmogʻidagi oʻz veb-saytiga va (yoki) veb-sayt sahifasiga hamma erkin foydalanishi mumkin boʻlgan, ijtimoiy-siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va boshqa xususiyatga ega axborotni joylashtiruvchi, shu jumladan axborotdan foydalanuvchilar tomonidan ushbu axborotni muhokama qilish uchun joylashtiruvchi jismoniy shaxs; |
sunʼiy intellekt — insonning bilim va koʻnikmalariga taqlid qilish, shu jumladan mustaqil ravishda oʻrganish va yechimlarni izlash hamda aniq vazifalarni bajarishda inson aqliy faoliyati natijalari bilan taqqoslanadigan natijalarni olish imkonini beradigan texnologik yechimlar majmui. | |
4-modda. Axborotlashtirish sohasidagi davlat siyosati | 4-modda. Axborotlashtirish sohasidagi davlat siyosati |
Axborotlashtirish sohasidagi davlat siyosati axborot resurslari, axborot texnologiyalari va axborot tizimlarini rivojlantirish hamda takomillashtirishning zamonaviy jahon tamoyillarini hisobga olgan holda milliy axborot tizimini yaratishga qaratilgan. | Axborotlashtirish sohasidagi davlat siyosati axborot resurslari, axborot texnologiyalari va axborot tizimlarini rivojlantirish hamda takomillashtirishning zamonaviy jahon tamoyillarini hisobga olgan holda milliy axborot tizimini yaratishga qaratilgan. |
Axborotlashtirish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yoʻnalishlari quyidagilardan iborat: | Axborotlashtirish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yoʻnalishlari quyidagilardan iborat: |
har kimning axborotni erkin olish va tarqatishga doir konstitutsiyaviy huquqlarini amalga oshirish, axborot resurslaridan erkin foydalanilishini taʼminlash; | har kimning axborotni erkin olish va tarqatishga doir konstitutsiyaviy huquqlarini amalga oshirish, axborot resurslaridan erkin foydalanilishini taʼminlash; |
davlat organlarining axborot tizimlari, tarmoq va hududiy axborot tizimlari, shuningdek yuridik hamda jismoniy shaxslarning axborot tizimlari asosida Oʻzbekiston Respublikasining yagona axborot makonini yaratish; | davlat organlarining axborot tizimlari, tarmoq va hududiy axborot tizimlari, shuningdek yuridik hamda jismoniy shaxslarning axborot tizimlari asosida Oʻzbekiston Respublikasining yagona axborot makonini yaratish; |
xalqaro axborot tarmoqlari va Internet jahon axborot tarmogʻidan erkin foydalanish uchun sharoit yaratish; | xalqaro axborot tarmoqlari va Internet jahon axborot tarmogʻidan erkin foydalanish uchun sharoit yaratish; |
davlat axborot resurslarini shakllantirish, axborot tizimlarini yaratish hamda rivojlantirish, ularning bir-biriga mosligini va oʻzaro aloqada ishlashini taʼminlash; | davlat axborot resurslarini shakllantirish, axborot tizimlarini yaratish hamda rivojlantirish, ularning bir-biriga mosligini va oʻzaro aloqada ishlashini taʼminlash; |
axborot texnologiyalarining zamonaviy vositalari ishlab chiqarilishini tashkil etish; | axborot texnologiyalarining zamonaviy vositalari ishlab chiqarilishini tashkil etish; |
axborot resurslari, xizmatlari va axborot texnologiyalari bozorini shakllantirishga koʻmaklashish; | axborot resurslari, xizmatlari va axborot texnologiyalari bozorini shakllantirishga koʻmaklashish; |
sunʼiy intellektni joriy etish va rivojlantirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, shuningdek huquqiy, texnologik va iqtisodiy asoslarni belgilash; | |
dasturiy mahsulotlar ishlab chiqarish rivojlantirilishini ragʻbatlantirish; | dasturiy mahsulotlar ishlab chiqarish rivojlantirilishini ragʻbatlantirish; |
tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash va ragʻbatlantirish, investitsiyalarni jalb etish uchun qulay sharoit yaratish; | tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash va ragʻbatlantirish, investitsiyalarni jalb etish uchun qulay sharoit yaratish; |
kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirish, ilmiy tadqiqotlarni ragʻbatlantirish. | kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirish, ilmiy tadqiqotlarni ragʻbatlantirish. |
5-modda. Axborotlashtirish sohasini davlat tomonidan tartibga solish | 5-modda. Axborotlashtirish sohasini davlat tomonidan tartibga solish |
Axborotlashtirish sohasini davlat tomonidan tartibga solishni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va u maxsus vakolat bergan organ amalga oshiradi. | Axborotlashtirish sohasini davlat tomonidan tartibga solishni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va u maxsus vakolat bergan organ amalga oshiradi. |
6-modda. Maxsus vakolatli organ | 6-modda. Maxsus vakolatli organ |
Maxsus vakolatli organ: | Maxsus vakolatli organ: |
davlat axborot resurslarini shakllantirish ishlarini tashkil etadi va muvofiqlashtiradi; | davlat axborot resurslarini shakllantirish ishlarini tashkil etadi va muvofiqlashtiradi; |
axborotlashtirish va axborot texnologiyalarini rivojlantirish davlat dasturlarini ishlab chiqadi; | axborotlashtirish va axborot texnologiyalarini rivojlantirish davlat dasturlarini ishlab chiqadi; |
