Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
qarori
“Toshkent xalqaro moliya markazi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonuni boʻyicha kelishuv komissiyasini tuzish haqida
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi tomonidan 2026-yil 2-iyunda qabul qilingan “Toshkent xalqaro moliya markazi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonuni 2026-yil 13-iyunda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati tomonidan rad etilganligini eʼtiborga olib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. “Toshkent xalqaro moliya markazi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonuni boʻyicha kelishmovchiliklarni bartaraf etish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining taklifiga koʻra kelishuv komissiyasi tuzilsin.
2. Qonunchilik palatasi deputatlari Shirinov Djaxongir Djabbarovich, Achilov Jamol Alisherovich va Aripov Davron Raximovich Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasidan mazkur komissiya tarkibiga saylansin.
3. Mazkur Konstitutsiyaviy Qonun muhokamasi jarayonida bildirilgan mulohazalarni tuzatishlar tarzida taʼriflab berish taklifi bilan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga murojaat etilsin.
4. Kelishuv tartib-taomillarida ishtirok etish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining vakili taklif etilsin.
5. Ushbu Qaror Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga yuborilsin.
6. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosari R. XAKIMOV
Toshkent sh.,
2026-yil 18-iyun,
2230-V-son