Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
MONOPOLIYAGA QARShI SIYOSATNI TAKOMILLAShTIRISh MARKAZINI TAShKIL ETISh TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-dekabrdagi 1012-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi huzuridagi Xususiylashtirish, raqobat va korporativ boshqaruvni rivojlantirish muammolarini tadqiq etish markazini tashkil qilish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Monopoliyaga qarshi kurashga oid qonun hujjatlari, isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari sohasidagi tadqiqotlarning va normativ-huquqiy bazaning amaliy yoʻnaltirilganligini kuchaytirish va rivojlantirish, mutaxassislarning monopoliyaga qarshi tartibga solish xalqaro amaliyoti sohasidagi bilim darajasini oshirish, monopoliyaga qarshi siyosat sohasida kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlashning zamonaviy tizimini yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Keyingi tahrirga qarang.
1. OʻzbyuroKES, Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining TASIS dasturining “Oʻzbekiston Respublikasida davlat boshqaruvini takomillashtirish va davlat xizmatini isloh qilishga koʻmaklashish” EDUZ—9802-son loyihasi ofisi negizida Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi huzurida Monopoliyaga qarshi siyosatni takomillashtirish markazini tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
2. Quyidagilar Markazning asosiy vazifalari etib belgilansin:
respublika iqtisodiyoti tarmoqlarini monopoliyadan chiqarish jarayonlarini, shuningdek rivojlangan mamlakatlarda monopoliyaga qarshi tartibga solish amaliyotini tahlil qilish;
monopoliyaga qarshi tartibga solish sohasida qonun hujjatlarini takomillashtirish hamda tovar va moliya bozorlarida raqobatni rivojlantirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
Keyingi tahrirga qarang.
iqtisodiyotning monopol tarmoqlarini boshqarish tizimi tarkibini oʻzgartirish jarayonlarini oʻrganish va rivojlangan mamlakatlar tajribasini hisobga olgan holda ularni takomillashtirish boʻyicha takliflar tayyorlash;
Oldingi tahrirga qarang.
iqtisodiyotda sogʻlom raqobat muhitini shakllantirish, bozorda kichik biznes subyektlarining faoliyat koʻrsatishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
(2-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 17-yanvardagi 28-sonli qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 3-son, 31-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
iqtisodiyot tarmoqlarini isloh qilish dasturlarining amalga oshirilishi yuzasidan monitoring tadqiqotlarini olib borish;
tovar bozorlarida raqobatni rivojlantirish sohasida loyihalarni amalga oshirish uchun xalqaro moliya tashkilotlari va boshqa donor tashkilotlar grantlarini jalb qilish;
Keyingi tahrirga qarang.
respublika aholisini va xalqaro jamoatchilikni respublika iqtisodiyotida amalga oshirilayotgan islohotlar, iqtisodiyot tarmoqlarida monopoliyadan chiqarish jarayonlari toʻgʻrisida ommaviy axborot vositalari va Internet tarmogʻi orqali keng xabardor qilish;
respublika monopoliyaga qarshi kurash organlari kadrlari malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash boʻyicha metodik qoʻllanmalar ishlab chiqish va kurslar tashkil etish.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Belgilab qoʻyilsinki, Markaz notijorat tashkiloti shaklida tashkil etiladi, unga belgilangan tartibda TASIS dasturining “Oʻzbekiston Respublikasida davlat boshqaruvini takomillashtirish va davlat xizmatini isloh qilishga koʻmaklashish” EDUZ—9802-son loyihasining barcha texnik va ofis asbob-uskunalari beriladi.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi bir oy muddatda Markaz faoliyatini tashkil etish yuzasidan zarur chora-tadbirlar koʻrsin.
Oldingi tahrirga qarang.