davlat organlarining axborot tizimlari, tarmoq va hududiy axborot tizimlari yaratilishiga koʻmaklashadi; | davlat organlarining axborot tizimlari, tarmoq va hududiy axborot tizimlari yaratilishiga koʻmaklashadi; |
axborotlashtirish sohasidagi standartlar, normalar va qoidalarni ishlab chiqadi; | axborotlashtirish sohasidagi standartlar, normalar va qoidalarni ishlab chiqadi; |
axborot tizimlari va axborot texnologiyalarining texnika vositalari hamda xizmatlarini sertifikatlashtirish ishlarini tashkil etadi; | axborot tizimlari va axborot texnologiyalarining texnika vositalari hamda xizmatlarini sertifikatlashtirish ishlarini tashkil etadi; |
yuridik va jismoniy shaxslarning oʻz axborot resurslari hamda axborot tizimlari muhofaza etilishini taʼminlash borasidagi faoliyatini muvofiqlashtiradi; | yuridik va jismoniy shaxslarning oʻz axborot resurslari hamda axborot tizimlari muhofaza etilishini taʼminlash borasidagi faoliyatini muvofiqlashtiradi; |
axborot resurslari, xizmatlari va axborot texnologiyalari bozorini rivojlantirishga koʻmaklashadi; | axborot resurslari, xizmatlari va axborot texnologiyalari bozorini rivojlantirishga koʻmaklashadi; |
sunʼiy intellekt yoʻnalishiga investitsiyalarni jalb qilish uchun shart-sharoitlar yaratadi; davlat organlarining maʼlumotlarini sunʼiy intellekt asosida qayta ishlash uchun texnik infratuzilmani shakllantiradi; sunʼiy intellekt yoʻnalishida kadrlar tayyorlashni, ularni qayta tayyorlashni va ularning malakasini oshirishni tashkil etadi; | |
axborotlashtirish sohasida marketing tadqiqotlari va monitoringni tashkil etadi; | axborotlashtirish sohasida marketing tadqiqotlari va monitoringni tashkil etadi; |
axborot resurslaridan foydalanuvchilarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish choralarini amalga oshiradi; | axborot resurslaridan foydalanuvchilarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish choralarini amalga oshiradi; |
Oʻzbekiston Respublikasining mudofaa qobiliyati va xavfsizligi manfaatlarini koʻzlab axborot xavfsizligini hamda axborot tizimlaridan ustuvor foydalanilishini taʼminlaydi; | Oʻzbekiston Respublikasining mudofaa qobiliyati va xavfsizligi manfaatlarini koʻzlab axborot xavfsizligini hamda axborot tizimlaridan ustuvor foydalanilishini taʼminlaydi; |
qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi. | qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi. |
7-modda. Axborot resurslari va axborot tizimlarining huquqiy rejimi | 7-modda. Axborot resurslari va axborot tizimlarining huquqiy rejimi |
Axborot resurslari va axborot tizimlarining huquqiy rejimi quyidagilarni belgilovchi normalar bilan aniqlanadi: | Axborot resurslari va axborot tizimlarining huquqiy rejimi quyidagilarni belgilovchi normalar bilan aniqlanadi: |
axborotni hujjatlashtirish, axborot resurslarini shakllantirish va axborot tizimlarini yaratish tartibini; | axborotni hujjatlashtirish, axborot resurslarini shakllantirish va axborot tizimlarini yaratish tartibini; |
axborot resurslariga va axborot tizimlariga boʻlgan mulk huquqini; | axborot resurslariga va axborot tizimlariga boʻlgan mulk huquqini; |
axborot resurslarining ulardan erkin foydalanish darajasi boʻyicha toifasini; | axborot resurslarining ulardan erkin foydalanish darajasi boʻyicha toifasini; |
axborot resurslari va axborot tizimlarini muhofaza qilish tartibini; | axborot resurslari va axborot tizimlarini muhofaza qilish tartibini; |
axborot tizimlarining tarmoqlararo ulanishi tartibini. | axborot tizimlarining tarmoqlararo ulanishi tartibini. |
71-modda. Axborot resurslarini yaratishda xamda axborot tizimlari ishida sunʼiy intellektdan foydalanish Sunʼiy intellektdan foydalanib yaratilgan axborot resurslari hamda sunʼiy intellekt texnologiyalari asosida ishlaydigan axborot tizimlari insonga, uning hayotiga, sogʻligiga, erkinligiga, shaʼniga, kadr-qimmatiga putur yetkazmasligi va uning boshqa ajralmas huquqlarini buzmasligi shart. Insonning huquqi va erkinligiga aloqador boʻlgan yuridik ahamiyatga ega qarorlarni qabul qilish chogida faqat sunʼiy intellektdan foydalangan holda yaratilgan axborot resurslari va sunʼiy intellekt texnologiyalari asosida ishlaydigan axborot tizimlarining xulosalariga tayanish mumkin emas. | |
8-modda. Axborotni hujjatlashtirish | 8-modda. Axborotni hujjatlashtirish |
Axborotni hujjatlashtirish axborotni axborot resurslariga kiritishning majburiy shartidir. Axborotni hujjatlashtirish tartibi maxsus vakolatli organ tomonidan belgilanadi. | Axborotni hujjatlashtirish axborotni axborot resurslariga kiritishning majburiy shartidir. Axborotni hujjatlashtirish tartibi maxsus vakolatli organ tomonidan belgilanadi. |
