Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi majlisining kun tartibi toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi majlisining quyidagi kun tartibi tasdiqlansin:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining va davlat maqsadli jamgʻarmalari budjetlarining 2025-yildagi ijrosi toʻgʻrisida.
2. Oʻzbekiston Respublikasi transport vaziri I. Maxkamovning “Temir yoʻl transporti sohasida davlat siyosatini amalga oshirish, temir yoʻl infratuzilmasini rivojlantirish hamda yoʻlovchi va yuk tashish xizmatlarini takomillashtirish borasida olib borilayotgan ishlar toʻgʻrisida”gi axboroti haqida.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2026-yil 3-iyun,
2150-V-son