Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining
qarori
“Davlat fuqarolik xizmati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga davlat fuqarolik xizmatchisining xorijiy oliy taʼlim muassasalarida tahsil olishi uchun qoʻshimcha kafolatlarni belgilashga qaratilgan qoʻshimcha kiritish haqida”gi QL-219-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi toʻgʻrisida
(“Davlat fuqarolik xizmati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga davlat fuqarolik xizmatchisining kasbiy malakasini oshirish kafolatlarini belgilashga qaratilgan qoʻshimcha kiritish haqida”)
(“Davlat fuqarolik xizmati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga davlat fuqarolik xizmatchisining kasbiy malakasini oshirish kafolatlarini belgilashga qaratilgan qoʻshimcha kiritish haqida”)
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi tomonidan 2026-yil 2-iyunda ikkinchi oʻqishda koʻrib chiqish davomida maromiga yetkazish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Fan, taʼlim, madaniyat, sport va yoshlar masalalari qoʻmitasiga qaytarilgan “Davlat fuqarolik xizmati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga davlat fuqarolik xizmatchisining kasbiy malakasini oshirish kafolatlarini belgilashga qaratilgan qoʻshimcha kiritish haqida”gi QL-219-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasini “Davlat fuqarolik xizmati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga davlat fuqarolik xizmatchisining xorijiy oliy taʼlim muassasalarida tahsil olishi uchun qoʻshimcha kafolatlarni belgilashga qaratilgan qoʻshimcha kiritish haqida” degan yangi nom bilan ikkinchi oʻqishda qayta koʻrib chiqishga doir Fan, taʼlim, madaniyat, sport va yoshlar masalalari qoʻmitasining taklifi maʼqullansin.
2. Mazkur qonun loyihasi ikkinchi oʻqishda koʻrib chiqish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi kun tartibi loyihasiga kiritilsin.
3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2026-yil 8-iyun,
2170-V-son