Oʻzbekiston Respublikasi
Markaziy banki
Boshqaruvi tomonidan
1998-yil 28-martda 390-son bilan
TASDIQLANGAN
(4-sonli bayonnoma)
Markaziy banki
Boshqaruvi tomonidan
1998-yil 28-martda 390-son bilan
TASDIQLANGAN
(4-sonli bayonnoma)
ChET ELDA HISOBVARAQLAR OChISh UChUN
RUXSATNOMALAR BERISh
RUXSATNOMALAR BERISh
TARTIBI
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 1999-yil 22-yanvarda 610-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Mazkur Tartib Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2014-yil 9-avgustdagi 25/3-sonli “Chet elda hisobvaraqlar ochish uchun ruxsatnomalar berish tartibini, shuningdek unga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 610-5, 15.08.2014-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
I. UMUMIY QOIDALAR
1.1. Ushbu Tartib Oʻzbekiston Respublikasining “Valyutani tartibga solish toʻgʻrisida”gi Qonunining 7-moddasiga muvofiq ishlab chiqilgan boʻlib, unda rezidentlar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqarida chet el valyutasida hisobvaraqlar ochilishining shartlari belgilab qoʻyilgan.
1.2. Yuridik va jismoniy shaxslar — rezidentlar chet elda Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki ruxsatnomasiga asosan hisobvaraqlar ochadilar.
II. Yuridik shaxslar tomonidan chet elda hisobvaraqlar ochish
2.1. Rezident — yuridik shaxslarga, taʼsis hujjatlari, bitimlar, kontrakt yoki shartnomalarga muvofiq ularning faoliyat koʻrsatish davri mobaynida chet elda hisobvaraqlar ochishga ruxsat beriladi.
2.2. Rezident — yuridik shaxslar chet elda hisobvaraqlar ochishga ruxsatnomalarni olish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankiga quyidagilarni taqdim etishlari lozim:
2.2.1. Quyidagilar koʻrsatilgan iltimosnomalar:
a) hisobvaraqlarni ochishdan koʻzda tutilgan maqsad;
b) hisobvaraqlarning turlari va ular boʻyicha amalga oshirilishi moʻljallanayotgan operatsiyalar;
v) hisobvaraqlarni ochish koʻzda tutilgan chet el bank muassasalari;
g) respublikamiz vakolatli banklaridagi oʻz valyuta hisobvaraqlarining holati toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
d) ochilishi moʻljallanayotgan hisobvaraqqa mablagʻlarning kelib tushish manbalari;
e) hisobvaraqlarning amal qilish muddati.
2.2.2. Taʼsis hujjatlarining nusxalari;
Oldingi tahrirga qarang.
(2.2.3-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2003-yil 1-martdagi 390-1-son qarori (roʻyxat raqami 610-1, 18.03.2003-y.) bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — Meʼyoriy hujjatlar axborotnomasi, 2003-y., 5-6-son)
2.2.4. Vakolatli banklarning chet elda hisobvaraqlarni ochishning maqsadga muvofiqligi va ularga xizmat koʻrsatishga roziligi toʻgʻrisidagi (Oʻzbekiston Respublikasi bilan bogʻliq operatsiyalar boʻyicha) maʼlumotnoma;
Oldingi tahrirga qarang.
2.2.5. Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligining Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlari hisoblanadigan filiallar va vakolatxonalarni barpo etishga roziligi koʻchirma nusxasi (xorijda hisobvaraqlar ochilishi ularni barpo etilishi bilan shartlangan hollarda).
(2.2.5-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2003-yil 1-martdagi 390-1-son qarori (roʻyxat raqami 610-1, 18.03.2003-y.) tahririda — Meʼyoriy hujjatlar axborotnomasi, 2003-y., 5-6-son)
Keyingi tahrirga qarang.
III. Jismoniy shaxslar tomonidan chet elda hisobvaraqlar ochish
3.1. Rezident — jismoniy shaxslar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida chet el valyutasidagi hisobvaraqlar va omonatlarning ochilishi, ularning chet elda vaqtinchalik boʻlgan davrida hisobvaraqlar ochishini istisno qilgan holda, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki ruxsatnomasi asosida amalga oshiriladi. Rezident — jismoniy shaxslarning chet elda boʻlishi muddati tugagandan soʻng, ular xorijiy banklardagi hisobvaraqlari va omonatlarini yopishlari va ulardagi mablagʻlarning qoldiqlarini Oʻzbekiston Respublikasining vakolatli banklariga oʻtkazishlari yoki chet elda olingan valyuta qimmatliklarini bojxona qoidalariga rioya qilgan holda respublika hududiga olib kirishlari shart.
