29.06.2026 yildagi 2251-V-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Innovatsion rivojlanish va axborot texnologiyalari masalalari qoʻmitasining 2026-yil birinchi yarim yilligidagi faoliyati toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Innovatsion rivojlanish va axborot texnologiyalari masalalari qoʻmitasining (bundan buyon matnda Qoʻmita deb yuritiladi) 2026-yil birinchi yarim yilligidagi faoliyati toʻgʻrisidagi axborotini koʻrib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi taʼkidlaydiki, Qoʻmita tomonidan innovatsiyalar va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yoʻnalishidagi islohotlarni yanada jadallashtirish, davlat organlarining ish jarayonlarini raqamlashtirish, ular faoliyatining ochiqligi va oshkoraligini taʼminlash kabi muhim yoʻnalishlarning huquqiy poydevorini mustahkamlashga alohida eʼtibor qaratilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xususan, 2026-yil birinchi yarim yilligida Qoʻmita 10 ta qonun loyihasiga masʼul boʻlgan. Ulardan 1 tasi birinchi oʻqishda koʻrib chiqish jarayonida, 2 tasi ikkinchi oʻqishga tayyorlanmoqda, 7 tasi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi (bundan buyon matnda Qonunchilik palatasi deb yuritiladi) tomonidan qabul qilinib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga yuborilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu qonunlar elektron tijorat va xizmat koʻrsatish sohasida shaffoflikni taʼminlashga, isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilishga, korrupsiyaga qarshi kurashishga, davlat xizmatlari va xalqaro toʻlov tizimlarini rivojlantirishga, shaxsga doir maʼlumotlar xavfsizligi hamda kredit munosabatlarida masʼuliyatni oshirishga qaratilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuningdek ularda kreativ industriya, madaniyat, sugʻurta va kiberxavfsizlik sohalarini takomillashtirishga, axborot texnologiyalari orqali sodir etiladigan jinoyatlarning oldini olishga, raqamli iqtisodiyotga investitsiya jalb etishga hamda mamlakatimizni raqamli texnologiyalar sohasida mintaqaviy yetakchi sifatida mustahkamlashga doir qoidalar belgilangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hisobot davrida Qoʻmita tomonidan 3 ta nazorat-tahlil tadbiri oʻtkazilgan. Ulardan 2 tasi davlat organlari rahbarlarining oʻz faoliyati masalalari yuzasidan axborotini eshitishga, 1 tasi qonunlarning ijro etilish holatini oʻrganishga taalluqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Innovatsion rivojlantirish agentligi rahbarlarining va ular oʻrinbosarlarining hamda qator boshqa tashkilotlar mutasaddilarining axboroti eshitilib, Qoʻmita majlislarida muhokama qilingan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻmita aʼzolari saylovchilarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini taʼminlash bilan bogʻliq masalalar yuzasidan mansabdor shaxslarga jami 7 ta deputat soʻrovi yuborgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonun ijodkorligi jarayonini va parlament nazoratini huquqiy, tashkiliy va amaliy jihatdan takomillashtirish maqsadida Qoʻmita Venchur fondlar tomonidan moliyalashtirilayotgan yosh startapchilar bilan ochiq muloqot oʻtkazgan hamda mazkur tadbir yakunlari boʻyicha “Startaplar toʻgʻrisida”gi qonun loyihasini ishlab chiqib, tegishli tashkilotlarga oʻrganib chiqish uchun yuborgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini oʻz vaqtida oʻrganishga hamda ularni hal etishga Qoʻmita tomonidan alohida eʼtibor qaratilgan. 2026-yil yarim yilligi davomida jismoniy va yuridik shaxslardan Qoʻmita nomiga kelib tushgan jami 210 ta murojaat belgilangan tartibda koʻrib chiqilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻz faoliyatida ochiqlik va shaffoflikni taʼminlash, sohaga oid qabul qilinayotgan qonun hujjatlarining mazmun-mohiyatini jamoatchilikka yetkazish maqsadida Qoʻmita ommaviy axborot vositalari bilan samarali hamkorlikni yoʻlga qoʻygan. Qoʻmitaning hisobot davridagi faoliyati ommaviy axborot vositalarida jami 1 273 marotaba yoritilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga Qoʻmitaning oʻtgan davrdagi faoliyati tahlili kelgusidagi ishlarni tashkil etishda bir qator jihatlarga alohida eʼtibor qaratish lozimligini koʻrsatmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jumladan, qonunlarning joylarda ijro etilish holatini oʻrganish yakunlari boʻyicha qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish borasida Qoʻmitaning tashabbuskorligini yanada kuchaytirish zarurati mavjud.