Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi majlisining kun tartibi toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi majlisining quyidagi kun tartibi tasdiqlansin:
1. “Toshkent xalqaro moliya markazi toʻgʻrisida”gi QL-222-sonli Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonuni loyihasi haqida (ikkinchi oʻqish).
2. “Raqamli texnologiyalar xalqaro markazi toʻgʻrisida”gi QL-203-sonli Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonuni loyihasi haqida (ikkinchi oʻqish).
3. “Davlat fuqarolik xizmati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga davlat fuqarolik xizmatchisining xorijiy nufuzli oliy taʼlim muassasalarida tahsil olishi uchun qoʻshimcha kafolatlarni belgilashga qaratilgan qoʻshimcha kiritish haqida”gi QL-219-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi toʻgʻrisida (“Davlat fuqarolik xizmati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga davlat fuqarolik xizmatchisining kasbiy malakasini oshirish kafolatlarini belgilashga qaratilgan qoʻshimcha kiritish haqida”) (ikkinchi oʻqish).
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2026-yil 2-iyun,
2144-V-son