Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
qarori
“Oziq-ovqat mahsulotining xavfsizligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini qayta koʻrib chiqish haqida
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi tomonidan 2025-yil 5-avgustda qabul qilingan, 2026-yil 5-fevralda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati tomonidan maʼqullangan va 2026-yil 15-mayda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan qaytarilgan “Oziq-ovqat mahsulotining xavfsizligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini qayta koʻrib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. “Oziq-ovqat mahsulotining xavfsizligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining takliflari va mulohazalari inobatga olingan holda qabul qilinsin.
2. Mazkur Qonun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga yuborilsin.
3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2026-yil 9-iyun,
2184-V-son