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuningdek qonun loyihalarini ishlab chiqish va nazorat-tahlil tadbirlarini oʻtkazish chogʻida Qoʻmita huzuridagi Jamoatchilik kengashi aʼzolari imkoniyatlaridan samarali foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqoridagilardan kelib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Innovatsion rivojlanish va axborot texnologiyalari masalalari qoʻmitasining 2026-yil birinchi yarim yilligidagi faoliyati toʻgʻrisidagi axboroti maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Innovatsion rivojlanish va axborot texnologiyalari masalalari qoʻmitasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekiston — 2030” strategiyasini “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish” yilida amalga oshirishga oid davlat dasturining hamda innovatsiyalar va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yoʻnalishidagi islohotlarni yanada jadallashtirishga doir boshqa vazifalarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi ustidan taʼsirchan parlament nazoratini olib borishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻzi masʼul boʻlgan qonun loyihalarini Qoʻmita huzuridagi Jamoatchilik kengashi yigʻilishlarida muntazam ravishda muhokama qilib borishga, qonun ijodkorligi faoliyatida keng jamoatchilikning takliflari va fikr-mulohazalarini inobatga olishga hamda nazorat-tahlil tadbirlariga soha mutaxassislarini va ekspertlarni kengroq jalb etishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
parlament nazorati tadbirlari yakunlari boʻyicha qabul qilingan qarorlarning ijrosini tizimli ravishda monitoring qilishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini belgilangan muddatlarda koʻrib chiqishga va fuqarolardan qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan kelib tushgan takliflarni ular ishtirokida Qoʻmita majlislarida muhokama qilib borishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz faoliyatiga doir qonun hujjatlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlarning ommaviy axborot vositalari orqali keng yoritilishini taʼminlab borishga hamda ularning mazmun-mohiyatini aholiga yetkazish ishlarini yanada jadallashtirishga alohida eʼtibor qaratsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Qoʻmita 2026-yil birinchi yarim yilligidagi faoliyatini ommaviy axborot vositalarida keng yoritish choralarini koʻrsin. Bunda Qoʻmita tomonidan quyidagilarga eʼtibor qaratilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻmita masʼulligida qabul qilingan qonunlarning mazmun-mohiyatini batafsil tushuntirib berishga (podkastlar toʻplami);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yoshlar parlamenti aʼzolari bilan qonunlarni muhokama qilishga, berilgan taklif va eʼtirozlar yuzasidan fikr almashishga (“Qonunlar Yoshlar parlamenti nigohida” nomli ochiq muloqot tadbirini tashkil etish);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunlar loyihalarini hamkorlar bilan muhokama qilishga, yaʼni qonun ijodkorligi jarayonlarini maqbullashtirish maqsadida qonun loyihalarini ishlab chiqishda masʼul boʻlgan vazirliklar va idoralarning vakillari ishtirokida suhbatlar tashkil etishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻmita tomonidan amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisidagi hisobotning hamda mazkur hisobot yuzasidan Qoʻmita aʼzolarining fikrlari bayon etilgan materiallarning “Xalq soʻzi” va “Narodnoye slovo” gazetalarida nashr etilishini tashkil etishga.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Qonunchilik palatasining Devoni Qoʻmitaga Qonunlarning mazmun-mohiyatini batafsil tushuntirib berish boyicha podkastlar toʻplamini yaratishda hamda belgilangan vazifalarning ijrosini taʼminlashda tashkiliy jihatdan koʻmaklashsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Ushbu Qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosari R. Xakimov zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026-yil 29-iyun,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2251-V-son