Hujjat kuchini yo‘qotgan 30.12.2019 11.02.1999 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 628
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 30.12.2019
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan
1998-yil 9-noyabrda (19/7-son bayonnom) 431-son bilan
“TASDIQLANGAN”
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XAVFSIZ BOʻLMAGAN VA NOSOGʻLOM BANK FAOLIYATI TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nizom
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 1999-yil 11-fevralda 628-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur nizom Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2019-yil 13-dekabrdagi 30/12-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan qabul qilingan ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 3208, 30.12.2019-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. UMUMIY QOIDALAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Nizom “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi Qonunga muvofiq ishlab chiqilgan boʻlib, unda xavfsiz boʻlmagan va nosogʻlom bank faoliyati tushunchalari belgilab qoʻyilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi Qonunning 51-moddasida banklar oʻz faoliyatlarini amalga oshirishda tartibbuzarliklarga yoʻl qoʻymaslik maqsadida banklar uchun majburiy boʻlgan meʼyoriy hujjatlarni ishlab chiqish koʻzda tutilgan. Yuqorida koʻrsatilgan Qonunning 53-moddasi Markaziy bankka yoʻl qoʻyilgan tartib buzilishlar yoki bank oʻtkazayotgan operatsiyalar bank investorlari va omonatchilar manfaatlariga aniq xavf tugʻdirsa, muayyan choralar koʻrishga ruxsat etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. XAVFSIZ BOʻLMAGAN VA NOSOGʻLOM BANK FAOLIYATINI AMALGA OShIRIShNI TAQIQLASh
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Banklar xavfsiz boʻlmagan va nosogʻlom bank faoliyatini amalga oshirishlari mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Xavfsiz boʻlmagan va nosogʻlom bank faoliyati uzoq davom etuvchi jarayon davomida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan oqibatlari bank omonatchilari, boshqa kreditorlar va investorlar manfaatlariga real xavf soluvchi umumiy qabul qilingan oqilona bank faoliyati meʼyorlariga zid keladigan harakatlar yoki harakatsizlik hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Xavfsiz boʻlmagan va nosogʻlom bank faoliyatiga quyidagilar misol boʻla oladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bank tomonidan yetarli koʻnikmaga yoki xodimlar tajribasiga, siyosat yoki tadbirlarga ega boʻlmay faoliyatning amalga oshirilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarz oluvchining kreditlarni toʻlashga doir yetarli imkoniyatlarisiz, tahlil va tekshiruvlarsiz kreditlar berilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qoniqarsiz kredit tarixiga ega boʻlgan yoxud oʻsha yoki boshqa bankda kreditga oid majburiyatlarni muntazam ravishda bajarmay kelgan qarzdorlarga kreditlarning berilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hisobotda koʻrsatilganidek garov qiymatini tasdiqlovchi yetarli axborot va tahlil mavjud boʻlmagan baholash hisobotlari asosida kreditlar berilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
moliyaviy ahvoli beqaror boʻlgan qarzdorlar kreditlarining yangilanishi yoki muddatining uzaytirilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muddati oʻtgan foizlarni olmay turib, kreditlarning doimiy ravishda yangilanishi yoki muddatining uzaytirilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kreditlarni toʻlashga doir siyosatning yoʻqligi yoki uning oʻtkazilmasligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur bank moliyaviy ahvoli uchun sezilarli tavakkalchilikni yuzaga keltiruvchi yoki yetarli darajada tajribaga ega boʻlmay investitsiyalar yoki qimmatli qogʻozlarga doir boshqa operatsiyalarning amalga oshirilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bank daftarlari va yozuvlarini umumiy qabul qilingan hisob yuritish meʼyorlariga muvofiq yuritilmasligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaziy bankka haqqoniy boʻlmagan hisobotlarni taqdim etish, aktivlar tavakkalchiligini yetarli darajada diversifikatsiya qilmaslik;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bank mansabdor shaxslariga bank kapitali miqdori va mavqeyiga nisbatan haddan ziyod yuqori ish haqi va mukofotlarning berilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bank kapitali, foyda olish tendensiyalari yoki aktivlar sifati darajasiga nisbatan haddan ziyod yuqori dividendlarning toʻlanishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ichki nazorat uslublari va audit tadbirlarining mavjud emasligi, jumladan, bankning mansabdor shaxslari va xodimlari ustidan nazoratning yoʻqligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bankka xos holatlarga nisbatan kapital darajasining nomuvofiqligi (bank aktivlarining turi va sifati, faoliyat turlari va b.);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bankning aralash aktivlari va passivlariga nisbatan likvidlikning yetarli emasligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kreditlar boʻyicha ehtimoliy yoʻqotishlar uchun yetarli chegirmalarning mavjud emasligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bankka aloqador shaxslarga imtiyozlar beruvchi operatsiyalarning oʻtkazilishi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Markaziy bank omonatchilar mablagʻlari xavfsizligini taʼminlash uchun mazkur faoliyatni va operatsiyani tavsiflovchi dalil va axborotlarni, ularga xos holatlarni va mazkur faoliyat va operatsiyalarni amalga oshirish natijasida yuzaga keladigan yoʻqotishlarni baholash asosida xavfsiz boʻlmagan va nosogʻlom deb tan olinuvchi boshqa faoliyat turlari yoki operatsiyalarni oʻtkazish uslublarini belgilashi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Markaziy bank xavfsiz boʻlmagan va nosogʻlom faoliyat bilan shugʻullanayotgan xohlagan bankka nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida koʻzda tutilgan holda choralar va sanksiyalar qoʻllashi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi raisining oʻrinbosari A.X. ERDONAYEV