6. Xalqaro va boshqa donor tashkilotlarning grantlari mablagʻlari, Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi huzuridagi Tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash va korxonalarni tarkibiy jihatdan oʻzgartirish jamgʻarmasi mablagʻlari va amaldagi qonun hujjatlariga zid boʻlmagan boshqa manbalar Markazni moliyalashtirish manbalari hisoblanishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 12-avgustdagi 196-sonli qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 32-33-son, 251-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
7. Markaz Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi, Moliya vazirligi, Markaziy banki, Davlat soliq qoʻmitasi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi, Davlat mulki qoʻmitasi, boshqa vazirliklar va idoralarning statistika axboroti byulletenlari majburiy tartibda yuboriladigan roʻyxatga kiritilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
8. Toshkent shahar hokimligi Markazni Toshkent shahri, Mustaqillik maydoni, 5-uydagi maʼmuriy binoning 10-qavatiga (TASIS dasturining EDUZ—9802-son loyihasi ofisi egallab turgan xonalar) joylashtirsin.
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2003-yil 29-iyul,
331-son
Monopoliyaga qarshi siyosatni takomillashtirish markazining tashkiliy
tuzilmasi
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi huzuridagi Monopoliyaga qarshi siyosatni takomillashtirish markazi toʻgʻrisida
(nizom nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 12-avgustdagi 196-sonli qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 32-33-son, 251-modda)
NIZOM
Keyingi tahrirga qarang.
I. Umumiy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
1. Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi huzuridagi Monopoliyaga qarshi siyosatni takomillashtirish markazi (keyingi oʻrinlarda matnda Markaz deb yuritiladi) monopoliyaga qarshi kurashga oid qonun hujjatlari, tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash, bankrotlik toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari va isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari sohasidagi tadqiqotlarning va normativ-huquqiy bazaning amaliy yoʻnaltirilganligini kuchaytirish va rivojlantirish, mutaxassislarning monopoliyaga qarshi tartibga solish, korxonalarni tarkibiy jihatdan oʻzgartirish va moliyaviy sogʻlomlashtirish xalqaro amaliyoti sohasidagi bilim darajasini oshirish, monopoliyaga qarshi siyosat va sud boshqaruvchilari sohasida kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlashning zamonaviy tizimini yaratish maqsadida tashkil etilgan.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 12-avgustdagi 196-sonli qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 32-33-son, 251-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
2. Markaz mustaqil notijorat yuridik shaxs hisoblanadi, alohida mulkka, mustaqil balansga, banklarda hisob raqamlariga, valyuta va boshqa hisob raqamlariga, dumaloq muhrga, firma blankasi, shtamp, logotip, uning faoliyati uchun zarur boʻlgan boshqa rekvizitlar va belgilarga ega boʻladi.
Oldingi tahrirga qarang.
3. Markaz oʻzining faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi qarorlari va buyruqlari hamda mazkur Nizomga amal qiladi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 12-avgustdagi 196-sonli qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 32-33-son, 251-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
4. Markaz quyidagi toʻliq va qisqa nomlarga ega:
Oldingi tahrirga qarang.
toʻliq nomi — Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi huzuridagi Monopoliyaga qarshi siyosatni takomillashtirish markazi;
(4-bandning ikkinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 12-avgustdagi 196-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2005-y., 32-33-son, 251-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
qisqa nomi — Monopoliyaga qarshi siyosatni takomillashtirish markazi.
Oldingi tahrirga qarang.
Markazning yuridik manzili: Oʻzbekiston Respublikasi, 700011, Toshkent shahri, Navoiy koʻchasi, 18.
(4-bandning toʻrtinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 12-avgustdagi 196-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2005-y., 32-33-son, 251-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
II. Markazning asosiy vazifalari va funksiyalari
5. Quyidagilar Markaz asosiy vazifalari va faoliyati yoʻnalishlari hisoblanadi:
Oldingi tahrirga qarang.
xususiy sektorni rivojlantirish va respublika iqtisodiyoti tarmoqlarini monopoliyadan chiqarish jarayonlarini, shuningdek xorijiy mamlakatlardagi raqobat siyosati sohasidagi amaliyotni tahlil qilish;
(5-bandning ikkinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 12-avgustdagi 196-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2005-y., 32-33-son, 251-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
monopoliyaga qarshi tartibga solish bankrotlik, tadbirkorlik va tovar va moliya bozorlarida raqobat muhitini rivojlantirish sohasida qonun hujjatlarini, shuningdek isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish va reklama toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
(5-bandning uchinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 12-avgustdagi 196-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2005-y., 32-33-son, 251-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
iqtisodiyot tarmoqlarini boshqarish tizimini tarkibiy oʻzgartirish jarayonlarini oʻrganish hamda xorijiy mamlakatlar tajribasini oʻrgangan holda ularni takomillashtirish boʻyicha taklif tayyorlash;
iqtisodiyotda sogʻlom raqobat muhitini shakllantirish, bozorda kichik va oʻrta biznes subyektlarining faoliyat koʻrsatishi uchun qulay sharoitlar yaratish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
Keyingi tahrirga qarang.
