Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi direktori A. Saʼdullayevga “Yoshlar tomonidan sodir etiladigan jinoyatlarning oldini olish, bunday jinoyatlar sodir etilishiga olib kelgan ijtimoiy muammolarni hal etish borasida amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining parlament soʻrovini yuborish haqida
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 94-moddasiga, “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonunining 12-moddasiga va “Parlament nazorati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 14-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qoʻmitasining Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi direktori A. Saʼdullayevga “Yoshlar tomonidan sodir etiladigan jinoyatlarning oldini olish, bunday jinoyatlar sodir etilishiga olib kelgan ijtimoiy muammolarni hal etish borasida amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining parlament soʻrovini yuborish haqidagi taklifi qabul qilinsin.
2. Mazkur Qaror va parlament soʻrovi Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi direktori A. Saʼdullayevga yuborilsin.
3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosari R. XAKIMOV
Toshkent sh.,
2026-yil 16-iyun,
2223-V-son