Axborot resurslarida saqlanadigan va ishlov beriladigan, elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan axborot elektron hujjat boʻlib, qogʻoz hujjat bilan bir xil yuridik kuchga ega. | Axborot resurslarida saqlanadigan va ishlov beriladigan, elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan axborot elektron hujjat boʻlib, qogʻoz hujjat bilan bir xil yuridik kuchga ega. |
Elektron hujjatni va elektron raqamli imzoni shakllantirish hamda ulardan foydalanish bilan bogʻliq munosabatlar qonun bilan tartibga solinadi. | Elektron hujjatni va elektron raqamli imzoni shakllantirish hamda ulardan foydalanish bilan bogʻliq munosabatlar qonun bilan tartibga solinadi. |
9-modda. Axborot resurslari va axborot tizimlariga boʻlgan mulk huquqi | 9-modda. Axborot resurslari va axborot tizimlariga boʻlgan mulk huquqi |
Oʻzbekiston Respublikasida axborot resurslari va axborot tizimlari ommaviy hamda xususiy mulk boʻlishi mumkin. | Oʻzbekiston Respublikasida axborot resurslari va axborot tizimlari ommaviy hamda xususiy mulk boʻlishi mumkin. |
Axborot resurslari va axborot tizimlariga boʻlgan mulk huquqining vujudga kelishiga quyidagilar asos boʻladi: | Axborot resurslari va axborot tizimlariga boʻlgan mulk huquqining vujudga kelishiga quyidagilar asos boʻladi: |
axborot resurslari hamda axborot tizimlarining davlat budjeti mablagʻlari, yuridik va jismoniy shaxslarning oʻz mablagʻlari yoki qonunchilik bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan yaratilishi; | axborot resurslari hamda axborot tizimlarining davlat budjeti mablagʻlari, yuridik va jismoniy shaxslarning oʻz mablagʻlari yoki qonunchilik bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan yaratilishi; |
axborot resurslari va axborot tizimlariga boʻlgan mulk huquqining oʻzga shaxsga oʻtishi shartlarini oʻz ichiga olgan oldi-sotdi shartnomasi yoki boshqa bitim; | axborot resurslari va axborot tizimlariga boʻlgan mulk huquqining oʻzga shaxsga oʻtishi shartlarini oʻz ichiga olgan oldi-sotdi shartnomasi yoki boshqa bitim; |
meros olish. | meros olish. |
Qonunda axborot resurslari va axborot tizimlariga boʻlgan mulk huquqi vujudga kelishining boshqa asoslari ham nazarda tutilishi mumkin. | Qonunda axborot resurslari va axborot tizimlariga boʻlgan mulk huquqi vujudga kelishining boshqa asoslari ham nazarda tutilishi mumkin. |
10-modda. Davlat axborot resurslari | 10-modda. Davlat axborot resurslari |
Davlat axborot resurslari quyidagilardan shakllantiriladi: | Davlat axborot resurslari quyidagilardan shakllantiriladi: |
davlat organlarining axborot resurslaridan; | davlat organlarining axborot resurslaridan; |
yuridik va jismoniy shaxslarning davlat budjeti mablagʻlari hisobidan yaratilgan axborot resurslaridan; | yuridik va jismoniy shaxslarning davlat budjeti mablagʻlari hisobidan yaratilgan axborot resurslaridan; |
yuridik va jismoniy shaxslarning davlat sirlari hamda maxfiy axborotni oʻz ichiga olgan axborot resurslaridan; | yuridik va jismoniy shaxslarning davlat sirlari hamda maxfiy axborotni oʻz ichiga olgan axborot resurslaridan; |
yuridik va jismoniy shaxslarning belgilangan tartibda taqdim etiladigan hujjatlashtirilgan axborotidan. | yuridik va jismoniy shaxslarning belgilangan tartibda taqdim etiladigan hujjatlashtirilgan axborotidan. |
Yuridik va jismoniy shaxslar hujjatlashtirilgan axborotni davlat axborot resurslarini shakllantirish uchun tegishli davlat organlariga belgilangan tartibda taqdim etishi shart. | Yuridik va jismoniy shaxslar hujjatlashtirilgan axborotni davlat axborot resurslarini shakllantirish uchun tegishli davlat organlariga belgilangan tartibda taqdim etishi shart. |
Yuridik va jismoniy shaxslarning hujjatlashtirilgan axborotni majburiy taqdim etishi tartibi, davlat axborot resurslarini shakllantirish hamda ulardan foydalanish uchun masʼul davlat organlarining roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. | Yuridik va jismoniy shaxslarning hujjatlashtirilgan axborotni majburiy taqdim etishi tartibi, davlat axborot resurslarini shakllantirish hamda ulardan foydalanish uchun masʼul davlat organlarining roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. |
Davlat sirlari va maxfiy axborot jumlasiga kiritilgan axborotni taqdim etish tartibi qonunchilik bilan belgilanadi. | Davlat sirlari va maxfiy axborot jumlasiga kiritilgan axborotni taqdim etish tartibi qonunchilik bilan belgilanadi. |
11-modda. Axborot resurslaridan erkin foydalanish toifalari | 11-modda. Axborot resurslaridan erkin foydalanish toifalari |
Axborot resurslari ulardan erkin foydalanish toifalari boʻyicha hamma erkin foydalanishi mumkin boʻlgan axborot resurslariga va erkin foydalanilishi cheklab qoʻyilgan axborot resurslariga boʻlinadi. | Axborot resurslari ulardan erkin foydalanish toifalari boʻyicha hamma erkin foydalanishi mumkin boʻlgan axborot resurslariga va erkin foydalanilishi cheklab qoʻyilgan axborot resurslariga boʻlinadi. |
