Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining
qarori
“Xalqaro mehnat standartlari milliy qonunchilikka implementatsiya qilinishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining Mehnat kodeksiga oʻzgartirish va qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida”gi QT-10-sonli qonunchilik taklifi haqida
“Xalqaro mehnat standartlari milliy qonunchilikka implementatsiya qilinishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining Mehnat kodeksiga oʻzgartirish va qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida”gi QT-10-sonli qonunchilik taklifi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Mehnat, sogʻliqni saqlash va ijtimoiy masalalar qoʻmitasining xulosasini koʻrib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati tomonidan 2026-yil 25-mayda qonunchilik tashabbusi tartibida kiritilgan “Xalqaro mehnat standartlari milliy qonunchilikka implementatsiya qilinishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining Mehnat kodeksiga oʻzgartirish va qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida”gi QT-10-sonli qonunchilik taklifi koʻrib chiqish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi kun tartibi loyihasiga kiritilsin.
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2026-yil 8-iyun,
2177-V-son