Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining
qarori
“Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 178-moddasiga yaroqlilik muddati oʻtgan va yaroqlilik muddati koʻrsatilmagan holda realizatsiya qilish hamda sotishning oldini olishga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi QL-235-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi toʻgʻrisida
“Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 178-moddasiga yaroqlilik muddati oʻtgan va yaroqlilik muddati koʻrsatilmagan holda realizatsiya qilish hamda sotishning oldini olishga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi QL-235-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Tadbirkorlik, raqobatni rivojlantirish va sanoat masalalari qoʻmitasining xulosasini koʻrib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2026-yil 4-iyunda kiritilgan “Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 178-moddasiga yaroqlilik muddati oʻtgan va yaroqlilik muddati koʻrsatilmagan holda realizatsiya qilish hamda sotishning oldini olishga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi QL-235-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi birinchi oʻqishda koʻrib chiqish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi kun tartibi loyihasiga kiritilsin.
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosari R. XAKIMOV
Toshkent sh.,
2026-yil 15-iyun,
2208-V-son