12.05.2026 yildagi 2061-V-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi kengashining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Budjet va iqtisodiy masalalar qoʻmitasining 2025-yildagi va 2026-yil birinchi choragidagi faoliyati toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Budjet va iqtisodiy masalalar qoʻmitasining (bundan buyon matnda Qoʻmita deb yuritiladi) 2025-yildagi va 2026-yil birinchi choragidagi faoliyati toʻgʻrisidagi axborotini koʻrib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi taʼkidlaydiki, hisobot davrida Qoʻmita tomonidan iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirishga va bank-moliya sohasini liberallashtirishning huquqiy poydevorini mustahkamlashga, Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti ijrosini nazorat qilishga alohida eʼtibor qaratilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xususan, 2025-yilda Qoʻmita 27 ta qonun loyihasiga masʼul boʻlgan. Ulardan 24 tasi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi (bundan buyon matnda Qonunchilik palatasi deb yuritiladi) tomonidan qabul qilinib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga yuborilgan, 3 tasi Qonunchilik palatasining koʻrib chiqishidan olib tashlangan. 2026-yil birinchi choragi davomida Qoʻmita 5 ta qonun loyihasiga masʼul boʻlib, ularning 4 tasi Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilinib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga yuborilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻmita tomonidan maromiga yetkazilib, Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilingan “2026-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti toʻgʻrisida”gi hamda “Raqamli markirovkalash tizimining samaradorligi oshirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qonunlar shular jumlasidandir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hisobot davrida Qoʻmita majlislarida Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi, Transport vazirligi, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi, Markaziy banki hamda tijorat banklari mutasaddilarining axborotlari eshitilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻmita eshituvlarida iqtisodiyotga investitsiyalarning jalb etilishini kengaytirish, eksport hajmini oshirish, mahallalarda kambagʻallikni qisqartirish hamda xizmatlar sektorini rivojlantirish boʻyicha vazifalarning ijrosiga doir masalalar koʻrib chiqilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻmita aʼzolari tomonidan saylovchilarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini taʼminlash bilan bogʻliq masalalar yuzasidan mansabdor shaxslarga jami 11 ta deputat soʻrovi yuborilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻtgan davrda Qoʻmita tomonidan joylarda oʻtkazilgan oʻrganishlar, tegishli sohalar vakillari bilan boʻlib oʻtgan uchrashuvlar hamda nazorat-tahlil tadbirlari yakunlari boʻyicha aniqlangan muammolarning huquqiy yechimini topishga va qonunchilikni yanada takomillashtirishga qaratilgan 10 ta qonun loyihasiga qator amaliy takliflar ishlab chiqilib, vakolatli organlarga yuborilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyevning Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining 2024-yil 18 — 20-noyabrda boʻlib oʻtgan majlislaridagi nutqlarida hamda Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha milliy Kengashning 2025-yil 5-martdagi kengaytirilgan yigʻilishida belgilangan ustuvor vazifalarni amalga oshirish uchun Qoʻmita tomonidan tegishli ishlar olib borilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilab berilgan ustuvor vazifalardan kelib chiqib, Qoʻmitaning nazorat-tahlil faoliyatida yangicha yondashuv joriy etildi. Olib borilgan oʻrganishlar natijasida 14 ta taklif ishlab chiqilib, Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha milliy Kengashga kiritildi. Ushbu takliflarda Oʻzbekiston Respublikasining Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti ijrosini nazorat qilish mexanizmlarini kuchaytirish, davlat xaridlari sohasida korrupsiya omillarini bartaraf qilish, kadastr, soliq va davlat aktivlarini boshqarish faoliyatida korrupsiya omillarining oldini olish, byurokratik toʻsiqlarni bartaraf etish kabi dolzarb masalalar nazarda tutildi. Shuningdek investitsiya dasturlarini ishlab chiqishda deputatlarning faol ishtirokini taʼminlash, tuman va shaharlarda yer soligʻi va ijara toʻlovlari uchun belgilangan qiymatlarga oshiruvchi va kamaytiruvchi koeffitsiyentlarni belgilash, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti va davlat maqsadli jamgʻarmalari budjetlari ijrosining nazorat mexanizmlarini kuchaytirish, tijorat banklari tomonidan imtiyozli kredit ajratilishida korrupsiya omillarini bartaraf etish kabi aholini oʻylantirayotgan masalalar ham mazkur takliflarda aksini topdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bundan tashqari ijro hokimiyati bilan qonun ijodkorligi va parlament nazorati doirasida tizimli hamkorlikni yoʻlga qoʻyish maqsadida Qonunchilik palatasi Kengashining tegishli qaroriga muvofiq qator vazirliklar, qoʻmitalar, agentliklar, inspeksiyalar, ilmiy-tadqiqot muassasalari, tahlil markazlari va boshqa tashkilotlar Qoʻmitaga biriktirildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻmita tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti, Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasining Bojxona instituti, Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Budjet-soliq ilmiy tadqiqotlari instituti hamda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti bilan hamkorlik memorandumlari tuzilgan va hamkorlikdagi ish rejalari tasdiqlangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻmita jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini oʻz vaqtida oʻrganishga hamda ularni hal etishga alohida eʼtibor qaratilgan. Oʻtgan davrda fuqarolardan Qoʻmita nomiga kelib tushgan jami 477 ta murojaat belgilangan tartibda koʻrib chiqilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻmita faoliyatida ochiqlik va shaffoflikni taʼminlash, sohaga oid qabul qilinayotgan qonun hujjatlarining mazmun-mohiyatini jamoatchilikka yetkazish maqsadida ommaviy axborot vositalari bilan samarali hamkorlik yoʻlga qoʻyilgan. Qoʻmitaning hisobot davridagi faoliyati ommaviy axborot vositalarida jami 1 720 marotaba yoritilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqoridagilardan kelib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Budjet va iqtisodiy masalalar qoʻmitasining 2025-yildagi va 2026-yil birinchi choragidagi faoliyati toʻgʻrisidagi axboroti maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Budjet va iqtisodiy masalalar qoʻmitasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekiston — 2030” strategiyasini “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish” yilida amalga oshirishga oid davlat dasturining hamda iqtisodiyot sohasiga doir boshqa vazifalarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi ustidan taʼsirchan parlament nazoratini olib borishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“2026-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni ijrosi ustidan parlament nazoratini kuchaytirishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“2026-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga hamda iqtisodiy masalalarga oid boshqa qonun hujjatlariga tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha yuzaga keladigan zaruratdan kelib chiqib, tegishli qonun loyihasini barvaqt kiritish yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining iqtisodiy kompleksi va Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan hamkorlikda ishlarni amalga oshirishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻzi masʼul etib belgilangan tegishli qonun loyihalarini Qoʻmita huzurida tashkil etilgan jamoatchilik kengashi bilan birgalikda oʻtkaziladigan yigʻilishlarda muhokama qilib borish amaliyotini davom ettirishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunchilik palatasi qoʻmitalarining Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti ijrosiga oid majlislarini tashkil etish borasida Qonunchilik palatasi Devonining Davlat budjeti boshqarmasi tomonidan zarur amaliy yordam koʻrsatilishini taʼminlashga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz faoliyatiga doir qonun hujjatlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar ommaviy axborot vositalari orqali keng yoritilishini taʼminlab borishga hamda ularning mazmun va mohiyatini aholiga yetkazish ishlarini yanada jonlantirishga alohida eʼtibor qaratsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ushbu Qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosari R. Xakimov zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026-yil 12-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2061-V-son