Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
qarori
“Davlat fuqarolik xizmati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga davlat fuqarolik xizmatchisining xorijiy oliy taʼlim muassasalarida tahsil olishi uchun qoʻshimcha kafolatlarni belgilashga qaratilgan qoʻshimcha kiritish haqida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. “Davlat fuqarolik xizmati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga davlat fuqarolik xizmatchisining xorijiy oliy taʼlim muassasalarida tahsil olishi uchun qoʻshimcha kafolatlarni belgilashga qaratilgan qoʻshimcha kiritish haqida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinsin.
2. Mazkur Qonun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga yuborilsin.
3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2026-yil 9-iyun,
2189-V-son