Cheklanmagan doiradagi foydalanuvchilar uchun moʻljallangan axborot resurslari hamma erkin foydalanishi mumkin boʻlgan axborot resurslaridir. | Cheklanmagan doiradagi foydalanuvchilar uchun moʻljallangan axborot resurslari hamma erkin foydalanishi mumkin boʻlgan axborot resurslaridir. |
Davlat sirlari toʻgʻrisidagi axborotni va maxfiy axborotni yoki erkin foydalanilishi axborot resurslarining mulkdorlari tomonidan cheklab qoʻyilgan axborotni oʻz ichiga olgan axborot resurslari erkin foydalanilishi cheklab qoʻyilgan axborot resurslariga kiradi. | Davlat sirlari toʻgʻrisidagi axborotni va maxfiy axborotni yoki erkin foydalanilishi axborot resurslarining mulkdorlari tomonidan cheklab qoʻyilgan axborotni oʻz ichiga olgan axborot resurslari erkin foydalanilishi cheklab qoʻyilgan axborot resurslariga kiradi. |
Axborot resurslarining mulkdorlari va egalari hamma erkin foydalanishi mumkin boʻlgan axborot resurslaridan yuridik hamda jismoniy shaxslarning teng huquq asosida erkin tarzda foydalanishini taʼminlashi kerak. | Axborot resurslarining mulkdorlari va egalari hamma erkin foydalanishi mumkin boʻlgan axborot resurslaridan yuridik hamda jismoniy shaxslarning teng huquq asosida erkin tarzda foydalanishini taʼminlashi kerak. |
Axborot resurslarini erkin foydalanish toifalariga kiritish qonunchilikda belgilangan tartibda axborot resurslarining mulkdori tomonidan aniqlanadi. | Axborot resurslarini erkin foydalanish toifalariga kiritish qonunchilikda belgilangan tartibda axborot resurslarining mulkdori tomonidan aniqlanadi. |
12-modda. Axborot resurslaridan foydalanish | 12-modda. Axborot resurslaridan foydalanish |
Axborot resurslaridan foydalanuvchilar axborot resurslaridan erkin foydalanishda teng huquqlarga ega, erkin foydalanilishi cheklab qoʻyilgan axborot resurslari bundan mustasno. | Axborot resurslaridan foydalanuvchilar axborot resurslaridan erkin foydalanishda teng huquqlarga ega, erkin foydalanilishi cheklab qoʻyilgan axborot resurslari bundan mustasno. |
Axborot resurslaridan foydalanganlik uchun belgilangan tartibda haq olinishi mumkin. | Axborot resurslaridan foydalanganlik uchun belgilangan tartibda haq olinishi mumkin. |
Axborot bilan taʼminlashga doir axborot va xizmatlar roʻyxatlarini, axborot resurslaridan erkin foydalanish tartibi hamda shartlari haqidagi maʼlumotlarni axborot resurslarining mulkdorlari va egalari foydalanuvchilarga bepul taqdim etadi. | Axborot bilan taʼminlashga doir axborot va xizmatlar roʻyxatlarini, axborot resurslaridan erkin foydalanish tartibi hamda shartlari haqidagi maʼlumotlarni axborot resurslarining mulkdorlari va egalari foydalanuvchilarga bepul taqdim etadi. |
Yuridik va jismoniy shaxslar qonuniy asoslarda axborot resurslaridan oʻzlari olgan axborotdan axborot manbaini albatta havola etgan holda hosila axborot yaratish uchun foydalanishlari mumkin. | Yuridik va jismoniy shaxslar qonuniy asoslarda axborot resurslaridan oʻzlari olgan axborotdan axborot manbaini albatta havola etgan holda hosila axborot yaratish uchun foydalanishlari mumkin. |
Axborot resurslaridan axborot olish tartibini axborot resurslarining mulkdori yoki egasi qonunchilikda belgilangan talablarga rioya etgan holda aniqlaydi. | Axborot resurslaridan axborot olish tartibini axborot resurslarining mulkdori yoki egasi qonunchilikda belgilangan talablarga rioya etgan holda aniqlaydi. |
121-modda. Hamma erkin foydalanishi mumkin boʻlgan axborotni Internet jahon axborot tarmogʻida tarqatish | 121-modda. Hamma erkin foydalanishi mumkin boʻlgan axborotni Internet jahon axborot tarmogʻida tarqatish |
Veb-saytning va (yoki) veb-sayt sahifasining yoxud boshqa axborot resursining egasi, shu jumladan bloger hamma erkin foydalanishi mumkin boʻlgan axborot joylashtiriladigan Internet jahon axborot tarmogʻidagi oʻz veb-saytidan va (yoki) veb-sayt sahifasidan yoxud boshqa axborot resursidan: | Veb-saytning va (yoki) veb-sayt sahifasining yoxud boshqa axborot resursining egasi, shu jumladan bloger hamma erkin foydalanishi mumkin boʻlgan axborot joylashtiriladigan Internet jahon axborot tarmogʻidagi oʻz veb-saytidan va (yoki) veb-sayt sahifasidan yoxud boshqa axborot resursidan: |
Oʻzbekiston Respublikasining mavjud konstitutsiyaviy tuzumini, hududiy yaxlitligini zoʻrlik bilan oʻzgartirishga daʼvat etish; | Oʻzbekiston Respublikasining mavjud konstitutsiyaviy tuzumini, hududiy yaxlitligini zoʻrlik bilan oʻzgartirishga daʼvat etish; |
ommaviy tartibsizliklarga, fuqarolarga nisbatan zoʻravonlik qilishga, shuningdek belgilangan tartibni buzgan holda oʻtkaziladigan yigʻilishlar, mitinglarda, koʻcha yurishlarida va namoyishlarda ishtirok etishga daʼvat qilish, shuningdek mazkur noqonuniy harakatlarni muvofiqlashtirish; | ommaviy tartibsizliklarga, fuqarolarga nisbatan zoʻravonlik qilishga, shuningdek belgilangan tartibni buzgan holda oʻtkaziladigan yigʻilishlar, mitinglarda, koʻcha yurishlarida va namoyishlarda ishtirok etishga daʼvat qilish, shuningdek mazkur noqonuniy harakatlarni muvofiqlashtirish; |
