Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QUROLLI KUCHLARINING HARBIY XIZMATCHILARIGA TURAR JOYNI IJARAGA OLGANLIK (IJARADA TURGANLIK) UCHUN HAR OYLIK PUL KOMPENSATSIYASI TOʻLASH TARTIBI TOʻGʻRISIDA
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining harbiy xizmatchilarini ijtimoiy muhofaza qilishni taʼminlash borasidagi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2005-yil 30-iyundagi PQ-112-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Keyingi tahrirga qarang.
1. Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining harbiy xizmatchilariga turar joyni ijaraga olganlik (ijarada turganlik) uchun har oylik pul kompensatsiyasi toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2005-yil 25-iyul,
169-son
Vazirlar Mahkamasining
2005-yil 25-iyuldagi 169-son qaroriga
ILOVA
2005-yil 25-iyuldagi 169-son qaroriga
ILOVA
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining harbiy xizmatchilariga turar joyni ijaraga olganlik (ijarada turganlik) uchun har oylik pul kompensatsiyasi toʻlash tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
1. Turar joyni ijaraga olganlik (ijarada turganlik) uchun pul kompensatsiyasi kontrakt boʻyicha xizmat qilayotgan, Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari va idoralari yoʻnalishi boʻyicha turar joy bilan taʼminlanmagan oddiy askar, serjant va ofitserlar tarkibiga kiruvchi shaxslarga amaldagi sarf-xarajatlar doirasida (kommunal xizmatlar haqi bundan mustasno):
Keyingi tahrirga qarang.
Toshkent shahrida — eng kam oylik ish haqining toʻrt baravarigacha miqdorda;
Nukus shahrida va viloyatlar markazlarida — eng kam oylik ish haqining uch baravarigacha miqdorda;
Oʻzbekiston Respublikasining boshqa shaharlari, tumanlar markazlari va aholi punktlarida — eng kam oylik ish haqining ikki baravarigacha miqdorda toʻlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oila aʼzolari uch kishi va undan ortiq boʻlgan taqdirda (harbiy xizmatchining oʻzini hisoblamagan holda) ushbu pul kompensatsiyasi miqdorlari 50 foizga oshiriladi. Bunda harbiy xizmatchining harbiy xizmatni oʻtash joyiga kelgan oila aʼzolari: xotini (eri), ularning bolalari va ota-onalari, shuningdek qonun hujjatlariga muvofiq ijaraga oluvchining oila aʼzolari deb eʼtirof etilgan boshqa shaxslar hisobga olinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq oldingi yashash joyida uy-joy maydonini bron qilgan va bron qilingan uy-joy maydoniga uy-joy maydoni bilan taʼminlanmagan boshqa harbiy xizmatchilarni joylashtirgan, yoxud uy-joy maydonini ushbu maqsadlar uchun Oʻzbekiston Respublikasining tegishli vazirliklari va idoralarining kvartira organlariga bergan harbiy xizmatchilarga ham pul kompensatsiyasi mana shu miqdorlarda toʻlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
2. Harbiy xizmatchilarga pul kompensatsiyasi toʻlash turar joy ijaraga olingan (ijarada turgan) kundan boshlab harbiy xizmatni oʻtash joyiga kelgandan keyin amalga oshiriladi.
Pul kompensatsiyasi toʻlash:
harbiy xizmatchiga belgilangan tartibda turar joy maydoni berilgan kundan boshlab (shu jumladan belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan uy-joy maydonining oldi-sotdi dalolatnomalari asosida);
Keyingi tahrirga qarang.
harbiy xizmatchi qismning shaxsiy tarkibi roʻyxatidan chiqarilgan kundan boshlab;
harbiy xizmatchiga turar joy sotib olish (qurish) uchun uzoq muddatli imtiyozli ipoteka krediti boʻyicha dastlabki badal oʻtkazilgan kundan boshlab toʻliq 12 oy oʻtgandan keyin;
Keyingi tahrirga qarang.
harbiy xizmatchi tomonidan yakka tartibda turar joy qurish uchun yer uchastkasi ajratish toʻgʻrisida tuman (shahar) hokimi tomonidan qaror qabul qilingan kundan boshlab toʻliq 24 oy oʻtgandan keyin toʻxtatiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Harbiy xizmatchiga turar joy maydoni berilgan, turar joy sotib olish (qurish) uchun uzoq muddatli imtiyozli ipoteka krediti boʻyicha dastlabki badal oʻtkazilgan, harbiy xizmatchi tomonidan yakka tartibda turar joy qurish uchun yer uchastkasi ajratish toʻgʻrisida tuman (shahar) hokimi tomonidan qaror qabul qilingan taqdirda harbiy qismning uy-joy komissiyasi harbiy qismning moliya organiga pul kompensatsiyasini toʻlashni toʻxtatish uchun asos hisoblangan hujjatning nusxasini taqdim etadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ota-onalari, eri (xotini)ning ota-onalari uy-joy maydonida birga yashayotgan harbiy xizmatchilarga pul kompensatsiyasi toʻlanmaydi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 11-avgustdagi 619-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 33-son, 853-modda)
3. Harbiy xizmatchilar pul kompensatsiyasini olish uchun vaqtincha yashash joyini va kommunal xizmatlar qiymatisiz turar joyni ijaraga olganlik (ijarada turganlik) uchun amaldagi xarajatlar summasini koʻrsatgan holda komandirga (boshliqqa) raport beradilar.
