Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining
qarori
“Farmatsevtika faoliyati takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni haqida
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi tomonidan 2026-yil 20-yanvar kuni qabul qilingan “Farmatsevtika faoliyati takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini koʻrib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 99-moddasiga va “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonunining 23 va 25-moddalariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
1. “Farmatsevtika faoliyati takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni Senatning Fan, taʼlim va sogʻliqni saqlash masalalari qoʻmitasining mazkur Qonun boʻyicha xulosasida bayon etilgan asoslarga koʻra rad etilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga mazkur Qonun boʻyicha yuzaga kelgan kelishmovchiliklarni bartaraf etish uchun kelishuv komissiyasini tuzish taklif etilsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatidan kelishuv komissiyasi tarkibiga quyidagilar saylansin:
Ataniyazova Oral Aminovna | — | Fan, taʼlim va sogʻliqni saqlash masalalari qoʻmitasi raisi oʻrinbosari; |
Abdullayev Baxrom Ismoilovich | — | Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi raisi oʻrinbosari; |
Bekatova Zumrad Raximbayevna | — | Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qoʻmitasida doimiy asosda ishlovchi senator. |
4. Mazkur Qaror Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga yuborilsin.
5. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi T. NARBAYEVA
Toshkent sh.,
2026-yil 10-iyul,
SQ-317-V-son