jamoat tartibiga yoki xavfsizligiga tahdid soluvchi yolgʻon axborot tarqatish; | jamoat tartibiga yoki xavfsizligiga tahdid soluvchi yolgʻon axborot tarqatish; |
urush, zoʻravonlik va terrorizmni, shuningdek diniy ekstremizm, separatizm va fundamentalizm gʻoyalarini targʻib qilish; | urush, zoʻravonlik va terrorizmni, shuningdek diniy ekstremizm, separatizm va fundamentalizm gʻoyalarini targʻib qilish; |
davlat sirlarini yoki qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa sirni tashkil etuvchi maʼlumotlarni oshkor etish; | davlat sirlarini yoki qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa sirni tashkil etuvchi maʼlumotlarni oshkor etish; |
milliy, irqiy, etnik yoki diniy adovat qoʻzgʻatuvchi, shuningdek fuqarolarning shaʼni va qadr-qimmatiga yoki ishchanlik obroʻsiga putur yetkazuvchi, ularning shaxsiy hayotiga aralashishga yoʻl qoʻyuvchi axborotni tarqatish; | milliy, irqiy, etnik yoki diniy adovat qoʻzgʻatuvchi, shuningdek fuqarolarning shaʼni va qadr-qimmatiga yoki ishchanlik obroʻsiga putur yetkazuvchi, ularning shaxsiy hayotiga aralashishga yoʻl qoʻyuvchi axborotni tarqatish; |
sunʼiy intellekt texnologiyalaridan foydalangan holda shaxsga doir maʼlumotlarga qonunga xilof ravishda ishlov berish, ularni ommaviy axborot vositalarida, telekommunikatsiya tarmoqlarida yoki Internet jahon axborot tarmogʻida tarqatish; | |
jamiyatga, davlatga, davlat ramzlariga hurmatsizlikni namoyon etuvchi, shu jumladan beodoblik bilan ifodalangan axborotni tarqatish; | jamiyatga, davlatga, davlat ramzlariga hurmatsizlikni namoyon etuvchi, shu jumladan beodoblik bilan ifodalangan axborotni tarqatish; |
giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalarni va prekursorlarni targʻib qilish; | giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalarni va prekursorlarni targʻib qilish; |
pornografiyani, zoʻravonlikni va shafqatsizlikni targʻib qilish, shuningdek oʻz joniga qasd qilishga daʼvat etish; | pornografiyani, zoʻravonlikni va shafqatsizlikni targʻib qilish, shuningdek oʻz joniga qasd qilishga daʼvat etish; |
oʻzga shaxslarga tegishli boʻlgan intellektual mulk obyektlaridan qonunga xilof ravishda foydalanish; | oʻzga shaxslarga tegishli boʻlgan intellektual mulk obyektlaridan qonunga xilof ravishda foydalanish; |
fuqarolarni, shu jumladan voyaga yetmagan shaxslarni ularning hayotiga va (yoki) sogʻligʻiga yoxud oʻzga shaxslarning hayotiga va (yoki) sogʻligʻiga tahdid soluvchi gʻayrihuquqiy harakatlarni sodir etishga undashga yoki boshqa tarzda jalb qilishga qaratilgan axborotni tarqatish; | fuqarolarni, shu jumladan voyaga yetmagan shaxslarni ularning hayotiga va (yoki) sogʻligʻiga yoxud oʻzga shaxslarning hayotiga va (yoki) sogʻligʻiga tahdid soluvchi gʻayrihuquqiy harakatlarni sodir etishga undashga yoki boshqa tarzda jalb qilishga qaratilgan axborotni tarqatish; |
qonunga muvofiq jinoiy va boshqa javobgarlikka sabab boʻladigan oʻzga harakatlarni sodir etish maqsadlarida foydalanilishiga yoʻl qoʻymasligi shart. | qonunga muvofiq jinoiy va boshqa javobgarlikka sabab boʻladigan oʻzga harakatlarni sodir etish maqsadlarida foydalanilishiga yoʻl qoʻymasligi shart. |
Veb-saytning va (yoki) veb-sayt sahifasining yoxud boshqa axborot resursining egasi, shu jumladan bloger: | Veb-saytning va (yoki) veb-sayt sahifasining yoxud boshqa axborot resursining egasi, shu jumladan bloger: |
hamma erkin foydalanishi mumkin boʻlgan axborot joylashtiriladigan Internet jahon axborot tarmogʻidagi oʻz veb-saytiga va (yoki) veb-sayt sahifasiga yoxud boshqa axborot resursiga hamma erkin foydalanishi mumkin boʻlgan axborot joylashtirilguniga qadar uning toʻgʻriligini tekshirishi, shuningdek joylashtirilgan axborotning notoʻgʻriligi aniqlangan taqdirda, uni darhol oʻchirib tashlashi; | hamma erkin foydalanishi mumkin boʻlgan axborot joylashtiriladigan Internet jahon axborot tarmogʻidagi oʻz veb-saytiga va (yoki) veb-sayt sahifasiga yoxud boshqa axborot resursiga hamma erkin foydalanishi mumkin boʻlgan axborot joylashtirilguniga qadar uning toʻgʻriligini tekshirishi, shuningdek joylashtirilgan axborotning notoʻgʻriligi aniqlangan taqdirda, uni darhol oʻchirib tashlashi; |
hamma erkin foydalanishi mumkin boʻlgan axborot joylashtiriladigan Internet jahon axborot tarmogʻidagi oʻz veb-sayti va (yoki) veb-sayt sahifalari yoxud boshqa axborot resursining, shu jumladan tezkor xabarlar almashish tizimlarining monitoringini ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan axborot va materiallarni aniqlash maqsadida amalga oshirishi; | hamma erkin foydalanishi mumkin boʻlgan axborot joylashtiriladigan Internet jahon axborot tarmogʻidagi oʻz veb-sayti va (yoki) veb-sayt sahifalari yoxud boshqa axborot resursining, shu jumladan tezkor xabarlar almashish tizimlarining monitoringini ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan axborot va materiallarni aniqlash maqsadida amalga oshirishi; |
ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan axborot aniqlangan taqdirda, darhol mazkur axborotni oʻchirib tashlash choralarini koʻrishi shart. | ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan axborot aniqlangan taqdirda, darhol mazkur axborotni oʻchirib tashlash choralarini koʻrishi shart. |
Ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlarida belgilangan majburiyatlar veb-saytning va (yoki) veb-sayt sahifasining yoxud boshqa axborot resursining egasi, shu jumladan bloger tomonidan bajarilmagan taqdirda, mazkur veb-saytdan va (yoki) veb-sayt sahifasidan yoxud boshqa axborot resursidan foydalanish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilagan tartibda maxsus vakolatli organ tomonidan cheklanishi mumkin. | Ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlarida belgilangan majburiyatlar veb-saytning va (yoki) veb-sayt sahifasining yoxud boshqa axborot resursining egasi, shu jumladan bloger tomonidan bajarilmagan taqdirda, mazkur veb-saytdan va (yoki) veb-sayt sahifasidan yoxud boshqa axborot resursidan foydalanish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilagan tartibda maxsus vakolatli organ tomonidan cheklanishi mumkin. |
Ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlarida belgilangan talablarni buzganlik qonunchilikka muvofiq javobgarlikka sabab boʻladi. | Ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlarida belgilangan talablarni buzganlik qonunchilikka muvofiq javobgarlikka sabab boʻladi. |
Ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlarida nazarda tutilgan talablar veb-saytning va (yoki) veb-sayt sahifasining yoxud boshqa axborot resursining egasi, shu jumladan bloger tomonidan bajarilmaganligi natijasida huquqlari va qonuniy manfaatlari buzilgan shaxslar oʻz huquqlarini, shaʼni, qadr-qimmatini va ishchanlik obroʻsini himoya qilish uchun, shu jumladan zararning oʻrnini qoplash, maʼnaviy ziyonni kompensatsiya qilish toʻgʻrisidagi daʼvolar bilan belgilangan tartibda sudga murojaat qilishga haqli. | Ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlarida nazarda tutilgan talablar veb-saytning va (yoki) veb-sayt sahifasining yoxud boshqa axborot resursining egasi, shu jumladan bloger tomonidan bajarilmaganligi natijasida huquqlari va qonuniy manfaatlari buzilgan shaxslar oʻz huquqlarini, shaʼni, qadr-qimmatini va ishchanlik obroʻsini himoya qilish uchun, shu jumladan zararning oʻrnini qoplash, maʼnaviy ziyonni kompensatsiya qilish toʻgʻrisidagi daʼvolar bilan belgilangan tartibda sudga murojaat qilishga haqli. |
13-modda. Jismoniy shaxslarning shaxsiga taalluqli maʼlumotlar toʻgʻrisidagi axborotni oʻz ichiga olgan axborot resurslari | 13-modda. Jismoniy shaxslarning shaxsiga taalluqli maʼlumotlar toʻgʻrisidagi axborotni oʻz ichiga olgan axborot resurslari |
Jismoniy shaxslarning shaxsiga taalluqli maʼlumotlar toʻgʻrisidagi axborotni oʻz ichiga olgan axborot resurslarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi qonunchilik bilan belgilanadi. | Jismoniy shaxslarning shaxsiga taalluqli maʼlumotlar toʻgʻrisidagi axborotni oʻz ichiga olgan axborot resurslarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi qonunchilik bilan belgilanadi. |
Jismoniy shaxslarning shaxsiga taalluqli maʼlumotlar toʻgʻrisidagi axborot maxfiy axborot toifasiga kiradi. | Jismoniy shaxslarning shaxsiga taalluqli maʼlumotlar toʻgʻrisidagi axborot maxfiy axborot toifasiga kiradi. |
14-modda. Oʻzlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni ichiga olgan axborot resurslaridan yuridik va jismoniy shaxslarning erkin foydalanishi | 14-modda. Oʻzlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni ichiga olgan axborot resurslaridan yuridik va jismoniy shaxslarning erkin foydalanishi |
Yuridik va jismoniy shaxslar oʻzlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni ichiga olgan axborot resurslaridan erkin foydalanish, mazkur maʼlumotlarning toʻliqligi hamda toʻgʻriligini taʼminlash maqsadida ularga aniqliklar kiritish huquqiga ega. | Yuridik va jismoniy shaxslar oʻzlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni ichiga olgan axborot resurslaridan erkin foydalanish, mazkur maʼlumotlarning toʻliqligi hamda toʻgʻriligini taʼminlash maqsadida ularga aniqliklar kiritish huquqiga ega. |
Oʻzlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni ichiga olgan axborot resurslaridan yuridik va jismoniy shaxslarning erkin foydalanishi qonun bilan cheklanishi mumkin. | Oʻzlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni ichiga olgan axborot resurslaridan yuridik va jismoniy shaxslarning erkin foydalanishi qonun bilan cheklanishi mumkin. |