tabiiy monopoliyalar va bazaviy tarmoqlar sohasida bozor qayta oʻzgartirish jarayonlarini tadqiq etish;
Oldingi tahrirga qarang.
monopoliyadan chiqarish, xususiy sektorni, raqobatni rivojlantirish tarmoq va hududiy dasturlari loyihalari boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
(5-bandning yettinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 12-avgustdagi 196-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2005-y., 32-33-son, 251-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
respublika aholisini va xalqaro jamoatchilikni respublika iqtisodiyoti tarmoqlarida monopoliyadan chiqarish va xususiy sektorni rivojlantirish jarayonlari toʻgʻrisida ommaviy axborot vositalari va Internet tarmogʻi orqali keng xabardor qilish;
(5-bandning sakkizinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 12-avgustdagi 196-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2005-y., 32-33-son, 251-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
respublika monopoliyaga qarshi organlari va sud boshqaruvchilari kadrlari malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash boʻyicha metodik qoʻllanmalar ishlab chiqish va kurslar tashkil etish;
(5-bandning toʻqqizinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 12-avgustdagi 196-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2005-y., 32-33-son, 251-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
raqobat munosabatlarini taʼminlash va himoya qilishning huquqiy va institutsional asoslarini takomillashtirish sohasida loyihalarni amalga oshirish uchun xalqaro moliya tashkilotlari va boshqa tashkilotlarning grantlarini jalb etish.
Keyingi tahrirga qarang.
6. Markaz asosiy vazifalar va faoliyat yoʻnalishlariga muvofiq:
Oldingi tahrirga qarang.
monopoliyaga qarshi siyosatni, bankrotlik, xususiy sektor, isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish va reklama toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini oʻrganish va takomillashtirish sohasida ilmiy-tadqiqot ishlarini bajaradi;
(6-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 12-avgustdagi 196-sonli qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 32-33-son, 251-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlaydi va ekspertizadan oʻtkazadi;
xalqaro tashkilotlarni jalb etgan holda, seminarlar, konferensiyalar, simpoziumlar va boshqa tadbirlarni tashkil etadi va oʻtkazadi;
yuridik va jismoniy shaxslar oʻrtasida anketa va boshqa ijtimoiy soʻrovlar tashkil etadi va oʻtkazadi;
Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, ilmiy-tadqiqot institutlari, vazirliklar, idoralar, respublika tashkilotlari va muassasalari bilan birgalikda prognoz hujjatlarni hamda maqsadli dasturlarni ishlab chiqishda qatnashadi;
respublika va xorijiy mamlakatlar ilmiy-tadqiqot tashkilotlari bilan ilmiy hamkorlik qiladi, respublika va xalqaro loyihalarda ishtirok etadi;
malaka oshirish kurslarini, shu jumladan davlat monopoliyaga qarshi organi xodimlari uchun malaka oshirish kurslarini oʻtkazadi;
Keyingi tahrirga qarang.
davlat organlari va boshqa chet tashkilotlar buyurtmalari boʻyicha tahliliy obzorlar va tadqiqotlar oʻtkazadi;
Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish qoʻmitasi uchun uning faoliyatini takomillashtirish boʻyicha tavsiyanomalar tayyorlaydi.