Raportga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
harbiy xizmatchining shaxsiy tarkib roʻyxatiga kiritilganligi toʻgʻrisida harbiy qism komandiri buyrugʻidan koʻchirma;
Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari va idoralarining tegishli kvartira organlari tomonidan berilgan oldingi xizmat joyi boʻyicha turar joy maydonini topshirganlik (bron qilganlik) toʻgʻrisida belgilangan shakldagi maʼlumotnoma nusxasi;
oila boshligʻining xizmatni oʻtash joyiga kelishi uchun harbiy xizmatchi bilan kelgan va birga yashayotgan oila aʼzolarining tarkibi toʻgʻrisida (tugʻilgan sanasi koʻrsatilgan holda) harbiy qism shtabining (kadrlar organining) maʼlumotnomasi;
Keyingi tahrirga qarang.
nikoh toʻgʻrisidagi guvohnoma nusxasi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
turar joyni ijaraga olganlik (ijara) shartnomasining notarial tasdiqlangan nusxasi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 17-apreldagi 113-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan— OʻR QHT, 2012-y., 16-son, 183-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
4. Birgalikda nikohda boʻlgan harbiy xizmatchilarga (xotiniga, eriga) pul kompensatsiyasi xizmatni oʻtash joyidan eri (xotini) turar joy maydoni bilan taʼminlanmaganligi va pul kompensatsiyasi olmasligi haqidagi maʼlumotnoma boʻlgan taqdirda harbiy xizmatni oʻtash joyi boʻyicha ulardan biriga toʻlanadi.
Harbiy xizmatchi ayollar bola 2 yoshga toʻlgandan keyin uni parvarish qilish uchun taʼtilga chiqqanlari taqdirda pul kompensatsiyasi butun taʼtil davri uchun toʻlanadi.
5. Pul kompensatsiyasi harbiy xizmatchining xizmatni oʻtash joyi boʻyicha moliya organi tomonidan oʻtgan oy uchun tarqatish vedomosti boʻyicha toʻlanadi, bir vaqtning oʻzida harbiy qism komandiri (boshligʻining), korxona va muassasaning toʻlanishi kerak boʻlgan pul kompensatsiyasi summasi va toʻlov qaysi davr uchun amalga oshirilayotganligi koʻrsatilgan buyrugʻi asosida joriy oy uchun pul taʼminoti toʻlanadi.
Davlat hokimiyati va boshqaruv organlariga xizmat safariga yuborilgan harbiy xizmatchilarga pul kompensatsiyasi ushbu harbiy xizmatchilar taʼminotning boshqa turlariga biriktirilgan harbiy qism, korxona va muassasaning moliya organi tomonidan toʻlanadi. Mudofaa vazirligining korxonalar va tashkilotlardagi harbiy vakolatxonalari harbiy xizmatchilariga pul kompensatsiyalari ular uchun pul taʼminoti tayinlangan harbiy qism, korxona va muassasalarning moliya organi tomonidan toʻlanadi.
Pul kompensatsiyasini oluvchi har bir harbiy xizmatchiga alohida shaxsiy hisob varagʻi yuritiladi, harbiy xizmatchiga taqdim etilgan barcha hujjatlar unga tirkab qoʻyiladi. Shaxsiy hisobvaraqlari harbiy qismning moliya organida toʻlovlar tamom boʻlgungacha va harbiy qismning moliya-xoʻjalik faoliyati hujjatlar bilan taftish qilinishi jarayonida amalga oshirilgan xarajatlarning toʻgʻriligi tekshirilgungacha saqlanadi hamda saqlash muddatlari tamom boʻlgandan keyin belgilangan tartibda yoʻq qilinishi kerak.
6. Pul kompensatsiyasi miqdorini belgilash chogʻida hisobga olinadigan oila tarkibi oʻzgargan taqdirda, bu haqda harbiy xizmatchi raport beradi, yangi miqdorlardagi pul kompensatsiyasi ushbu oʻzgartirishlar belgilangan tartibda kuchga kirgandan boshlab toʻlanadi.
Harbiy xizmatchining aybi bilan ortiqcha olingan pul kompensatsiyasi summasi undan toʻliq miqdorda undirib olinadi.
7. Pul kompensatsiyasi toʻlash bilan bogʻliq xarajatlar:
a) smeta-budjet tartibida moliyalashtiriladigan harbiy qismlar, harbiy-taʼlim muassasalari, korxonalar, tashkilotlar va muassasalarda — budjet mablagʻlari hisobidan;
b) xoʻjalik hisobidagi vazirliklar va idoralarning harbiy qismlarida, muassasalari, korxonalari va tashkilotlarida — oʻz mablagʻlari hisobidan toʻlanadi.
8. Sarflangan pul mablagʻlari toʻgʻrisidagi hisobot Moliya vazirligi bilan kelishuv boʻyicha tegishli vazirlik va idora tomonidan tasdiqlanadigan shakl boʻyicha harbiy qismning moliya organi tomonidan yilning har choragida yuqori turuvchi moliya organiga (taʼminlovchi moliyaviy organga) taqdim etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
9. Pul kompensatsiyasining toʻlanishi toʻgʻriligi ustidan nazorat qilish harbiy qism komandiriga (boshligʻiga), korxonalar, muassasalarga va uy-joy komissiyasi raisiga yuklanadi.
Keyingi tahrirga qarang.