Yuridik va jismoniy shaxslarga oʻzlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni ichiga olgan axborot resurslaridan erkin foydalanishni axborot resurslarining mulkdori yoki egasi rad etganligi ustidan sudga shikoyat qilinishi mumkin. | Yuridik va jismoniy shaxslarga oʻzlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni ichiga olgan axborot resurslaridan erkin foydalanishni axborot resurslarining mulkdori yoki egasi rad etganligi ustidan sudga shikoyat qilinishi mumkin. |
15-modda. Milliy axborot tizimi | 15-modda. Milliy axborot tizimi |
Milliy axborot tizimiga davlat organlarining axborot tizimlari, tarmoq va hududiy axborot tizimlari, shuningdek yuridik hamda jismoniy shaxslarning axborot tizimlari kiradi. | Milliy axborot tizimiga davlat organlarining axborot tizimlari, tarmoq va hududiy axborot tizimlari, shuningdek yuridik hamda jismoniy shaxslarning axborot tizimlari kiradi. |
Milliy axborot tizimi davlat budjeti mablagʻlari, shuningdek yuridik va jismoniy shaxslarning oʻz mablagʻlari hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan yaratiladi. | Milliy axborot tizimi davlat budjeti mablagʻlari, shuningdek yuridik va jismoniy shaxslarning oʻz mablagʻlari hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan yaratiladi. |
Milliy axborot tizimi uning tarkibiga kiruvchi axborot tizimlarining xalqaro axborot tizimlari bilan bir-biriga mosligini hisobga olgan holda yaratiladi. | Milliy axborot tizimi uning tarkibiga kiruvchi axborot tizimlarining xalqaro axborot tizimlari bilan bir-biriga mosligini hisobga olgan holda yaratiladi. |
Milliy axborot tizimidan foydalangan holda axborot almashish shartnoma asosida amalga oshiriladi, qonunchilikda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno. | Milliy axborot tizimidan foydalangan holda axborot almashish shartnoma asosida amalga oshiriladi, qonunchilikda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno. |
16-modda. Axborot tizimlaridan bitimlar tuzishda foydalanish | 16-modda. Axborot tizimlaridan bitimlar tuzishda foydalanish |
Yuridik va jismoniy shaxslar oʻrtasida bitimlar tuzishda axborot tizimlaridan foydalanish qonunchilik bilan tartibga solinadi. | Yuridik va jismoniy shaxslar oʻrtasida bitimlar tuzishda axborot tizimlaridan foydalanish qonunchilik bilan tartibga solinadi. |
17-modda. Axborot tizimlarining texnika vositalarini sertifikatlashtirish | 17-modda. Axborot tizimlarining texnika vositalarini sertifikatlashtirish |
Axborot tizimlarini tashkil qiluvchi texnika vositalari qonunchilikda belgilangan tartibda sertifikatlashtirilishi kerak. | Axborot tizimlarini tashkil qiluvchi texnika vositalari qonunchilikda belgilangan tartibda sertifikatlashtirilishi kerak. |
Davlat organlari axborot tizimlarining, tarmoq va hududiy axborot tizimlarining, yuridik hamda jismoniy shaxslar axborot tizimlarining davlat sirlari yoki maxfiy axborotni oʻz ichiga olgan axborotni ishlovdan oʻtkazish uchun moʻljallangan texnika vositalari, shuningdek mazkur tizimlarni muhofaza qilish vositalari majburiy sertifikatlashtirilishi lozim. | Davlat organlari axborot tizimlarining, tarmoq va hududiy axborot tizimlarining, yuridik hamda jismoniy shaxslar axborot tizimlarining davlat sirlari yoki maxfiy axborotni oʻz ichiga olgan axborotni ishlovdan oʻtkazish uchun moʻljallangan texnika vositalari, shuningdek mazkur tizimlarni muhofaza qilish vositalari majburiy sertifikatlashtirilishi lozim. |
18-modda. Axborot tizimlarining tarmoqlararo bogʻlanishi | 18-modda. Axborot tizimlarining tarmoqlararo bogʻlanishi |
Axborot tizimlarining tarmoqlararo bogʻlanishi turli axborot tizimlari oʻrtasida axborot almashish uchun amalga oshiriladi. | Axborot tizimlarining tarmoqlararo bogʻlanishi turli axborot tizimlari oʻrtasida axborot almashish uchun amalga oshiriladi. |
Belgilangan normalar va qoidalarga muvofiq oʻzaro tarmoqlararo bogʻlanish imkoniyatini axborot tizimlarining mulkdorlari, egalari taʼminlaydi. | Belgilangan normalar va qoidalarga muvofiq oʻzaro tarmoqlararo bogʻlanish imkoniyatini axborot tizimlarining mulkdorlari, egalari taʼminlaydi. |
Turli axborot tizimlarining tarmoqlararo bogʻlanishi axborot tizimlarining mulkdorlari, egalari oʻrtasidagi shartnoma asosida amalga oshiriladi. | Turli axborot tizimlarining tarmoqlararo bogʻlanishi axborot tizimlarining mulkdorlari, egalari oʻrtasidagi shartnoma asosida amalga oshiriladi. |
Tarmoqlararo bogʻlanishni amalga oshirish hamda turli axborot tizimlarining oʻzaro aloqada boʻlish tartibi va shartlari maxsus vakolatli organ tomonidan belgilanadi. | Tarmoqlararo bogʻlanishni amalga oshirish hamda turli axborot tizimlarining oʻzaro aloqada boʻlish tartibi va shartlari maxsus vakolatli organ tomonidan belgilanadi. |
19-modda. Axborot resurslari va axborot tizimlarini muhofaza qilish | 19-modda. Axborot resurslari va axborot tizimlarini muhofaza qilish |
Axborot resurslari va axborot tizimlarini muhofaza qilish quyidagi maqsadlarda amalga oshiriladi: | Axborot resurslari va axborot tizimlarini muhofaza qilish quyidagi maqsadlarda amalga oshiriladi: |