III. Markazning huquqlari
7. Markaz oʻziga yuklangan vazifalarni bajarish maqsadida quyidagi huquqlarga ega:
oʻz faoliyatini amalga oshirish uchun xalqaro tashkilotlarning, jamoat va ilmiy jamgʻarmalarning mablagʻlarini, ixtiyoriy badallar va grantlarni jalb etish;
mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, respublika korxonalari va tashkilotlaridan statistik, ilmiy yoki boshqa axborotlar va hujjatlarni belgilangan tartibda olish;
tadqiqotlar va sotsiologik soʻrovlar oʻtkazish hamda ijtimoiy-iqtisodiy tadqiqotlarga kontrakt asosida davlat boshqaruv organlari mutaxassislarini, ilmiy-tadqiqot institutlari va markazlar xodimlarini, shuningdek xorijiy olimlar va mutaxassislarni jalb etish, vaqtinchalik ishchi guruhlar va jamoalarni shakllantirish;
noshirlik faoliyatini amalga oshirish, Markaz ishlari sohasi boʻyicha maʼlumotnomalar, obzorlar va boshqa axborot materiallarini chop etish va ularni tarqatish;
jismoniy va yuridik shaxslarga konsalting xizmatlari koʻrsatish, marketing va sotsiologik tadqiqotlar oʻtkazish;
Markazning mintaqaviy vakolatxonalari va filiallarini tashkil etish;
Markazning vakolatiga kiritilgan, Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga va ushbu Nizomga zid boʻlmagan boshqa xatti-harakatlarni amalga oshirish.
IV. Markaz faoliyatini tashkil etish
8. Markaz faoliyatiga umumiy rahbarlikni amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq Markaz direktori amalga oshiradi, u lavozimga Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish qoʻmitasining raisi tomonidan tayinlanadi.
9. Markaz direktori:
Markaz faoliyatiga shtatdagi va shtatda boʻlmagan mutaxassislar kuchi bilan ishlab chiqiladigan hamda Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish qoʻmitasi bilan kelishilgan joriy va istiqbolli dasturlar asosida rahbarlikni amalga oshiradi;
Markaz sohasiga muvofiq boʻlgan tashabbuskorlik va izlanish tadqiqotlari mavzusini tasdiqlaydi;
yuridik va jismoniy shaxslar bilan, shu jumladan xorijiy yuridik va jismoniy shaxslar bilan shartnomalar tuzadi;
Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish qoʻmitasi bilan kelishgan holda xodimlar belgilangan soni doirasida Markazning tasdiqlangan tuzilmasiga oʻzgartirishlar kiritadi;
amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq Markaz faoliyatini taʼminlash boʻyicha boshqa masalalarni hal qiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Markaz direktori maqomiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi bosh boshqarmasi boshligʻiga tenglashtiriladi.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 12-avgustdagi 196-sonli qaroriga muvofiq yangi xatboshi bilan toʻldirilgan — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 32-33-son, 251-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
V. Markazning mol-mulki va mablagʻlari
Oldingi tahrirga qarang.
10. Markaz faoliyatini moliyalashtirish xalqaro grantlar va boshqa donor tashkilotlar mablagʻlari, Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi huzuridagi Tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash va korxonalarni tarkibiy jihatdan oʻzgartirish jamgʻarmasi mablagʻlari hamda amaldagi qonun hujjatlariga zid boʻlmagan boshqa manbalar mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 12-avgustdagi 196-sonli qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 32-33-son, 251-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
11. TASIS dasturining “Oʻzbekiston Respublikasida davlat boshqaruvini takomillashtirish va davlat xizmatini isloh qilishga koʻmaklashish” EDUZ—9802-son loyihasining barcha texnik va ofis asbob-uskunalari, shuningdek shartnoma asosida bajariladigan ishlardan olingan daromadlar hamda Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar Markazning mol-mulkini shakllantirish manbalari hisoblanadi.
12. Markazning oʻz faoliyatidan olingan daromadi asosiy fondlarni sotib olishga va aylanma mablagʻlarni toʻldirishga, shuningdek ijtimoiy rivojlantirishga hamda xodimlarni moddiy ragʻbatlantirishga yoʻnaltirilishi mumkin.
VI. Yakuniy qoidalar
13. Markaz belgilangan tartibda buxgalteriya hisobini yuritadi va davlat hisobotini taqdim etadi.
14. Markazni qayta tashkil etish va tugatish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.