3.2. Rezident — jismoniy shaxslar chet elda hisobvaraqlar ochishga ruxsatnomalar olish uchun quyidagilarni koʻrsatgan holda tegishli iltimosnomalarni taqdim etadilar:
a) hisobvaraqlarni ochishdan koʻzda tutilgan maqsad va ularda amalga oshirilishi moʻljallanayotgan operatsiyalar;
b) hisobvaraqlarni ochish moʻljallangan xorijiy davlatlar va bank muassasalarining nomi hamda xorijiy valyutalarning turlari;
v) chet eldagi hisobvaraqlarda saqlanishi koʻzda tutilayotgan valyuta mablagʻlarining manbalari;
g) hisobvaraqlarning amal qilish muddati;
d) arizachining pasport maʼlumotlari.
e) ariza beruvchining pasport maʼlumotlari.
Keyingi tahrirga qarang.
IV. Chet eldagi hisobvaraqlar boʻyicha operatsiyalarni amalga oshirish yuzasidan nazorat va javobgarlik
Oldingi tahrirga qarang.
4.1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki chet elda hisobvaraqlarni ochishga ruxsat berish toʻgʻrisidagi qarorni qabul qilish uchun arizachidan qoʻshimcha hujjatlar va maʼlumotlarni talab qilish, shuningdek, majburiy tartibda respublika Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi va Davlat soliq qoʻmitasidan tegishli xulosalarni soʻrash huquqiga ega.
Rezidentlar tomonidan chet elda hisobvaraqlar ochishga ruxsat berish toʻgʻrisidagi masala ijobiy hal etilganda Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki amal qilish muddati koʻrsatilgan yozma ruxsatnoma beradi.
(4.1-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2003-yil 1-martdagi 390-1-son qarori (roʻyxat raqami 610-1, 18.03.2003-y.) tahririda — Meʼyoriy hujjatlar axborotnomasi, 2003-y., 5-6-son)
4.2. Arizachilarning Oʻzbekiston Respublikasi vakolatli banklaridagi hisobvaraqlarida saqlanayotgan valyuta mablagʻlarining chet eldagi hisobvaraqlarga oʻtkazilishi amaldagi qonunchilik bilan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
4.3. Chet elda hisobvaraqlar ochish uchun ruxsat olgan rezidentlar — yuridik va jismoniy shaxslar vakolatli banklarga ushbu hisobvaraqlardagi mablagʻlar harakati toʻgʻrisida har oyda axborot beradilar.
Vakolatli banklar, har oyda yuridik va jismoniy shaxslarning chet elda ochilgan hisobvaraqlaridagi mablagʻlarning harakati toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni hisobot oyidan keyingi oyning 5-sanasidan kechiktirmay, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankiga (ushbu Tartibga ilova qilingan shakl boʻyicha) taqdim etadilar.
Vakolatli banklar soliq idoralarining soʻrovlari oʻz mijozlari boʻlgan korxonalarning soliq toʻlovlarini toʻlaligicha va toʻgʻri toʻlanishi ustidan nazorat qilish maqsadida ular tomonidan amalga oshirilayotgan operatsiyalar boʻyicha maʼlumotnomalarni taqdim etadilar.
4.4. Oʻzbekiston Respublikasining “Valyutani tartibga solish toʻgʻrisida”gi Qonuni va boshqa qonunchilik hujjatlariga muvofiq vakolatli banklar oʻz mijozlarining chet elda ochilgan hisobvaraqlari boʻyicha operatsiyalarning amalga oshirilishi va ushbu hisobvaraqlardagi mablagʻlarning harakati toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oʻz vaqtida taqdim etilishini nazorat qiladilar.
