Oʻzbekicton Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining
qarori
B.D. Islamovni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi lavozimidan ozod etish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 95-moddasi birinchi qismining 1-bandiga va “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonuni 16-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi qaror qiladi:
1. Baxtiyar Djaxangirovich Islamov Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi lavozimidan ozod etilsin.
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi T. NARBAYEVA
Toshkent sh.,
2026-yil 18-iyun,
KQ-357-V-son