shaxs, jamiyat va davlatning axborot xavfsizligini taʼminlash; | shaxs, jamiyat va davlatning axborot xavfsizligini taʼminlash; |
axborot resurslarining tarqalib ketishi, oʻgʻirlanishi, yoʻqotilishi, buzib talqin etilishi, toʻsib qoʻyilishi, qalbakilashtirilishi va ulardan boshqacha tarzda ruxsatsiz erkin foydalanilishining oldini olish; | axborot resurslarining tarqalib ketishi, oʻgʻirlanishi, yoʻqotilishi, buzib talqin etilishi, toʻsib qoʻyilishi, qalbakilashtirilishi va ulardan boshqacha tarzda ruxsatsiz erkin foydalanilishining oldini olish; |
axborotni yoʻq qilish, toʻsib qoʻyish, undan nusxa olish, uni buzib talqin etishga doir ruxsatsiz harakatlarning hamda axborot resurslari va axborot tizimlariga boshqa shakldagi aralashishlarning oldini olish; | axborotni yoʻq qilish, toʻsib qoʻyish, undan nusxa olish, uni buzib talqin etishga doir ruxsatsiz harakatlarning hamda axborot resurslari va axborot tizimlariga boshqa shakldagi aralashishlarning oldini olish; |
axborot resurslaridagi mavjud davlat sirlari va maxfiy axborotni saqlash. | axborot resurslaridagi mavjud davlat sirlari va maxfiy axborotni saqlash. |
20-modda. Axborot resurslari va axborot tizimlari muhofaza qilinishini tashkil etish | 20-modda. Axborot resurslari va axborot tizimlari muhofaza qilinishini tashkil etish |
Axborot resurslari va axborot tizimlari, agar ular bilan gʻayriqonuniy munosabatda boʻlish natijasida axborot resurslarining yoki axborot tizimlarining mulkdorlariga, egalariga yoxud boshqa yuridik hamda jismoniy shaxslarga zarar yetkazilishi mumkin boʻlsa, muhofaza qilinishi kerak. | Axborot resurslari va axborot tizimlari, agar ular bilan gʻayriqonuniy munosabatda boʻlish natijasida axborot resurslarining yoki axborot tizimlarining mulkdorlariga, egalariga yoxud boshqa yuridik hamda jismoniy shaxslarga zarar yetkazilishi mumkin boʻlsa, muhofaza qilinishi kerak. |
Davlat organlari, yuridik va jismoniy shaxslar davlat sirlari hamda maxfiy sirlar toʻgʻrisidagi axborotni oʻz ichiga olgan axborot resurslari va axborot tizimlarining muhofaza qilinishini taʼminlashi shart. | Davlat organlari, yuridik va jismoniy shaxslar davlat sirlari hamda maxfiy sirlar toʻgʻrisidagi axborotni oʻz ichiga olgan axborot resurslari va axborot tizimlarining muhofaza qilinishini taʼminlashi shart. |
Axborot resurslari va axborot tizimlari muhofaza qilinishini tashkil etish tartibi ularning mulkdorlari, egalari tomonidan mustaqil belgilanadi. | Axborot resurslari va axborot tizimlari muhofaza qilinishini tashkil etish tartibi ularning mulkdorlari, egalari tomonidan mustaqil belgilanadi. |
Davlat sirlari hamda maxfiy sirlar toʻgʻrisidagi axborotni oʻz ichiga olgan axborot resurslari va axborot tizimlarining muhofaza qilinishini tashkil etish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. | Davlat sirlari hamda maxfiy sirlar toʻgʻrisidagi axborotni oʻz ichiga olgan axborot resurslari va axborot tizimlarining muhofaza qilinishini tashkil etish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. |
21-modda. Xalqaro axborot tarmoqlariga ulanish | 21-modda. Xalqaro axborot tarmoqlariga ulanish |
Davlat organlari, yuridik va jismoniy shaxslar oʻz axborot tizimlarini xalqaro axborot tarmoqlariga hamda Internet jahon axborot tarmogʻiga qonunchilikda belgilangan tartibda ulashi mumkin. | Davlat organlari, yuridik va jismoniy shaxslar oʻz axborot tizimlarini xalqaro axborot tarmoqlariga hamda Internet jahon axborot tarmogʻiga qonunchilikda belgilangan tartibda ulashi mumkin. |
Erkin foydalanilishi cheklab qoʻyilgan axborot resurslarini oʻz ichiga olgan axborot tizimlarining xalqaro axborot tarmoqlariga hamda Internet jahon axborot tarmogʻiga ulanishi faqat zarur muhofaza choralari koʻrilganidan keyin amalga oshiriladi. | Erkin foydalanilishi cheklab qoʻyilgan axborot resurslarini oʻz ichiga olgan axborot tizimlarining xalqaro axborot tarmoqlariga hamda Internet jahon axborot tarmogʻiga ulanishi faqat zarur muhofaza choralari koʻrilganidan keyin amalga oshiriladi. |
22-modda. Nizolarni hal etish | 22-modda. Nizolarni hal etish |
Axborotlashtirish sohasidagi nizolar qonunchilikda belgilangan tartibda hal etiladi. | Axborotlashtirish sohasidagi nizolar qonunchilikda belgilangan tartibda hal etiladi. |
23-modda. Axborotlashtirish toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik | 23-modda. Axborotlashtirish toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik |
Axborotlashtirish toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar boʻladilar. | Axborotlashtirish toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar boʻladilar. |
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV | Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV |
Toshkent sh., | Toshkent sh., |
2003-yil 11-dekabr, | 2003-yil 11-dekabr, |
560-II-son | 560-II-son |