Ushbu maʼlumotlar mijozlardan talab qilib olinadigan hisobvaraqlar koʻchirmalari va rezident — yuridik shaxslarning chet eldagi hisobvaraqlariga xizmat koʻrsatuvchi xorijiy banklarning boshqa tasdiqlovchi hujjatlari asosida vakolatli banklar tomonidan tekshirib koʻriladi. Bunda berilgan ruxsatnoma shartlariga muvofiq chet el valyutasidagi mablagʻlardan foydalanish tartibi va ularni hisobvaraqqa hisoblab yozilishi va oʻchirilishining asosliligi, shuningdek, amaldagi qonunchilikka muvofiq chet el valyutasida olingan tushumning bir qismi majburiy tartibda sotilganligiga alohida eʼtibor beriladi.
4.5. Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan chet el banklarida ochilgan hisobvaraqlarga Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki ruxsatisiz mablagʻlarning hisoblab yozilishi ularni yashirish deb hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
4.6. Yuridik va jismoniy shaxslar chet el valyutasidagi tushumni yashirgan hollarda Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki, Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi, moliya va soliq organlari tomonidan oʻz vakolatlari doirasida quyidagi jazo choralari qoʻllaniladi:
— barcha operatsiyalarni chet el valyutasida amalga oshirishga ruxsat beruvchi litsenziyalarni qaytarib olish;
— Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga binoan belgilangan miqdorda moliyaviy jazo choralarini qoʻllash va maʼmuriy jarima solish;
— tartibbuzarliklarga yoʻl qoʻygan yoki valyuta nazorati va tartibga solish meʼyorlariga rioya qilinishi uchun tegishli chora-tadbirlarni qoʻllamagan mansabdor shaxslarni amaldagi qonunchilikka muvofiq javobgarlikka tortish.
(4.6-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2003-yil 1-martdagi 390-1-son qarori (roʻyxat raqami 610-1, 18.03.2003-y.) tahririda — Meʼyoriy hujjatlar axborotnomasi, 2003-y., 5-6-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
4.7. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki arizachilar tomonidan amaldagi qonunchilikni buzish hollariga yoʻl qoʻyilganligi aniqlanganda va chet eldagi hisobvaraqlar boʻyicha mablagʻlarning harakati toʻgʻrisidagi maʼlumotlar oʻz vaqtida taqdim etilmaganda Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi, Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi bilan kelishgan holda berilgan ruxsatnomani bekor qilish huquqiga ega.
(4.7-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining “Chet elda hisobvaraqlar ochish uchun ruxsatnomalar berish tartibi”ga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi qarori (roʻyxat raqami 610-1, 18.03.2003-y.) bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — Meʼyoriy hujjatlar axborotnomasi, 2003-y., 5-6-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Markaziy bank raisi oʻrinbosari S. RAHIMOV
“KELIShILGAN”
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi
1999-yil 6-yanvar ShA-01/10-43-son
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi
1999-yil 6-yanvar ShA-01/10-43-son
“KELIShILGAN”
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi
1999-yil 12-yanvar 99-03-son
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi
1999-yil 12-yanvar 99-03-son
“KELIShILGAN”
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
1999-yil 11-yanvar EG/13-01-43-son
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
1999-yil 11-yanvar EG/13-01-43-son
ILOVA
199__ yil ______ holatiga koʻra
yuridik va jismoniy shaxslarning chet eldagi hisobvaraqlari
mablagʻlari harakati toʻgʻrisidagi
yuridik va jismoniy shaxslarning chet eldagi hisobvaraqlari
mablagʻlari harakati toʻgʻrisidagi
maʼlumotlar
|
Korxonalarning nomi, jismoniy shaxslarning familiyasi, ismi va otasining ismi |
Davlatlar, shaharlar va tijorat banklarining nomi |
Hisobot davri boshidagi mavjud qoldiq |
Xorijiy banklardagi hisobvaraqlarga kelib |
Xorijiy banklardagi |
Hisobot davri oxirida | |||
|
Jami |
shu jumladan, Oʻzbekistondan |
Jami |
shu jumladan, | |||||
|
Jami |
majburiy sotuv hisobiga | |||||||
|
a) yuridik shaxslar hisobvaraqlari boʻyi | ||||||||
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
b) jismoniy shaxslar hisobvaraqlari boʻyi | ||||||||
| | | | | | | | | |
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 1999-y., 1-son; 2003-y., 5-6-son; Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 21-son, 254-modda; 2008-y., 35-36-son, 355-modda)